loading...

Ajabtovur faktlar

(«Ziyouz viktorinasi»da berilgan savol-javoblar)

  1. Leonid Ilich Brejnev SSSR oliy kengashi bosh kotibiligi vaqtida sochi to’kilayotganidan shikoyat qilib shaxsiy vrachidan shu sohadagi eng yaxshi olim mutaxassislarni to’plashni so’raydi. Soch to’kilishi va uning muammolari bilan ilmiy shug’ullanuvchi 12 ta olimdan iborat shifokorlar guruhi Brejnev xizmatiga hozir bo’lishadi. Ammo Brejnev ularni hayron qoldirib, birinchi — tanishuv uchrashuvining o’zidayoq ularning xizmatidan voz kechdi. Bunga nima sabab bo’lgan bo’lishi mumkin?
    Javob: Olimlarning o’zlari ham kal ekanligini ko’rib, Brejnev ularning xizmatidan voz kechgan.
  2. Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: “Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko’proq yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar”. Savol, nimadan oldin?
    Javob: Saylovdan oldin.
  3. Qadimgi skandinavlarda agar shoh yoki harbiy qo’mondon o’lsa, uning hamma boyliklari va … si bilan birgalikda dahmalarga ko’mishgan. Nuqta o’rnini to’ldiring.
    Javob: Kema
  4. Qur’ondagi eng katta qissa qaysi va u qissa nechta surada nechta o’rinda zikr qilingan ?
    Javob: Muso alayhissalom qissasi, 24 yoki 25 surada, 73 o’rinda kelgan.
  5. Mashhur sport kiyimlari va buyumlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi emblemasi bu «uch barg» hisoblanadi. Bu uch bargli emblema nimani ifodalaydi?
    Javob: Uch barg ma’nosi «Adidas»ning uch qit’ada o’z kompaniyalari borligini aks ettiradi.
  6. Autfild, Bol, Ketcher, Pitcher, Xoum-ran atamalari qaysi sport turida ishlatiladi?
    Javob: Beysbol.
  7. Murakkab reflektor holat: ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz tez nafas olish?
    Javob: Yo’talish.
  8. 1974 yil Kuba poytaxti Gavanada bo’lib o’tgan boks bo’yicha Jahon Chempionati finalida hamyurtimiz Rufat Risqiyev kimni mag’lub mag’lub etgan?
    Javob: Luis Felipe Martinezni mag’lubiyatga uchratib jahon chempionligini qo’lga kiritgan
  9. Boksni hamma yaxshi bladi. Lekin boks tushunchasi nafaqat sport turi, balki bir sport turidagi shu sport jihozlari turuvchi joyni ham anglatadi. Bu qaysi sport turi?
    Javob: Formula 1
  10. Futbolda «La-ola» degan atama bor. Bu qanday tushuncha?
    Javob: La ola — To’lqin degan ma’noda keladi. Bu muxlislarning o’ziga xos to’lqinsimon ko’rinish hosil qilishi
  11. Makkalik sahobalar umumlashtirib «muhojirlar», madi-naliklar esa «ansorlar» deyilgan. Makkalik ham, madinalik ham bo’lmagan sahobalarning umumlashtiruvchi nom-lanishi qanday bo’lgan?
    Javob: Boshqa yurtlarda tug’ilib o’sgan sahobai kiromlarning umumiy nomi «Axyorlar» bo’ladi.
  12. Qubbatul ilm va adab nomi bilan mashhur bo’lgan shahar?
    Javob: Shahrisabz
  13. «Chog’ir va Bang munozarasi», «Dahnoma» asarlari muallifi kim?
    Javob: Yusuf Amiriy
  14. Muso alayhissalomdan keyin Bani Isroil qavmiga yuborilgan payg’ambarning ismi?
    Javob: Yusha alayhisalom.
  15. Qadimda Balx, Vahsh nomlari bilan atalgan daryo?
    Javob: Amudaryo.
  16. Salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohini yo’q qilgan sarkarda kim?
    Javob: Amir Temur. Izmir (Turkiya) shahrini egallashi bilan, Yaqin Sharqdagi eng so’nngi salib qarorgohini yo’q qilgan.
  17. Andijon davlat Universiteti kimning nomida?
    Javob: Zahiriddin Muhammad Bobur
  18. Bu narsani biz deyarli har kuni o’z uyimizda, balki o’zimizga tegishli buyumda ham ko’rishimiz mumkin. Bu narsani lotinchadan tarjima qilsa, «hasharot mo’ylovi» degan ma’noni bildiradi. Gap nima haqida ketmoqda?
    Javob: Antenna
  19. Chingizxon va Xorazmshohlar urushiga turtki bo’lgan qabih ishni amalga oshirgan shohning ismi.
    Javob: Dastlab 1216 yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahruddin Roziy boshchiligida o’z elchilarini yuboradi. Bunga javoban Chingizxon o’z elchilarini xorazmlik savdogar Mahmud Yalovoch boshchiligida Xorazmga yuboradi. 1218 yili Chingizxon savdo va elchi karvonlarini tayyorlab Xorazmshohga yuboradi, lekin O’tror shahriga yetganda Muhammadning roziligi bilan, O’tror shahrining noibi Inalxon farmoniga binoan karvon talanadi va odamlari qirib tashlanadi. Chingizxon Sulton Muhammaddan aybdorlarni jazolashni va Inalxonni tuttirib, uning ixtiyoriga jo’natishni talab qilib, Ibn Kafroj Bug’roni ikki ishonchli mulozimi kuzatuvchilari bilan Xorazmshoh huzuriga elchi qilib yuboradi. Xorazmshoh Chingizxon talabiga javoban elchini o’ldirishni va u bilan kelgan ikkita mulozimning soqol-mo’ylovlarini qirib, sharmanda qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqyealar Chingizxon va Xorazmshoh davlatlari o’rtasida savdo aloqalari va elchilik munosablari tamomila uzilganini bildirar edi.

manba: uzbegim.info

Вам может понравиться

Добавить комментарий