Mister Bin haqida 12 ta fakt

Spread the love
  1. Rouyen Atkinson 1955-yilning 6-yanvarida Angliyada tavallud topgan.

    2. Bolaligida u juda ham xayolparast bo’lgan. Ko’pincha darslarda o’tirib, hayollar ummoniga g’arq bo’lganida, o’qituvchi unga ancha vaqtdan buyon murojaat qilayotganini sezmay qolardi.

    3. Maktabda a’lo baholarga o’qigan bo’lsa ham, Atkinson o’z sinfdoshlari orasida «g’irt tentak» nomi va «og’zi qulog’ida o’zga sayyoralik» laqablari bilan mashhur edi.

    4. Maktabda o’qib yurgan chog’lari fizika va matematika sohasida ko’pgina yutuqlarga erishgan Atkinson, maktabdan so’ng Oksfordning muhandislik fakultetida o’qishni davom ettirish uchun yo’llanma oladi.

    5. Kunlarning birida talabalar o’rtasida o’tkazilgan bellashuvlarga tayyorgarlik ko’rishayotganlarida Atkinson ham biror kulguli epizodni bajarib beradi va shundan so’ng u Oksforddagi tahsilni tashlab, komik aktyor bo’lish orzusiga beriladi.

    6. Uni Britaniya televideniyesining yangiliklarni parodiya qiluvchi «9 soatlik bo’lmagan yangiliklar» ko’rsatuvi mashhur qildi.

    7. 1980 yil Rouyen Bi-Bi-Si korporasiyasi tarixi mobaynida «Eng yosh yil odami»ga aylangan.

    8. U baxtli oila boshlig’idir. Universitetda birga tahsil olgan kursdoshi Sunetra Sastriga uylangan.

    9. Janob Binning eng asosiy qiziqishi – avtomobillar. Garajida o’ndan ziyod markadagi mashinalar bor.

    10. Bo’sh vaqtlarida CAR avtomobillar jurnaliga kichik maqolalar ham yozib turadi.

    11. Avtopoyezd va yuk avtomobillarni xaydovchilik guvohnomasiga ega.

    12. Qirol sher multfilmidagi Zazu ismli qushga ovoz bergan.

manba; Jorge Andreas Leo (FCB)

Вам может понравиться

Добавить комментарий