Portugaliyadagi ko’rgazmada dunyodagi eng qimmat shokolad taqdim etildi

Portugaliyaning Obidush shahrida bo’lib o’tgan ko’rgazmada dunyodagi eng qimmat shokolad namoyish etildi.

Cheklangan miqdorda — ming donadan iborat mazkur shokolad portugaliyalik qandolatchi Daniel Gomes tomonidan tayyorlangan. Unga shafran tolalari, oq tryufel bo’laklari, Madagaskar vanili va  iste’mol qilsa bo’ladigan 23 karatli oltin qo’shilgan. Uning qiymati 7728 yevroni tashkil etadi.

Gomesning ta’kidlashicha, uning shokoladi Ginnesning rekordlar kitobida «dunyodagi eng qimmat shokolad» nomi ostida qayd etilgan. Obidushdagi ko’rgazmada shokoladlarni ikki nafar polisiyachi qo’riqlab turgan.

manbaa: diqqat24.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий