Sirlarga boy koinot

Keyingi qirq yildan ortiqroq vaqt ichida 400dan ortiq kishi fazoga parvoz qildi. Ular ko’plab narsalarga duch kelishgan. Ammo ular ko’rgan barcha narsalari haqida ham og’iz ochishmagan. Buning ustiga ularga og’iz ochmaslikni maslahat beruvchilar ham bor.

Aytishlaricha, bir paytlar Gagarin «agar ruxsat berishganida, samodagi ko’plab qiziqarli hodisalarni aytib bergan bo’lardim», degan ekan. Rossiya fuqaro aviatsiyasi akademiyasining fizika kafedrasi professori Kirill Butusov ana shunday taqiqlangan mahlumotlarni olishga muvaffaq bo’ldi.

YERDAGILAR SAMODAN HAM KO’RINADI

«Yerdagi jismlarning kattalashishi» hodisasini birinchi bo’lib amerikalik astronavt Gordon Kuper bayon qilgan. U Tibet ustidan uchib o’tayotib, uylarni hech qanday asbobsiz, oddiy ko’z bilan ko’rganligini aytgan. Oradagi masofa esa 300 kilometrni tashkil etardi! Kosmonavt Vitaliy Sevastyanov esa shunday deydi: «Men Sochini ko’rdim. Dengiz bo’yidagi portni ham, ikki qavatli uyimizni ham yaqqol ko’rdim». Yuriy Glazkov ham bu fikrni tasdiqlaydi: «Braziliya ustidan uchib o’tayotib, katta yo’lni ko’rdim. KO’k rangli avtobus yo’lda ketib borardi».

FAZODA ITNING OVOZI

Osmonda g’alati tovushlar eshitilishini kosmonavt Vladislav Volkov shunday tahriflagandi: «Yerda qorong’i tushgandi. Birdan itning hurishini eshitdim. Keyin esa go’dakning yig’lagani aniq eshitildi! Buni tushuntirib berishning iloji yo’q».

KO’RINMAS NIGOH

Ba’zida samoda «kuzatish» hodisasi sodir bo’ladi. Kosmonavt xuddi o’zini kimdir orqada kuzatib turgandek his qiladi. Keyin esa pichirlash eshitiladi. Pichirlagan tovush shunday deydi: «Sen bu yerga juda erta va noto’g’ri kelding. Menga ishon, zero men sening ajdodingman. Sizlar bu yerga kelmasliklaringiz lozim, Yerga qayt, Yaratganning qonunlarini buzma». KO’pincha bu ovoz ishonchli bo’lishi uchun faqat kosmonavtning o’zigagina mahlum bo’lgan oilaviy sirlarni aytadi.
– Bu haqda ismini aytishni istamagan bir kosmonavt aytib bergandi, – deydi Kirill Butusov. – Lekin shaxsan o’zi shunday hodisaga duch kelganligini va o’ziga o’xshagan kosmonavtlarning bir nechtasini bilishini tahkidlagan.
Kosmonavtlar o’zlari duch kelgan bu hodisalarni chop etishga ko’p ham oshiqishmaganining yana bir sababi, odamlar ularni aqldan ozgan, deb hisoblashlaridan cho’chishadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий