Qanday hayvonlarni qurbonlik qilish mumkin ?

Hayvonlardan faqat qo’y, echki, tuya va qoramol qurbonlik qilinishi mumkin. Qo’tos ham qoramol turkumiga kiradi.Xo’roz, tovuq, kurka, g’oz, o’rdak kabi uy parrandalari, yovvoyi hayvonlar qurbonlik niyati bilan so’yilishi mumkin emas.

Qurbonlik qilinadigan qo’y va echki bir, tuya besh, qoramol ikki yoshdan o’tgan bo’lishi kerak. Faqat qo’y olti oylik bo’lganida bir yoshga yetgandek ko’rinsa, durkun va gavdali bo’lsa, uni ham qurbonlikka so’yish mumkin.
Qo’ydan boshqa hayvonlar har qancha gavdali ko’rinsa ham belgilangan yoshga yetmagunicha qurbonlik qilinishi mumkin emas.
Qurbonlikka atalgan jonzot qanday talablarga javob berishi kerak?
Biron hayvoning qurbonlik qilinishiga to’siq bo’ladigan kamchiliklar quyidagilardir:

  1. Hayvonning kasalligi aniq bo’lsa;
  2. Juda ozg’in bo’lsa;
  3. Ikki yoki bir ko’zi ko’r bo’lsa;
  4. Qurbonlik qilinadigan joyga bora olmaydigan cho’loq bo’lsa;
  5. Tishlarining ko’pi to’kilgan bo’lsa;
  6. Qulog’ining yoki dumining yarmidan ko’pi kesilgan yoki uzilgan bo’lsa;
  7. Shoxlaridan biri yoki ikkisi tagi bilan kesilgan bo’lsa;
  8. Qo’yning bir, qoramolning ikki yelinining uchi uzilgan bo’lsa;
  9. Hayvon tug’ilganidan dumi yoki qulog’i bo’lmasa;
  10. Burni kesilgan bo’lsa;
  11. Faqat axlat yegan bo’lsa;
  12. Tilining ko’p qismi kesilgan bo’lsa

Bilasizmi?

*Qurbonlik qilish hur, balog’atga yoshiga yetgan, oqil, muqim va zakot hisobiga molik bo’lgan musulmon shaxsga vojib bo’ladi.

*Hanafiy mazhabi bo’yicha musofirga qurbonlik qilish vojib bo’lmaydi.

*Qurbonlik qilishning vaqti hayit kunining tongi otish bilan kiradi va uchinchi hayit kunining quyoshi botishi bilan chiqadi. Faqat qurbonlikni hayit namozini o’qib bo’lgandan keyingina qilina boshlanadi.

*Agar qurbonlikka atalgan hayvon qochib ketib o’rniga boshqasi olingan bo’lsa, keyin avvalgisi ham topilib qolsa, ikkisini ham so’yiladi.

internet materiallari asosida tayyorlandi.

Вам может понравиться