Tabib ilon

Tabib ilon (Elaphe longissima) — suvilonsimonlar oilasi turi. Bo’yi 2 m gacha. Kichkina boshi bo’ynidan bir oz ajralib turadi, dumi uzun. Terisi sirtdan silliqtangachalar bilan qoplangan.

Картинки по запросу фото Elaphe longissima

Ba’zan tanasining orqa tomoni va boshining usti sarg’ishkulrang, qoramtir yoki qora bo’ladi. O’rmon va butazorlarda yashaydi. Urg’ochisi tuproqqa 5—8 ta tuxum qo’yadi. Kemiruvchilar, mayda qushlar bilan oziqlanadi. G’arbiy Yevropaning jan. qismida, Ukrainaning janubiy g’arbida, Kichik Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Eronda tarkalgan. Qadimgi yunonlar va rimliklarning tibbiy emblemasida tabiblik xudosi — Eskulap qo’liga ilon o’ralgan aso tutqazilgan. Eronliklar esa unga Tabib ilon deb nom berishgan.

Картинки по запросу фото Elaphe longissima

Вам может понравиться

Добавить комментарий