Sovun o`rnini bosuvchi o`simliklar

Rostdan ham, qadimda ayrim o’simliklardan sovun sifatida foydalanilgan. Tabiatda ko’pik hosil qiluvchi, ya’ni sovun o’rnini bosuvchi o’simliklar mavjud. Bu xususiyat ular tarkibida amorf-saponin deb ataluvchi modda borligi tufayli yuzaga keladi. Bu modda suv ta’sirida xuddi sovun kabi ko’pikli eritma hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.Masalan, sovunak (suvono’t), shildiroqo’t, tatar sovun (zorka) kabi o’simliklar tarkibida saponin moddasi serobdir. Bu o’simliklarning yangi unib chiqqanida bu modda katta sershoxlariga qaraganda mo’l bo’ladi. Chunki o’simliklar gullaydigan davrda ular tarkibidagi saponin birmuncha kamayadi.

  • Sovuno’t (suvono’t, (lot. Saponaria officinalis, mыlnyanka, qizil sovun ildiz) sovun o’rnini bosuvchi o’simliklar orasida eng samaralisidir. Uning nomidan ham qanday xususiyatga ega ekan-ligini anglash qiyin emas. Bu o’simlik ildizini qo’lga ishqab, suv bilan yuvilsa, yaxshigina qo’pik hosil bo’ladi va bemalol sovun o’rnini bosa oladi.

Atir sovun ishlab chiqarishda sovuno’tning maydalangan ildizidan foydalaniladi.

  • Yalang’och grijnik (lot: Herniaria glabra) chinniguldoshlar oilasiga mansub o’simlik. Bu o’simlik ham suvda ishqalansa, ko’p ko’pik hosil qilish xususiyatiga ega. U kirni yaxshi ketkazadi va terini tirnamaydi.
  • Tatar sovuni (rus. zorka, gorisvet; lot. Lychnis chalcedonica) ildizlari qadimdan qo’l yuvishda, kir yuvishda, kiyimdan yog’ dog’larini ketkazishda ishlatilib kelinadi. Ayniqsa, uning kukun holidagi ildizi ishlatilsa, foydasi yanada ko’proq bo’ladi.
  • Daraxtda o’sadigan trutovik deb ataluvchi zamburug’lar ham sovun o’rnini bosa oladi. Ular-ning inki tomoni yaxshiroq ko’piradi.
  • Marjoy daraxti mevasi (lot. Sambucus) ham ajoyib kir ketkazuvchi o’simlik. U ko’pik hosil qilmaydi, lekin dog’larni yaxshi ketkazadi.

Shuni unutmaslik kerakki, ko’pirtiruvchi o’simliklardan tayyorlangan vositalarni ishlatganda ham ularni yalab ko’rish yoki hidlash aslo mumkin emas. Ular allergiya chaqirishi, aksa urish yoki boshqa nojo’ya alomatlarga sabab bo’lishi aniqlangan.Yuqorida aytib o’tilgan o’simliklar Yer yuzining turli xududlarida usadi. Ular qadimdan xo’jalikda va turmushda ishlatib kelingan.
Sovun qanday kashf qilingan?

Rim olimi va siyosatchisi Pliniy Starshiy sovun tayyorlashni qadimiy gaplar va germanlar ham bilgan, deb ta’kidlagan. Tarixchining guvohlik berishicha, bu yovvoyi qabilalar oddiy va doimo mavjud bo’lgan narsalardan, ya’ni moy va buk daraxtining kulidan qandaydir mu’jizaviy moy dori tayyorlaganlar hamda bu dorini sochni tozapash va buyash, teri kasalliklarini davolash uchun ishlatganlar. Usha davrda Rimda yashagan Galen ismli tabib sovunni ta’riflagan hamda uni moy va kul bilan ohakning eritmasidan tayerlash kerak, deb yozgan. Bunday sovun terini yumshatadi. Teri va kiyimlarni kirdan tozalaydi.Sovun pishirishning batafsil ta’rifi eramizdan avvapgi 2500 yildagi shumer loili taxtachalarida topilgan.Sovun tayyorlash usuli: yog’och kuli va suv arapashmasi qainatilib, unda moy eritilardi va natijada sovun eritmasi olinardi.XI asrda yashagan mashxur tabib Ibn Sino moxov kasalligiga chalingan bemorlar yuvinish uchun sovundan foydalanishni maslahat bergan. Shundan so’ng ancha paytgacha (to XIII asrgacha) sovun tabobat vositalari va dorilar ftoridan o’rin olgan.Aynan arablar eramizning VII asrida birinchi bor amaliyotda sovun eritmasini so’ndirilgan ishqor bilan aralashtirib, qattiq sovun tayyorlashni boshlaganlar. Arablardan sovun tayyorlash san’ati Ispaniyaga ham yetib kelgan. Bu yerda oliy moy va dengiz o’simlik-larining kulidan chiroyli qattiq sovun tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Zaytun o’simliklari yetishtirilgan butun Urta Yer dengizi bo’yida sovun tayyorlash keng tarqalgan.Shunday qilib, sovun yaratilish tarixi turli-tuman va uning yaratilish joyi, sababi va yaratuvchisi haqida aniq ma’lumotlar yo’q. ‘Chamasi u turli joylarda, turli vaqtlarda o’zidan-o’zi paydo bo’lgan va hyech narsaga qaramasdan, odam gigiyenasida katta o’zgarish yasab, uning kundalik hayotining ajralmas qismi bo’lib qoldi.

Manzura BEKJONOVA tayyorladi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий