“Sehrli quyon” qizil kitobda

“Sehrli quyon” deb nom olgan antiqa quyonning turi Ili Pika deb ataladi. U Qizil kitobga kiritilgan noyob jonivorlardan biri sanaladi. Uzunligi 20 santimetr bo’lgan “Sehrli quyon”ning yashash tarzi haqidagi ma’lumotlar juda kam. Tyan-Shan tog’larida yashovchi ushbu quyon turini oxirgi bor 1983 yili 11 aprelda tabiatni muhofaza qilish xizmati vakili Li Veydun ko’rgan va suratga olgandi.

22 yil o’tib, ushbu quyon turi yana odamlarga o’zini ko’rsatdi. Bu quyon turi yo’qolib borayotgan tur sanaladi. Ma’lumotlarga ko’ra, ular tabiatda jami 1000 donaga yaqin qolgan.

manba: taqvim.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий