Sadri Jahon unvoni

Sadri Jahon— 1213-asrlarda Buxoroda hukmronlik qilgan burhonlar xonadoni unvoni. «Kitobi mullazoda» asarining muallifi Ahmad ibn Mahmudning yozishicha, burhonlar xonadoniga Abdulaziz ibn Umar asos solgan. Sadri Jahon unvoni unga sulton Sanjar tomonidan berilgan. Abdulaziz ibn Umar vafotidan so’ng bu lavozim o’g’li, keyinchalik nevaralariga berilgan. Ularning avlodlari 1207 yilgacha Buxoroda mustaqil hukmronlik qilgan. So’nggi Sadri Jahon Burhoniddin Muhammad ibn Ahmad o’sha yili Muhammad xorazmshoh tomonidan mansabdan tushirilgan. Burhonlarning ayrim namoyandalari ilgarigidek nufuzga ega bo’lmasalarda, imtiyozlari mo’g’ullar davrida ham saqlanib qolgan. Ular vaqf yerlarni nazorat qilishgan; o’z yerlari, savdohunarmandchilik korxonalari bo’lgan, karvon savdosi bilan shug’ullanishgan. 13-asrda Malik Sanjar Sadri Jahonlarga qarshi xalq qo’zg’olonini boshqargan.

Manbaa: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Вам может понравиться

Добавить комментарий