Guruchning biz bilamagan foydali xususiyatlari

Spread the love

Guruch kishi organizmi uchun zarur bo’lgan kaliy, fosfor, sink, temir, kalsiy, yod, va selen kabi mikroelementlarni o’z tarkibida yetarli miqdorda to’plagan.

Guruch donasi qancha ko’p ishlov berilgan bo’lsa, shuncha vitaminlar va mineral moddalar kamayib boradi.Tarkibida alyumin va mis miqdorining ko’pligi jihatidan guruchga teng keladigan mahsulot yo’q.

Guruch bir qancha V vitaminlar gruppalari manbai, jumladan: tiamin- V1, riboflavin- V2, niasin- V3 va V6; vitamin RR, karotin, asab sistemasini mustahkamlashga xizmat qiladigan, teri, soch va tirnoq holatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan vitamin Ye larga boy.  Guruchda murakkab uglevodlar bor, shuning uchun ham u to’yimli, shu bilan bir qatorda kam kaloriyali, insonni umumiy ozishiga sabab bo’ladigan mahsulot.

    Guruch tarkibiga inson organizmida yang hujayralarni shakllantirish uchun zarur bo’lgan 8 xil aminokislotalar kiradi. Guruch donining 7-8 % oqsildan iborat. Yana guruchdagi ijobiy omillardan biri unda boshqa don mahsulotlaridan farqli o’laroq glyuten deb ataluvchi insonda allergik reaksiya chaqiruvchi o’simlik oqsilining yo’qligidir. Bundan tashqari uning tarkibida miya faoliyatining aktivlashtiruvchi modda -lesitin, ichak yo’llari faoliyatini tiklovchi – oligosaxarid va qon bosimini bir xil ushlab turishga yordam beruvchi gamma-aminoyog’ kislotasi bor. Guruchda kaliy moddasi ko’p, bu mineral boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan qo’shilib organizmga kirib keladigan tuzlarning ta’sirini zararsizlantiradi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий