Ronaldu mashhurmi yoki Messi?

Zamonaviy futbolda «Real» yetakchisi Krishtianu Ronaldu kuchlimi yoki «Barselona» to’purari Lionel Messi-mi?» degan savol juda ko’p muhokama qilinadi. Statistika bilan shug’ullanadigan mutaxassislar futbolchilarning nomi tushirilgan futbolkalar savdosi qaysi futbolchi xalq orasida mashhur ekanini aniqlashning eng adolatli usuli, deb hisoblashadi.

Похожее изображение

Ana shu fikrni inobatga olsak, 2016 yildagi futbolkalar savdosi ayni paytda argentinalik hujumchi portugaliyalik hamkasbidan mashhur ekanini namoyon etdi.

2016 yil davomida futbolkasi eng ko’p sotilgan futbolchilar ro’yxati esa quyidagicha ko’rinish oldi?

  1. Lionel Messi («Barselona»).
  2. Krishtianu Ronaldu («Real»).
  3. Pol Pogba («Manchester Yunayted»).
  4. Zlatan Ibrohimovich («Manchester Yunayted»).
  5. Mesut O’zil («Arsenal»).
  6. Neymar («Barselona»).
  7. David de Xea («Manchester Yunayted»).
  8. Filippe Koutinyu («Liverpul»).

Вам может понравиться

Добавить комментарий