Go‘daklar ham massaj xohlashadi

Spread the love

Go‘dagingizni mehr bilan silab-siypalashingiz unga cheksiz ravishda xush kayfiyat baxsh etadi. Qo‘l harakatlaringiz orqali u sizning shavqat va muhabbatingizni his etadi. Uning massajdan qanchalik zavq olayotganini ko‘rib o‘zingizning ham kayfiyatingiz ko‘tariladi.

Massajni quyidagicha qilishingiz ham mumkin.
1. «Yuzimizga krem surtamiz»
Qon aylanishini yaxshilaydi, terini parvarishlaydi va davolaydi. Go‘dakning peshona, yonoq, burun va ensa qismlariga krem engil harakatlar bilan silab surting.
2. «Soat»
Qorinning ichki harakatini yaxshilaydi va yo‘g‘on ichakni bo‘shashtiradi. O‘ng qo‘l barmoqlaringizni soatning 9 raqami o‘rniga qo‘ying. Keyin soat yo‘nalishi bo‘yicha qorin atrofida yurg‘izing. Avval engil, so‘ng qattiqroq bosib bajaring.
3. «Qorindagi qumursqalar»
Tetiklashtiradi, ko‘krak qismi uchun foydali Barmoqlaringizni go‘yo o‘rmalab ketayotgan qumursqaga o‘xshab tez-tez bolaning qorni usti va qornida yurg‘izing. Bu mashqni ham boshida sekin boshlab, so‘ng tezlashtirish mumkin.
4. «Barmoqlar sari»
Qon aylanishini yaxshilaydi, qo‘llarni isitadi. Qo‘llaringizni ochib go‘dakning elkasidan qo‘l barmoqlari tomon silang. Har bir qo‘lni alohida massaj qilishingiz ham mumkin. Ko‘krak qafasidan elka, so‘ng qo‘llar tomon silasa ham bo‘ladi.
5. «Chaqalog‘imiz kap-katta bo‘libdi»
Tetiklashtiradi yoki tinchlantiradi. Go‘dakni yuzi bilan yotqizing. Qo‘llaringizni tos suyagidan boshlab, umurtqaning ikki chetidan yuqoriga qarab harakatlantiring.
6. «Oyoq uqalash»
Qon aylanishini tartibga tushiradi, qonning orqaga qaytishini tezlashtiradi. Oyoqni uqalashda qo‘l harakati oyoq haroratiga ko‘ra belgilanadi. Oyoq issiq bo‘lsa, yuqoriga qarab, agar sovuq bo‘lsa, yuqoridan pastga qarab uqalanishi lozim.
7. «Oyoqni pishitamiz»
Mushak va bo‘g‘imlarni bo‘shashtirib, baquvvatlashtiradi. Go‘dakning avval boldirini, keyin sonini qo‘llaringiz orasiga olib uqalang. Lekin bu mashqni barmoqlar bilan emas, qo‘lingizning ichki tomoni bilan bajaring. Uqalash asnosida diqqat-e’tiborli bo‘ling.
8. «Panja xalqalari»
Go‘dakning immunitet tizimini yaxshiroq shakllanishiga yordam beradiIkkala qo‘lingizning bosh barmoqlari bilan go‘dakning tovonida xalqalar «chizing». Avval o‘ng, so‘ng chap oyoqlarini qiling. Eslatma!Har bir massaj eng kamida uch marta ketma-ket qilinishi kerak. Orada bir-ikki daqiqa tanaffus qilish ham mumkin. Juda uzoq davom etmasligiga e’tibor bering.Shuningdek, bolaning biror joyiga tekkaningizda yuzini burishtirsa yoki yig‘lasa, mutaxassis shifokorga murojaat eting.
manba: sangzor.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий