Buyrak kasalliklari va davolash usullari

Spread the love

Buyraklar organizmni tozalashda aloxida rol o‘ynaydi. Ular asosan organizmni oqsil qoldiqlaridan, organik birikmalardan 3 – 6 sm loviyasimon shaklda organizmni bel qismida qorin pardadan tashqarida joylashgan. Har sutkada 150 l qonni o‘zidan o‘tkazadi, qonni filtirlash va qayta surishi asosan buyrak epitiliyalari funksiyasiga bog‘liq. Buyrak epitiliyalari vitamin A ga bog‘liq.

Vitamin A ni esa organizm uchun eng ma’qul varianti qizil sabzida. Sabzini qaynatib yoki qovurib pishirilganda  Vitamin A miqdori ozayib ketadi.  Vitamin A yangi kavlangan sabzining yangi siqib olingan shirasida ko‘p bo‘ladi. Ya’ni yangi tayyorlangan shirada elektronlar ioni fazoviy jihatidan me’yorida. Uzoq saqlangan yoki pishirilgan sabzida ionlarni fazoviy strukturasi buzila boshlagan bo‘ladi. Inson organizmi uchun xususan buyraklar epitiliyasi funksiyalari uchun, shuningdek, ichaklar epidemiyasi uchun Vitamin A ning axamiyati nixoyatda beqiyosdir. Buyraklar quyidagi vazifalarni bajaradilar:

  1. Organizmda azotli birikmalarning maromini belgilash, oshiqchasini chiqarish.
  2. Organizmda natriy moddasini barqarorligini ta’minlash, oshiqchasini chiqarish.
  3. Organizmdagi xujayralardan tashqaridagi suv miqdorini me’yorlash, oshiqchasini chiqarish.
  4. Qonda ionlar miqdorini belgilash, oshiqchasini chiqarish.
  5. Organizmdagi, shu jumladan, qondagi ishqoriy kislota muxitining muvozanatini ta’minlash.

Buyraklarda xayotiy jarayonlarni o‘z vaqtida va maromida kechishi uchun iqlimiy sharoitlar (yashash joyi iqlimi), yil fasllari, ovqatlanish muxim ahamiyatga ega. Ayniqsa bolalikning dastlabki vaqtlaridanoq to‘g‘ri ovqatlanish muxim ahamiyatga ega. Bolalarni xar xil bo‘tqalar va un maxsulotlari bilan   ovqatlantirishlik oxir – oqibatda buyrak faoliyatini buzilishiga olib keladi. Xar xil bo‘tqa va un maxsulotlarida kalsiy elementi nisbatan ko‘p. Lekin bu bo‘tqa va un maxsulotlari olovda pishirilib iste’mol qilinishi sababli ovqat tarkibidagi boshqa elementlar kabi kalsiy ham o‘z fazoviy strukturasi yo‘qotadi. Bunday kalsiylarni bola  organizmi o‘zlashtira olmaydi. Natijada uning buyraklarida tuzlar yoki toshlar xosil bo‘ladi. SHuningdek, xazm organlarida buyrakka kelib qolgan xar xil mikroblar xam bu erda o‘rnashib qolib , toshlar xosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Jigar funksiyasining buzilishi xam buyraklarda toshlar, tuzlar to‘planib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Buyraklarda tosh yoki tuzlarning paydo bo‘lib qolishida asab tizimini aloxida ta’kidlash kerak. Masalan,  uzoq vaqt qo‘rqo‘v , besaramjonlik , ruxiy tushkunlik va x.k.lar buyraklarda tosh va tuzlar to‘planib qolishiga olib kelishi mumkin. Toshlar va tuzlar o‘ng buyrakda ko‘proq uchraydi. Sababi , yo‘g‘on ichakning ushbu qismida uning devori nisbatan yupqarok. U erda o‘ng buyrakka o‘tib qolishi oson. Buyraklardan toshlar va tuzlarni chiqarib yuborishning usullari ko‘p. Kaliy tuzlari buyraklarda siylik ajralishini ko‘paytiradi. Kaliy esa poliz maxsulotlarida va mevalarda ko‘p. Masalan, yaxshi tayyorlangan sabzi shirasidan 200 gr, selderey 400 gr, petrushka 20 gr, limon 30 gr, aralashtirib bir kunda 1 marta 50 gr dan ovqatdan 1 soat oldin ichilsa, buyrakdagi toshni eritib tushirib yuborishga yordam beradi.

Ushbu muolajalar bajariladigan paytda xar kuni issiq vanna qabulqilish kerak. Vannadan so‘ng xar doim bel soxasini issiq saqlash kerak. Limonli choy, uzum bargi qaynatmasi, yalpiz damlamasi xam buyrakda tomchilarni qisqartirishni yaxshilaydi, tosh yoki tuzlarni siljishiga yordam  qiladi, marvaridgul gullari, qayin barglari, archa mevalari, ukrop mevasi, petrushka mevasi, qora marjon gullari , qora zira mevalari, gul yaproq o‘ti, qirq bo‘g‘in o‘ti, er tuti barglari xam buyrak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

Tarvuz siydik yo‘llari va buyraklardagi tuz yoki toshlarni eritadi. Xar kuni (3 kg dan 1 kunda 3 marta 1 kg dan) tarvuz iste’mol qilinadi. Po‘chog‘i qaynatilib, suzib ichiladi va xar kuni 3 – 4 marta vanna qilish va engil jismoniy mexnat qilinadi. Buyrak va siydik yo‘llarini tozalashni kuz faslida qilgan ma’qul. Lekin buyrak va siydik yullarini tozalash zarurati  tug‘ilsa ularni xar doim xam tozalash mumkin.

Buyraklarni na’matak tomiri qaynatmasi bilan yuvish muolajasi uchun 2 osh qoshiq maydalangan na’matak tomirlari 200gr suvda 15 daqiqaqaynatiladi, sovutib, dokada suziladi. 1 kunda 3 maxal 1 stakandan ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Na’matak mevasini xam shunda ishlatish mumkin.

Buyraklarni tozalashni doktor Uoker usulida 100 gr qizil sabzi shirasi, 30 gr qizil lavlagi shirasi, 30 gr bodring shirasi aralashtirilib, birdaniga ichiladi.

Buyraklarni paxta yog‘i bilan tozalash uchun 1 xafta xar kuni Uoker usuli  bilan yoki na’matak qaynatmasi bilan yoki yuqorida yozilgan siydik xaydovchilarni birortasi qaynatmalarini ichish bilan  boshlanadi. Ya’ni bir xafta yuqoridagilarni ichgandan so‘ng ichilayotgan diraga 5 tomchi paxta yog‘i qo‘shiladi va ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Iloji bo‘lsa naycha orqali ichish kerak. Tishlarga tegmagani yaxshi. Bunda muolaja xar kuni 3 martadan 5 kun davomida o‘tkaziladi. 2 xafta tanaffusdan so‘ng muolaja yana qaytariladi. Shunday qilib kerakli natija  hosil bo‘lguncha tanaffuslar bilan davom ettiriladi.

To‘g‘ri ovqatlanish va xarakat buyrakni toza yurishiga sharoit yaratadi. « Sog‘lom yurak, buyraklari bor kishi 100 yil yashaydi. Agar yuragi kasal bo‘lsa ham» degan qadimgi hakimlarning hikmatlprini doimo yodimizda tutishimiz kerak.

manba: sangzor.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий