Pora haqida eng qiziqarli faktlar

Mansabdor shaxslarning o’z xizmat vazifalarini bajarishlari uchun, noqonuniy mukofotlar (pora) olish an’anasi, deyarli barcha mamlakatlar bosib o’tgan, “suyurg’ol berish” tizimiga taqalib boradi. Polshoh noiblari davlat xazinasidan maosh olmaganlari sababali, butun xizmat muddati davomida tuman aholisi mablag’iga qarab turganlar.

10 o’rin: Rusdagi mansabdor shaxslarga “suyurg’ol berish” Ivan Groznыy davrida, 1556 yilda rasmiy ravishda bekor qilindi. U xattoki, katta miqdordagi pora uchun o’lim jazosini ham kiritdi.

9 o’rin: Pyotr I davrida esa, har qaysi shaklda pora olish jinoiy ish hisoblana boshlandi, chunki mansabdor shaxslar belgilangan miqdorda maosh ola boshladilar. Sibir gubernatori Gagarin korrupsiyada fosh etildi va osib o’ldirildi, Menshikov esa, manfaatli harbiy pudratlarni taklif etayotgani uchun pora olgani aniqlanganida, Sibirga surgun qilinishdan zo’rg’a qochib qutuldi.

8 o’rin: Yekaterina II esa, o’z navbatida yumshoqroq harakat qilgan edi. U poralarni man qildi-yu, lekin poraxo’rlar qatl qilinmagan. Ularning ismlari omma tanib olishi uchun e’lon qilingan edi.

7 o’rin: Finlyandiyada pora uchun 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin. Bundan tashqari. Mansabdor shaxsga ma’lum bir lavozimlarni egallashga ruxsat berilmasligi ham mumkin.

6 o’rin: Germaniyada poraxo’rlarga jarima solish va 3 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish orqali jazolanadi. Huddi shu xatti-harakatlar sudya yoki hakamlar sudi tomonidan bajarilsa, jazolar yana ham jiddiyroq bo’ladi. Ular 10 yil muddatgacha ozodlikdan mahrum qilinadilar.

5 o’rin: Fransiyada sanoat yoki tijorat korxonalar boshliqlari yoki xizmatchilari pora uchun 7 yilgacha, mansabdor shaxslar esa 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini olishlari mumkin. Jinoyatchi harakatlari, biror-bir oqibatlarga olib kelsa, bu jazolar ikki baravar oshiriladi.

4 o’rin: Italiyada pora uchun 4 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi.

3 o’rin: AQSh qonunchiligi jarima to’lash jazosini qo’llaydi. Bunda jarima, pora
qiymatining uch baravari hisobida belgilanadi, yoki 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi. Ikkala jazo sud hukmiga qarab baravar qo’llanilishi mumkin

2 o’rin: Buyuk Britaniyada pora to’g’risida ikki qonuni bor. Poraxo’r hibsga olinishi yoki pora qiymatiga teng to’lovni amalga oshirishga hukm qilinadi. Bunga qo’shimcha ravishda, u biror ommaviy mansabga 7 yil muddatga saylangan yok tainlangan bo’lish huquqidan mahrum bo’ladi. Takroriy ayblanish holatida, aybdor shaxs, mansabdor huquqlardan doimiy mahrum qilinishi, shuningdek, biror-bir kompensasiya yoki nafaqa huquqlaridan mahrum qilinadi.

1 o’rin: Pora uchun eng qattiq jazolar zamonaviy kommunistik mamlakatlarda – Kuba va Xitoyda amal qiladi. U yerda poraxo’rlarga o’lim jazosi beriladi. Agar Kubada milliy an’analar va urf-odatlar tufayli beparvolik bilan qaralsa, Xitoyda 2000 yildan poraxo’rlik uchun 10 mingta mansabdor shaxslar otib tashlandi.

Вам может понравиться

Добавить комментарий