Shifobaxsh ne`matlar tabobatda

“Davolashda xalq tabobati” amaliyotida asrlar davomida qo‘llanilib kelinayotgan o‘simliklar, tabiiy ne’matlar va beozor omillar haqida boy va qimmatli ma’lumotlar.

Arpabodiyon

O’rta osiyo respublikalarida arpabodiyon keng ko’lamda yetishtirilib , mevasi ziravor sifatida ishlatiladi . O’simlik mevasi tarkibida 2-3 % miqdorda efir moyi bo’lib , uning asosiy qismini anetol (80-90 %),anis aldegidi va kislotasi , metilxavilkol tashkil qiladi . Arpabodiyon kunjarasida 17-20 % oqsil va 16-22 % noy bo’lganligi tufayli u qoramollar uchun to’yimli oziq hisoblanadi . Xalq tabobatida arpabodiyon mevalarining shifobaxshligi xususiyatlari qadimdan ma`lum . Chunonchi o’simlik mevasi terlatuvchi , emizikli onaning ko’krak sutini ko’paytiruvchi , me`da va ichak kasalliklariga dori sifatida ishlatilgan . Sharq tabiblari arpabodiyon mevasining qaynatmasini tana harorati ko’tarilganda , siydik va o’t ajralishi qiyinlashganda , mijoz susayganda , asabiylashganda , qorin dam bo’lganda ichishni tavsiya qilishgan . Abu Ali Ibn Sino arpabodiyonni qizdirib , tutuni xidlansa bosh og’rig’i va bosh aylanishi to’xtatishi haqida ma`lumot bergan . Shuningdek arpabodiyonni ezib , atirgul moyi bilan aralashtirib quloq og’rig’ini davolagan . Ibn Sino arpabodiyondan siydik ajralishini kuchaytirishda , bachadon , jigar va taloq faoliyatini yaxshilashda , eski bezgakni davolashda ham foydalangan . Ilmiy-medetsinada arpabodiyon mevasidan tayyorlangan dori-darmonlar qorin og’rig’ini (spazm) qoldirish , ichak faoliyatini yaxshilash , yel haydash uchun tavsiya qilinadi . Ular anasid gastritni davolashda qo’llaniladi . Arpabodiyon moyi va mevasining damlamasidan yuqori nafas yo’llarining shamollashi , traxeyit , laringit ,yiringli bronxit , o’pka gangrenasi , qizamiq kasalliklarini davolashda foydalaniladi . O’simlik moyi (анисовое масло) balg’am ko’chiruvchi dori tarkibiga qo’shiladi . Arpabodiyon mevalaridan uy sharoitida damlama tayyorlash uchun bir choy qoshiq o’simlik mevasi bir stakan qaynoq suvga solinadi va bir soat damlab qo’yiladi , sovuganidan so’ng suzib olinadi . Damlama uchga bo’linib kun davomida ichiladi . Bu shifobaxsh o’simlikdan konditer va parfyumeriya sanoatida , xolva tayyorlashda , novvoychilikda ham foydalaniladi . Arpabodiyon urug’larini ekishdan oldin 2-3 kun oftobda qo’yib qo’yilsa , unib chiqishi tezlashadi . O’simlik nam va po’rsildoq yerlarni xush ko’radi . Arpabodiyon soyabonlari endigina sarg’aya boshlaganida o’rab olinadida , bog’lam-bog’lam xolida , mevali tomonini yuqoriga qaratib quritiladi . Qurigan o’simlik yanchiladi va elab mevalari ajratib olinadi .

Behi

Behi mevalarining shifobaxshligi qadim zamonlardan ma`lum . O’simlik mevalari tarkibida 12 % ga qadar qand , 5 % ga yaqin organik kislotalar (olma.uzum ,limon kislotalari ) , efir moylari , pektin va oshlovchi moddalar , vitamin C , temir , mis , kalsiy tuzlari mavjud. Behi urug’larida 20 % ga qadar shilliq , glikozid amigdalin , 8 % dan oshiq moy , bo’yoq moddalar bor . Xalq tabobatchiligida behi mevasining sharbati bilan , astma , yurak , sariq , xiqichoq , qorin og’rig’i dizenteriya kasalliklarini davolashgan. Bundan tashqari behidan bedarmonlik , kamqonlik , yo’tal , me`da jigar va buyrak kasalliklarini davolashda ham foydalanilgan. Abu Ali Ibn Sino behi mevasidan tayyorlangan damlamani dizenteriya , yo’g’on ichakning yallig’lanishini davolashda , behi shirasi bilan astma , qon tupurish va qayt qilishni to’xtatishda , chanqoq hamda miya og’rig’ini qoldirishda ishlatgan . Behi urug’i asosida dori-darmonlar tayyorlab o’pka va nafas yo’li kasalliklarini davolagan . Xalq tabobatida behi urug’i bilan uzum sharbatining qaynatmasi kamqonlikda , ichburug’da , bavosil kasalliklarini davolashda yaxshi ta`sir qiladi . Ilmiy medetsinada behi urug’idan tayyorlangan qaynatma ko’z og’riganda , qabziyatda , yuqori nafas , yo’llari shamollaganda davo sifatida ishlatiladi . Behi mevasi tarkibida temir moddasi borligi tufayli u kamqonlik bilan og’rigan bemorlarga juda foydalidir . Behidan turli shirinliklar tayyorlanadi , oziq-ovqat sanoatida konservalar ishlab chiqariladi . O’zbekiston sharoitida yetishtiriladigan bezi navlari quyidagilardan iborat : Bahri bexi , Non behi , Quva behisi , Sovxoznaya behi , Nok behisi .

Bodom

Bodom mag’zi tarkibida ko’p miqdorda moy emulsin fermenti , B1 va B2 vitaminlari qand,oqsil va boshqa moddalar bor . Xalq medetsinasida shirin bodom mag’zining qand bilan aralashtirilgani darmonsizlik , nafas qisish , bosh aylanish va yo’talga davo sifatida ishlatiladi . Achchiq bodomning musallas bilan qo’shilgani eshakemini davolashda , asal bilan aralashtirilgani esa toshma yaralarini quritishda davodir. Bodomning sirka bilan omixta qilingani zamburug’li kasalliklarga qarshi vosita hisoblanadi . Qariqiz o’simligining ildizini bodom moyiga qo’shib damlab , so’ngra boshqa surtilsa , sochning to’kilishi anchagina kamayadi . Moyi ajratib olingan shirin bodomning turupi teriga qo’yilsa , uning rangi tiniqlashib , latif va chiroyli bo’ladi . Shirin bodom moyi yoki mag’zi suvga obdon ezib aralashtirilsa , bodom “suti” hosil bo’ladi . Tayyorlangan bodom “suti”dan ichilsa , beozor siydik haydovchi omil bo’lib xizmat qiladi . Shirin bodom moyidan bolalarga surgi dori qilingan. Qizamiq chiqqan bolalarga chuchuk bodom urug’i po’chog’ining qaynatmasi ichirilgan . Chidamli navi sovuqqa anchagina chidamli . Kech gullaydi . Bu esa o’simlik gullarini sovuq urib ketishidan saqlaysi .

Gilos

Respublikamizda o’sadigan gilos navlarining mevalari tarkibida 19,2 % qand , 1,3 % organik kislotalar bor . Shuningdek, gilos mevalari tarkibida Pektin moddalar , vitaminlardan B1 , B2 , PP, C , karotinlar bilan bir qatorda kaliy ,kalsiy , magniy , fosfor , temir tuzlari mavjud . Gilos mevasida 0,2 % oshlovchi modda ham bor . Gilos mevasining urug’ida 30 % ga qadar moy mavjud . U texnik maqsadlar uchun juda kerakli mahsulot hisoblanadi . Bundan tashqari meva urug’ida 1 % gacha efir moyi mavjud bo’lib, undan parfyumera sanoatida va likyor ishlab chiqarishda foydalaniladi . Gilos daraxti ko’p miqdorda yelim ajratadi . Bu yelimdan to’qimachilik sanoatida gazlamalarga jilo berishda foydalaniladi . Gilosning tana va ildiz po’stloqlarida 7-10 % gacha tanid moddalar bo’lib , ular teri oshlashda kerak bo’ladigan zarur omillardan hisoblanadi .

Xalq tabobatchiligida gilos quvvat bag’ishlovchi ne`mat sifatida tavsiya etiladi , gulidan bod kasalligini davolashda foydalaniladi . Haqiqatdan ham gilos gullari o’z tarkibida salitsil kislotasini saqlaydi . Ma`lumki bu modda revmotizmni davolashda ilmiy medetsinada keng ko’lamda ishlatiladi . Imiy medetsinada gilosni kamqonlik (гипохромная анемия) kasalligida iste`mol qilish tavsiya qilinadi . Chunki gilos tarkibida salmoqli miqdorda temir moddasi bor . Gilos mevalaridan pishirilgan murabbo va sharbatlar (kompot) juda mazali bo’lib , ularni uy sharoitida ham tayyorlasa bo’ladi . Gilosning bir necha navi mavjud . Ular : Qora gilos , Savri surxoni , Sariq gilos , “Воловье сердце” hisoblanadi .

Gulxayri

Gulxayri o’simligining tarkibida juda ko’p foydali moddalar bor . Chunonchi gulxayrining ildizida 35 % gacha shilliq moddalar, 37 % gacha kraxmal , 16 % ga yaqin qand , asparagin , betain , pektin , yog’ , 4,9 % atrofida mineral tuzlar mavjud . O’simlikning barg hamda gullarida 0,02 % ga yaqin qattiq efir moyi , karotin , vitamin C , ildizlardagiga qaraganda ikki marta kam shilliq moddalar bor . Gulxayri qadim zamonlardan beri shifobaxsh o’simlik sifatida ishlatilib kelinadi . Abu Ali Ibn Sino gulxayri ildizidan , bargidan va urug’laridan tayyorlangan damlama bilan yo’tal , qon tupurish , zotiljam va buyrak kasalliklarini davolagan . Buyuk tabib gulxayri ildizi asosida tayyorlangan dori-darmonlarni ko’krakni yumshatuvchi , balg’am ko’chiruvchi omil sifatida tavsiya etgan . Gulxayri gul tojbarglaridan teri , shoyi va jun matolarni bo’yashda foydalaniladi . Chunki gulxayri gulbarglari o’zida qizil , zangori hamda binafsharang bera oladigan malvidin pigmentini saqlaysi . Gulxayri ildizidan kleyster tayyorlash , o’simlikning poya va shoxchalaridan a`lo sifatli qog’oz hamda arqonlar tayyorlash mumkin . Gulxayri gullari bolarilar uchun yaxshi oziq hisoblanadi . Dorivor gulxayrining ildizini odatda kuzda yoki erta bahorda kavlab olinib , dag’al ildizpoya va mayda ildizchalardan ajratiladi-da , zudlik bilan suv oqimida yuvib olinadi (ildiz shilliqlanmasligi uchun ) . Shundan so’ng ochiq havoda quritiladi . Uy sharoitida gulxayri ildizidan quyidagicha damlama tayyorlash mumkin : birorta idishga 2 stakan miqdorda qaynatib sovutilgan suv quyiladi va uning ustiga 4 choy qoshiq maydalangan ildizdan solib , 8 soat davomida qo’yib qo’yiladi . So’ngra suzib olib , sharbatiga kuniga 3-4 mahal yarim stakan miqdorda ichiladi .

Do’lana

Do’lana mevalarining tarkibida 20 % qand , 8 % yog’ , flavonoidlar (giperozid ,kversetin , viteksin ) , fitosterinlar , xolin , asetilxolin , oshlovchi moddalar , karotin , vitamin C , organik kislotalar , krategin moddalari mavjud . O’zbekiston sharoitida o’sadigan do’lanalarning ba`zi turlarida vitamin B1 , B2 , PP , C , E borligi aniqlangan . O’simlik gullarida yuqorida qayd qilingan moddalardan tashqari , 0,16 % ga yaqin efir moylari bor . Xalq medetsinasidan do’lanadan kishi toliqqanda , aqliy xorg’inlikda , uyqusizlikda , yurak atrofida og’riq paydo bo’lganida davo sifatida foydalanilgan . Abu Ali Ibn Sino do’lana mevasini ich ketishini to’xtatuvchi vosita sifatida tavsiya etgan . Do’lananing shifobaxsh xususiyatlaridan hozirgi zamon medetsinasida ham keng foydalaniladi . Do’lananing spirtli nastoykasi va ekstraktini vrachlar angionevroz (qon tomirlarining nevrozi , qon tomirlarining funksional kasalligi ), yurak faoliyatining buzilishi , qon bosimining ortishi , yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar yuragining quvvatsizlanishi , tanglay murtaklarini yallig’lanishi kabi kasallillar bilan og’rigan bemorlarga ichishni tavsiya qiladilar . Do’lana kardiovalen preparati tarkibiga kiradi . Do’lana preparatlari yurak mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi , uning bezovtalanishi , qon tarkibidagi xolesterinni kamaytiradi . Keyingi vaqtlarda do’lana preparatlarini ateroskleroz (arteriya devorlarining zichlashuvi va elastikligining yo’qolib ketishi) kasalligiga davo bo’lishi haqida ma`umotlar bor (Jafarov,1965) . Shuningdek do’lana preparatlari sut bezlarining faoliyatini yaxshilaydi . (Guseynov ,1961). Do’lana mevalaridan dorivor tayyorlash uchun kuzda mevalari pishganda ular bandi ham yot aralashmalardan ajratiladi va quritiladi . Do’lananing gulto’plamlari o’simlik gullagan davrida yig’ib olinib,salqin , havo almashib turadigan joylarda quritiladi . Tabiatshunos olimlarimizning bergan ma`lumotlariga qaraganda , Toshkent viloyatining Bo’stonliq zonasida Burchmulla va Chirchiq o’rmonxo’jaligida 1214 gektar maydonda 326800 tupdan ortiq do’lana bor . Agar do’lana zaha qilinmay terilsa 30-40 kungacha saqlanishi mumkin . Do’lana mevasidan uy sharoitida qaynatma tayyorlash uchun 20 g do’lanaga yarim choynakcha (200 g) qaynoq suv solib yengil alanga ustidan 15 daqiqa qaynatiladi . Qaynatma sharbatini choy o’rnida ichilsa ham bo’ladi Do’lana mevasidan xonaki qiyom ham tayyorlanadi . Buning uchun 25 g do’lana mevasi 200 g qaynoq suv bilan qaynatilib quyiltiriladi . Qiyomsimon moddadan kuniga 3 mahal ovqatdan so’ng 40 tomchidan ichiladi . Do’lana gullaridan qaynatma (otvar) tayyorlanishi mumkin : buning uchun 2 osh qoshiq quritilgan do’lana guli ustiga bir stakan miqdorda qaynoq suv solib , yengil alanga ustida 10 daqiqa qaynatiladi . Qaynatma sovutilgach , dokada suzilib , osh qoshiqda kuniga uch mahal ichiladi .

Yong’oq

Yong’oqning turgan bitgani “xazina” deyishadi . Uning so’lim salqin soyasidan tortib , to’yimli va shifobaxsh mag’zigacha , metin yog’ochidan bargigacha foydalidir . Yong’oqning tarkibida yog’ , 21 % oqsil , 7 % atrofida uglevodlar , ko’p miqdorda vitamin C (1000-3000 mg %) , vitamin B, B1 va karotin mavjud . Bulardan tashqari yong’oq mag’zida mineral tuzlar va mikroelementlar ham bor . Ko’k qobig’ida 25 % , bargida 12 % tanid moddasi hamda 0,1 % gacha efir moyi saqlanadi . Barglarida yuglon , tez oksidlanadigan gidroyuglon , flavonoid giperozid , ko’p miqdorda vitamin C bo’ladi . Yuglon deb nomlanuvchi modda bakteritsid xususiyatiga ega . Xalq medetsinasida yong’oq ko’pdan ko’p kasalliklarga davo sifatida qo’llaniladi . Yong’oqning xomligidagi qobiq shirasi ekzema , dermatoz kabi teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi . Abu Ali Ibn Sino yong’oqning barg shirasini iliq holda quloq ichi yiringlaganda tomizgan . Yong’oq po’stloqg’idan tayyorlangan qaynatmani bachadondan qon ketishini to’xtatishda va gijja haydovchi omil sifatida tavsiya etgan . Yong’oqning mag’zi endigina sut yiqqan paytida juda foydali bo’ladi . Bu davrda unda vitaminlar ko’payadi . Shu boisdan ham yong’oqning hali to’la pishmagan mevasidan sanoat miqiyosida vitaminli konsentratlar olinadi. Revmotizm , raxit va teri kasalliklarida yong’oq barglaridan tayyorlangan qaynatmali vanna juda foydalidir (A.A.Altimishev) . Yong’oq bargining ajoyib xususiyatlaridan yana biri ularning turli hasharot va kuyalarga qiron keltiruvchi is chiqarishidir . Uy sharoitida yong’oqdan damlama tayyorlash uchun quritilgan va kukunlashtirilgan yong’oq bargidan 1 choy qoshiq miqdorda olib 1 stakan qaynoq suv bilan damlab qo’yiladi . Damlama sovugandan so’ng , dokadan suziladi , sharbati ajratiladi va kuniga 3-4 mahal 1 qoshiqdan ichiladi . Yong’oqning yangi barglaridan moyli damlama tayyorlash ham mumkin . Buning uchun 50-80 g miqdorda maydalangan yangi yong’oq barglari olinib , 300 g qizdirilib sovutilgan kumgaboqar moyi bilan aralshtiriladi va uy haroratida 20 kun damlab qo’yiladi . Tabiatshunos olimlarimizning keltirgan ma`lumotlariga qaraganda , yong’oq kabi serxosiyat daraxtlar keyingi vaqtlarda sezilarli darajada kamayib ketmoqda . Respublkamizda yong’oqzorlarni ko’paytirishga barcha sharoit bor . yong’oq anchagina beor o’simlik : nam yetarli bo’lgan tuproqlarda yaxshi o’sadi , sovuqqa chidamli . Uning rivojlanish davri 165-210 kun . Daraxt umrboqiyligi bilan ajralib turadi : u 300-400 yil yashaydi . Hosilga kirgan yong’oq daraxtidan 100-150 kg , ayrim tuplaridan 500 kg gacha hosil yig’ish mumkin . O’zbekistonda yong’oqning quyidagi navlari o’stiriladi : Gvardeyskiy , Gibridniy , Ideal (antiqa) , O’zbekistonning ertagi yong’og’i , Yubeleyniy .

Jiyda

Jiyda mevalari serxosiyatliligi bilan mashhur . Mevasi tarkibida 40-65 % qand , 11 % oqsil , klechatka , yog’ , oshlovchi moddalar, organik kislotalar mavjud . Bundan tashqari jiydaning “go’shtli” qismida kaliy va fosforli tuzlar , vitaminlar B1 , B2 , PP , E lar bor . Xalq tabobatida jiyda mevasi yoki uning damlamasi bolalarda uchraydigan ich ketishiga qarshi yaxshi davo hisoblanadi . Damlama nafas yo’llari shamollaganda ham tavsiya qilinadi . Bunday qaynatmalar oshqozon-ichak faoliyatiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi . Jiydadan qaynatma tayyorlash uchun , biror og’zi yopiladigan idishga bir yarim litr suv quyib , mevadan 50 g solinadi va biroz qaynatib , bir soat mobaynida qo’yib qo’yiladi . So’ngra dokada suziladi-da , qaynatma sharbatidan kuniga ovqatdan keyin 2-4 mahal 2 qoshiqdan ichiladi . O’simlik mevalari servitamin bo’lganligi tufayli ilmiy medetsinada kamqonlikda, teri qazg’oqlanishida , bo’y o’smasligida iste`mol etish tavsiya qilinadi . Shuningdek jiyda mevalari organizmda tuz-suv mutanosibligini saqlash uchun , odamni fikrlash qobiliyatini oshirish uchun ham iste`mol qilinishi lozim . Jiyda oziq-ovqat sanoatida ham keng ishlatiladi .Undan kisel va ta`timli sharbatlar (kompot) tayyorlash mumkin . Sharq jiydasining mevalari tuyilib un olinadi , uni non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga qo’shib iste`mol qilish mumkin . Shuni aytish kerakki , jiyda juda beor o’simlik bo’lib ,uni danagi , qalamchasi yordamida ko’paytirish mumkin . O’simlik 3-4 yilda hosilga kiradi . Jiydadan ihota sifatida , tuproq eroziyasiga qarshi foydalanish mumkin . Uning ildizida azot elementini to’plovchi tuganak bakteriyalar (aktinomiset) mavjud bo’lganligi tufayli , tuproqni oziqabop mineral bilan ta`minlashga yordam beradi . Shuning bilan bir qatorda jiyda gullari bolarilar uchun yaxshi oziq hamdir . M.M.Mirzayev, M.K.Sobirovlarning bergan ma`lumotlariga ko’ra, jiydaning quyidagi turlarini uchratish mumkin : Sharq jiydasi , Ensiz bargli jiyda , Kumushsimon jiyda , Non jiyda ,Qizil jiyda.

Zaytun

Zaytun mevasida (ekzokarpida) 56 % gacha moy , glikozidlar , oqsil , vitaminlar bor . O’simlikning barglarida esa efir moylari , alkaloidlar , organik kislotalar , fitosterinlar vitamin C va oshlovchi moddalar mavjud . Xalq tabobatida zaytun qadimdan qo’llanilib kelinadi. Zaytunning shifobaxshligi Ibn Sino “Tib qonunlari ” kitobining 2- tomida (236 ko’rsatkich maqolasi ) shunday deyilgan : “… Yovvoyi zaytun shirasi quritilib, kulcha qilinadi va quloq oqmasini davolashda ishlatiladi … Chayon solib qo’yilgan zaytun yog’i quloq og’rig’iga tomiziladigan dorilarning eng qimmatlisidir … Yelimi ko’zga tushgan oq va mazguz qatlamining dag’allanishiga qarshi ishlatiladi”. Zaytun moyi bilan qilinadigan tashqi muolajada quymich nervlarining yallig’lanishiga , niqriz (podagra) va istisqo (vodyanka) ga yengillik beradi . Zaytunni gazak o’ti bilan qaynatib iste`mol qilinsa , ichakning burab og’rishi to’xtaydi , gijjalardan xalos bo’linadi . Zaytun moyidan ilmiy medetsinada ham keng foydalanilmoqda . O’t qopchasida tosh bo’lsa 100-200 g dan , yengil surgi sifatida esa 15-50 g dan ichish tavsiya qilinadi. Zaytun moyining a`lo navlari emulsiya holida buyrak va qovuqqa tosh kelganida iste`mol qilinadi. Uning moyidan maz va malhamlar tayyorlashda ishlatiladi. Zaytun moyi tarkibida 80 % olein , 10 % palmitin , 5-8 % stearin , limol , araxin va boshqa kislotalarning glisiridlari bo’ladi . Rangli va ingichga bo’g’izli shisha idishlarda , og’zi zich yopilgan holda saqlanishi lozim. Aks holda uning tarkibidagi kislotalar o’zgarib , shifobaxshlik xususiyatlarini yo’qotishi mumkin . Zaytunning 500 ga yaqin navlari bor. Ular asosan 2 gruppaga : konservabop hamda moy beruvchilarga bo’linadi . Konservabop zaytun mevalari odatda yirik , danagi mayda , yumshoq qismida 30-50 % (quruq holida) , moy beruvchi zaytun navlarining tarkibida 50-70% moy bo’lishi mumkin. Zaytunning quyidagi navlari bizning vatanimizda yetishtiriladi : Ozarbayjon zaytuni, Baku zaytuni , Otur , Revolutsiya-25 , Krimskaya-172, Nikitin .

Zira

Qora zira mevalari tarkibida 7,17 % efir moylari , 22 % yog’ , 23 % oqsil , oshlovchi moddlar , flavonoidlar , 3 % qand va boshqa moddalar mavjud . Qora zirada mavjud bo’lgan efir moyining ko’p qismini karvon , limonen tashkil qiladi . Qora zira tarkibidagi moddalar iqlim sharoiti va tuproq tuzilishiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Xalq tabobatida zira urug’ining qaynatmasidan kamqonlikda , me`da og’riganida , dizenteriya , Surunkali jigar kasalliklarida foydalaniladi . Qora zira ona suti kamligida hamda qabziyatda iste1mol qilinadi . Xalq tabobatida qora zira qaynatmasi bachadon kasalliklarini davolashda foydalaniladi, shuningdek u ko’z quvvatini oshirish xususiyatiga ham ega. Abu Ali Ibn Sino ham qora ziraning mevasi yurak bezovtalanishini to’xtatuvchi , hiqichoq qoldiruvchi , yel va gijja haydovchi , ovqatni hazm bo’lishiga yordam beruvchi , terlatuvchi omil sifatida tavsiya etadi . Ilmiy medetsinada ham ziradan foydalaniladi . Zira odamning me`da-ichak sistemasi faoliyatini yaxshilash bilan birga bezlar sekretsiyasining faoliyatini uyg’unlashtiradi . Qora zira moyi organizmdagi zararli mikroblarga qiron keltiradi . Uning yana bir yaxshi tomoni ovqatni hazm qilish bezlarining faoliyatini yaxshilaydi , o’t ajralishiga yordam beradi . Qora ziradan tayyorlangan damlama qabziyatda , metiorizmda, kolit va boshqa surunkali ichak kasalliklarini davolashda muhim ahamiyatga ega. Damlamani tayyorlash uchun 1 osh qoshiq miqdorda qora zira olinib , yarim choynak (200 g) qaynoq suv bilan 30 daqiqa davomida yopib qo’yiladi . Uning sharbatidan 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 mahal ichiladi . O’simlikdan ishtaha ochuvchi damlama tayyorlash mumkin . Buning uchun ermon o’ti , igir ildizi , uchbarg yaproqlari teng miqdorda olinib , obdon aralshtiriladi . Aralshmadan 1 osh qoshiq olib , 200 g qaynagan suvda 20 daqiqa damlanadi , keyin suzib , ovqatdan 15 daqiqa oldin 1 qoshiqdan ichiladi . Tayyorlanayotgan dorilarning mazasi va hidini yaxshilash uchun qora zira mevalaridan olingan efir moyi qo’shiladi .

Isiriq

O’simlik ildizida 3,3 % gacha , poyasida 3,57 % gacha , bargida 4,96 % va urug’ida 6,60 % gacha alkaloidlar borligi qayd qilingan bo’lib , ular yig’indisidan garmalin , garmin, peganol , dezoksipeganin kabi moddalar ajratib olingan . Isiriq qadim zamonlardan beri sharq xalqlari medetsinasida qo’llanilib kelinayotgan shifobaxsh giyohlardan hisoblanadi . Xalq medetsinasida isiriqning yer ustki qismining qaynatmasidan teri kasalliklarida ,bodni davolashda vanna qilish yo’li bilan foydalanish tavsiya etilgan . Shuningdek , isiriqdan tayyorlangan qaynatma va damlamalardan bezgak, tutqanoq , nevrasteniya, shamollash bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarda foydalaniladi . Isiriqdan tayyorlangan qaynatma bilan og’iz chayiladigan bo’lsa , og’iz bo’shlig’i va tomoqning shamollashiga barham beriladi. Abu Ali Ibn Sino isiriqni kuymich asablari shamollaganida , tizza va suyaklar qaqshab og’riganida , og’riq qoldiruvchi omil sifatida ishlatishni tavsiya etgan . U isiriqdan kuchli siydik haydovchi omil sifatida foydalangan. Isiriqning sut shirasiga 10 kun davomida shimdirilgan bir tutam paxta yoki junli mato qichma bilan og’rigan bemorlarga surtilsa, ular anchagina taskin topishi haqidagi ma`lumot ulkan ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniyning “Kitob as-saydana fit-tibb” asarida keltirilgan . Isiriq va zig’ir urug’ining qaynatmasi nafas olishining qiyinlashishida , qalampir urug’i qaynatmasi bilan birga zahm, bod kasalliklarini davolashda ishlatiladi . Ilmiy medetsinada isiriqning dorivor preparatlari qo’l , oyoq va boshqa yerlarning doim titrab turishi hamda tutqanoq kasalliklarini davolashda ishlatiladi .Isiriqning dorivor preparatlari uxlatuvchi ta`sirga ham ega . Isiriq tutuni bilan xonalarni tutatish sharq xalqlari orasida odat tusiga kirgan . Bu esa uy-joylarni dezinfeksiya qilish bilan birga xona havosini tozalaydi .

Limon

Limon shifobaxshligi bilan qadrlanadi . Limon mevasining yumshoq qismida 5-8 % atrofida organik kislotalar (limon , olma kislotasi) , fitonsidlar, vitaminlar C,B1,B2,P karotin , flavonoidlar , efir moylari , qand , pektin moddalar ,shuningdek unda natriy, kaliy , kalsiy , fosfor , magniy , temir kabi elementlar mavjud . Meva po’stida 0,6 % ga yaqin efir moylari (limonen, sitral), urug’larida esa moy hamda achchiq modda – limonin bo’ladi. Limonning shox va barglarida 0,24 % gacha efir moylari bor . Xalq tabobatida limon lavsha, sariq , istisqo , siydik yo’lidagi tosh , bavosil , o’pka sili , bod kasalliklarini davolashda shuningdek podagra, ateroskleroz , qon bosimi , vitaminlar yetishmasligida tavsiya etiladi . Limon sharbati bezgak bilan og’rigan bemorning isitmasini tushirish , chanqog’ini qondirishda yordam beradi . Limondan teri kasalliklarini davolashda ham foydalaniladi . Limondan tayyorlangan lasyon (xushbo’y suv) bilan yuzdagi husnbuzarlar hamda dog’larni ketkazish mumkin . Limon , bor kislotalari hamda timol aralashtirib vanna qabul qilib turilsa , oyoq terlashiga chek qo’yish mumkin . Ilmiy medetsinada limon va uning sharbati oshqozon -ichak kasalliklarida , organizmda mineral tuzlarning almashinuvi buzilganida iste`mol qilinadi , shuningdek limon sharbati angina , faringit kasalliklarini tuzatishda yordam beradi . Limon mevalari , shuningdek undan olinadigan limon kislotasi organizmda kislota yetishmasligi bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarni davolashda yordam beradi . Limon o’simligining novdalari , barglari , meva qobig’idan efir moyi olinib , undan oziq-ovqat , parfyumera hamda farmatsevtika +sanoatida foydalaniladi . Farmatsevtikada limonning efir moyi ayrim dori-darmonlar ta`mini yaxshilashda ishlatiladi .

Momaqaymoq

Momaqaymoqning tarkibida foydali moddalar ko’p. O’simlikning barglari hamda gulto’plarida ksantofillinlar – lyutein , va paraksantin , karotinoidli moddalar , vitamin B2 mavjud . Yangi chiqqan barglarining sut shirasida laktuserol , kauchuk , xolin , asparagin ,saponinlar , organik kislotalar , mumsimon moddalar bor . Momaqaymoqning ildizi tarkibida esa tarakserol , taraksol , taraksasterol, shuningdek sterinlar , 24 % inulin , 2-3 % kauchuk , yog’lar (palmitin , olein , linol , serotin kislotalaridan tashkil topgan glitserinlar kiradi) mavjud. Momaqaymoq xalq medetsinasida keng ko’lamda ishlatiladi . Jumladan uni ovqat haxm qilish organlarining faoliyatini tezlatuvchi vosita sifatida , ildizi va bargidan tayyorlangan damlama buyrak kasalligini davolashda, surgi dori hamda o’t va siydik haydovchi omil sifatida ishlatiladi . Bundan tashqari momaqaymoq ildizidan tayyorlangan damlama jigar shamollashida , o’t pufagi va me`da yallig’lanishida nafli hisoblanadi . Shuningdek u bavosilni ham davolashda tavsiya etiladi . Bunday damlama bilan tish hamda tomoq og’riganda og’iz chayqash , bargini maydalab uzum sirkasiga qo’shib so’gallarni ketkazish mumkin . Bargidan olingan shira kamqonlik , darmonsizlik va ko’krak qafasi kasalliklarini davolashda yordam beradi . Ilmiy medetsinada momaqaymoqdan tayyorlangan preparatlardan keng foydalaniladi .O’simlik ildizidan tayyorlangan quyuq ekstrakt yoki poroshok ishtaha ochuvchi , ovqat hazm bo’lishini yaxshilovchi , o’t haydovchi dori sifatida , anasidli gastritni davolash uchun tavsiya etiladi . Shuningdek farmatsevtikada ham momaqaymoq o’simligidan foydalaniladi . Momaqaymoning dorivor mahsulotlari (ildizi va yer ustki qismi )odatda erta bahorda yig’iladi . Yig’ib olingan o’simlik ildizi sovuq suv bilan yuviladi , ochiq havoda so’litiladi , so’ngra bir qavat qilib quritiladi. O’simlikning barglarini esa havo almashib turadigan pana joylarda quritiladi . Uy sharoitida momaqaymoq o’simligidan damlama tayyorlash uchun og’zi yopiladigan idishga bir stakan qaynoq suv solinadi , uning ustiga o’simlikning maydalangan yer ustki qismidan yoki ildizidan 1 choy qoshiq olib 1 soat davomida damlanadi . U dokadan suzilib kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi .

Na`matak

Na`matak mevalari tarkibida juda ko’p miqdorda vitamin C(4-8 %, ba`zan 18 %gacha boradi) , P,K,B gruppasi karotin bilan bir qatorda flavonoidlar , qand , organic kislotalar (olma kislotasi 1,8-2% gacha, limon kislotasi 2% atrofida ),pectin va oshlovchi moddalar , likopin va riboksantin , shuningdek , kaliy , temir,marganes,,fosfor,kalsiy,magniy tuzlari bor. Meva urug’larida vitamin E mavjud . Na`matak mevalari xalq tabobatida qadim zamonlardan beri ishlatilib kelinmoqda. Uning mevalaridan tayyorlangan damlama o’pka sili , jigar , o’t qopchasining yalig’lanishi,ichak,buyrak,qovuq kasalliklarini davolashda foydalaniladi . Shuningdek na`matakning mevasi asosida tayyorlangan qaynatma qon to’xtatuvchi , isitma tshuruvchi omil sifatida iste`mol qilinadi . Na`matakning faqatgina gul va mevalarigina shifobaxsh bo’lib qolmasdan, balki uning barglari asosida tayyorlangan qaynatma me`da og’riqlariga nafli hisoblanadi .

Qudrat norinning davoligi

1. Mevasidan siqib olingan suvi 15 kun 3 mahal och holda 50 grammdan parhez bilan ichilsa , tanadagi barcha tuzlardan begumon halos bo’ladi .

2. Siqib olingan suviga dokani to’yintirib yelka,orqa va bo’g’inlarda tuz bor joylarga 15 kun 3 mahal yopishtirib ,doka qurigunicha tursa ,tuzlar so’rib olinadi .

3. Suvi 5 kun 3 mahal 50 grammdan och holda ichilsa , sariq kasalligi asorati begumon yo’q bo’ladi .

4.Suvini parhez bilan 20 kun och holda 3 mahal 100 grammdan ichilsa ,jigar so’lishi (serroz)yo’q bo’ladi .

5.Ildiz tomirini tuyib , 10 kun 2 mahal bir joyga qo’yib bo’glansa ,tuzlar ketadi .

6.Urug’ yo’gini sanchiq,bo’g’inlarda tuz va shamollashlar bo’lsa, surtib 10 kun 2 mahal massaj (uqalash) qilinsa daf bo’ladi . 7.Suvini 10 kun 3 mahal 50grammdan och holda, parhezi bilan ichilsa ,o’t buralish,o’tda qum borligi illati barham topadi .

8. Suvini 10 kun 3 mahal 50grammdan och holda ichilsa, buyrak qumi,shamollashlar ketadi.

9.Suvini och holda parhezi bilan 12 kun 3 mahal 50grammdan ichilsa, oshqozon,ichak va prostata bezlari shamollashini tuzatishda katta yordam beradi. Parhezlari:to’liq yaxshi bo’lgunga qadar, achchiq, sho’r,nordon va sovuq narsalar qovun, qatiq, qovurma ovqatlar yeyilmaydi.

Shuvoqning davoligi

1.Xalq tabobatida shuvoqning 500 grammi 6 litr suvda mil-mil qaynatilib ,10 kun 3 mahal 50 grammdan parhez bilian ichilsa,ovqat hazmi buzilganida,jigar,me’da,taloq,o’t pufagi kasalliklarida foyda qiladi.

2.Shuvoq qaynatmasidan 10 kun 3 mahal 50 grammdan parhez bilian ichilsa ,bavosil,bezgakni tuzatadi,ishtahani ochadi,uyquni joyiga keltiradi,gijjalarni tushiradi.

3.Qaynatmani 15 kun 2 mahal bitishi qiyin yara-jarohatlarga surtib bog’lansa ,tuzatadi.

4.Shuvoq qaynatmasi eski ko’z kasallariga 12 kun 3 mahal tomizilsa ,foyda qiladi.

5.Qaynatmasi 10 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichilsa ,hayzni meyoring holga keltiradi.

6.Shuvoqning ho’lligida siqib olingan suvi sariq va istisqo kasalligida 20 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan ichilsa,foyda qiladi. 7.Qaynatmasini 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan och holda ichilsa ,nafas yo’llari shamollash, kamqonlik,revmotizm,bronxial astma va uyqusizlik kasalligining oldini oladi .

8.Shuvoq qaynatmasi me`da -ichak yo’li ishini jonlantirib ,o’t ajralishini va me`da osti bezi funksiyasini kuchaytiradi,ovqat hazmini yaxshilaydi. Ovqat tarkibidagi zararli bakteriya va zamburug’larni o’ldirib, yallig’lanishga qarshi ta`sir ko’rsatadi ,markaziy nerv sistemasini qo’zg’atib , yurak ishini joyiga keltiradi.(qaynatmani 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichish kerak .)

Non

Non eng ko’p iste’mol qilinadigan ozuqa hisoblanib, tarkibiga ovqat tolalari, foydali qo’shimchalar qo’shish sog’liqqa yaxshi ta’sir qiladi. Foydali qo’shimchalardan bug’doy kepagi va yormasi, metil tsellyuloza, qora un kabilar muhim ahamiyatga molikdir. Ularning nondagi mikdori 45% tashkil qilishi maqsadga muvofiq. Shifobaxsh nonlar yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, semizlik va oshqozon-ichak majmui xastaliklarida qo’l keladi. Ayniqsa, ekologik vaziyat yomon bo’lgan hududlar aholisi uchun bunday nonlar o’ta foydali hisoblanadi.
Shifobaxsh kepakli non ayrim kasalliklarda zarar qilishi ham mumkin. Kepakli nonni tseliakiya kasalligiga chalingan bemorlar iste’mol qilishi ta’qiqlangan. Chunki ular boshoqli o’simliklardagi gliadin oqsiliga o’ta ta’sirchan bo’ladi. Oshqozon-ichak tizimi kasalliklarida, yarali kolit dardida ham bunday non turidan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Shifobaxsh nonlarning quyidagi turlari tafovut qilinadi:
* tuzsiz non: buyrak, yurak-qon tomir tizimi, xafaqon kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga mo’ljallangan;
* kislotasi past miqdorda bo’lgan non: gipersekretor gastrit va oshqozon yarasiga chalingan bemorlar uchun;
* yod va temir moddasi bilan boyitilgan non: yod tanqisligi bo’lgan hududlarda, qalqonsimon bez kasalliklari va kamqonlikda iste’mol qilinadi.
Barchamiz u yoki bu oziq-ovqat mahsulotining tarkibi haqida to’laqonli ma’lumotlarga ega bo’lishimiz kerak. Masalan, erkaklarda qondagi temir miqdori me’yorida bo’ladi, shuning uchun ular temir moddasi bilan boyitilgan nonni iste’mol qilishlari shart emas.

 Nonning maxsus qo’shimchali turlari kuniga 300 grammdan iste’mol qilinsa, organizmning foydali moddalarga ehtiyoji to’liq qoplanadi.
Asosiy qo’shimchalar oq non tarkibiga qo’shilishining sababi shundaki, javdar (qora bug’doy) uni Vg V2 vitaminlari, foliy kislotasi va temir moddasiga boy bo’ladi. Yuqori navli oq un kaloriyalarga to’yingani bilan undagi foydali moddalar miqdori past darajada. Shuning uchun oq un tarkibiga javdar uni qo’shiladi.
Kaloriyaliklari bo’yicha nonlarning quyidagi turlari farqlanadi:
1. Kaloriyalari kam bo’lgan javdari non;
2. Shakar va yog’ qo’shimchalari siz bug’doyli non;
3. Shakar va yog’ qo’shilgan non;
4. Tarkibida yog’, tuxum, shakar, sut qo’shilgan non mahsulotlari.
Yangi yopilgan nonni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, chunki undagi kraxmal hali quyuq holda bo’lib oshqozonda yemirilmay uning devorlariga yomon ta’sir qiladi.
Qora va oq nonlarni alohida saqlagan ma’qul. Javdari non yuqori kislotalikka ega bo’lib, namligiga qaramay uzoq saqlanadi va mog’orlamaydi. Bug’doyli nonni esa tez mog’or bosadi. Ularni birga saqlaganda javdari non namligi oq nonga o’tib mog’or paydo bo’ladi, shuningdek, qora nonning ham suvi qochadi. Bundan tashqari birga saqlanganda non-ning hidi ham o’zgarishi mumkin.
Afsuski, hozirgi kunda nonning foydali turlarini ishlab chiqarishning ulushi juda kam. Bu ko’rsatkichning ko’tarilishi sog’lomlashtiruvchi nonning foydasini bilgan iste’molchilar talabi, ishlab chiqaruvchilar, sog’liqni saqlash mutassadilari qiziqishiga bog’liq, albatta.

Sut va uning foydali hislatlari

Muntazam sut ichish 50 % ga yurak-qon tomirlari kassaliklari bilan kassallanishning oldini olar ekan .
Sutda odam organizmi uchun kerak bo’lgan moddalarning barchasi bor , -deyishadi 2 yil davomida kuzatuv ishlari olib brogan olimlar .
Sutdagi oqsil organism go’shtga nisbatan yaxshiroq o’zlashtirar ekan . Bundan tashqari sut yog’ , laktoza , kalsiy , B2 , B12 , va D vitaminlari kaliy , fosfor , yod , sink , temir moddalariga ham boy . Sut ichishni hushlamaydiganlar boshqa sut maxsulotlari : tvorog , smetana , yogurt , kefirni iste`mol qilishlari mumkin .

Bundan tashqari sut ichib sho’x ashula ayting kayfiyatni ko’tarib , yurak faoliyatini yaxshilaydi . Asabni tinchlantiradi .

No’хаtning hоsiyatlаri

No’хаt qаdimiy mаnbаlаrdа himmаs dеyilаdi. No’хаtning хili ko’p bo’lаdi: оq no’хаt, qizil no’хаt, qоrа no’хаt vа yov-vоyi yasmiqsimоn no’хаt. No’хаt хillаridаn эkilаdigаni vа yovvоyisi bоr. Yovvоyisi o’tkirrоq, аchchifоq vа ko’p qizdirаdigаnrоq bo’lib, quvvаtdа эkilаdigаn хilining tа’sirini bеrаdi, lеkin эkilаdigаn хilining оziqligi yovvоyisinikidаn yaхshirоkdir.
Оq no’хаt birinchi dаrа-jаdа issiq vа kurukdir. Qоrа no’хаt kuchlirоkdir. Ikkоvi hаm dаm qiluvchi vа yumshаtuvchidir. Bundа pаrchаlаsh хususiyati hаm bоr. Buning оziqligi bоqilаdаn kuchlirоq vа gаvdаgа judа o’zlаshuvchidir. O’zigа o’хshаgаnlаr ichidа o’pkаni bundаn оziqlаntirаdigаnrоg’i yo’q. Ho’li qurug’i-gа qаrаgаndа оrtiqchа хiltni ko’prоq tug’diruvchаndir.
No’хаtni еyish vа undаn mаrhаm qilib surtish nuqtаli qоntаlаshlаrni kеtkаzаdi vа ryngni yaхshilаydi.
Issiq shishlаrgа, qаttiq shishlаrgа vа bоshqа shishlаrgа, shuningdеk, bеzlаrdа bo’lаdigаn shishlаrgа fоydа qilаdi.
No’хаt yog’i tеmirаtkigа shifоdir. No’хаtning uni эsа yomоn хil yarаlаrgа, sаrаtоn yarаlаrigа vа qichimаgа ishlаtilаdi. Оrqа mushаklаrdаgi оg’riqqа fоydа qilаdi.
Bоshdаgi rutubаtli tоshmаlаrni yo’qоtаdi. No’хаt ivitilgаn suv эsа tish оg’rig’igа vа milkdаgi issiq vа qаttiq shishlаrgа fоydа qilаdi. Qulоqlаr оstidаgi shishlаrgа hаm fоydаlidir.
Tоvushni tiniq qilаdi vа o’pkаni hаr nаrsаdаn оrtiq оziqlаntirаdi. SHuning uchun no’хаt unidаn hоlvаytаr (hаsо) qilinаdi.
No’хаt qаynаtilgаn suv istisqо vа sаriq kаsаligа fоydаlidir. Аyniqsа, qоrа vа yovvоyi yasmiqsimоn хili tаlоq vа jigаr tiqilmаlаrini оchаdi. No’хаtni tаоmning аvvаlidа vа охiridа эmаs, o’rtаsidа еyish kеrаk.
Qоrа no’хаtning qаynаtmаsi bоdоm yog’i, turp yog’i vа pеtrushkа yog’i bilаn ishlаtilsа, qоvuq vа buyrаkdаgi tоshlаrni mаydаlаydi. Hаlmа хili hоmilаni tushirаdi. No’хаt qоvuq yarаlаrigа zаrаrlidir. Shаhvоniy хоhishni qаttiq оrttirаdi. SHuning uchun эrkаk mоl vа nоr-tuyalаrgа no’хаt bеrаdilаr. No’хаtning hаmmа хili ichni yumshаtаdi. Аyniqsа, qоrа vа yovvоyi yasmiqsimоn хili buyrаkdаgi tiqilmаlаrni оchаdi. Bа’zi tаbiblаrning аytishichа, no’хаtni sirkаgа sоlib qo’yib, оch qоringа еyilsа, bоshqа nаrsа еmаsdаn yanа yarim kun sаbr qilinsа, gijjаlаrni o’ldirаdi.
Buqrоtning аytishichа, no’хаtdа ikki mоddа bоrdir. Bulаr qаynаtish bilаn undаn аjrаtilаdi. Bu mоddаlаrning biri tuzli mоddа bo’lib, ichni yumshаtаdi. Ikkinchisi shirin mоddа bo’lib, siydikni hаydаydi. Shirin mоddаsidа shаhvоniy хоhishni qo’zg’аtаdigаn vа dаm qilаdigаn quvvаt bоr.

Qizil tasmaning davoligi (горец птичний или спориш , гусятник)

1.Qizil tasmaning 500 grammini 4 litr suvda , 15 daqiqa mil-mil qaynatib, qaynatmasini 15 kun 3 mahal 3 osh qoshiqdan och holda parhezi bilan ichilsa , ich ketishini qoldirish , ichak kasalliklari, qorin og’rig’i va ichak yaralariga foyda qiladi .

2.Qaynatmasi qon ketish , ayniqsa, bachadondan qon ketishi , kamqonlik va o’pka kasalliklari , ko’k yo’tal kasalliklarida 20 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan parhezlari bilan , ichilsa tuzaladi .

3.Bundan tashqari qizil tasma qaynatmasini 10 kun 3 mahal parhezi bilan ichilsa, jigar , buyrak, qovuq kasalliklari tuzaladi . 4.Qaynatmasidan 15 kun 3mahal och holda , parhezi bilan 50 grammdan ichilsa , siydik yo’li va o’tdagi toshlar, bo’g’in og’rig’I va poliartrid kasalliklaridan begumon halos bo’ladi .

5. Yana qaynatmasini 10 kun parhezi bilan 3 mahal 50 grammdan ichulsa , kishini quvvatga kirgizadi, issiqni tushiradi,qon oqishini to’xtatadi,siydikni haydaydiva gijjalarni osongina tushiradi .

6.Qaynatmasi temiratkida , bolalarda toshma toshgan paytlarda 10 kun 3 mahal 25 daqiqadan parhezi bilan vanna qilinsa , tuzatadi .

7.Tabobatda qizil tasma qaynatmasini 20 kun 3 mahal 50 grammdan jigar so’lishi (церроз) , qon ketish va bavosil kasali bilan og’riganlar ichsa , yaxshi foyda qiladi .

8.Qaynatmasini 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan parhez bilan ichilsa, lavsha,bo’g’in va qon bosimi yuqoriligi kasalliklariga foyda qiladi .

9.Yana qizil tasma qaynatmasini 15 kun 3 mahal parhez bilan och holda 100 grammdan ichilsa, buyrak,qovuq , o’t toshlari tushadi .

10.Qaynatmasini qon bosimini kamaytirib , qon ivishini tezlatadi ,o’pkadagi havo almashinishini , peshobni kuchaytiradi va bachadon muskullari tonusini oshiradi . (15 kun 3 mahal 50 grammdan ichiladi).

To’tiyoning davoligi

1.To’tiyoning 400 grammini 4 litr yomg’ir suvida yoki qaynagan suvda 1 sutka ivitib , so’ng mil-mil 15 daqiqa qaynatib, 10 kun 3 mahaldan ko’z og’rig’iga , ko’z qorachig’i kengayishi va ko’zdagi qon bosimi buzilishi kasalligida ko’zga tomizilsa, sog’ayadi . 2.To’tiyo qaynatma suvidan 15 kun 3 mahal ko’zga tomizilsa, ko’zdagi parda va etni tushiradi .

3.To’tiyo qaynatma suvini yaralarga , hatto,saraton yaralariga 10 kun 3 mahal qo’yib bog’lansa , foyda qiladi.

4.To’tiyo qaynatma suviga paxtani to’yintirib 15 kun 2 mahal bavosil (геморрой) kasaligida orqaga 3 santimetr tiqib qo’yilsa , bavosil illati tuzaladi .

5.To’tiyo ko’zdagi chiqishi qiyin bo’lgan yomon chiqindilarni chiqaradi. (Bu usul ko’p yillar sinalgan va yaxshi natija berib kelayapti – deydi Xoji Mengnazar Rustam o’g’li )

Qovunning davoligi

1.Nabiyi tabib aytgan : Shirin qovun go’shtni ko’paytiradi , shirin va bemaza o’rtasidagisi yog’ni ko’paytiradi, bemazasi esa bavosilga qarshi foyda qiladi .

2.Disquridus tabib aytadi : Qovun peshob haydaydi , ko’zning issiq shishiga qarshi bog’lansa , og’riq qoladi .

3.Jolinus hakim aytadi : qovun xo’l va sovuq , u yuzga surtilsa , yuz dog’ini yo’qotadi , jilo beradi . Kuchi o’ziga nisbatan urug’ida ko’proq . Doimiy ko’p yeyilsa, yomon xilt suyuqligi paydo qiladi . Qovun yeyilsa,orqasidan taom iste`mol qilinsa , badanga yaxshi ovqat bo’ladi. Haddan ortiqcha yeyish xushdan ketishni paydo qiladi .

4. Aytishlaricha , qovun yetmish ilatga , jumladan , mohov ,pes,jinnilik kabilarga ham davo bo’lib ,ularni badanlardan haydab chiqaradi, tanaga shifo ato qiladi , buyrak va qorinni yuvadi , pusht suvi hamda jinsiy quvvatni oshiradi, yuz rangini ochadi va badanni semirtiradi .

5.Abul Abbos aytadi : Uning urug’ini yanchib,ishqalab, so’ng suvga solib ichilsa, ko’krak og’rig’i va ichki yallig’lanish , yo’talishni yo’qotadi . (4 kun 3 mahal 1 osh qoshiqdan.)

6.Uning urug’ini safrodan yuz bergan isitma hamda jigar issiqligiga qarshi yaxshi foyda qiladi, tiqimalarni ochadi ,buyrak va qovuq yo’llarini siydik haydash orqali tozalaydi .

7.Isroiliy aytadi : uning yangi po’stidan olib , yuzga surtilsa, yuz terisini tozalaydi . Uning quritilgan po’sti yanchilib qozonga solinsa ,qattiq go’shtning tez yumshashiga sabab bo’ladi . Issiq mijozlar qovunni kamroq yeyishi kerak .

Qora halilaning davoligi

1.Jolinus hakim aytadi : u (qora halila) rangni tozalaydi , moxov , taloq va bavosil illatlariga yaxshi shifo bo’ladi .

2.Agar talqonini 10 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan parhezi bilan kapalansa , balg’am va yo’tallarni daf qiladi .

3.Talqoni 15 kun 3 mahal ko’zga surtilsa, ko’zni ravshan qiladi, ko’rishni kuchaytiradi.

4.Talqoni 15 kun 3 mahal och holda 1 choy qoshiqdan kapalansa (parhezi bilan)eslash qobiliyati kuchayadi .

5.Uni shunday 10 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan 3 mahal iste`mol qilinsa (parhezi bilan) bosh og’rig’i , jigar so’lish (istisqo) va eski isitmalar daf bo’ladi .

6.Uning yog’da qovurilgani 10 kun 3 mahal yarim choy qoshiqdan parhezi bilan ichilsa, yoki yeyilsa, balg’am va safroni suradi. 7.Halila me`dani va taom hazmini kuchaytiradi .

8.Qaynatmasiga 10 kun 7-8 mahal (parhezi bilan)og’iz chayilsa tish illatlarini daf qiladi.

9.Agar bir yilgacha halila 1 mahal och holda iste`mo lqilinsa ,sochning qoraligi abadiy saqlanib qoladi .

10.Halilani gulob bilan ezib ,ko’zning tashqarisidan surtilsa,ko’zdagi yallig’lanish,qizilikka juda katta foyda qiladi (10 kun 3 mahal parhezi bilan davolash kerak). Halilani shahar bozorlaridan topsa bo’ladi .

Kuydirilgan sadafning davoligi

1.Sadaf kuli 10 kun 4-5 mahaldan tish va milk illatiga surtilsa(achchiqlik va shirinliklarni yemasa), shifo topadi .

2.Kulidan ko’z og’rig’ida 3 kun 3 mahal ko’zga sepilsa , tuzalib ketadi .

Shivitning davoligi (укроп)

1.Shivitning urug’ini 5 kun 3 mahaldan choy qilib ichilsa,ichni suradi va hiqqichoq dardidan qutuladi .

2.Eski yaralarga 10 kun 3 mahal kulini sepilsa tuzaladi .

Qizilgulning davoligi (роза красная)

1.Gul yaprog’ini qaynatib ,5 kun 2 mahaldan shishishlarga qo’yib bo’glansa , shishlarni qaytaradi .

2.Qaynatmani tayyorlash : 300 gramm bargi 3 litr suvda mil-mil qilib 30 daqiqa qaynatiladi . Qaynatmani 10 kun 3 mahaldan yaralarga,son oralig’i va chot orasidagi yaralarga ,shilingan yaralarga surtilsa , foyda qiladi .

3.Qaynatmasi eski yaralarga surtilib bog’lab,qo’yilsa,et undiradi . Ho’l bargining qaynatmasi ichilsa ,bosh og’rig’iga foyda qiladi . (10 kun 3 mahal 50 grammdan ichiladi).

4.Qizilgul qaynatmasi qovoqning shishiga qarshi 5 kun 2 mahal ko’zga qo’yib bog’lansa, foyda qiladi .

5.Qizilgul suvi behushlikda ho’llab ichilsa ,foyda qiladi .

6.Qizilgul qaynatmasi jigar va me`da og’rig’ida 10 kun 3 mahal 50 grammdan ichilsa ,yaxshi foyda qiladi .

7.Gul murabbosi me`dani kuchli qiladi .

8.Gul qaynatmasi ichak yarasiga ,eski yaralarga foyda qiladi. 9.Gulni to’shab ,ustida yalang’och yotilsa, shahvoniy hissiyotni kamaytiradi .

Tokning davoligi (Виноград культурний)

1.Tok bargidan olingan suvi ,yoki bargining o’zi chumolisimon so’gallarga 10 kun 2 mahaldan qo’yib bog’lansa ,foyda qiladi . 2.Yovvoyi tok bargining suvi sepkil va ko’zda qon talash bo’lganda surtib bog’lansa yoki ko’zga tomizilsa , bu illatlar,kasalliklar tuzaladi .(Muddati-5 kun 3 mahal.)

3.Tok barg suvi qo’tir va temiratkilarga 10 kun 3 mahal surtilsa foyda qiladi .

4.Tok bargining 20 grammiga 5 gramm arpa uni qo’shib, bir sutkadan keyin bog’lansa , yaxshi yordam qiladi,ko’zdan yosh oqishini to’xtatadi.

5.Yovvoyisining ildiz suvi uzum sirkasi bilan ichilganda,istisqo kasaliga foyda qiladi . (15 kun 3 mahal 30 grammdan ichiladi). Parhezi : qovun,no’xat loviya,achchiq va sho’r yemaydi. Jinsiy aloqadan tiyilib turiladi .

6.Ich ketish va issiqdan bo’lgan kasalliklarga barg suvi 5 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichirilsa ,foyda qiladi .

Uzumning davoligi

1.Qattiqlik , yumshoqlik ,shirinlik va boshqa sifatlari barobar bo’lsa-da ,qoi qorasidan yaxshiroq hisoblanadi . Uning ozqiligi anjirdan kamroq bo’lsa ham ,yomon sifatlarining kamligi va ozqiligi ko’pincha anjirning oziqligiga o’xshab ketadi .

2.Mayizi jigar va me`da kasalligida ko’p yeyilsa foyda qiladi .

3.Toyfi mayizini kim bir oy iste`mol qilsa ko’z nurini ko’paytiradi .

4.Kim doimo mayiz yeb yursa ,sira tishlari og’rimaydi .

5.Mayiz urug’i yanchilib , 300 grammini 3 litr suvda qaynatib ,10 kun 3 mahahl 50 grammdan ichilsa , ichak buyrak va qovuq kasalliklariga foyda qiladi . 6.Mayiz urug’ining talqoni bitmaydigan yaralarga sepilsa,uni tuzatadi.

Sholg’omning davoligi

Sholg’om O’rta Osiyo xalqlarining eng sevimli sabzavotlaridan biridir .Sholg’om o’zida kishi salomatligiga tirgak bo’luvchi nuqra elementlar . Juda ko’p miqdorda C vitamini va o’ziga hos xid ufurib turuvchi glyukozid saqlaydi . Sholg’om pishirilganda shifobaxshligi ortadi . Chunki pishirilish jarayonida undagi glyukozid xantal moyiga aylanadi . (Xantal 1 yillik o’simlikdir) U ishtahani yaxshilab ,asab tolalarini uyg’otadi . Sholg’om xalq tabobatida o’pka, nafas yo’li kasalliklarida ,jarohat xuruj qilgan paytlarda ,yurak betoqatlanganda qo’llaniladi . Balg’am ko’chiruvchi ,nazla haydovchi sifatida xalqimiz undan qaynatma sho’rva qilib ichadi. Dimlangan sholg’om esa me`da ichak yo’li faoliyatini uyg’unlashtiradi . (A.Alimov)

Baqlajonning davoligi

Baqlajonning shifobaxsh mevasi tarkibida qand moddasi , vitaminlar B1 , B2 , C hamda mineral tuzlar ko’p. Uning doimo po’sti yupqa, yaltiroq qora yoki binafsha rangdagisi iste`mol uchun tanlanadi . Unutmaslik kerakki , uning tarkibidagi zarur moddalarning ko’pchiligi po’stlog’idadir . Ishlatishda dum tomoni kesib tashlanadi,po’sti bilan birga to’g’raladi . Ko’pincha baqlajondan ikra tayyorlayman deb uning servitamin po’stini archib tashlashadi, bu to’g’ri emas . Parra mevasini hamma ovqatga qo’shib ishlatish mumkin . Ko’pincha baqlajonning ichki qismi olinadi-da , boshqa sabzavotlar bilan qovuriladi . Sarimsoq piyoz qo’shib tayyorlangan sabzavotli qiyma baqlajon ichiga joylanadi , so’ng qizdirilgan yog’da tovaga bostiriladi va duxovkada pishiriladi . Bunday taom juda servitamin hisoblanadi va tanga rohat bag’ishlaydi . (O.Karimova)

“Xalq tabobati” adabiyotlaridan foydalanildi

Вам может понравиться

Добавить комментарий