Suzish bilan shug’illanishning 7 foydasi

Muntazam ravishda suvda suzish mashqlari yurak qon-tomir tizimi uchun yaxshi foyda beradi.

  1. Yurakka quvvat

Muntazam ravishda suvda suzish mashqlari yurak qon-tomir tizimi uchun yaxshi foyda beradi. Chunki suzishni boshlaganingiz zahoti arterial qon bosimi me’yoriga keladi. Yurak mushagi chiniqqanligi bois uning elastikligi ortadi.

  1. Nafas olish tizimidagi muammolardan xalos etadi

Agar bronxit yoki o’pka yallig’lanishidan aziyat cheksangiz, shifokor tavsiyasiga ko’ra suzish bilan shug’ullanishingiz lozim. Chunki bu sport turida muntazam nafas mashqlarini bajarishingizga to’g’ri keladi. Natijada o’pka chiniqadi. Bundan tashqari, gipoksiya (kislorod yetishmasligi)dan xalos etadi.

  1. Asablarni tinchlantiradi

Suv tanani bo’shashtirish xususiyatiga ega bo’lib, mushakdagi spazmlarni ketkazadi. Miya tin olib, uyqu va xotira yaxshilanadi. Suvga tushgach, barcha tashvishlarni unutasiz va ruhiy zo’riqishlardan xalos bo’lasiz.

  1. Osteoxondrozni davolaydi

Hovuzda suzish, ayniqsa, umurtqa pog’onasida muammolari bor bemorlarning sevimli mashg’ulotiga aylanishi lozim. Bu sport turi umurtqa qiyshayishining odini oladi va bo’g’imlar bilan bog’liq artrit xastaliklarini davolashda yaxshi samara beradi.

  1. Ozdiradi

Bir soat suvda suzish naqd 500 kilokaloriyadan xalos etadi. Mashg’ulotlarga muntazam qatnash natijasida moddalar almashinuvi yaxshilanib, ortiqcha santimetrlar o’z-o’zidan yo’qola boshlaydi.

  1. Semirishni istaganlar uchun ham foydali

Qanday qilib deysizmi? Suzish mashqlari davomida tanangizdagi barcha mushaklar ishlaydi. Mushaklar harakatlangani sari o’sib boraveradi. Natijada yog’lar hisobiga emas, aynan mushaklar hisobiga chiroyli qomatga ega bo’lasiz.

  1. Varikozning oldini oladi

Suzish mashg’ulotidan keyin qon aylanishi yaxshilanadi, bundan tashqari, asosiy yuklama boldir va oyoq kaftiga tushgani uchun venalarda yig’ilib qolgan kon tarqala boshlaydi.

manbaa: asr.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий