Qo’l soatlari ham, egasi haqida ko’p ma’lumot berarkan

Psixologlarni aytishicha insonni qo’l soati u haqida judayam ko’p ma’lumotlarni berarkan. Xo’sh buni sinab ko’rsak. “Siz qanday qo’l soatidan foydalanasiz?”

1-Qimmat soatlardan. Agar inson qimmat ya’ni tilla yoki judayam qimmat narxga ega bo’lgan soatdan foydalansa u inson har doim birinchi o’ringa o’z ishini (karyera)sini qo’yadi. O’z ishidan doimo hursand bo’ladi va o’z ishini biladi. O’zi uchun qulay va daromadli yo’llarni topadi. O’zini maqsadiga erishmagunicha qo’ymaydi.

2-Zamonaviy soatlardan. Agar insonni soatida har xila zamonaviy brendlarni belgisi yoki har xil dizaynerlani kolleksiyasidan olingan soatlardan foydalansa, u inson judayam zamonaviy va elegant narsalarni yoqtirishi va albatta moda bilan hamnafas ekanligi hamda judayam orasta ekanligini bildiradi.

3-Kamdan-kam uchraydigan ajoyib qo’shimchalari bo’lgan soatlardan. Ba’zi soatlarda ham kompas, ham oy fazalarini ko’rsatadigan kamdan-kam insonlar foydalaniladigan soatlarni yaxshi ko’radigan va shunday soatlardan foydalanadigan insonlar judayam xushchaqchaq, tezda tabbasum qiladigan, latifalarni sevadigan,va hafa bo’lishga shoshilmaydigan insonlar bo’lishadi va ular qalban yosh bola ekanliklarini bildiradi.

4-Aksasuar soatlardan. Agar inson soatni har xil taqinchoqli ya’ni kulonda, uzukda, brasletda, briloklard joylashtirilganidan foydalansa, unday inson judayam chiqishib ketadigan insonlar bilan muloqotni sevadigan va o’zini atrofidagi insonlarni qattiq hurmat qiladigan bo’lishadi.

5-Yuqori texnologiyali soatlardan. Agar insonni qo’l soatida har xila mikokalkulyatorlar yoki zapisnoy kitobchalar va har xil yuqori texnologiyali qo’shimchalar joylashtirilgan bo’lsa bunday insonlar qiziquvchan, aqliy mehnatni hush ko’ruvchi, bir xillikni yoqtirmaydigan va albatta texnikaga qiziquvchi inson bo’ladi.

6-Rim raqamlari bilan yozilgan soatlardan. Bunday insonlar klassik musiqa va asarlarni yoqtiradi, yaxshi restoranlarni hush ko’radi, kiyinish borasida tartibli, Ba’zida tartib talabligini ham oshirib yuborishi mumkin.

7-Raqamlar o’rniga har xil belgilar ko’rsatilgan soatlardan. Bunday insonlar hayotdan qanday zavqlanishni bilishadi va ularni o’z fikridan qaytarish amrimahol.

8-Oddiy raqamlar ko’rsatilgan soatlardan. Bunday inson izlanuvchan, artistik qobiliyatga ega, har qanday muammoda ham o’zgacha yechimni qidiradigan, tezkor qabul qilingan qarorlar yaxshi natija beradi deb o’ylaydigan, kiyinishda esa qulaylikni yoqtiradigan bo’ladi.

9-Umuman qo’l soatsiz yuradigan. Bunday insonlar umuman dangasa bo’lmagam, har qanday ishni o’z vaqtida bajaradigan, hatto kechqurun uyqudan turib bemalol biron yumushni bajara oladigan va tezkor bo’lsa ham yaxshi natija beradigan muammo yechimlarini topishadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий