Bo’qoqdan qutulishning ikkita usuli

Spread the love

Bo’qoq kasalligidan og’riyotgan bemorlar uchun uy sharoitida qanday yordam ko’rsatish mumkin. Xalq tabobatida ushbu kasallikni bartaraf etish uchun bir nechta usullardan foydalanilgan. Quyida ulardan ikkitasini e’tiboringizga havola qilamiz.

1. Yovvoyi qulupnay, qizilmiya ildizi, ro’yan, qoraqiz, oddiy sachratqi, bo’ymodaron, tog’rayhon o’tlarini teng miqdorda aralashtirib, bir osh qoshig’iga 250 gramm qaynoq suv qo’shiladi va bug’da 5 daqiqa qaynatiladi. 12 soat tindiriladi va dokadan o’tkazib kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin chorak piyoladan ichiladi.

2. Ikki qismdan ro’yan va sovunak ildizlariga bir qism oddiy qizilmiya qo’shib aralashtiriladi va bir osh qoshig’iga 250 gramm qaynoq suv quyib, bug’da 15 daqiqa qaynatiladi. 12 soat davomida tindirib, dokadan o’tkaziladi va kuniga bir mahal nahorga 1-2 piyoladan ichiladi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий