Sayohat uchun eng yaxshi maskanlar o’ntaligi g’oliblari e’lon qilindi

Bir yil davomida TripAdvisor sayti millionlab foydalanuvchilarining taassurotlarini o’rganib chiqib, eng yaxshi maskanlar uchun Travelers’ Choice (“Sayohatchilar tanlovi”) sovrini g’oliblarini e’lon qildi.

TripAdvisor marketingi bo’yicha direktor Barbara Messing o’zining rasmiy e’lonida shunday dedi:
“Travelers’ Choice sovrini sayohatchilar tashrif buyuradigan eng mashhur maskanlar uchun taqdim etiladi va g’oliblar sayyohlarning saytimizda qoldirgan taassurotlari va mehmonxonalarning band qilinish ko’rsatkichiga qarab tanlanadi. Yozgi ta’tilni rejalashtirayotganlar biz taqdim etayotgan uchun eng yaxshi maskanlar o’ntaligidan biriga tashrif buyurishning ayni vaqti deb o’ylayman”.
10. Ubud


Indoneziyaning Bali orolida joylashgan Ubud shahri o’zidan avvalgi beshta o’rinni ortda qoldirib, TripAdvisors reytingining o’ninchi pog’onasini egalladi.

9. Nyu-York


Nyu-York shahri AQShning eng mashhur sayohat maskani bo’lib, o’tgan yildan ikki pog’onaga ko’tarildi va to’qqizinchi o’ringa erishdi.

8. Xanoy


Xanoy shahri bu yil to’rt pog’onani boy berdi, ammo top-10 tarkibida qolishga muvaffaq bo’ldi.

7. Rim


Rim esa ikki yil ketma-ket yettinchi o’rinni egallab kelmoqda.

6. Praga


Praga bir pog’ona pastga tushib, oltinchi o’ringa joylashdi.

5. Siamreap


Kambojaning Siamreap shahri uch o’rinni boy berib, beshinchi pog’onaga tushib qoldi.

4. Parij


Parij shahrida o’tgan yilning noyabr oyida sodir etilgan teraktlar sayohatchilar oqimi kamayishiga ta’sir qilmadi. Frantsiya poytaxti besh pog’onaga ko’tarilib, faxrli to’rtinchi o’rinni zabt etdi.

3. Marokash


2015 yil reytingida birinchi bo’lgan Marokash shahri bu yil uchinchi o’ringa tushib qoldi.

2. Istanbul


Istanbul bir pog’ona ko’tarilib, ikkinchi o’ringa joylashdi.

1. London


London esa joriy yilda besh pog’ona ko’tarilib, TripAdvisor reytingi g’olibiga aylandi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий