Shakar haqida 4 ta ajoyib fakt

Shakar foydalimi yoki zararli degan savol ko`pchilikni qiziqtiradi. Quyida shakar haqida o`z isbotini topgan asosiy faktlarni keltirib o`tamiz.
1. “1 osh qoshiq shakar + 1-2 tomchi sirka” guldasta uchun eng yaxshi ozuqa. Guldon suviga masalliqlardan aralashtirib, so`ng uzilgan gullarni joylasangiz, bir haftagacha ko`rinishini yo`qotmaydi.

2. Shakar tarkibiga ko`ra antibakterial xususiyatga ega. Ehtiyotsizlik sabab, barmog`ingizni kesib olsangiz, jarohat ustiga shakar sepib qo`ying.

3. Qahva maydalagich yoki ziravorlar solingan idishlarni tozalayotganda shakarli suv bilan artib oling. Bu yo`l bilan shirin yordamchingiz yoqimsiz hidlarni bartaraf etadi.

4. Achchiq ta`mli egulikdan ko`nglingiz behuzur bo`lsa, yarim soat o`tib nimtatir shirin suv iching. Balki ishonmassiz, ammo shakarli suv oshqozondagi bezovtaliklarni engillashtiradi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий