Sobiq darvozabon – Yevgeniy Morgunov haqida 15 ta fakt

  1. 1927 yilning 27 aprelida Moskvada tug’ilgan.

    2. U yaxshi o’qiy olmaganligi va otasiz o’sganligi uchun ham aktyor bo’lib yetishdi.

    3. Bolaligida futbol o’ynaganida – doimo darvozani qo’riqlagan.

    4. 1944 yilda VGIKning aktyorlik fakultetiga o’qishga kirdi.

    5. Talabalik yillarida doimo avtobuslarda tekin yurgan. Uning epchilligi ko’pchilikni hayron qoldirardi.

    6. Birinchi rasmiy rolini 1948 yilda suratga olingan “Yosh gvardiya” filmida ijro etgan.

    7. Yevgeniy iqtidoriga bir necha bor shubha qilishgan va hattoki uni teatrdan haydab yubormoqchi ham bo’lishgan.

    8. Uni tanitgan film “Barbos laqabli kuchuk va antiqa kross”dir.

    9. Morgunovni yanada mashhur qilgan filmlar “Shikoyat daftarini bering” kinokomediyasi, “Operasiya Ы”, “Kavkaz asirasi” kabi filmlardir.

    10. “Kavkaz asirasi” filmida u rejissyor Gayday bilan arazlashib qoladi va faqatgina 27 yildan so’ng ular yarashishadi.

    11. Yevgeniy “Kavkaz asirasi” filmidan so’ng YurIY Nikulinni ham xafa qilib qo’yadi va ular keyinchalik gaplashmay qo’yishadi.

    12. U faoliyatining so’nggi yillarida turli tuman tomoshalarda ishtirok etgan. Hattoki sahnaga yirtiq poyafzalda chiqishga ham majbur bo’lgan.

    13. 1998 yilda kenja o’gli avtahalokatga uchrab vafot etadi. Shundan so’ng u ikki marta infarkt va insultga duchor bo’ldi.

    14. U boshqalar uchun ko’p ish qilgan bo’lsa ham, lekin o’ziga pul topishni eplay olmagandi.

    15. Morgunov 1999 yilning 25 iyun kuni 73 yoshida Moskvadagi markaziy klinik shifoxonada insult tufayli hayotdan ko’z yumdi. U Kunsev qabristoniga dafn etilgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий