Qiziqarli faktlar 35 taligi

1. Uyimizda uchib yurgan chang qirralarining ko’pchiligi terimizning parchalangan bo’lakchalaridir. 2. «Marlboro» kompaniyasining birinchi xo’jayini o’pka saratoni xastaligi sabab olamdan o’tgan.

3. AQShning barcha prezidentlari ko’zoynak taqishgan. Lekin ularning ba’zilari o’zlarining ko’zoynak taqishlarini omma oldida namoyish qilishmagan.

4. Marvarid sirkada erib ketadi.

5. Qora mollarni zinapoyadan yuqoriga chiqishga majbur qilish mumkin, lekin tushishga ming urinsangiz-da, buning uddasidan chiqa olmaysiz.

6. O’rdakning qaq-qaqlashi nimagadir aks-sado bermaydi. Buning sababini, hatto, olimlar ham ayta olishmaydi.

7. 116 yil umr ko’rish har ikki million kishidan bir nafarigagina nasib etadi.

8. Indiana shtatidagi universitetning kutubxonasi har yili yarim millimetr cho’kmoqda. Muhandislar bu binoni loyihalashtirayotganlarida kitoblarning og’irligini e’tiborga olishmagan. Kitoblar ko’paygani sari bino cho’kib bormoqda.

9. Zajigalka gugurtdan avvalroq ixtiro qilingan.

10. Dunyo okeani suvi tarkibida insoniyat tarixida topilgandan ham ko’proq tillalar saqlanib kelinmoqda.

11. Labini to’q qizil rangga bo’yashni xush ko’ruvchi ayollar boshqalarga qaraganda ko’proq kulishadi.

12. «Ginnes» pivosi ko’pigi cho’kish xususiyatiga ega. Lekin qolgan barcha pivo navlarida ko’pik stakandan yuqoriga chiqadi. Fan va mutaxassislar buning sababini izohlab bera olishmayapti.

13. G’ar yili minglab qushlar o’zlarini deraza oynasiga urishlari natijasida halok bo’ladi.

14. G’ar bir inson tilining surati xuddi uning barmoq izlari kabi takrorlanmasdir.

15. Delfinlar faqat bir ko’zlarini yumgan holda uxlashadi.

16. Tuyaqushning bir ko’zi uning miyasidan katta.

17. Betxoven musiqa yozishga o’tirishdan avval boshini sovuq suvga botirib olgan.

18. Nil paydo bo’lganidan beri bor-yo’g’i ikki marta — IX va XI asrlarda muzlagan.

19. Dunyoda birinchi bor tug’ilish yo’q bo’lgan mamlakat 1983 yilda Vatikan bo’lgan.

20. Galaktikadagi yulduzlarni sanashga kirishsangiz, hammasini sanab chiqishga kamida 3 ming yil kerak.

21. Malinovka degan qushning bolasi kuniga 3, 5 metr chuvalchang yeya oladi.

22. Bir stakan suvga to’xtamasdan 80 yil baqirsangiz, u natijada qaynab ketadi.

23. Dunyo bo’yicha eng ko’p tarqalgan ayollar ismi — Anna. Bu ismga dunyoda 100 milliondan ko’proq ayol ega.

24. Xitoyda AQShga nisbatan ko’proq odam ingliz tilida so’zlashadi.

25. Aholi soniga nisbatan bolalar soni eng kam davlat Germaniya bo’lib, bolalar aholining 15 foizini tashkil etsa, Keniyada bu ko’rsatkich 51 foizdir.

26. Erkaklar ayollarga qaraganda uch marta ko’p o’z joniga qasd qilishadi.

27. Qadimiy Misr va Xitoyda eng oliy jazo uxlatmaslik bo’lgan.

28. Tanasiga nisbatan miyasi eng katta bo’lgan jonzot qumursqadir.

29. G’ar yili axlatxonaga 40 ming tonna singan uyali telefonlar uloqtirib tashlanadi.

30. Ninachining ko’zida 20 mingdan ko’p kichik-kichik linzalar bor.

31. O’ta qattiq shamol paytida uning tezligi soatiga 259 kilometrni tashkil qilishi mumkin.

32. Kiyik shoxlarining og’irligi 10 kilogrammgacha bo’ladi.

33. Merilin Monroning oyoqlari olti barmoqdan iborat.

34. Elektrstullar dantistlar tomonidan ixtiro qilingan.

35. Tomas Edison qorong’ulikdan qo’rqqan. Shuning uchun ham elektr toki orqali yoritiladigan lampochka ixtiro qilgan.

Вам может понравиться

Добавить комментарий