Qulupnay – yangi mavsumning elchisi

Yurtimizga kelgan mehmonlar bilan suhratlashsangiz, ular, eng avvalo, bozorlarimizdagi to’kinlik, mo’l-ko’lchilik va narx-navoning arzonligini o’zgacha bir mamnuniyat bilan e’tirof etishadi. Chindan ham, yilning qaysi faslida bo’lmasin, yurtimiz dehqon va bog’bonlari tomonidan tortiq qilingan shirindan-shakar mevalar, sarxil sabzavot, poliz va rezavor mahsulotlari rastalardan arimaydi, Ayniqsa, pishiqchilik mavsumida dehqon bozorlari qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’lib-toshadi.

Картинки по запросу фото клубника

Qulupnay— yangi mavsumning elchisi. Taroziga tushdimi, demak, pishiqchilik mavsumi boshlandi. Sababi, oradan hyech qancha vaqt o’tmay, gilos, o’rik va tutning ertagi navlari, sabzavotlardan karam, bodring, pomidor, lavlagi, sabzi, piyoz, shuningdek, kartoshka singari ne’matlar yetiladi. Qulupnay pishig’ini barcha birdek intiqib kutishining sababi ham shunda.

Qulupnay ra’noguldoshlar oilasiga mansub bo’lib, uning asli nomi — yertut. Ma’lumotlarga qaraganda, bu rezavor ekinning madaniy navi ilk bor Niderlandiyada yaratilgan. Bugungi kunga kelib, u Yer sharining deyarli barcha mintaqalarida yetishtiriladi, Mamlakatimizda esa XVIII asrning oxiridan ekila boshlangan.

Mutaxassislarning fikricha, yertutning boshqa mevali o’simliklardan afzal jihatlari ko’p. Masalan, u ikkinchi yildanoq hosilga kirib, mo’l meva tugadi. Hosil nishonalari may oyining birinchi o’n kunligida ko’rinadi. Ammo shuni alohida e’tirof etish kerakki, respublikamiz dehqon va fermerlarining tadbirkorligi tufayli keyingi yillarda bundan ancha erta — aprelning ikkinchi yarmida bozorlarimizga qulupnay chiqarilada

Mamlakatimizda yertutning 5 ta navi Davlat reyestriga kiritilgan bo’lib, ular ertagi, o’rtagi va kechki muddatlarda pishib yetiladi. “O’zbekiston” navi ertagi bo’lib, odatda, u mayning birinchi o’n kunligida pishadi. Yurtimizda bu va boshqa barcha navlar yorqin rangi, chiroyli ko’rinishi va shirinligi bilan ajralib turadi. Chunki meva tarkibida 11 foizgacha qand moddasi, 1,6 foizgacha kislotalar, salmoqli miqdorda S vitamini, yengil hazm bo’ladigan temir, fosfor, kaliy, qalsiy tuzlari, shuningdek, foliy kislotasi mavjud.

To’g’ri, hozirgi qulupnaylar nordon ta’mga ega. Bu erta chiqqan mevalarga xosdir. Ya’ni dehqonlarimiz bozor talabidan kelib chiqib, uni yanada ertaroq muddatda yetiltirish maqsadida o’simlikni plyonka ostida parvarishlamokda. Buning uddasidan chiqilayapti ham. Tabiiyki, quyosh nuriga o’z maromida qonmagan mevaning mazasi nordon bo’ladi. Ochiq dalada yetishtirilgan qulupnaylar shirinligi bilan chet el navlaridan ham ustun turadi.

Картинки по запросу фото клубникаMa’lumotlarga qaraganda, har yili respublikamizda 1000 gektardan ortiq maydonga qulupnay ekilib, gektaridan o’rtacha 53 sentnerdan oshirib hosil olinadi. Asosiy maydonlar Toshkent, Samarqand hamda Farg’ona vodiysi viloyatlari ulushiga to’g’ri kelayapti. Ba’zi viloyatlarda qishloq xo’jaligining bu yo’nalishi haliyam yo’lga ko’yilmagani ajablanarlidir. Haqli savol tug’iladi: qulupnay yurtimizning yuqoridagi xududlarigagina xos ekinmi? Yoki boshqa xududlarda hosildorligi pastmi?

Aslidab bu ekin ko’p mehnat talab qilishi bilan izohlaydi. Ekin nihollarini qadash avgustning yarmigacha tugallanib, dehqon to maygacha uning boshida parvona bo’lishi, o’z vaktida sug’orib, begona o’tlardan tozalashi, muntazam chopiq qilishi kerak. Hosilni yig’ishtirib olish ham murakkab bo’lib, tezkorlik va ehtiyotkorlikni talab etadi. Uni sanoat usulida qayta ishlash hali to’la yo’lga qo’yilmagani esa hozircha fermerlardan bozor talabi asosida ish yuritishni taqozo qilmokda.

Ekinning hosildorligiga kelsak, o’ni kam, deb bo’lmaydi. Ko’ngildagidek parvarishlansa, yertut bor saxovatini to’kadi: har gektaridan o’rtacha 15 tonnadan oshirib hosil olish mumkin. Ba’zi omilkor dehqonlar hosildorlikni 30 tonnaga yetkazishgani buning yaqqol tasdig’idir.

Keyingi paytda ko’pchilik qulupnayning mazasidan nolishayapti. Sababi nimada?

— Mana, yeb ko’rib, o’zingiz baho bering. Shirasi tilingizda qolmasa, men kafil, — deydi qat’iy ishonch bilan fermer. — Ayrim fermerlar mahsulotini bozorga erta chiqarib, ko’proq daromad olish niyatida ekinni plyonka ostiga ekadi. Buni ham qoralab bo’lmaydi: bozor talabi. Ammo bunday yo’l tutilsa, o’simlik hosildorligi past, mevasining mazasi, aytganingizday, taxir qulupnayni plyonka ostiga ekkan dehqonlarning aksariyati ekinni issiqqa kuydirib qo’ydi.

O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi mutaxassislari ta’kidlaganidek, mamlakatimizda dehqonchilikning bu tarmorini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayapti, Nafaqat meva yetishtirish hajmini ko’paytirish, balki uni sifatli saqlash, qayta ishlashni o’zlashtirish harakatlari jadal olib borilmokda. Bu sa’y-harakatlardan yurtimiz aholisiga xushxo’r mevani yil davomida yetkazib berishdek ezgu maqsad ko’zda tutilgani yanada ahamiyatlidir.

Bugo’ngi kunda R. Shreder nomli bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida kulupnayning har xil muddatlarda pishib yetiladigan navlari yaratilmoqda. Shu maqsadda institutning ilmiy tajriba uchastkasida yertutning 73 navi kolleksiyasi yaratilgani ayni muddao bo’ldi. Bu chet el navlarini tadqiq qilish barobarida, yirik mevali, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlar yaratishda qo’l kelayapti.

Qulupnay shifobaxsh xususiyatlari bilan yanada qadrlidir. Xalq tabobatida buyrak, jigar va o’t pufagi kasalliklari, shuningdek, parishonxotirlik va qon bosimini davolashda yertutdan foydalaniladi. Shifokorlar esa hozirgi pishiqchilik mavsumida to’yib qulupnay iste’mol qilishni tavsiya etishmoqda. Bu bilan organizmda umumiy modda almashinuvi yaxshilanib, qon tarkibi yangilanadi.

Demak, sog’lom bo’lay desangiz, qulupnay yeng. Mabodo, uni yetishtirishga qo’l ursangiz, bu harakatingiz bilan nafaqat o’zingizni, balki boshqalarning ham salomatligini asrashga, qishloq xo’jaligining serdaromad tarmog’ini rivojlantirishga munosib hissa ko’shgan bo’lasiz.

Вам может понравиться

Добавить комментарий