Bir-biridan qiziq faktlar

Spread the love

Eng uzoq davom etgan dars Vengriyaning Pech shahridagi Klara Leova nomidagi o‘rta maktabda bo‘lib o‘tan vengr tili va adabiyoti darsi 24 soatga cho‘zildi. O‘qituvchi Shabolch Zalay 34 o‘quvchiga 18 iyundan 19 iyungacha (1999 yil) bo‘lgan muddatda ta’lim berib charchamadi ham.

Eskalatorda Rekord
Shri Lankalik Arulanantam Saresh Yakim Barvuddagi (Avstraliya) “Uestfild” savdo markazidagi eskalatorga 145 soatu 57 minut davomida chiqib tushgan. Uning 25 mayda boshlangan “sayohat”i 31 mayda (1998 yil) nihoyasiga yetgan va u 225,4 km masofa zabt etgan.

Eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi 
Tokioda joylashgan “Nippon Telegraf and Telephone Corporation” (NTT) dunyodagi eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi sanaladi. 2000 yilda kompaniyaga 979 56 mln. dollar kirib, shundan 2821 mln. dollar sof foyda qolgan.
***
Hindistonlik Niina va Muhammad Chaudxarilar 1989-1991 yillari dunyo bo‘yicha eng birinchi va tez avtomobilda sayohatni amalga oshirdilar. Ular 40075 km masofani (ekvator masofasidan ham uzun) 69 kun, 19 soat, 5 minutda, 1989 yil 9 sentyabrdan 17 noyabrgacha bosib o‘tganlar.
***
Belgiyalik Sigfrid Verxayak, Lyuk Bele hamda daniyalik Martin Arseballar o‘zlarining tog‘ velosipedlarida Xitoydagi balandligi 7008 m bo‘lgan Muztog‘ qorli cho‘qqisiga ko‘tarilishgan (2000 yil, 11 avgust). Ular bu ishni 10-12 kg lik velosipedlarida 14 kunda bajarishgan.
***
Avtoriksha – juda yengil, eshiksiz, soatiga o‘rtacha 50km/s tezlikka ega bo‘lgan, asosan Hindistonda taksi o‘rnida foydalaniladigan transport vositasi. Ingliz Ken Tvayford va Jerald Smyuinglar avtorikshada Haydaroboddan (Hindiston) Lankastershirgacha (Buyuk Britaniya) bo‘lgan 19165 km lik masofani 1999 yil 17 dekabrdan 2000yil 23 iyungacha bosib o‘tishgan. Ular o‘z sayohatlari davomida Hindiston, Pokiston, Eron, Turkiya, Gretsiya, Italiya, Frantsiya hududlarini ishg‘ol qilganlar.
***
Jahon Banki bir kunda bir dollardan kam daromad qiluvchi insonlarni o‘ta qashshoqlar toifasiga kiritgan. Kuniga ikki dollarga yaqin daromad qiluvchilar esa o‘rtacha qashshoqlar sinfini tashkil etadi. 2005 yilgi ma’lumotga ko‘ra, dunyoda o‘rtacha 1,4 mlrd. kishi o‘ta qashshoqdir. 2,7 mlrd. inson esa o‘rtacha qashshoqlar hisoblanadi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий