Qoyilmaqom faktlar

– Zulukning har uch jag’ida yuztadan jami 300 ta tishi bor.

– Elektr ilonbaliqlar boshqa baliqlardan farqli o’laroq orqaga ham suza oladi.

– Timsoh qo’lingizni tishlaganida, uning ko’zini bosish kerak. Shundagina u og’zini ochadi.

– Dunyo aholisining 0,7 foizi har doim mast holatda bo’ladi.

– Eng tez suzuvchi sportchi suzish sur’atini ko’pi bilan 6,4 km/soatgacha oshirishi mumkin.

-Baliqlarning tezligi esa 120 km/soatgacha yetadi.

– Olmaxonlar tabiiy sharoitda uzog’i bilan 1 yil yashaydi. Ular ko’pincha kasalliklar, ochlik, yirtqichlar, avtomobil va odamlar tufayli nobud bo’ladi. Tutqinlikda ular 15-20 yil yashashi mumkin.

– Dunyoda eng ko’p odam o’ldirgan manyak hindistonlik Behramdir. 1790-1840 yillar davomida u kamar yordamida 931 kishini bo’g’ib o’ldirgan. So’nggi qurboni vengriyalik grafinya Erzsebet Bezori bo’lgan

– Umri davomida Van Gog faqat bittagina “Qizil uzum” kartinasini sota olgan.

– Leytenant Kolombo rolini ijro etgan Piter Falkning bir ko’zi shishadan bo’lgan. U uch yoshligida o’ng ko’zini xavfli shish tufayli olib tashlashgan.

– Qahva dunyodagi eng keng tarqalgan stimulyator hisoblanadi. U eng ko’p daromad keltiruvchi oziq-ovqatlar orasida ikkinchi o’rinni egallaydi.

– Yangi Gvineyadagi Papuada qishloqlar oralig’i bir necha kilometrgina bo’lsa-da, aholisi farqli tillarda gaplashishadi.

– Eng ko’p go’sht yeydigan ayiqlar qutb ayiqlaridir. Ular asosan baliq va dengiz mushuklarini iste’mol qilishadi.

– Fir’avn Ramzes II ning 160 nafar farzandi bo’lgan- Bakteriyalar shu qadar kichikki, bir tomchi suyuqlikda ularning taxminan 50 milliontasi bo’ladi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий