Rossiya “Bo’ron” nomli harbiy avtomobil yasadi

MAKS-2017 aviasalonida Buran zirhli avtomobili namoyish etildi. Uni “Tigr”ning raqibi deb atashmoqda. Bu haqda carzone.uz xabar qildi.

Avtomobillarning gabariti o’xshash: uzunligi 6 metrga yetadi. Motorlari bir xil: 4 silindrdi YaMZ-534 turbodizeli. Ammo “Bo’ron”ning motori 135 ot kuchini bersa, “Tigr”da 215 ot kuchi.

“Bo’ron” mualliflari GAZ shassisidan foydalangani uchun tubining yerdan balandligi 340 mm, “Tigr”da esa bu 400 mm.

“Bo’ron”ning ekipaj a’zolariga to’rt eshik ochilgan, salonda ular bir-biriga orqa tirab o’tiradi. Zirhli mashina 6A tasnifidagi himoyaga ega. Vazni shuning uchun 8,8 tonnani tashkil etadi. “Tigr” undan bir tonnaga yengil, ammo yo’lovchilarini 5-klassda himoyalaydi.

manbaa: sof.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий