Soch to’kilishi nega yosharib ketmoqda – mutaxassis javob beradi

Bugungi kunda soch to’kilishi nafaqat 40 dan oshganlarning muammosi, balki 20-25 yoshlilarning ham muammosiga aylanayotganini kuzatmoqdamiz. 

Albatta, ko’p hollarda soch to’kilishidan ko’pchilik erkaklar tushkunlikka tushib qoladilar. Soch to’kilishi muammosi va uning yechimlari yuzasidan biz TM Minox mutaxassisiga savollar bilan murojaat qildik. Suhbatimiz natijalarini sizning e`tiboringizga havola etamiz:

– Nima uchun bugungi kunda soch to’kilishi yosharib ketmoqda, umuman, yoshlarda soch to’kilishining sabablari nimada?

– Olimlarning ta`kidlashicha, soch to’kilishi inson organizmida digidrotestesteron garmoni miqdorining ko’payib ketishi bilan bog’liq. Bu garmon organizmda testesteron miqdorining ortishini keltirib chiqaradi va ayni garmon bevosita soch ildizi yadrosini zararlantiradi. Natijada esa soch ildizi shikastlanadi va nobud bo’ladi.

Soch to’kilishi muammosining yosharib borishini biz Minox mahsulotlariga bugungi kunda yoshlardan ko’proq talab tushayotganidan kuzatmoqdamiz. Ayni paytda, iqlim va ekologik o’zgarishlar oqibatida soch to’kilishi va kallik muammosi dunyo bo’ylab barchaning muammosiga aylangan, desam ham mubolag’a bo’lmaydi.

– Minox mahsulotlari qanday turdagi soch muammolari uchun mo’ljallangan?

– Minox savdo markasi ostida taklif etilayotgan mahsulotlar erkaklar va ayollarda soch to’kilishining oldini olish, sochlarni mustahkamlash, oziqlantirish va soch qoplami qalinligini oshirishga mo’ljallangan. Shu bilan birga, Minox savdo markasi ostida soqol va kipriklarni qalinlashtirish va o’stirish uchun ham alohida vositalar taklif etiladi.

– Minox 2, Minox 5 va Minox 10 losyonlarining foydalari haqida gapirib o’tsangiz?

– Minox 2, Minox 5 va Minox 10 tarkibida mos ravishda 2 foiz, 5 foiz va 10 foiz minoksidin hamda glitserin, qichitqi o’t ekstrakti va C, K, B2 kabi vitaminlar, karotin, pantotenik kislota, xlorofill, kaliy, oltingugurt, kalsiy, temir va tuzlar mavjud. Preparatlar to’liq tabiiy bo’lib, ularga hech qanday gormonal vositalar qo’shilmagan.

Minox 2 preparati ayollar uchun maxsus ishlab chiqarilgan mahsulot bo’lib, losyon gormonal o’zgarishlar (masalan, tug’uruqdan keyingi holat), atrof-muhitning zararli ta`siri natijasidagi va mavsumiy soch to’kilishi kabi holatlarda juda samarali hisoblanadi.

Minox 5 preparati erkaklar uchun maxsus ishlab chiqarilgan bo’lib, losyon androgenetik alopetsiya, irsiyat sababli soch to’kilishi, kallik va sochlarning siyraklashuvining turli darajalarida samarali ta`sir etadi.

Minox 10 kuchli losyon-spreyi erkaklarga mo’ljallangan bo’lib, losyon uzoq muddat davomida antibiotiklar qabul qilish va stresslar natijasida, shu bilan birga, jarrohlik operatsiyalardan keyingi kuchli soch to’kilishi holatlarida samarali ta`sir ko’rsatadi.

– Minox preparatining ta`siri qancha vaqt ichida ko’rinadi?

– Birinchi navbatda, bu har bir inson sochining individual o’sish tabiati va maxsus xususiyatlariga bog’liq. Shu bilan birga, soch to’kilishining sababini aniqlash ham muhim: bu irsiyatga bog’liq omilmi yoki shunchaki avitaminoz ta`sirimi? Shundan keyingina Minox losyon-spreyidan foydalangan holda davolanish kursi aniqlashtirib olinadi.

4-8 hafta Minox vositasidan foylangach, 90 foiz holatlarda soch to’kilishi to’xtaydi;

Minox vositadan 3-4 hafta foydalangach, birinchi ko’zga ko’rinarli holat, ya`ni yangi sochlarning paydo bo’lishiga guvoh bo’lish mumkin;

minoksidinning maksimal ta`sirini 12-14 haftada ko’rish mumkin.

Umuman aytganda, sochlar to’kilishini qanchalik avvalroq aniqlab, preparatni qo’llashni ertaroq boshlasak, natijasi shuncha yuqoriroq va tezroq ko’rinadi.

– Minox vositasi soch to’kilishiga qanday ta`sir ko’rsatadi?

– Vositaning ta`siri gormonal bo’lmagan, soch to’kilishiga qarshi isbotlangan ta`sirga ega komponent – minoksidinga asoslangan. Minox soch ildizini yumshatib, undagi mikrokapilyar tomirlarini kengaytiradi. Buning natijasida soch ildizi tiklanadi va asta-sekinlik bilan o’sishni boshlaydi.

– Minox losyonini to’g’ri qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar bersangiz.

– Losyon faqat tashqi foydalanish uchun mo’ljallangan. Foydalanishdan avval losyonni chayqatib yuborish kerak. Losyon-spreyini kuniga 2 marta quruq, toza bosh terisiga sepiladi. Losyonni iloji boricha bosh terisiga yaqin holda (0.5-1 sm) ushlab, aralashmaning sochlarga tegib ketishidan saqlangan holda purkagich yordamida (6-7 marta bosing) sepiladi. Bir sutkada o’rtacha foydalanish miqdori 2 ml.ni tashkil etishi kerak. Foydalangandan so’ng bosh terisini yuvish shart emas.

– Minox vositasini qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar ham bormi?

– Mahsulot homiladorlik va laktatsiya davrida va bundan tashqari 18 yoshdan kichik shaxslarga ham foydalanishga tavsiya etilmaydi. Losyon-spreyni zararlangan teri qismlariga (qizargan, yallig’langan, zararlangan qismlari), bosh terisi kasalliklari (jumladan, oftobda qorayish kabi) holatlarda ham qo’llash tavsiya etilmaydi.

– Minox Hair Magic va Minox XL balzami to’g’risida ham biroz aytib bersangiz?

– Minox Hair Magic bu paxta mikro-tolalari asosidagi kamuflyaj kukun bo’lib, u 30 soniya ichida sochlarni qalin va joylashuv jihatidan zich ko’rinishga keltiradi. Bu jihatdan ushbu preparatni «bir zumda ko’rkamlik keltiruvchi» mo’`jiza deb atashimiz ham mumkin. “Minox Hair Magic”ning tarkibiy qismi to’liq tabiiy vositalardan tashkil topgan va undan foydalanish mutlaqo xavfsiz.

Minox XL balzami esa yumshoq koral ekstrakti asosida kipriklarni qalinlashitish va ularni 40% gacha o’stirishga mo’ljallangan tabiiy vosita. Vositadan foydalangach, 2 hafta ichida sezilarli darajadagi natijaga erishish mumkin. Vosita hech qanday allergiya chaqirmaydi.

– Minox mahsulotlarini qanday va qayerdan topishimiz mumkin bo’ladi?

– Siz Minox.UZ veb-saytimizga tashrif buyurib, o’zingizga yaqin joyda joylashgan dorixonalar manzili va telefon raqamlarini topishingiz mumkin.

Mutaxassisdan bepul maslahatlar:

+99895 142 08 01;

+998 71 200 08 01.

Minox mahsuloti foydalanuvchilaridan biri o’z natijalarini videorolik orqali o’rtoqlashadi.

Reklama huquqi asosida

manbaa: kun.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий