Asr ohiriga borib Amerika shaharlari suv ostida qoladi(mi?) 

Spread the love

Yer yuzida suv sathi ko’tarilishi sababli 2100 yilga borib AQShning 1,4 mingdan ortiq shaharlari suv ostiga g’arq bo’lishi mumkin.

Amerikaning ilmiy PNAS jurnalining “Climate Central” tashkiloti tadqiqotchisi Benjamin Straus olib borgan tadqiqotlarga tayanib xabar berishicha, global issish sababli kelajakda okean suvlari sathi taxminan 127 santimetrga ko’tariladi.

 Jurnaldagi maqolada AQShning aynan qaysi shaharlari xavf ostida ekani va falokat aynan qachon ro’y berishi xaqida hyech narsa deyilmagan.

Картинки по запросу америка под водой

Tadqiqotchi Strauss Florida va Luiziana shtatlariga alohida e’tibor qaratgan bo’lib, uning fikricha mana shu shtatlarning aholisi suv sathi ko’tarilishidan sezilarli aziyat chekishi mumkin. Shu tariqa 2,7 million aholi yashaydigan Floridaning 150 ta shahri hamda Luiziananing 1,2 million aholisi mavjud bo’lgan 114 ta shahri ekologik havf ostida qolmoqda.

Картинки по запросу америка под водой

Toshqin havf solayotgan boshqa shtatlar orasida, Kaliforniya, Nyu-Jersi, Shimoliy Karolina va boshqa shtatlar ham bor.

Вам может понравиться

Добавить комментарий