Inson salomatligi uchun foydali va shifobaxsh moylar

Spread the love

Bilasizki, o’simlik moylari asab to’qimalari va shikastlangan hujayralar tiklanishiga yordam beradi. Shuningdek, ular A (teri salomatligi, ko’rish qobiliyati va immunitetni ko’taruvchi) va Ye (antioksidant, infeksiyalardan himoya qiluvchi) vitaminlariga boy. Demak, bugun salomatligimiz uchun ham asqatuvchi o’simlik moylari haqida ma’lumot beramiz.

ZAYTUN MOYI YoShARTIRADI

Zaytun moyida olein kislotasi, Ye vitamini va antioksidantlar yetarlicha saqlanganligi bois u yoshartiruvchi moy sifatida qadrlanadi.

Shuningdek, zaytun moyi aterosklerozning rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi, yurak-qon tomiri kasalliklarining oldini oladi, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi, qondagi xolesterinni haydab, suyak to’qimasini mustahkamlaydi.

Zaytun moyi erkin radikallarga qarshi kurashishda tarkibidagi A, D, Ye, K vitaminlariga suyanadi. Bu moydan surunkali qorin damlashi, gastrit, immunitetni ko’tarish va asab sistemasiga profilaktik ta’sir ko’rsatish, hazm bo’lish jarayonini yengillashtirish, oshqozon yarasini davolash, arterial qon bosimini me’yorlashtirish, onkologik kasalliklarni davolash va xotirani mustahkamlashda foydalanish mumkin.

KUNGABOQAR MOYI STRESSDAN HIMOYaLAYDI

Kungaboqar moyi lesitin moddasining eng yaxshi manbai. Ushbu modda bolaning asab tizimi shakllanishiga yordam beradi, katta yoshda esa aqliy faolligini saqlaydi. Shuningdek, lesitin anemiya va stresslarda kuchni tiklashga yordam beradi.

Kungaboqar moyida A, Ye, D, F vitaminlari va yog’ kislotalari, fosfor, kaliy va temir moddalari saqlanadi.

U organizmni xolesterindan tozalaydi, hazm bo’lishni yaxshilaydi, onkologik kasalliklarni davolashda qo’llaniladi, immunitetni ko’taradi, terini yoshartiradi, xotirani mustahkamlaydi, oqsil va uglevod almashinuvini mo’tadillashtiradi, qalqonsimon bez faoliyatini me’yorlashtiradi, oshqozon-ichak, jigar va buyrakdagi surunkali kasalliklardan xalos etadi. Bundan tashqari, soch va uning ildizi uchun juda foydali.

MAKKAJO’XORI MOYI YuRAK-QON TOMIR FAOLIYaTINI YaXShILAYDI

Makkajo’xori moyi organizmdagi xolesterin almashinuvini tartibga soladi. Uning tarkibidagi fosfatidlar miya uchun juda foydali. Shuningdek, ushbu yog’ tarkibidagi nikotin kislotasi (RR vitamini), A, F, V1, V2 vitaminlari yurak-qon tomiri faoliyatini yaxshilaydi. Mazkur yog’da Ye vitamini zaytun moyidan ikki baravar ko’p. Bu esa organizmdagi endokrin tizim faoliyatini mustahkamlaydi. Qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, gipofiz, umuman, inson organizmining ham jismoniy, ham emosional holatini batamom yaxshilaydi.

XANTAL MOYI KUYGAN JOYNING  BITIShIGA YoRDAM BERADI

O’zining bakterisid xususiyati sabab xantal moyi nimaga qo’shilgan bo’lsa, o’sha mahsulotning uzoqroq saqlanishiga, yara va kuygan joyning tezroq bitishiga yordam beradi. Bundan tashqari, xantal moyi isituvchi va yumshatuvchi xususiyatga ega bo’lib, bronxit hamda anginani davolashda u bilan ingalyasiya qilish foydali. Biroq bu yog’ni ovqatga ko’p ishlatib bo’lmaydi. Chunki tarkibida ovqat hazm qilish fermentlari tomonidan parchalanmaydigan kislotalar mavjud.

Xantal moyida Omega-3 va Omega-6 kislotalari yetarlicha saqlanadi. Shuningdek, A, B3, B6, B4, D, E, K, P, F vitaminlari, to’yinmagan yog’ kislotalari, fitosterollar, xlorofill, fitonsidlar, glikozidlar, efir moyi va boshqalar bor. Mazkur yog’dan qon aylanishini yaxshilash va muskullar tortishib qolishidan xalos bo’lishda ham foydalaniladi.

ZIG’IR MOYI — AYoLLAR UChUN ENG YaXShI DARMONDORI

Zig’ir yog’i o’simlik moylari orasida eng past kaloriyalisi bo’lib, ozish uchun mo’ljallangan parhyezlarda foydalaniladi. Jigardagi toksinlarni chiqarishga yordam beradi. Tarkibidagi Omega-3 kislotasi miqdori bo’yicha baliq moyini ort­da qoldiradi. Zig’ir urug’ida nitratlarni yo’q qiluvchi antioksidant mavjud.

Bu moy, asosan, ayollar salomatligini saqlovchi yog’ sifatida qadrlanadi. Undagi Omega-3 yog’ kislotasi ko’krak saratoni xavfini kamaytiradi, menopauza, endometrioz va befarzandlik muammolarini bartaraf etadi. Zig’ir moyi kalsiyning organizmga singishini yaxshilaydi. Undagi kaliy moddasi va alfa-linolenli kislota yurak-qon tomiri kasalligini davolaydi.

Tarkibidagi magniy tufayli qovuq, bo’g’in va nafas yo’lidagi shamollashni oladi. Zig’ir moyi qorin damini qaytaradi, ichaklar harakatini yaxshilaydi va o’t qopi hamda buyrakni tuz, tosh hamda qumlardan tozalaydi.

Mazkur yog’dan kosmetologiyada husnbuzar, psoriaz, ekzema va quyosh kuydirgisini davolashda foydalaniladi.

KUNJUT MOYI ONKOLOGIK KASALLIKLARGA QARShI

Kunjut moyi kalsiyga boy. Uni «ayollar moyi» ham deyishadi. Chunki kunjut moyi homiladorlik va gormonal o’zgarishlar paytida juda foydali. Qalqonsimon bez va bo’g’imlardagi zararli tuzlarni haydab chiqaradi. Ammo kunjut qonning quyilish xususiyatini kuchaytiradi. Shu bois yurak kasalliklari va varikozga chalingan odamlar uni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishi zarur.

Kunjut moyi, asosan, 45 yoshdan oshgan ayollar salomatligi uchun juda foydali. Birinchidan, organizmning qarishini sekinlashtiradi, ikkinchidan, onkologik xastaliklar, ayniqsa, ko’krak va yo’g’on ichak saratonidan himoyalaydi.

QORA SEDANA MOYI DISBAKTERIOZDAN XALOS ETADI

Qora sedana moyi immunitetni ko’taradi, ichaklarni tozalaydi va soch to’kilishining oldini oladi. Faqat uni bir kunda 7 grammdan qabul qilinish kerak. Yana shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, sedana moyi jigar uchun nojo’ya ta’sirga ega. Jigarida og’riq yoki boshqa muammolari bo’lgan bemorlar sedana moyini iste’mol qilmasligi lozim.

Agar qora sedana moyi qizil atirgul moyiga aralashtirib surtilsa, yiringli yarani bitiradi. Chunki qora sedana tarkibida A, V1, V2, RR, Ye va S vitaminlari yetarlicha saqlanadi. Shuning uchun u organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi, teri-tanosil kasalliklarini davolaydi. Oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, yurak-qon tomirlaridagi harakatni me’yorlashtiradi, peshob yo’li va buyrakdagi toshlarning parchalanib tushishiga yordam beradi. Shuningdek, u antiseptik xususiyatga egaligi tufayli tanadagi shamollashni oladi, nafas qisilishi, bronxial astma va surunkali yo’talni daf etadi.

Bundan tashqari, qora sedana moyi kuchli antioksidant sifatida ichakdagi disbakteriozdan xalos etadi. Buning uchun undan kechasi uxlashdan oldin 1 choy qoshiq ichib yotsangiz, kifoya.

Qora sedana moyi qondagi qand miqdorining oshib ketishiga yo’l qo’ymaydi, arterial qon bosimini me’yorlashtirishi oqibatida bosh og’rig’i bosiladi. Eng muhimi, sedana moyi ichib yotgan kishining uyqusida halovat bo’ladi.

QOVOQ MOYI GIJJALARNI HAYDAB ChIQARADI

Qovoq moyi rux moddasining manbaidir. Rux inson organizmida yetarlicha jinsiy gormon va insulin ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Ayniqsa, erkaklarda testosteron gormonining ishlab chiqilishiga ko’maklashadi. Qovoq moyi tarkibida A, S, R, Ye, RR, V guruhidagi vitaminlar hamda oqsil va mineral tuzlar saqlanadi.

Qovoq moyi kompleks vitaminlarga boy shifobaxsh mahsulot. Bundan tashqari, unda kam miqdorda bo’lsa-da, efir moyi, pektin, steroid, gormonga o’xshash moddalar va selen ham mavjud.

Qovoq moyi qondagi xolesterinni kamaytiradi, shamollashga qarshi kurashishga yordam beradi va immunitetni ko’taradi. Bundan tashqari, u terini tiniqlashtiradi va jigarni himoyalaydi. Antiseptik xususiyati tufayli har xil jarohatlarning bitishini tezlashtiradi, prostata bezi shamollashini oladi, oshqozon-ichak faoliyatini me’yorlashtiradi, o’t qopida tosh paydo bo’lishi va quyosh nuridan asraydi.

Qovoq moyi faol antioksidant ham bo’lib, oshqozondagi yaraning bitishiga yordam beradi. Shuningdek, qovoq moyi soch va tirnoqni o’stiradi, hujayralarning qayta tiklanishiga, yurakdagi ateroskleroz hamda ishemik xastaliklarning oldini olishga sabab bo’ladi.

Psoriaz, gerpes, dermatit va ekzema kabi bir qancha allergik kasalliklarga, surunkali gepatit va jigar sirroziga, oshqozon yarasi va o’n ikki barmoqli ichak xastaliklariga, surunkali va o’tkir gastrit hamda ichki organlar zaharlanishiga qarshi ham qovoq moyi buyuriladi.

manbaa: hordiq.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий