Sazag’on makoni

Sazag’on makoni — Samarqand shaxri yaqinidagi Sazag’on qishlog’idan topilgan neolit davri yodgorligi. 1964 yilda M. Jo’raqulov boshliq arxeologolimlar tomonidan topilgan. Hozirgi kunga qadar davom etayotgan tadkiqotlar natijasida makondan tog’li jamoalarga xos bo’lgan ko’plab tosh qurollar topib o’rganilgan, ular fanda «Sazagon madaniyati» deb nom olgan. Ushbu madaniyatni o’rganish natijasida Zarafshon vohasi tog’ oldi mintaqalarida yashagan neolit jamoalarining turmush tarzi, ma’naviy dunyosi, xo’jaligi, madaniy aloqalari masalalari bo’yicha ko’plab ma’lumotlar to’plangan.

Xususan, Sazag’on makonidan topilgan yorg’uchoq, qadamatosh (o’roq) tig’lari ziroatchilikdan, qo’y, echki suyaklari esa, chorvachilikdan dalolat beradi. Ammo, topilmalarning umumiy taxlili — bu jamoalarning asosiy xo’jaligi ovchilik va terimchilik bo’lganligini ko’rsatadi. S.m. jamoalari qo’niqo’shni qabilalar bilan keng ko’lamda madaniy aloqalar o’rnatganligi aniqlangan. Masalan, tosh sanoati tarkibidagi mexnat qurollarini yasashda qo’llanilgan texnologiya usullari, sopol parchalari — quyi Zarafshon voxdsidagi Darvozaqir, Markaziy Farg’ona vohasidagi neolit jamoalari hamda Tojikistondagi Tutqovul-Hisor jamoalari madaniyatini eslatadi.

manba: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Вам может понравиться

Добавить комментарий