Qoyadagi shahar

Iordaniya deganda, ko’z oldimizga dastlab tropik iqlim sharoiti ustun bo’lgan Arabiston yarimorolining cho’l va chala cho’llardan iborat quruq hududlari keladi. Ammo mazkur cho’llar uzra yastanib yotgan voha va vodiylarda yaratilgan shaharlar kishi aqlini lol qoldiradi. Ana shunday maskanlardan biri – Iordaniyaning qadimiy shaharlaridan biri Petradir. Petra shahri avval Edom, keyinchalik Nabateylar podshohligining poytaxti bo’lgan. Hozirgi vaqtda Iordaniyaning Arava daryosi vodiysida, dengiz sathidan 900 metr, atrof hududlardan esa 660 metr balandda joylashgan. Shaharning nomi joylashgan hudud xususiyatiga bog’liq bo’lib, «Petra» so’zi «qoya» ma’nosini bildiradi. Shahar joylashgan vodiyga shimol va janub tomonga qarab yo’nalgan tor dara orqali kirish mumkin. Sharq va g’arb tomondagi qoyalar tikka tushgan jarliklarni hosil qilib, tabiiy devorlarning balandligi 60 metrdan oshadi.

Картинки по запросу фото петра город

Petra shahriga kiriladigan dara.

Petra shahrining gullab-yashnashi uchun ikki muhim qadimiy savdo yo’llari kesishgan geografik o’rni qulay sharoit yaratgan. Mazkur yo’llardan biri Qizil dengizni Damashq bilan bog’lagan bo’lsa, ikkinchisi Fors qo’ltig’ini O’rta dengiz bo’yidagi G’azo bilan bog’lagan. Turli yuk ortilgan savdo karvonlari Fors qo’ltig’idan jo’nagach, Arabiston cho’lining issiq iqlim sharoitida uzoq yo’l bosib, Petra shahriga yetib olishi uchun bir necha hafta kerak bo’lgan. Bu shaharda savdogar va sayyohlar safarni davom etti-rish uchun yetarli oziq-ovqat va suv g’amlab olishgan.

Bir necha yuz yil davomida Sharq va G’arbning turli mamlakatlari o’rtasidagi savdo aloqalari Petraga mislsiz boylik olib kelgan. Ammo rimliklar tomonidan Sharq mamlakatlariga boradigan dengiz yo’lininig kashf etilishi natijasida Petra shahri orqali quruqlikda amalga oshirilgan savdo hajmi asta-sekin kamayib, shahar tanazzulga uchray boshlagan. Bu yerdagi aholi boshqa yerlarga ko’chib ketib, shahar butunlay bo’shab qolgan.

Petra shahridagi obidalar turli davrlarda, jumladan, idumeylar (miloddan avvalgi XVIII-II asrlar), naboteylar (miloddan avvalgi II asr va milodiy 106 yil), rimliklar (milodiy 106-395 yillar), vizantiyaliklar va arablar tomonidan barpo etilgan. Shahar ahli quruq cho’l iqlimi sharoitida suv yig’ishning o’ziga xos uslubini o’ylab topishgan. Sopol quvurlar yordamida petralik me’morlar shaharni suv bilan ta’minlashning murakkab tizimini yara-tishgan. Shu bois, issiq tropik iqlim sharoitida aholi hyech qachon suvga muhtoj bo’lmagan. Butun shahar bo’ylab 200 dan ortiq yomg’ir suvini yig’adigan va saqlaydigan inshootlar – tosh hovuzlar, sardobalar barpo etilgan. Bu inshootlar sopol quvurlar orqali atrofda radiusi 25 km bo’lgan maydonda mavjud barcha manbalarning suvini yig’ish imkoniyatini bergan. Petra shahrida yiliga atigi 150 mm. gacha yog’in yoqqani bois, aholi akveduklar barpo etgan, ya’ni suvni yig’ish va saqlash uchun qoyalarda turli ariq va idishlarni o’yib ishlashgan.

Cho’l sharoitida suv iig’ishni o’rganishgach, petraliklar toshga ishlov berish san’atini o’zlashtirishgan. Shu bois, Petra toshdan qurilgan shahar bo’lib, bunaqasi o’sha paytlarda dunyoda boshqa bo’lmagan. Petraliklar shaharni qura turib, yirik tosh bo’laklaridan asta-sekin uy-joy, omborxona va ibodatxonalarni barpo etishgan. Shaharning qizil qumtosh konlari orasida joylash-gani ushbu xomashyodan qurilishda keng foydalanish imkonini bergan. Shu tariqa milodiy I asrda Arabiston cho’lining qoq o’rtasida me’moriy jihatdan o’ziga xos shahar paydo bo’lgan. Ma’lumotlarga ko’ra, eng gullagan vaqtlarida, ya’ni milodning boshlarida Petrada 20 mingdan ortiq aholi istiqomat qilgan.

Картинки по запросу фото петра город

Petra shahri.

Hozirgi vaqtda Petra shahri qoyalarga o’yib ishlangan ibodatxonalar, maqbaralar, turarjoy binolari, uch ming kishilik amfi-teatr va boshqa obidalarning betakror majmuasidan iborat. Tosh shaharning umumiy maydoni 3 kv.km bo’lib, bu yerda 1000 dan ortiq o’yma inshootlar mavjud. Mazkur inshootlarning barchasi shahar o’z ahamiyatini yo’qotgan vaqtdan oldin, ya’ni VI asrgacha bunyod etil-gan.

Arava daryosi hosil qilgan uzunligi bir kilometrdan ortiq, havosi atrofga nisbatan birmuncha salqin daradan o’tgach, ko’z ol-dingizda «Al-Xazina» – old tomoni xog’ning ulkan qoyasiga o’yib ishlangan mahobatli ibodatxona namyoyon bo’ladi. Mazkur obida I asrda yaratilgan va hozirgi kungacha nisbatan yaxshi saqlanib kel-gan inshootlardan biridir. Binoda toshdan o’yib ishlangan ulkan idish bo’lib, afsonalarga ko’ra, go’yoki mazkur idishda oltin va qimmatbaho toshlar saqlangan. Shu bois, mutaxassislar in-shootning «Al-Xazina» deb nomlanishi ham shundan, deb taxmin qilishadi.

Картинки по запросу фото петра город

Qoyalarda yaratilgan obidalar.

«Al-Xazina» ibodatxonasi Arava daryosining oldingi o’zani o’rnida barpo etilgan. Ushbu inshootni qurish uchun daryo o’zanini o’zgartirish maqsadida tog’ni teshib, suv yo’nalishi boshqa yoqqa burilgan. Shuningdek, daryoda bir nechta katta-kichik to’g’onlar barpo etilgan. Bu o’sha davr nuqtai nazaridan juda katta va ilg’or loyiha edi. Shuningdek, mazkur ibodatxona – qadimgi me’mor va toshtaroshlar yuksak mahoratining namunasidir. Jumladan, qoyaning yuzasi tarashlab chiqilgan. Ammo buning uchun yog’ochdan yasalgan maxsus moslamalarning ustida ishlash lozim bo’lgan. Shu bois, binoning old tomonidagi tog’ qoyasiga qanday qilib ishlov berilgani, shakllar o’yilgani hamda bu ishning qanday hisob-kitob asosida amalga oshirilgani haqida zamonaviy fanda hanuzgacha javob yo’q.

Картинки по запросу фото петра город

Al-Xazina

So’ng dara asta-sekin kengayib, qizil qumtoshli devorlarida g’orlar mavjud bo’lgan tabiiy amfiteatr namoyon bo’ladi. Bu yerdagi tosh ustunlar va amfiteatr mazkur inshootning rimliklar tomonidan barpo etilganidan dalolat beradi.

Shahardagi ulkan binolardan yana biri qoyada kesib ishlangan Ad-Dayr ibodatgohi hisoblanadi. Uning kengligi – 50 metr, balandligi – 45 metrni tashkil etadi. Devorlariga o’yilgan xochlarga ko’ra, uni qachonlardir nasroniylarning cherkovi bo’lgan, deb aytish mumkin.

Petrani 1812 yilda shveysariyalik tadqiqotchi Iogann Lyudvig Burkxardt topmaganida, mazkur shahar qumlar orasida ko’milib ketar edi. Yo’qolgan shaharni izlash maqsadida shveysariyalik sayyoh Damashqdan Qohiraga savdo karvoni bilan yo’lga chiqqan. 1812 yilning avgustida sayyoh Petra shahri joylashgan yerdan uncha uzoq bo’lmagan yerga yetib keldi. Burkxardt arab tilida bemalol gaplashgan, arab ko’chmanchilaridek kiyingan va o’zini hammaga musulmon – Ibrohim ibn Abdalloh deb tanishtirgan.

Shu bois, mahalliy arablardan hyech ikkilanmay Muso payg’ambarning ukasi Aron payg’ambarning yaqin o’rtadagi tog’ tepasida joylashgan qabriga olib borishni iltimos qilgan. Mahalliy badaviy sayyohni Arava daryosining vodiysiga olib boradi. Uncha keng bo’lmagan Arava daryosi vodiysiga olib boruvchi daraga kirgach, shveysariyalik sayyoh ko’z oldida qumlar orasida qolgan va xarobalarga aylana boshlagan Petra shahri namoyon bo’ladi. Burkxardt keyingi 600 yil mobaynida dunyoning ushbu mo’jizasini ko’rgan ilk yevropalik edi.

Картинки по запросу фото петра город

Ad-Dayr ibodatxonasi va tosh sardoba.


Картинки по запросу фото петра город

Toshda o’yib barpo etilgan amfiteatr.

Shahar yirik qoyatoshlardan barpo etilgani bois, ba’zi tadqiqotchilar Petraning bunyod etilishida ulkan ehromlarni qurgan misrliklarning qo’li bor, degan fikrni oldinga suradilar. Ammo, Petrada olib borilgan tadqiqotlar shaharning qurilishiga misrliklarning aloqasi yo’qligini ko’rsatdi. Ushbu shaharni qadimgi misrliklarga o’xshash me’morchilikning yuksak cho’qqilarini egallagan boshqa xalq – nabataylar bunyod etishgan.

Hozirgi kunda Petra shahriga yiliga 500 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Shaharning jozibali landshafti, sirli qoyalar kino industriyasi ustalari e’tiborini o’ziga doim jalb etadi. Ko’pgina filmlar Petra shahrida suratga olingan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий