Sabron yirik turk qabilasi

Sabron, Savron — Turkistonning shimolida mavjud bo’lgan qadimiy shahar va viloyat. Maxmud Qoshg’ariyning yozishicha, Sabron yirik turk qabilasi — o’g’uzlar qo’lida bo’lgan. Sabron 10-asrda kuchli chegara qal’a hisoblangan. Maqdisiyning yozishicha, u 7 qator devor bilan o’ralgan. 11-asrdan shahar bir necha asr o’z ahamiyatini yo’qotgan, chunki Chingizxon yurishlari haqidagi asarlarda Sabron umuman tilga olinmaydi. Yoqut Hamaviy (13-asr) ham uning ajamlar (arab bo’lmagan xalqlar), ya’ni turkiy xalqlar shahri bo’lganligini ta’kidlaydi. Sabron o’tuzlar hududi bilan qo’shni turkiy qabila — kimaklar (qipchoqlarning bir toifasi) yeri  chegarasida joylashgan bo’lib, baland devorlar bilan ihota qilingan. 1065 yil Sabron saljuqiy sultonlardan bo’lgan Alp Arslon tomonidan zabt etilgan. 13-asrda Jo’ji ulusining sharqiy kismi — Oq O’rdaga tobe bo’lgan. Amir Temurning Oltin O’rdaga qilgan yurishlari davrida qattiq shikastlangan.

Shayboniylar davrida muhim strategik qal’a hisoblangan. 16-asrga kelib baland devor va chuqur xandaklar bilan o’ralgan mustahkam qal’a sifatida qayd etilgan. Mashhur avliyo Mir Arab Sabronlik bo’lgan.

200 ta hind qullari kavlagan, dunyoda tengi yo’q 2 ta koriz qurdirgan. Sabrondan 1 farsax narida bo’lgan korizning boshlanishi ustiga qal’a qurilgan. Suv, ho’kiz bilan aylantirilgan chig’ir orqali yuqoriga olib chiqilgan. 1582 yil Abdullaxon II shaharni egallagan, kanal qazish, dehqonchilik ishlarini yana yo’lga qo’ygan, lekin Sabron oz fursatdan so’ng qozokdar hukmronligiga o’tgan. Rossiya imperiyasining bosqini paytida qal’a sifatida mavjud bo’lmagan.

Tarixiy manbaalardan

Вам может понравиться

Добавить комментарий