Ko’zingizdan quvvat ketib og’riq bezovta qilayapdimi?

Spread the love

Ko’z gavhari loyqalanganda, muguz parda, ko’z qovog’i yallig’langanda, turli ta’sirlardan kuyishida, qichishib odamni bezovta qilganda asalning suvdagi eritmasi bilan yuvish foydali bo’ladi. Bu eritma3:1, 2:1 va1:1 miqdorida suyultirib borish yo’li bilan tayyorlanadi. Har o’n kunda bir ko’zga quyiladi.

* * *

Tabobat  boy.  Undan  qancha  foydalansa,  shuncha  oz.  Hamma  joyda  o’sadigan  na’matak gullaridan(qo’shimchasiz) tayyorlangan damlama, achchchiq choy, behi urug’i qaynatmasi ko’z shilliq pardasi yallig’lanishini, kiprik to’kilishini to’xtatadi. Ko’z atrofi yaralariga yong’oq mag’izidan tayyorlangan malham foyda qiladi.

* * *

Qo’rga ko’milgan behi, gunafsha, moychechak, semiz-o’t, bangidevona barglari qovoq terisidagi shishlarni va uning yallig’lanishini yo’qotadi. Quyosh nurida uzoq saqlangan shirin anor suvi ko’z qichishini qoldiradi.

* * *

Ko’z kuyib azob berganda damlangan choy, qizilcha(lavlagi) bargining damlamasi yordam beradi. Rayhon bog’lash, ayol ko’krak sutini tomizish og’riqni qoldiradi.

* * *

Agar ko’z oqining sarg’ayishi kuzatilsa, limonning siqib olingan suvidan foydalaniladi, Turli xastaliklarda ko’z ham og’rib qoladi. Shunda tovonga xantap(gorchisa) kukuni sepib, issiq paypoq kiyiladi. Xonaga isiriq solinadi. Piyoz shirasi, shirin bodom qaynatmasi, bo’takuz gulidan tayyorlangan  damlama, malina va na’matak sharbatlari— qaynatmalari yaxshi naf beradi.

* * *

Ko’z xira tortganda baqaterak mevasi asal bilan, tol yelimi surtilsa, quvvati oshadi. Surma ko’zni har sanday ofatlardan saqlaydi, quvvat bag’ishlaydi. Sut, aloe(sabur) iste’mol qilish, chilonjiyda, sedana, tok bargi, na’matak qaynatmasi ko’zni quvvatli qiladi.

* * *

Boshingizdan sira- sira qaynoq suv quya ko’rmang, ko’zni xiralashtiradi. Sigir sutiday iliq  suv  foyda  qiladi.  Me’yoridagi  ovqat,  mehnat  va  dam  olishni  to’g’ri  rejalashtirish insonning salomatligini saqlaydi, ko’zga quvvat bag’ishlaydi. Sabzavot va mavjud ko’katlardan unumli foydalanish odam umrini ziyoda qiladi.

* * *

Shabko’rlikni davolash yo’li: quritib tuyilgan quyon o’ti ko’zga surtiladi. Qoni ko’zdan suv oqishini to’xtatadi.

* * *

Oq echki jigarining seli ko’z quvvatini oshiradi.

* * *

Quyon qonining quritilgani ko’z og’rig’idan saqlaydi. Uti ko’zdagi oqlikni ketkazadi.

* * *

Chang, g’ubor, yig’i, mayda xat, kunduzgi uyqu, oq va yaltiroq narsalar, hamda tungi ovqat ko’zga zarar. Qora va qorong’ulik ko’z nurini oshiradi.

I.To’xtasinov. “Sinalgan davolar”

Вам может понравиться

Добавить комментарий