Sahroda nega sarob ko’rinadi?

Turli filmlarda, kitoblarda kishilar ko’ziga sahroda sarob ko’rinishini eshitgamiz, o qiganmiz. Qiziq, yo‘q joyda narsalar, odamlar rostdan ham ko‘rinadimi?

 Ha, sahroda shunday bo‘ladi. Sarob optik hodisa bo‘lib, odam ko‘ziga ma’lum bir uzoqlikda haqiqatan har xil tasvirlar ko‘rinadi. Bu tasvirlar o‘ ngiga,-teskarisiga (oyog‘i osmondan bo‘lib), bo‘yiga yoki eniga cho‘zilib ko‘rinishi mumkin.

 Sarob — ma’lum bir atmosfera sharoiti yuzaga kelganda yorug‘likning sinishi tufayli paydo bo‘ladi. Harorat yuqori bo‘lganda atmosferaning quyi qatlami nisbatan kamroq zich bo‘lishi bois obyektlar tasvirini yetkazuvchi yorug‘lik nurlari ular orqali o‘tayotganda kichik burchak ostida sinadi. Natijada sahrodagi odamlar uzoqdan, masalan, voha, ko‘l, binolar tasvirini ko‘radilar. Sarob, shuningdek, ochiq dengizda yoki jazirama yoz kunlari shosselarda ham ko‘rinishi mumkin.

Вам может понравиться

Добавить комментарий