Olimlar jigarni yoshartirishning yangi usulini topishdi

Spread the love

Stenford universiteti qoshidagi tibbiyot maktabi olimlari jigarni yoshartirish, agar xastalikka uchragan bo‘lsa, keyingi o‘zini tiklashini tezlashtirish masalasida yangi usulni o‘ylab topishdi. Bu usul haqiqatan jigarni yoshartiradi, eng xavfli xastaliklardan, jumladan, sirroz, saraton xastaliklaridan asray oladi. Usul murakkab emas. Faqat fan talablariga suyangan holda harakatlar sodir etilsa bas.

Ma’lumki, telomeraza fermenti o‘zida alohida oqsillar jamlanmasiga ega. Ular telomerlarning qisqarishini ta’minlaydi. Telomer qisqarishi esa jigarning qarish jarayonini tezlashtiradi. Agar telomeraza tarkibidagi oqsillar faoliyatiga nuqta qo‘yiladigan dori vositasi o‘ylab topilsa, jigar nafaqat yosharish pallasiga kiradi, balki, xavfli xastaliklardan himoyalanadi.

Manba: zamin.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий