Som tillari

Som tillari— som-hom (afroosiyo) tillari makrooilasining bir tarmog’i; G’arbiy Osiyoda va Afrikada Sahroi Kabirning shimoliy tomonlarida (jumladan, barcha arab mamlakatlarida, Isroil, Efiopiya, Eritreya, Somali, Jibuti, Turkiya, Malta davlatlarida, qisman Mali, Chad, Keniya, Gruziya, Ozarbayjon, Armanistonning ayrim hududlarida, AQSh va Jan. Afrikada) tarqalgan tillar. Bu tillarda 230 mln. dan ortiq kishi so’zlashadi. Som tillari quyidagi guruxlarga bo’linadi: shim.sharqiy (ossuriy va bobil lahjalariga ega bo’lgan o’lik akkad tili); shim.g’arbiy (jonli tillar: ivrit va Suriya, Eron, Iroq, Turkiya va b. hududlardagi yangi oromiy lahjalari; ulik tillar: amori, ugarit, xanaan, qadimiy yahudiy tillari, oromiy laxjalari, palmira, nabotiy, falastin tillari va boshqalar); janubiy markaziy (bir-biridan kuchli farq qiluvchi so’zlashuv lahjalari bo’lgan arab tili hamda Malta orollaridagi malta tili); janubiy chekka (jonli tillar: mehriy, jibboliy, so’qo’tra va bir qancha ulik tillar); efiopsom (jonli tillar: tigray, tigre, amxara, argobba; ulik tillar: mine, sabe, kataban, efiop). Keyingi 3 guruh ba’zi adabiyotlarda «janubiy» yoki «jan.g’arbiy» deb xam ataladi.

Som tillarining qad. fonetik tizimi arab tilida yaxshi saqlangan. Bu tillarda unlilar soni cheklangan: asosan cho’ziq a, i, u va qisqa a, i, u. Fe’llar va ular asosidagi nomlarning o’zaklari, asosan, undoshlardan (3 ta, ba’zan o’zlashma so’zlarda undan ortiqroq) tashkil topadi va u, asosiy lug’aviy ma’noni bildiradi; qisqa unlilarni ifodalovchi ostust belgilarining urin almashuvlari, suffiks, prefiks va infikslar ma’noni muayyanlashtirish va grammatik kategoriyalarni ifodalash uchun xizmat kiladi. Masalan. arabcha «ktb» o’zagidan quyidagilarni o’qish mumkin: «kataba» — u yozdi, «kutiba»— yozildi, «aktaba» — yozdirdi: «kotib» — yozuvchi, mirza, «kitob» — xat yoki kitob, «maktab» — yozish joyi va vaqti, maktab va boshqalar Som tillari a fe’llardagi nisbatlar, ba’zan mayllar, bir qator ma’no nozikliklari «bob» (arab.nav’; boshqa tillarda o’zak, asos tushunchalariga to’g’ri keladi)lar orqali ifodalanadi. Boblar fe’lning dastlabki ma’nosini u yoki bu darajada o’zgartiradi. Suz yasalishi ham, asosan, unli va undoshlarning o’rin almashuvi va kisman affiksasiya orqali amalga oshadi. Odatdagi so’z tartibi: kesim, ega, to’ldiruvchi; aniqlovchi doimo anikdanmishdan keyin turadi. Som tillari da barbar, kushit, roman, turkiy, yunon tillaridan o’zlashgan so’zlar uchraydi.

Som tillarining eng qadimiy yodgorliklari akkad tilidagi mixxat yozuvlari va miyer yozuvvdagi falastincha atokli ismlar va joy nomlaridir (mil. av. 3—2ming yilliklar va mil. 1ming yillik); shuningdek, qad. yahudiy va ivrit tillarida (mil. av. 12-asrdan finikiy yozuvida), oromiy laxjalari, ayniqsa, suryoniy laxjasida (miloddan. avval 8-asr), efiop tilida (4—20-asrlar, bo’g’inli efiop yozuvida) ham ko’plab yozma manbalar mavjud. Arab tilida juda boy adabiyot saqlangan (4-asrdan arab yozuvida). Ugarit, finikiypuna, mine, kataban tillarida xam miloddan avval 14—13 va miloddan 4-asrlarga oid matnlar saqlanganligi ma’lum. Som tillaridan arab tili — oromiy yozuvidan kelib chiqkan arab yozuvidan, ivrit — an’anaviy qadimiy yahudiy yozuvidan, amxara va tifay tillari — bo’g’inli efiop yozuviga asoslangan uz yozuvlaridan, malta tili esa login alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий