Siz o’ylagandan-da foydali 7 mahsulot

Sog’lom ovqatlanish haqida ma`lumotlar shu qadar ko’pki, ularning qaysi biri haqiqatan ham foydali ekanini bila olmay qolasan ba`zan.

Ko’p mahsulotlar umuman “aybsiz aybdor”dek bo’lib qolgan: sog’lom turmush tarzi tarafdorlari o’z ratsionlarida ularni bekorga chetlab o’tishmoqda. “Layfxaker” nima uchun ketchup, makaron va shokoladlar ko’pchilik o’ylaganidan yaxshiroq ekaniga doir ma`lumotlar bilan bo’lishdi.

Kartoshka

Kartoshka to’g’ri ovqatlanish va ozish foydasiga ratsiondan olib tashlanishi kerak bo’lgan mahsulotlar ro’yxatida ko’p bor qayd etiladi. Albatta, agar har kuni katta likopchani to’ldirib qovurilgan kartoshka iste`mol qilib, vaznni kamaytirishga umid qilish noto’g’ri. Shunday bo’lsa-da, kartoshka talay foydali xususiyatlarga ega.

Kartoshka – organizmda namlik muvozanatini saqlash va miyaga kislorod yetkazib berishni yaxshilash uchun muhim bo’lgan kaliy manbai. O’rtacha hajmdagi kartoshkada 20 foizgacha kundalik kaliy normasi bo’ladi. Bu elementning maksimal miqdoriga erishish uchun pechda pishirilgan kartoshkani po’sti bilan iste`mol qiling. Tabiiyki, bunda uning po’stini oldindan yaxshilab yuvish shart.

Mahsulot tarkibidagi sellyuloza C va B6 vitaminlari bilan birga xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Shunday ekan, o’choq yoki gaz pechida po’sti bilan pishirilgan kartoshkani xush ko’ruvchilar o’z yurak va qon tomirlari uchun xotirjam bo’lishlari mumkin.

Shokolad

Bu yerda to’g’ri ovqatlanish tarafdorlari qisman haq. Agar normal tushlikni har kuni shokolad batonchasiga almashtirilsa yoki kuniga bittadan sutli shokolad iste`mol qilinsa, organizmingiz sizdan minnatdor bo’lishi qiyin. Sutli shokoladni achchig’iga almashtiring. U qadar shirin bo’lmasligi mumkin, lekin foydali ekani aniq.

Birinchidan, shokolad iste`moli yurak-qon tomir kasalliklari xavfini qisqartiradi: teobromin va  katexin qon tomirlari faoliyatiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. Shokoladda kakao qirindisi qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi. Bu borada sutlidan ko’ra achchiq shokolad maqsadga muvofiq, oq shokoladni esa umuman jiddiy qabul qilmagan ma`qul.

Ikkinchidan, flavonoidlar miqdori yuqori bo’lgan shokolad terini ultrafiolet nurlar ta`siridan himoyalaydi. Albatta, bu quyoshdan muhofazalovchi kremni ham unutib, kuni bo’yi shokolad yeb sohilda yaltoqlanib yotish kerakligini bildirmaydi, biroq shokoladni ratsionga qaytarish uchun arzirli sababdir.

Qahva

To’g’ri ovqatlanish tarafdorlari “Kofeindan voz keching”, “Qahva emas, choy iching” deyishadi. Bu ichimlikning “dushmanlari”ga ishonishga shoshilmang.

Tadqiqotlar teri saratonining turlaridan biri bo’lgan bazal hujayrali katsinomaning paydo bo’lish xavfining kamayishini aynan qahva iste`moli bilan bog’laydi. Shuningdek qahva jigar uchun ham foydali: kuniga ikki shinjon qahva sirrozdan himoyalanishga yordam beradi.

Qahva dofamin miqorining oshishi hisobiga depressiyaga qarshi kurashishga yordam beradi, ikkinchi toifadagi diabetning paydo bo’lish xavfini kamaytiradi… Dalillar yetarlimi? Faqat yodingizda bo’lsin, hamma narsada me`yorga rioya qilgan ma`qul, qahvada ham shunday.

Sariyog’

Sariyog’ maksimal darajadagi nosog’lom yegulikdek tuyuladi. Butkul yog’ bo’lsa, nimasi foydali deyishingiz mumkin. Biroq bu mahsulotdan voz kechishga shoshilmang, u siz o’ylaganingizdan ancha foydali.

Sariyog’ ko’rish qobiliyati, moddalar almashinuvi va jinsiy gormonlar sintezida muhim bo’lgan A vitaminiga ega. Bu vitamin yog’da eruvchan bo’ladi, shunday ekan, sariyog’ ushbu vitaminning mukammal manbai bo’la oladi.

Shuningdek, mahsulot E (immunitetni mustahkamlaydi), K (kalsiyni o’zlashtirishda ishtirok etadi va buyraklarning normal ishlashiga yordam beradi) hamda D (saraton va yurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasida juda muhim) vitaminlariga boydir. Darvoqe, bu vitaminlarning barchasi yog’da eruvchan. Bu nimani anglatishini tushungandirsiz? To’g’ri, sariyog’ iste`mol qilish kerak.

Makaronlar

O’z taomnomasi haqida qayg’uradiganlar uchun yana bir dahshat. Likopcha to’la makaron – bu axir dahshat, qanchadan-qancha kaloriya… Yoki unday emasmi?

Qanday makaron tanlanishiga bog’liq! Bug’doyning qattiq navlaridan tayyorlangan pasta ovqatni yaxshi hazm qilish uchun kerak bo’lgan sellyulozaga boy. Tsellyuloza hatto ozishga yordam beradi: u anchagacha to’qlik hissini beradi. Boz ustiga sifatli makaron qondagi qand miqdorini oshirmaydi.

Kepakli makaronlar homilador ayollarda homilaning yaxshi rivojlanishi uchun kerak bo’lgan foliy kislotasi (B9)ga ega bo’ladi. Bu vitamin erkaklar uchun ham foydali: u jismoniy quvvatni oshiradi.

Bundan tashqari, selen. U moddalar almashinuvini nazoratida ishtirok etadi, qalqonsimon bez va immun tizimi faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi. Kepakli makaron doimiy ratsionga qo’shish kerak bo’lgan selen manbaidir.

Semirishdan qo’rqsangiz, yog’li va to’yimli souslardan voz keching. Ularning o’rniga makaronlarga biroz sifatli ketchup qo’shing.

manbaa: kun.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий