Reklama tufayli xarid qilinadigan keraksiz 20 mahsulot

 Hozir shunday zamonki, katta-kichik yorliqlar, reklama roliklari bizni betinim harid qilishga rag‘batlantiradi.

Gazeta, jurnal, televideniye, radio va har qadamda uchraydigan bannerlardagi ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlovchi gaplar, chiroyli kishilaru shiringina bolakaylarning suratlari ongimizga ta’sir ko‘rsatib, ko‘p hollarda keraksiz buyumlarni sotib olishga chorlaydi. Demak, osmonlarga chiqarib maqtaladigan 20 ta keraksiz buyumlar ro‘yxati bilan tanishing!.

Pardoz vositalari .

Agar har qanday mayda-chuydani eng zarur narsa, deb ishontirib, katta pulga sotishni eplamaganida go‘zallik sanoati allaqachon kasod bo‘lardi.

Masalan,

  1. Soqol olgandan keyin surtiladigan krem
  2. Teri uchun skrab
  3. Soch kirlanganda sepiladigan spreylar

Har kuni erkaklar soqol olgandan so‘ng shu kremni ishlatishadi. Aslida, uning o‘rniga yuzni shunchaki sovuq suv bilan chaysa ham bo‘ladi. Sovuq suv ham yuzni tinchlantirib, teri teshiklarini toraytish xususiyatiga ega. Faqat kremdan keyin terida xushbo‘y hid qoladi.Skrabning tarkibiy qismini terining ustki qavatini sho‘ralatib tushiruvchi moddalar, masalan, shaftoli danagi po‘stlog‘ining tolqoni yoki sun’iy yo‘l bilan olingan mayda granulalar tashkil etadi. Ammo oddiygina ishqalagich (mochalka) ham bu vazifani uddalay oladi. Narxi esa skrablardan ancha arzon. Har bir spreyning yorlig‘iga uni ishlatgandan so‘ng sochlar yumshoq, muloyim bo‘lishi va yaltirashihaqida yoziladi-yu, ammo tarkibidagi ayrim moddalar sochlarda yig‘ilishining oqibati to‘g‘risida aytilmaydi. Kimyoviy moddalar soch tolasini yanada xira, jonsiz va sinuvchan qilib qo‘yishi, go‘yoki unutiladi. Natijada, iste’molchi bu muammolardan qutulish uchun yana shunday spreylardan sotib olishga oshiqadi.

 4. Sellyulitga qarshi krem. 

Chiroyli idishga qadoqlangan bu vositagina sizni sellyulit balosidan xalos qilolmaydi. Unga “mo‘’jizakor vosita”, deb baho bermang. Yaxshisi, pulingizni tejang.

 5. Tonal kremBahstalab mahsulot.

Ba’zi ayollar chindan ham usiz pardoz qilishni tasavvur qila olmaydi. O‘ylab ko‘ring, teringizni jonsiz ranga kiritib, vaqtinchalik natija beradigan bu vositadan ko‘ra, vaqti-vaqti bilan butun organizmingizni tozalaganingiz afzal emasmi? Terini tabiiy vositalar bilan parvarishlab ham yaxshi natijalarga erishish mumkin!.

 6. Dush uchun gel.

Bu vosita faqat yoqimli hidi va qo‘llash uchun qulayligi bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi. Boshqa hech bir alohida fazilati yo‘q. Yaxshi mochalka va sifatli atir sovun bilan ham xuddi shu natijaga erisha olasiz.

Chiroyli qomat uchun…Sog‘lom bo‘lish uchun sport bilan shug‘ullanish kerak. Bu borada hech qanday bahsga o‘rin yo‘q. Lekin chiroyli qomat uchun tavsiya etiladigan turli xil mahsulotlar bizga chindan kerakmi? Yoki salomatlik va qomat go‘zalligi faqat ularga bog‘liqmi? Bu borada keraksiz narsalarni bilish zarar qilmaydi.

 7. Sportzal uchun abonementHayron bo‘lyapsizmi?

Ammo yaxshi jismoniy holatda bo‘lish uchun sportzalga abonement sotib olish shartmas. Agar o‘zingizni yaxshi his qilish va chiroyli qomatga ega bo‘lish istagida yonsangiz, bunga ko‘p pul sarflamay erishsa ham bo‘ladi. Ko‘proq yuring, yuguring, yuqori qavatlarga zinalardan ko‘tariling, uyda har kuni 20 daqiqa mashq qiling va to‘g‘ri ovqatlaning. Shuning o‘zi kifoya.

 8. Parhez uchun mahsulotlar.

Bunga turli myusli va yormalar (xlopьya) kiradi. Ular, negadir, juda qimmat turadi. Shunchaki sabzavotlar va don mahsulotlaridandan sho‘rva qaynatib ichish ham xuddi shunday natija beradi.

 9. Uy trenajyorlari.

Uyda qo‘llash uchun ishlab chiqilgan trenajyorlar shakli va ko‘p vazifaliligi bilan aqlni shoshiradi. Ammo reklamalarda aytilgandek, bu muammongizning mutlaq yechimi bo‘la olmaydi. Kattaligi uchun esa ko‘p joy egallaydi.

 10. Sport kiyimi.

Mikroblarga qarshi kumush qoplamali futbolkalar, terida namlikni saqlab turuvchi eng zamonaviy matolar, mikrofibrali paypoqlar… Marketologlar pulingizni hamyoningizdan chiqarishingiz uchun nimalarni o‘ylab topishmaydi? Aslida sizga bir juft yaxshi krossovka, bir necha paxta matoli mayka, ishton va paypoqlar kerak bo‘ladi, xolos.

 11. Ozdiruvchi dorilar.

Yillar davomida yig‘ib kelgan yog‘laringizni bitta dori eritib yuborishiga ishonib, katta xatoga yo‘l qo‘yyapsiz!Bolalar uchunOta-ona eng sara va sifatli narsalarni farzandiga ravo ko‘radi. Marketologlar esa ana shundan unumli foydalanadi.

 12. Nam salьfetkalarni isitib beruvchi moslama.

Dunyo aqldan ozyaptimi deyman? Agar salьfetka rostdan ham juda sovuq bo‘lsa, uni kaftlar orasida ilitish mumkin-ku!

 13. Baland stulcha.

Bu bahaybat qurilmaning nima keragi bor? Bunga har kim o‘zicha javob beradi. Bizni ota-onamiz usiz ham katta qilishgan-ku… Xullas, tanlash huquqi doimgidek o‘z qo‘lingizda.

 14. Radioenaga.

Agar ikki qavatli katta uyda yashasangiz-u bolangizning yig‘isini vaqtida eshitish imkoningiz bo‘lmasa, bunga ehtiyoj bor, albatta. Ammo oddiygina uyda nahotki o‘z farzandingizning ovozini eshitmay qolsangiz?

 15. Yurgizgich (xodunki).

Birinchidan, million yillar davomida bolalar yurishga o‘zlari o‘rgangan. Ikkinchidan, barcha pediatrlar bir ovozdan bu moslamaning bolaning oyoqlariga zarar ekanligini ta’kidlashadi. Uchinchidan, o‘zi yurib yiqilganidan ko‘ra, yurgizgichdan yiqilish bola uchun xavfliroq. Shunday ekan, uni xarid qilishdan avval yana bir marta o‘ylab ko‘ring.

 16. Yo‘rgaklash uchun ko‘rpacha.

To‘g‘ri, unchalik qimmat turmaydi. Ammo, baribir, keraksiz buyum uchun pul sarflashdan nima naf? Bitta adyolni ikki tomonidan qayirib, ustida bolangizni yo‘rgaklashingiz mumkin-ku! Ro‘zg‘or uchun…Ishni yengillashtiradi, degan vositalarning hammasini ham xarid qilish shart emas. Bo‘lar-bo‘lmasga pulni sarflaymay, ularni tejaymiz.

 17. Kir yuvish mashinasini qasmoqdan himoyalash vositasi.

Kir yuvish mashinasining o‘zi qimmat turadi. Ustiga-ustak uni qasmoqdan tozalash uchun qimmat vositalarni sotib olishga majbur bo‘lamiz. Aslida buni oddiygina limon kislotasi ham uddalay oladi. Buning uchun yuvish vositasi solinadigan bo‘lmachaga limon kislotasi kukunidan sepib, paxta matolarni yuvish rejimiga qo‘yib ishlating (faqat ichiga kir solmaysiz va “siqilmasin” degan ko‘rsatma beriladi).

 18. Kumush buyumlarni tozalash vositasi.

Kumushni tish pastasi yaxshi tozalaydi. Ho‘l lattaga ozgina pastadan tekkizib olib, buyumlarni arting. So‘ng sovuq suvda chayib, quruq qilib artiladi.

 19. Tiqinlarni ketkazuvchi vositalar.

Ushbu qimmatbaho vosita o‘rniga bemalol iste’mol sodasidan foydalanish mumkin. Shunchaki uni quvur og‘ziga bir kunga sepib, suv oqizib yuborish kifoya. Agar bu yordam bermasa, eski usul – sim bilan tozalashni qo‘llash kerak.

 20. Oshxona qog‘oz sochiqchalari.

Buyum ma’lum ma’noda qulay, ammo anchayin qimmat. Oddiy sochiqlarni yuvish arzonga tushadi.

 manbaa: www.ayol.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий