Said Sholikorboy majmuasi

Said Sholikorboy majmuasi— Xivadagi me’moriy yodgorlik. Savdogar Said Sholikorboy qurdirgan (1842). Majmua (33,0×32,0 m) 2 hovli, masjid, Madrasa, ayvon va minoradan iborat.

Masjid to’g’ri to’rtburchak tarhli (24,4×21,2 m), balandligi 12 m., 9 gumbazli, 4 ustunli markaziy gumbazi ravoqsimon bagallarga tayangan, diametri (4,8 m) ning kengligi bilan ajralib turadi. Masjidga ayvon orqali 3 bo’lmali 3 eshikdan kiriladi. Ayvondagi ustunlarda mahalliy yog’och uymakorligining eng yaxshi an’analari aks ettirilgan. Ustunlardan birida 1797 yil sanasi saqlangan. Ayvon devorlariga ganchdan o’ymakori usulda namoyenlar ishlangan. Masjidga shimoldan hovli tutash bo’lib, hovlining yarmisini ayvon egallagan. Madrasa (14,6×4,2 m) masjid sharqidagi kichik hovli atrofidagi tartibsiz joylashgan bir necha xonadan iborat. Sharqiy va shimoliy tomonidagi hujralar 2 qavatli. 1-qavati tokchali, 2-qavati derazali. Madrasa va masjidga kiraverish oralig’ida minora (diametri — 4,5 m) qad ko’targan. Tanasi bezaklarga boy. Tepasidagi sharafasining ostiga ravoqsimon mezana ishlangan. Bosh tarzidagi peshtoq bezagida «bantak» uslubi qo’llanilgan. 1983 yilda qayta ta’mirlangan. Hozirgi kunda majmuada Xiva jome masjidi joylashgan.

manba: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Вам может понравиться

Добавить комментарий