Kishi tumov bo’lganda

Spread the love

Siz  bemavrid  shamollab  qolsangiz,  dori-darmonlar  bo’lmasa,  tashvishlanmang,  xalq tabobatining sinalgan davolaridan foydalaning:

Davosi  hovlingizda  o’sgan(bo’lmasa  bozorda)  oddiy  sarimsoq  piyoz.  Ikki-uch  donasini ajrating,  tozalab  maydalang,  yarim  piyoladan  ko’proq  qaynoq  suv  quyib,  tindiring,  dokada suzing.  Tayyor  tindirmani  kuniga  ikki-uch  mahal,  ikki-uch  tomchidan  burunga  tomizing.

Tindirmani har kuni yangilang. Kor qilmasa, kuniga bir marta qiymalangan sarimsoqni o’n-o’n ikki daqiqa hidlang.

* * *

Shamollashga qarshi choy tayyorlashni bilasizmi? Majnuntolning tomiri, moychechak guli, na’matak mevasidan teng miqdorda oling. Bir piyola qaynoq suvga yig’madan bir qoshiq soling, past  olovda  to’rt-besh  daqiqa  qaynating.  Sovigach  suzing.  Chorak  piyola  iliq  dog’  suvda  bir qoshiqdan kuniga ovqatlanishdan yarim soat oldin iching.

* * *

Qadimda  ota-bobolar  malina  mevasidan  tashqari  shoxlaridan  ham  foydalanganlar.

Shoxlarni qishin-yozin ishlatsa bo’ladi. Bir piyola qirqilgan shoxlarni qaynoq suvda10—20 daqiqa qaynatiladi, ikki soatcha tindiriladi. Salqin joyda saqlanadi. Ko’ngil ko’targanda oz-ozdan ho’plab-ho’plab ichiladi.

* * *

Bir  choy  qoshiqdagi  maydalangan  andiz  tomirini  piyoladagi  qaynoq  suvda  o’n  soatcha saqlaysiz,  so’ng  qultum-qultum  qilib  ichasiz.  Qaynatma  tayyorlash:  bir  osh  qoshiqdagi maydalangan  tomirni  bir  piyola  dog’  suvda  yarim  soat  mobaynida  past  olovda  qaynatasiz. Tindirib, sovitilgach, kun davomida uch-to’rt marta bir qoshiqdan ichasiz.

* * *

Marjon  daraxti(qoraqat)ning  quruq  gullari  bir  piyola  dog’  suvda  qaynatiladi. 40-50 daqiqa o’rab qo’yiladi. Tindiriladi. Kuniga ikki-uch mahal oz-ozdan ichiladi.

* * *

O’rtacha  kattalikdagi  bir  dona  tozalab  to’g’ralgan  piyozni  yarim  kosa  sutga  solinadi.  O’n daqiqa davomida tindiriladi. Oz-ozdan ichiladi.

* * *

Ko’k choy tanani tozalaydi. Har kuni tomoq-burunni choyda chayqash odamni tumov bo’lishdan saqlaydi.

* * *

Qoraqatning  kuzgi  va  arg’uvon  gullari(bab-baravar  miqdorda)  olinadi.  Qorishma tayyorlanadi.  Bir  kosa  suvda  besh  daqiqa  o’rtacha  olovda  qaynatiladi.  Yarim  soatcha  o’rab qo’yiladi.  Olib  tindiriladi.  Suziladi.  Me’yorga  qarab  kuniga  uch-to’rt  mahal  iste’mol qilinadi, tumov o’tadi- sog’lom bo’lasiz.

* * *

Qattiq tumovda qizilchaning yangi siqib olingan sharbati burunga tomiziladi. Na’matak mevasidan  damlangan  choyga  asal  qo’shib  ichilsa,  tumovning  oldi  olinadi.  Odamga  quvvat bag’ishlaydi.

Manbaa: I.To’xtasinov. Sinalgan davolar

Вам может понравиться

Добавить комментарий