4 ta yomon odatning foydali tomonlari

Spread the love

Ba’zi odatlarimiz zararli yoki kamida befoyda degan tamg’aga ega. Ammo bugungi kunda olimlar ularning bir qismi nafaqat sog’liq uchun foydali ekanini, balki yoshlikni uzaytirishini ham ta’kidlashmoqda. Keling, ular aynan qaysi odatlarni nazarda tutishayotgani bilan qiziqib ko’ramiz.

Uzoq vaqt uxlash

Ko’p uxlash yoki bemaxal uxlashni qoralovchi qator maqollar ham bor. Uyquchi degan so’z odatda erinchoqlar, dangasalarga nisbatan ishlatiladi. Biroq olimlarning fikricha, inson organizmi qancha vaqt dam olish kerakligini o’zi hal qilishi kerak. Ushbu tabiiy jarayonni zaruratsiz buzmaslik lozim. Ha, ishga soat jiringi bilan uyg’onishga to’ri keladi, biroq dam olish kunlarida odam istaganicha uxlashi foydadan xoli emas ekan. Bu borada olib borilgan tadqiqotlar jarayonida ko’ngillilar 8 soat uxlashgan. Biroq ularni har safar endigina tush ko’ra boshlaganida uyg’otishgan. 3 kundan keyin esa ularda tez achchiqlanish, diqqat-e’tibor bilan bog’liq muammolar, gallyusinasiyalar va hatto psixoz alomatlari paydo bo’lgan!

Ertalabki qahva

Qahva yurak faoliyati uchun zararli deyishadi. Biroq ertalablari muntazam ravishda qahva ichadigan kishilar alsgeymer kasalliga 43% kamroq chalinar ekan. Shuningdek, ertalabki qahvani yaxshi ko’radiganlar orasida o’z joniga suiqasd qiluvchilar 63% ga kamligi ham aniqlandi. Bundan tashqari, qahva infarkt xavfini oshiradi, degan fikr faqat erkaklarga taalluqli bo’lib chiqdi. Bu holatda ham qahva kuniga 5-6 martadan ko’proq ichilganida yuqoridagi kasallik xavfi oshar ekan.  Ayollar organizmida esa qahva gipertoniyaga va infarktga olib keluvchi hyech qanday o’zgarishlarni keltirib chiqarmaydi deydi olimlar. Gipertoniyani o’rganish bo’yicha Yevropa jamiyati va Yevropa kardiologiya jamiyati aksincha, qahva ichishni tavsiya qilmoqda, chunki u qondagi yomon xolesterin miqdorini kamaytirar ekan.

Kresloda yastanib o’tirish

Bizga bolalikdan “To’g’ri o’tir!” deb o’rgatishadi. Biroq umurtqa tomogrammasini o’rgangan shifokorlar to’g’ri o’tirish bel uchun zararli ekanini aniqlashdi. Bel va son o’rtasida to’g’ri burchak hosil qilgan holda o’tirganda, odam o’z vazni bilan umurtqa suyaklarini stulga bosib qo’yar ekan. Bunda umurtqa suyaklari orasidagi disklar asta-sekin ezilib borishi ma’lum bo’ldi. Eng sog’lom holat – bu orqaga yastangan holda o’tirish, bunda umurtqa sonlarga nisbatan taxminan 135burchakda turishi va stul suyanchig’iga tayanishi kerak. Eng yaxshisi bel orqasiga valik qo’yish, shunda umurtqa bo’ylab qon aylanishi buzilmaydi, umurtqa suyaklari va disklariga tushadigan bosim esa bir tekis taqsimlanadi.

Esnash

Esnash beadablik hisoblanadi, shu bois esnayotgan paytda og’izni ro’molcha yoki qo’l bilan yopish odat bo’lgan. Ammo nevrologlarning aytishicha, esnash – bu asab hujayralarining ishga layoqatlilikni tiklashga urinishi ekan. Masalan, miya dars yoki majlis paytida olinadigan axborotlar oqimini o’ziga sig’dirishga va tushunishga ulgurmaydi va “tormozlanib” qoladi. Shunda himoya mexanizmi ishga tushadi. Esnash paytida bir paytning o’zida mushaklar, tomirlar, bo’g’inlar, nafas olish va asab tizimi qatnashadi. Bu jarayonga yuz va bo’yincha mushaklari ham qo’shiladi. Bu esa bosh tomirlaridagi qon aylanishini faollashtiradi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий