Ajoyib va qiziqarli faktlar

Spread the love

Uyali telefonlar eng ko’p tarqalgan davlatlar Tayvan (har 100 kishiga 106.45 telefon to’g’ri keladi) va Italiya (101.34). Shuningdek, liderlar safiga Lyuksemburg, Gonkong, Islandiya, Shvesiya, Chexiya, Finlyandiya, Buyuk Britaniya va Norvegiya mamlakatlari kiradi. AQSh – uyali aloqa kashf etilgan mamlakat bu ro’yxatning 29-o’rinni egallaydi.
2007 yilda dunyoda taxminan 800 million dona uyali telefon sotildi. Plunkett Research konsalting kompaniyasining ma’lumotiga ko’ra, oxirgi yillarda insoniyatning axborotning “uchinchi ekraniga” harakati boshlandi. “Birinchi ekran” – televizor, “ikkinchisi” – kompyuter hisoblanadi. “Uchinchi ekran” esa – bu mobil aloqa va kommunikasiya vositalaridir.

Inson miyasi to’g’risida

Bizning qisqa muddatli xotiramiz birdaniga faqat 7 ta obyektni eslab qola oladi

Odamda 3 turdagi xotira bor: sensorli, uzoq va qisqa muddatli. Uzoq muddatli xotira xuddi kompyuterning vinchesteriga o’xshab ishlaydi, qisqa muddatli esa – juda kichik xotira vositasi (disketa) kabi ishlaydi. Bu qisqa muddatli xotira miyada faqat beshtadan to’qqiztagacha obyektlarni ushlab turishi mumkin. O’rtacha inson xotirada 7 ta obyektni eslab turishi mumkin. Ammo inson obyektlarni guruhlarga birlashtirishni o’rgansa, u 9 dan ortiq predmetlarni miyada ushlab turish qobiliyatiga ega bo’ladi. Aytgancha, telefon nomerlari asosan 7 raqamdan iborat bo’ladi.

Shartrez – eng ko’rimli rang

Sarg’ish-yashil, shartrez, ranglar spektridagi to’lqinlarning qoq o’rtasida joylashgan. Sizning ko’zlaringizda ko’k, yashil va qizil ranglarni ko’rish uchun reseptorlar bor. Ammo miya ranglar haqida ma’lumot olmaydi, u faqat och va to’q hamda ranglar o’rtasidagi farq haqida ma’lumot oladi. Natijada miyadagi reseptorlarga aynan shartrezni “ko’rish” oson bo’lib qoladi. Aytgancha, aynan shu rangdan psixologlar, ekstrasenslar, rassomlar insonni tinchlantiruvchi va shu bilan birga eng ko’rimli rang sifatida keng foydalanadilar.

Sizning ost ongingiz sizdan aqlliroq

Tadqiqot uchun odamlarga murakkab rasm ko’rsatildi. Shartga ko’ra, ular hyech o’ylamasdan tadqiqotchilar nimani nazarda tutayotganlarini aytishlari lozim. Ko’pchilik bu topshiriqni muvaffaqiyatli bajardilar. Boshqa bir guruhga avval o’ylab, keyin rasmdagi kerakli joyni ko’rsatish taklif etildi. Xo’sh, natija nima bo’ldi? Garchi o’ylab ko’rishga bir necha soat vaqt berilgan bo’lsada, ular to’g’ri javobni topolmadilar.

Aqliy mehnat miyani charchatmaydi

Shu narsa aniqlanganki, miya orqali o’tuvchi qon tarkibi, miyaning butun aktiv faoliyati davomida o’zgarmasdir. Bunda, butun kun ishlagan odamning venasidan olingan qonda, ma’lum foizda “charchash toksinlari” bo’ladi. Ruhshunoslarning aytishiga qaraganda, miyaning charchashi, bizning psixologik yoki emosional holatimizga bog’liq ekan.

Miyaning muntazam ravishda ishlab turishi, uning kasallanishi oldini oladi

Izlanishlar shuni ko’rsatyaptiki, miyaning muntazam ravishda ishlab turishi og’ir kasallikni – Alsgeymer sindromi rivojlanishining oldini olishga imkon beradi. Intellektual faollik, kasallangan to’qimaning o’rnini bosuvchi qo’shimcha to’qima ishlab chiqarishga yordam beradi. Bunda, biror yangi narsani o’rganish yoki g’ayrioddiy faoliyat turi bilan shug’ullanish – miyani rivojlantirishning eng yaxshi usuli. Shuningdek, intellekt bo’yicha sizdan ustun turuvchi insonlar bilan muloqot qilish xam miyaning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Miya to’liq ishlashi uchun yetarlicha suyuqlik iste’mol qilish kerak

Miya, xuddi bizning organizmimiz singari, taxminan 75% ga suvdan iborat. Shuning uchun, uni sog’lom va ishchi holatda ushlab turish uchun sizning organizmingizga mos miqdorda suv ichish kerak.

Miya tanadan keyin uyg’onadi

Darrov uyg’ongandan keyin insonning intellektual qobiliyatlari, bedor tun o’tkazgandan keyingi holat yoki tetiklik holatiga nisbatan past bo’ladi. Sizning tanangizdagi metabolik jarayonlarni kuchaytiruvchi holatlar: ertalab yugurish va nonushtadan keyin miyaga ham kichik “badantarbiya” qilish juda foydali. Ayniqsa ertalabdan televizor yoqmasdan, biror narsani o’qish yoki krossvordni yechish foydalidir.

Internetdagi materiallar
asosida tayyorlandi

 

Вам может понравиться

Добавить комментарий