Saydam soyligi

Xitoydagi tektonik botiq. Uzinligi. 700 km, eni 300 km gacha, balandligi 2600—2900 metr.

Картинки по запросу фото цайдам

Nanshan, Kunlun, Oltintog’ tog’lari o’rab turadi. Tubi tekis. Iqlimi keskin kontinental, quruq. Yanvarning o’rtacha temperaturasi—11° dan—15° gacha, iyulniki15—18°. Yillik yog’in 25—50 mm, sharqida 150 mm gacha.

Похожее изображение

Mayda sho’r ko’l ko’p. Saydam soyligining aksari qismi toshloq, qumli, gilli cho’l, chala cho’l va sho’rxokdan iborat. Shimoliy-g’arbiy kismi denudasion tekislik, janubiy-sharqi akkumulyativ tekislik. O’simlik kam. Tog’ etaklarida qamish, boshoqlilar, yulg’un, juzg’un o’sadi. Neft va osh tuzi konlari bor.

manbaa: «O’zbekiston milliy ensiklopediyasi»

Вам может понравиться

Добавить комментарий