Quruq mevalar nimasi bilan foydali?

Quruq mevalar salomatlik uchun juda foydali. Masalan, mayiz osteoporozga qarshi kurashishda foydali bo’lib, u ayollardagi klimaks davrida suyak massasining yo’qolishini kamaytiradi. U bor moddasining ajoyib manbai hisoblanadi.

Похожее изображение

Xurmo charchoqqa qarshi yaxshi kurashadi. Undagi glikemik indeks nisbatan past. Bu xurmoning qand moddasini sekin parchalashini va quvvatning turg’un darajasini ushlab turishini bildiradi.
Quritilgan olcha “podagra”ga qarshi kurashda yordam beradi. Olcha (ayniqsa, nordon olcha) tarkibidagi antosianinlar artrit va jismoniy mashqlardan keyin yuzaga keladigan mushaklardagi og’riqlarda foydali. Kuniga yarim stakan quruq olchani iste’mol qilish yaxshi samara beradi.
Turshak qon bosimi bor kishilar uchun foydali. Unda kaliy moddasining miqdori juda yuqori. Quritilgan o’rik yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oladi.
Olxo’riqoqi ich qotishida katta yordam beradi. Kuniga to’rt dona quritilgan anjir mevasini iste’mol qilish esa anemiyaning oldini oladi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий