Pol Bregg – Ochlik mo’jizasi

Pol Bregg – 85 yoshdagi navqiron yigit, desak, mubolag’a bo’lmaydi, Uning hayot yo’li o’zi tuzgan va bizga tavsiya etayotgan yashash usuli to’g’ri ekanini isbotlaydi. Bu inson 85 yoshida alpinizm, suzish bilan muntazam shug’ullangan. Yayov yurish va yugurishda ko’plab yoshlarni ortda qoldirgan.

Azizlar, kitobni jiddiy o’qib, to’g’ri yashash sirlarini o’rganing. Agar unda aytilgan tavsiyalarga amal qilsak, Xudo xoxlasa, kasal bo’lmaymiz, hamisha tetik va sog’lom, chiroyli va aqlli bo’lib, baxtli yashaymiz.

Ushbu kitobdagi barcha tavsiyalar davolovchi shifokor bilan kelishilgan xolda bajarilishini tavsiya etamiz.

 Mangu jismoniy, va ruhiy yoshlik sari…

Pol Bregg

  1. Ochlik (parhyez) mo’jizasi

 Har bir inson qachonlardir bu hayotdan ko’z yumayotib, o’ziga savol beradi: “Men bu dunyoni tark etyapmanmi?”

Mashhur tibbiyot xodimi Ed Vin fikricha, boylik, shon-shuxrat, dang’illama imoratlarga egalik qilish sog’liq oldida bir chaqaga arzimaydi. Boy va mashhur, lekin sog’lom bo’lmagan inson o’zini qanday his qiladi? Boylik baxt keltirmaydi. Inson mashhur bo’lsa, bu u baxtli degani emas.

Men boylikdan yuz o’girayotganim yo’q, lekin pul insonning jamiyatdagi mavqyeida muhim rol’ o’ynaydi, deb hisoblayman. Boylik, zebu ziynat insonlarga ma’lum. Insondan boyligini olib, unga faqat sog’liq berib ko’ring-chi, uning birinchi maqsadi boylikni qaytarib olish bo’ladi.

Lekin shunday so’z borki, biz undan qo’rqamiz, u g’am-g’ussa, og’riq keltiradi. Bu so’z – o’lim. Hatto hayoti uzluksiz qiynoq-azoblarga to’la bo’lsa ham, inson bu dunyodan ketgisi kelmaydi. O’lim bilan kurashda inson ruhiyati dahshatli kechinmalarga duch keladi. Insonning eng oliy maqsadi – sog’lom bo’lish, uzoq umr ko’rish. Inson bu dunyoga xuddi o’z uyiga talpingandek talpinadi, unda uzoq vaqt qarimasdan, sog’lom yashashni istaydi.

Men hayotni sevaman va yashashni istayman

Sog’liq haqidagi ma’ruzalarimda men talabalik davrimda tez-tez aytiladigan ashulani esga olib turaman. Bu ashula “Men hayotni sevaman va yashashni istayman!” deb atalardi. Bu so’zlarda har bir insonning istagi mujassam. Hayotning o’zi mo’jiza. Biz bu mo’jizani o’z qo’limiz bilan barpo qilishimiz kerak. Hayot – qimmatbaho xazina, xazinalar xazinasi.

Odam Ato va Momo Havo davridan boshlab umrni uzaytirish insoniyat e’tiborini o’ziga jalb qilayotgan muhim muammolardan bo’lib qolmokda. Xristian dini paydo bo’lgunga qadar qadimgi Persiya donishmandlari bu muammoni hal qilishga urinib ko’rishgan. Lekin befoyda bo’lgan. O’rta asrda yana bu muammoni hal qilishga urinishlar samara bermadi, XX asrda ham har bir fikrlaydigan inson ko’r-ko’rona bo’lsa ham, umrni uzaytirish muammosi yechimini topishga harakat qilmokda. Inson haligacha o’limdan qochib qutulmadi. Lekin har bir inson ma’lum gigiyenik va parhyez qoidalarga rioya qilgan holda o’z umrini uzaytirishi mumkin. Inson buni, avvalo, o’zi uchun, yaqinlari, qarindoshlari, do’stlari uchun va, nihoyat, o’z Vatani uchun qilishi shart, o’z tanasi haqida qayg’ursin, chunki faqat sog’lom inson vatanga munosib xizmat qila oladi. Ishonamanki, har bir inson kamida 120 yil yashashi mumkin, buni fan ham tasdiqlamoqda.

Qulay sharoitda istiqomat qilayotgan sog’lom inson umrining uzunligi jamiyatdagi sog’lom turmush tarzini belgilaydi.

Kundalik salbiy odatlar

 Inson ongli ravishda ovqatlanadi, chanqog’ini bosadi, lekin bila turib o’zini tuta olmagani sababli yashashi mumkin bo’lgan muddatning yarmisiga yetmasdan vafot etadi. Yovvoyi hayvonlar ularni tashqaridan yo’q qilishmasa, o’zlariga ajratilgan muddatni to’la yashab, so’ngra o’ladilar. Faqat inson bundan mustasno. Inson zotigina o’ziga belgilangan hayot muddatini to’la yashamasdan dunyodan o’tib ketadi. Yovvoyi hayvonlar o’z instinktlariga suyanib, qanday yashash, nima yeyish va nima ichishni sezadilar. Ular betobliklarida parhyez qilib, ovqatlanmaydilar. Davolovchi o’simlik va boshqa vositalarni qidirib topadilar. Inson esa barcha narsani iste’mol qiladi, hatto hazm bo’lishi qiyin bo’lgan narsalarni ham, buning ustiga zaharli ichimliklar ichadi, keyin esa nima uchun yuz yoshgacha yashamaganiga ajablanadi. Aslida barchamiz uzoq umr ko’rishni istaymiz. Hayotimizda esa buning teskarisini qilamiz. Bunda mantiq bormi o’zi?

Ruh va tanani mujassam qilib, mukammal yaratilgan inson organizmi – mo’jizaviy mexanizm. Necha asrlardan beri haykaltaroshlar o’z mahoratlarini ishga solib, musobaqalashib keladilar. Lekin unga to’laligicha o’xshata olmaydilar. Nima uchun shunday mo’jizaviy mexanizmni o’zimiz buzishimiz kerak?

Vatikandagi Appolonning marmar haykali butun dunyoga mashhur bo’lgan san’at asari hisoblanadi. Haqiqatan ham Appolon haykali mukammal ishlangan. O’sha davrda tanasi Appolonnikidan qolishmaydigan odamlar ko’p bo’lgan. Lekin negadir Appolonning marmar haykali bebaho narsaday saqlanib kelinadi. Vaholanki, inson oliyjanob, ilmli, nozik va sezgir bo’lsa ham, o’z ajabtovur tanasiga mushugi yoki itiga qaratadigan e’tibordan kam e’tibor qaratadi.

Barcha aqli raso insonlar uzoq, baxtli va sog’lom hayot kechirishga loyiqlar. Afsuski, bu hammaga nasib etavermaydi.

Kasal bo’lish – jinoyat Jinoyatchi bo’lmang

Asr bo’sag’asida men jismoniy tarbiyani rivojlantirish harakatining asoschisi va otasi bo’lmish Bernar Makfalden bilan ko’p muloqotda bo’ldim. “Jismoniy tarbiya” jurnali noshiri bilan ham to’g’ridan-to’g’ri uchrashardim.

Jurnal muqovasiga har doim qo’yidagi so’zlar yozilgan bo’ladi: “Kasal bo’lish – jinoyat! Jinoyatchi bo’lmang!”

Jismoniy kuchsizlik, holsizlanish, kasallikni jinoyat deb bilaman, shunday chiroyli va mukammal yaratilgan inson tanasiga nisbatan haqorat deb tushunaman.

Sog’ligimni tuzatib, kuchimni qayta tiklaganimdan beri o’zimni shunday holda saqlash uchun nima zarur bo’lsa, barchasini qat’iy bajarishga odatlandim. Chidamlilik, hayotchanlik, sog’liq va sabr-toqat ideallariga sodiq bo’lib, men bebaho narsaga ega bo’lmoqdaman, sog’liq “millioner”iga aylanmokdaman. Bunga erishishg uchun o’z ustingizda tinimsiz ishlash talab qilinadi. Bunday hayot bilan zavqlanish siri inson tanasini yangilovchi tabiiy ozuqa, parhyez, ochlik, toza havo, mashqlar, dam olish kabi tamoyillarga asoslanadi.

Agar siz organizmingizni muntazam ochlik va tabiiy ozuqa bilan tozalab borsangiz, kundalik mashqlardi bajarishga ishtiyoqingiz ortib boradi. Mashqlar bilan esa siz o’z tanangizni barpo qilasiz, tanangiz ko’nglingizdagidek holga keladi. Bir daqiqa o’ylab ko’ring-a, siz tanangizni jismoniy mukammal holga keltirmoqdasiz. Bu kitobdan olgan bilimlaringiz bilan qanday yashash zarurligini tushunib yetasiz.

Inson – noyob, o’ziga bo’lgan qiziqishni borgan sari orttirib boruvchi mahluqot. Insonlarni boshqaruvchi hayot qonunlari esa oddiy va tushunarli, faqat buni bilib olish uchun biroz vaqt ajrata olsa, bu qonun kundan-kunga qanday ishlayotganini bilib oladi.

Ochlik (parhyez) mo’jizasi

Sizningcha, bu asrning eng muhim ixtirosi nimadan iborat? Mo’g’ulistonda topilgan dinozavr tuxumi emasmi? Olimlar bu tuxumning 1.000.000 yildan beri mavjudligini aniklashgani haqida yozishgan edi.

Balki yer tagidan topilgan shahar va mozorlar qoldiqlarimi?! Ular muqaddas kitoblarda yozilganlarni tasdiqlab, avvalgi sivilizasiya qanchalik ilgarilab ketganini ko’rsatmokda.

Yoki radioaktiv soatdir?! Uning yordamida professor Leyl va Gant hamda ularning kolleji Yer yoshini 1.230.000.000 yil deb hisoblashdi.

Radioaktiv samolyotlarmi? Televideniyemi? Radiomi? Atom energiyasimi? Vodorod bombasimi? Yo’q, bularning hyech qaysisi emas!

Zamonamizning eng katta ixtirosi, menimcha, bu – me’yorida och qolish yo’li bilan inson o’zini jismonan, aqlan va ruhan yoshartira olishidir!

Ilmga asoslangan me’yorda och qolish yo’li bilan siz o’z yoshingizni unutishingiz mumkin. Bu yo’l bilan inson erta qarish muammosining oldini oladi.

Hayotingizga kirib kelayotgan qarilik-kimlargadir ortiqcha yuk bo’lib qolish qo’rquvi insonni doimo bezovta qilib turadigan eng og’ir qo’rquv hisoblanadi. Keksalik, holsizlik, o’ziga o’zi qaray olmaslik, kimgadir muhtojlik uning yuragida chuqur joylashgan qo’rquv hisoblanadi.

Me’yorida och qolish qoidalarini to’la o’rganib, muddatidan oldin qarishning oldini olishingiz mumkin.

Haftasiga 24 soat to’la och qolasiz, bu yiliga 52 kun tanangiz tozalanadi, demakdir va, nihoyat, yiliga uch marta 7-10 kundan och qolib, tana va mushaklaringiz hamda butun organizmdan kerakmas qoldiqlar, shlaklarni butunlay chiqarib tashlash imkoniga ega bo’lasiz. Sizga ko’plab azob keltiruvchi, erta qarituvchi narsa-metabolizm chiqindilari (qabul qilingan ozuqani hayotiy moddalarga, uni energiyaga aylantirish biologik jarayonida hosil bo’ladigan chiqindilar).

Agar siz tanangiz kuchini me’yoridan ko’p sarflab, normadan pasaytirib yuborsangiz, oldingizda jismoniy muammolar ko’ndalang bo’ladi, xuddi aqliy muammolarga o’xshab.

 Ochlik hayotiy kuchingizni asraydi

Tushuntirib berishimga ruxsat berasiz. Biz ovqatlanamiz, u maydalab chaynaladi, so’ng hazm qilinib, keraklisi badanga singadi, ortiqcha, kerakmas qismi chiqarib tashlanishi kerak.

Biz to’rtta chiqarib tashlovchi a’zoni bilamiz: ichaklar, buyraklar, o’pka va teri. Bu a’zolarimiz yaxshi ishlashi uchun organizm yuqori hayotiy kuch va energiyaga ega bo’lishi kerak. Organizmdan qyerakmas moddalarni chiqarib tashlash uchun kuch kerak. Ovqat hazm bo’lib, ortiqchasi chiqib ketgunicha 24,4 metr masofani bosib o’tadi, buning uchun inson katta miqdorda energiya sarflaydi. Inson buyraklaridagi ikki million filtrdan o’tadigan suyuqlikni badanga singdirish hamda ortiqchasini chiqarib tashlapg uchun ham ko’p kuch va energiya talab qiladi. Jigar va o’t pufagi ham ma’lum kuch va energiya sarflaydi.

O’pka 5-6 litr qonni tozalab, organizmga kislorod yetkazib beradi va yomon havoni chiqarib tashlaydi. Bu vazifa ham katta kuch va energiya talab qiladi. Tana terisi ham ulkan vazifani bajaradi, uning 96 million teshikchalari o’zidan zaharlarni ter va namlik bilan chiqarib tashlaydi, Demak, agar uzoq umr ko’rmoqchi bo’lsangiz, kamroq ovqat iste’mol qiling.

Kim kuchli? Kundalik yomon odatlarini jilovlay olgan odam kuchli!

Biz zaharlangan dunyoda yashayapmiz. Hayotiy kuch vazifasi inson organizmidan zaharli moddalarni chiqarib tashlash uchun ichki a’zolarni energiya bilan ta’minlashdan iborat.

Esingizda bo’lsin, barcha noorganik moddalar organizmdan chiqarib tashlanishi zarur. Aks holda, u sizga zarar keltiradi. Agar organizmga kirib kelgan noorganik moddalarni chiqarib tashlash uchun hayotiy kuch yetishmasa va u organizmda qolsa, insonga katta zarar yetishi muqarrar.

Biz bu zaharlarni organizmdan chiqarib tashlashni istasak, ochlik bilan bunga erishishimiz mumkin.

Ochlik bilan biz organizmga fiziologik dam beramiz, natijada hayotiy kuchimiz tiklanadi. Hayotiy kuchimiz qanchalik ko’p bo’lsa, organizmdagi zaharli moddalar shunchalik tez chiqarib tashlanadi. Ochlik organizmning ichki trzalanishi uchun zarur.

Daraxtlarga sepiladigan zaharli moddalar

Daraxtzorlarga sepiladigan tonnalab zaharli moddalar havoga tarqalishidan tashqari, ularning ma’lum miqdori sabzavot va mevalarga o’tadi, hasharotlarni o’ldiradi. Inson o’z sog’ligini himoya qilishy uchun o’ta ehtiyot bo’lishi kerak. Zaharlangan meva va sabzavot iste’mol qilinganida bosh og’rig’i va qayt qilish alomatlari paydo bo’ladi, ximikatlar meva va sabzavot qaynatilganda ham ketmaydi.

Ochlik zaharli moddalarni organizmdan chiqarishga yordam beradi, Och yursak, ovqatni qayta ishlashga sarflanayotgan energiya endi zaharli moddalarni chiqarishga sarflanadi.

Ishtaha ochuvchi meva va sabzavotlar yupqa sham qoplamasi bilan qoplanadi

Tibbiyot ilm-fani sog’liqka xavfli bo’lgan yana bir yangilikni ma’lum qildi. Agar siz olma, nok, olxo’ri, bulg’or garmdorisi, bodring kabi mahsulotlarni iste’mol qilmoqchi bo’lsangiz, uning tashqi ko’rinishiga – po’stiga e’tibor bering. Ular shamga o’xshash yupqa qoplama bilan qoplangan bo’lishi mumkin. Ehtiyot bo’ling! Bu inson organizmi uchun o’ta zaharli hisoblanadi. Parafin bilan qoplangan meva va sabzavotlar tez so’lib qolmaydi, tashqi ko’rinishi buzilmasdan uzoq saqlanadi, hasharotlar bunday meva va sabzavotni iste’mol qilmaydi. Lekin bu qoplama insonga zarar keltirishi aniq.

Bunday meva yoki sabzavot iste’mol qilib, organizm hazm qila olmaydigan moddani ichingizga yig’asiz. Jigaringiz parafinni o’zlashtirolmaydi. O’ldirilgan parafin organizmda qarovsiz qolmoqda. Ko’plab shifokorlarni boshi berk ko’chaga olib kirayotgan yangidan-yangi kasalliklar sabablaridan biri iste’mol qilinayotgan ozuqalarni qayta ishlash, saqlash va boshqa jarayonlarda qo’shiladigan qo’shimchalarning sog’liqka zarari ko’pligidadir.

Fikrimcha, haftasiga 24-36 soat va yil davomida uzoqroq muddat och qolib, yuqorida qayd qilingan zaharli moddalarni organizmdan chiqarib tashlash mumkin.

Esingizda bo’lsin, ochlik vaqtda organizmni tozalash uchun katta hayotiy kuch talab qilinadi.

“Tibbiyot – davolashning yarmi, kasallik sababi uning ortida qoladi va dorilar unga yeta olmaydi”, degan edi doktor Veyr Mitchel.

Taomingizga yangi zaharlar kirib kelmoqda

Hozirgi vaqtda 1000 dan ortiq turli-tuman sintetik qo’shimchalar iste’mol qilinadigan ozuqalarga qo’shilmoqdaki, ular ko’plab yangi kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Masalan, baton noni sanoat usulida ishlab chiqarish jarayonida u tayyorlanadi, oqlanadi, tozalanadi, yumshatiladi, soda qo’shiladi, bezaladi, bo’yaladi va hokazo. Bularning hammasi sintetik kimyoviy moddalar yordamida bajariladi. Hozirda 100% toza baton topish qiyin.

Inson organizmi alohida hujayralar yig’indisidan iborat. Agar iste’mol qilayotgan ozuqa hujayraning o’sishi va normal ishlashi uchun yetarli bo’lganida bu hujayra kamida 120 yil yashashi mumkin edi. Lekin inson o’z hayoti davomida iflos havo bilan nafas olsa, tabiiyki, hujayralarga bu salbiy ta’sir o’tkazadi, natijada hujayra kasallanadi yoki o’ladi.

Inson o’z ozuqasini turli sintetik kimyoviy mahsulotlar bilan aralashtirib yesa, ayniqsa, bir mahsulotda turli qo’shimchalar bo’lsa, hujayralarga juda yomon ta’sir qiladi, hujayra o’z vazifasini chala bajaradi yoki butunlay bajara olmaydi. O’zingiz o’ylang, qanday qilib organizm normal ishlasin, siz unga ketma-ket sintetik qo’shimchalar berib tursangiz? Mening yakka-yu yagona javobim – faqat tabiiy ozuqa iste’mol qilish, murakkab jarayonlarda tayyorlanadigan, konservasiya qilingan mahsulotlardan uzoq bo’lish. Faqat va faqat tabiiy organik ozuqa iste’mol qiling.

24-36 soat to’la och qolib, ozuqa bilan ichingizga kirgan yomon moddalardan forig’ bo’lishingiz mumkin. Agar kuchingiz yetsa, bir yo’la 7-10 kun organizmingizni tozalab ko’ring, iste’mol qilgan ozuqangizda qancha zaharli moddalar borligini ko’rib, hayratdan yoqa ushlaysiz.

Tushlikda kam ovqatlan, kechki ovqatni yanada kamaytir, iloji bo’lsa, undan voz kech

Och yurganingizda hayotiy Kuchingiz organizmni tozalashga yordam beradi. Organizmda mo’jizalar sodir bo’ladi, u o’zini-o’zi tozalaydi, davolaydi, faqat ochlikka sabr qilsangiz, bas. Agar siz organizmingizni toza saqlamoqchi bo’lsangiz, parhyez qiling. Birinchi marta och yurib, parhyez qilib ko’ring, siz o’zingizni shunday yaxshi sezasizki, avvallari bunday his qilmagansiz. Ichingizning tozalanishi sizni salomatlik sari boshlaydi.

Tuz haqida nimalarni bilmaysiz

Bu sizni hayratga soladi. Siz ovqatingizga ta’m kiritish uchun natriy, kaustik ishqor qabul qilyapsizmi? Yoki xlor, yo zaharlovchi gazmi?

“Bu qanday bema’no savol?” deyishingiz mumkin. Hyech qanday, biroz akli bor inson buni qilmaydi, to’g’rimi? “Albatta, yo’q!” Lekin . barchani lol Qoldiradigan haqiqat shundaki, odamlar ularni qabul qiladilar, chunki bilishmaydi. Yuqorida qayd qilingan zaharlovchi moddalar “tuz” nomi bilan ataluvchi organik kristall birlashma tarkibiga kiradi.

Asrlar davomida “yer tuz” iborasi yaxshilik, nimagadir arziydigan ma’noni aks ettirib kelgan. Lekin bu noto’g’ri fikr. Bu zararli moddani har kuni ovqatingizga solib, o’zingizga charar yetkazmokdasiz. Quyidagi dalillarga bir nazar tashlab ko’ring:

  1. Tuz – ozuqa emas. Usi qabud qilipshi okdash xudli dorixonadagi kaliy xlorid, kalsiy, boriy kabi ximikatlarni qabul qilishni yoqlash bidan baroba
  2. Tuz: organizm tomonidan qayta ishlanib, hazm qilina olmaydi. Tuzning ozuqa sifatida sariq chaqalik qiymati yo’q. Unda hyech qanday vitamin, organik moddalar bo’lmaydi. Aksincha, u zararli, buyraklaringizni kasal qilishi mumkin, siydik pufagi, yurak, arteriyalar, vena va qon tomirlarini ishdan chiq Tuz tanada suv yig’ilishiga sabab bo’lib, vodyanka kasalligiga olib keladi.
  3. Tuz yurak zahari sifatida ta’sir qilishi mumkin. U   asablaringiznint   ogriqqa sezgirligini oshiradi.
  4. Tuz organizmdan kalsiyning chiqib ketishiga   sabab   bo’ladi.   Oshqozon-ichak a’zolarining ichki shilliq qismini ishdan chiq

Agar tuz shunchalik zararli bo’lsa, nima uchun u hayotimizda keng qo’llaniladi? Asosan ming yillar davomida an’ana bo’lib kelgan odatlarimizga binoan ishlatamiz. Lekin bu odatlar noto’g’ri fikrga asoslangan, ba’zilar tanamiz tuz talab qiladi, deyishadi. Bu noto’g’ri, albatta. Ba’zi xalkdar, masalan, eskimoslar tuzni ishlatmaydi, uning yo’kdigini sezmaydilar ham. Qachonlardir tuzni birinchi marta tatib ko’rgan odam: “Bu chekmaydigan odam uchun tamakiga o’xshaydi”, degan bo’lishi mumkin. Ba’zi hayvon turlari uchun tuz aynan zahardek ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa, uyda boqiladigan qush turlariga.

Tuzga odatlanish nimadan boshlangan

Bioximik Bung tushuntirishicha, qadim zamonlarda yer yuzida natriy va kaliy moddalari o’zaro muvozanatda bo’lgan. Lekin asrlar davomida yomg’ir natriy tuzining ko’p qismini yuvib ketgan. Vaqt o’tishi bilan yer sathi va o’simliklar kaliyga nisbatan natriyni kamroq o’zlashtira boshlagan. Natijada, hayvon va odamlar natriy o’rnini qoplovchi boshqa vosita axtarib, tuzga ro’baro’ bo’lishgan. Lekin uning samarasiz va juda xavfli o’rinbosarligini bilishmagan.

Tuzni og’izga solib, men natural natriy qabul qildim, deb o’ylash xuddi noorganik kaliy iste’mol qilib, kalsiy qabul qildim, deyish bilan barobar. Bularning hyech qaysisini organizm hujayralari o’zlashtira olmaydi. Hamma noorganik moddalar ovqat hazm qilish a’zolarimiz uchun zararli ekanini bir oz tuz iste’mol qilsangiz, bilasiz. Oshqozon va ichaklaringiz kuyib, organizm suv talab qiladi va buyraklar orqali tezda chiqarib tashlashga harakat qiladi. Buyrakning nozik filtrlariga bu tuz qanday ta’sir o’tkazishini ko’z oldingizga keltirishingiz mumkin. Inson organizmidagi a’zolarga nisbatan buyraklar tuzdan eng ko’p aziyat chekadi. Tuzni buyraklar chiqarib tashlaydigan miqdordan ko’p iste’mol qilinsa, nima bo’ladi? Tuzning oshiqcha qismi organizm turli joylarida o’tirib qoladi. Ayniqsa, tovonda, tizza va boshqa joylarda. Organizm bu zahardan qutilish uchun avtomatik tarzda tuz yig’ilgan joyga suvni chaqiradi. Tana shishadi. Tovon, oyoqning pastki qismlari, tizza shishadi va og’riq beradi.

Tuz buyraklar uchun qanchalik xavfli bo’lsa, yurak uchun ham shunchalik xavfli. Hatto biroz ortiqcha tuz ham yurakka yomon ta’sir ko’rsatishi mumkin. Yurak mushaklarining ishi qonda natriy va kaliy organik tabiiy tuzlar miqdorining muvozanatiga bogliq bo’lib, natriy tuzi ko’payishi yurak urish ritmi va qon bosimiga ta’sir ko’rsatadi. Tibbiy statistikadan ma’lumki, eng yuqori qon bosimi bilan yaponlar azob chekadilar. Chunki ular dunyoda eng ko’p tuz iste’mol qiluvchilar sifatida ma’lum va mashhurlar.

Tuzning qon bosimiga ta’siri

Qon bosimi yuqori bo’lishiga sabab nima? Shifokorlarga buning ko’plab sabablari ma’lum, kuchanish, stresslar, dorilarning qo’shimcha ta’siri, sigaretalar, havo buzilishi, turli ozuqa qo’shimchalari ta’siri, zaharli moddalar, industriasiyalash oqibatlari va hokazo. O’zingizni bu sabablardan himoya qilish uchun nima qilish kerak? Eng yaxshisi – siz yashab turgan muhitdan bu sabablarni yo’q qilish.

Natriy xlor (oddiy; osh tuzi) yuqori qon bosimining asosiy sababchisi hisoblanadi.

Millionlab semiz odamlarga tuz qanday ta’sir ko’rsatadi? Ma’lumqi, semiz odamlar aksariyati yuqori qon bosimidan aziyat chekadi.

Organizmni yaxshi jysmoniy holatda ushlash uchun bizga shuncha tuz iste’mol qilish zarurmi? Odamlar orasida keng tarqalgan bu fikr to’g’rimi? Aytishi mumkinki, hayvonlar uzoq masofalarni bosib o’tib, tuz yig’ilgan joylarni topib, uni yalaydilar. Men hayvonlar yig’ilib, yerni yalaydigan bunday joylarni tekshirib chikdim. Bunday joylar tuz koni sifatida ma’lum bo’lsa ham, ushbu yerlarda natriy xlorid umuman yo’q. Bu joylarning hyech birida organik yoki noorganik natriy uchramaydi. Lekin bunday joylarda organik minerallar, ozuqa moddalar va hayvonlarga zarur bo’lgan boshqa moddalar juda serob.

Nima uchun sigirlarga ko’p tuz berishadi

Sut ishlab chiqarish sanoatiga pul tikkan tadbirkor iloji boricha ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladi. Sut fermalari egalari sigirlariga ko’proq tuz yalatishadi. Natijada sigirlar ko’p suv ichadilar. Sigirlar qancha ko’p .suv ichsa, shuncha ko’p sut beradi. Lekin sutdagi tuz mikdori juda ko’p bo’ladi. 1,1 litr sutga 0,5-1 gr. tuz to’g’ri keladi. Besh oylik yosh bola uchun bo’lgan sutdagi tuz mikdori katgadar uchun 0,5 unsiya degani (unsiya – 28,8 gr.). Bu haddan tashqari ko’p.

Maktablarga kirib, o’quvchilarga nazar tashlang. Ular orasida semiz bola va qizlar ko’pligini ko’rib, hayratga tushasiz. Ular shunday sutdan ko’p iste’mol qilishadi, bundan tashqari, ovqatlariga ham tuz solishadi, oziq-ovqat do’konlariga kirib ko’ring, konservalangan va turli idishlardagi ozuqalar tuz bilan tayyorlanadi. Bularning hammasini qo’ishb ko’ring, endi sizga ayon bo’ladi – nima uchun yurak xastaliklari bo’yicha o’lim birinchi o’rinda turadi? Bizlar tuzdan mast bo’ladigan millatga aylanganmiz. Pishloq, konservalangan sabzavot, non mahsulotlari, umuman olganda, eng ko’p ishlatiladigan ozuqalar – barchasi tuzga to’yingan, yosh bolalar ozo’qasi ham bundan mustasno emas.

Issiq kunda tuzli tabletkalar qabul qilish kerak emish

Ko’pchilik o’ylashicha, inson issiq kunda ter bilan yo’qotgan tuz mikdorini tezda tiklashi zarur. Ba’zi korxonalarda ishbilarmonlar ishchilarga tuzli tabletkalar tarqatishadi. Xuddi shu bilan ishchilar sog’ligini tiklamoqchi bo’ladilar, lekin bu zarurmi? Menimcha, yo’q. Parhyezni yaxshi saqlaydigan insonlar chidamliligi shuni ko’rsatadiki, issikda terlab yo’qotilgan tuz o’rnini tuz tabletkalari yordamida tiklash zarurligi haddan tashqari bo’rttirilgan.

Tabiiy natriy sabzavot, sarimsoq va boshqa ozuqalarda bor, Bu natriy inson organizmi uchun yetarli. Bundan tashqari, ba’zi millatga mansub insonlar butunlay tuz iste’mol qilmasliklarini inobatga olsak, tuz tabletkalariga hojat yo’qligi yana ham ravshan bo’ladi.

Tavsiya qilinadigan odatlar siz uchun qulay 

Amerika qit’asiga birinchi oq tanlilar kelgunicha Amerika hindulari tuz haqida hyech narsa bilishmas edi. Kolumb va boshqa sayohatchilar Xindularning jismoniy holatidan nuqson topishmagan. Hindularning aynishi tuz, alkogol qabul etish va tabiiy bo’lmagan ozuqa iste’mol qilish bilan borliq.

Men yer yuzining eng uzoq burchaklariga 13 dan ortiq ekspedisiyalar uyushtirganman. Hyech qayerda mahalliy xalqning tuz ishlatganini ko’rmadim. Ularning yoshlaridan qati nazar, qon bosimi 120/ 80. Bu ko’rsatkich eng yaxshi hisoblanadi. Ular hyech qachon buyraklari faoliyatidan shikoyat qilmaganlar, yurak xastaliklari bilan og’rimaganlar.

Inson kuniga qancha tuz iste’mol qilishi mumkin

Bu masala ko’pchilikni qiziqtirib kelgan, ko’plab tajriba va tekshiruvlar o’tkazib kelingan. Olimlar fikricha, kuniga 0,5-1 gr. tuzni inson organizmi hazm qila oladi. Non, pishloq, konservalangan sabzavotlar va boshqa ko’plab ozuqalarda tuz miqdori ko’p. AQGP aholisi orasida janub negrlari yuqori qon bosimidan aziyat chekadilar. Tekshiruvlar. natijasi shuni ko’rsatadiki, ularning ko’pchiligi tuzli ozuqalarni ko’p iste’mol qilishadi. Ular buyrak kasalliklari va falajdan juda erta dunyodan o’tadilar. Kim tuzlangan mahsulotlarni ko’p iste’mol qilsa, ular 30 yoshga yetar-yetmas turli kasalliklardan azob tortadilar.

Umrni uzaytirishning eng yaxshi usuli – uni qisqartirishni to’xtatish

Organizmga tabiiy organik natriy zarur, noorganik bo’lgan osh tuzi emas. Siz natural natriyni tabiat yaratgan organik formada lavlagi, selder, sabzi, kartoshka, sholg’om, to’rp, dengiz o’simliklari va boshqa ko’p tabiiy ozuqalardan olishingiz mumkin. Har doim esingizda bo’lsin, organizm hujayralari faqat natural organik minerallarni o’zlashtira oladi.

Tuzni ochlik bilan chiqarib tashlang

Ochlik bilan davolanish tajribasi menda ancha avval – 50 yildan beri och yurib, tanamni tozalab turaman. Tajribadan shuni aniqladimki, 4 kun och yursangiz, tuzlar organizmdan chiqib ulguradi. Buni siydik orqali aniqlash oson. Faqat tozalangan suv ichib, 4 kun och yurasiz. Distillangan suvdan tashqari organizmga hyech narsa tushmasin. Har kuni ertalab siydik namunasini shisha idishga olib, 2-3 hafta salqin joyda saqlang, so’ng uni oftob nurida ko’ring. Siz shisha tagida quyuqlashgan xlorid va boshqa qoddiqlarni ko’rasiz.

Tuzlar organizmdan chiqqanini o’zingiz ham sezasiz, buyraklaringiz yengil ishlaydi, og’zingiz qurimaydi, chanqov sizni qiynamaydi. Teri va mushaklaringiz tonusiga e’tibor qarating, tanangiz ozshnlashib, yosharadi. Suv yig’ilgan tanadagi do’ngalaklar yo’qoladi. Tana shakli tabiiy holga keladi, semizlik yo’qoladi. Och yurganingizda tanangizdan birinchi bo’lib tuz ketadi va unga hamroh bo’lgan semizlik yo’qoladi. Ochlik vaqtida ajoyib o’zgarishlar sodir bo’ladi, bunga zo’rga ishonasiz.

Ovqatni qayta ishlashga sarflanadigan ulkan hayotiy kuch endi faqat organizmdan kerakmas moddalarni chiqarib tashlashga xizmat qiladi, shunday qilib, millionlab hujayralar yangilanib, yosharadi.

To’rt kunlik tuzsiz parhyezdan so’ng iloji boricha shu zaylda davom ettirishga harakat qiling, buni qilish ancha qiyin, chunki barcha ozuqalarimiz tuzga to’yingan. Tuzdan tozalanishga haftasiga 24-36 soat och yurish yaxshi foyda beradi.

Men dunyo bo’yicha ko’p sayohat qilaman, ma’ruzalar qilaman, tajribalar o’tkazaman, natijada tuzli ovqatlardan qochib qutulish imkoni bo’lmay qoladi. Samolyot, paroxod, restoranlarda mening ovqatimga umuman tuz qo’shmasliklarini iltimos qilaman. Lekin hyech qachon mening ovqatimga ataylab tuz solinmaydi.

Bregglar uyida hyech qanday tuzga o’rin yo’q. Biz ovqatlarni turli o’tlar va sarimsoq bilan qo’shib iste’mol qilamiz. Ular ovqat mazasini yoqimli qiladi. Och yurib va tuzsiz parhyezdan foydalanib, o’zingizni tetik sezasiz, tashqi ko’rinishingiz chiroyli bo’ladi, orzingiz qurimaydi va boshqa o’zgarishlarni ham seza boshlaysiz.

Ochlik tanani tozalaydi, lekin kasallikdan davolamaydi

Odamlar mendan doimo so’rashadi: “Siz ochlik yo’li bilan u yoki bu kasallikni davolaysizmi?” Men shuni qayta-qayta ta’kidlashim zarurki, ochlik kasallikni davolamaydi. Men davolash bilan shug’ullanmayman. Men tabiatdan tashqari hyech qanday davolash usullariga ishonmayman. Qo’limizdan keladigan ish shundan iboratki, biz organizm hayotiy kuchini shunday ko’taraylikki, tuzalish tabiatan organizmning ichki ehtiyojiga aylansin.

Men sizlarni ochlikka o’rgataman, da’vat qilaman, chaqiramanki, kuchsizlik, bo’shanglikni yengib, hayotiy kuchingizni oshirib, barcha kasalliklardan tabiiy yo’l bilan rolib chiqing.

Kuchsizlikni izohlash

Biz juda tezkor, barchani lol qoldiradigan zamonda yashamoqdamiz. Biz o’zimizga ma’qul bo’lgan turmush tarzida hayot kechiramiz,-do’stlarimiz, qarindoshlarimiz va jamiyatda o’z o’rnimizga egamiz. Majburiyat – bizning ustimizdan xo’jayinlik qiladi, biz unga bo’ysunishimiz kerak.

Umrimizning har bir soatida hayotimizni ta’minlash uchun pul topish, oilani boshqarish, gavjum ko’chalarda mashina haydash, ishxona mas’uliyati, farzandlar tashvishi, jamiyatdagi burchlarimizni bajarish va boshqalar uchun juda ko’p hayotiy kuch sarflaymiz, energiya ketkazamiz.

Energiya – qimmatbaho, uni sotib olish mumkin emas. Ko’pchilik o’ylaydiki, energiyani dorilar yoki choy, kofe, alkogol, tamaki yordamida olish mumkin. Lekin ular yanglishadilar. Energiya -tabiiy hayotingiz uchun mukofbt,

Yomon odat uchun jazolanamiz, to’g’ri hayot tarzi uchun mukofotlanamnz

Bu shuning uchun yuz beradiki, yomon odatlar natijasida hayotiy kuchingiz qamayib ketadi, organizmda kasalliklar boshlanadi.

Yomon odatlar hisobiga o’zingizni-o’zingiz kuchsizlantirasiz, bunga e’tibor qaratish zarur. Sizning energiyangiz pasayadi. Siz holsizlanasiz, hatto o’z organizmingizni tozalashga ham kuchingiz yetmaydi. Energiyaning pasayishi chiqaruvchi a’zolar faoliyatini asta-sekin susaytiradi. Energiyaning yanada pasayishi esa ichaklar, buyraklar va o’pka faoliyatining to’xtatishiga otshb kelishi mumkin. Keyinroq esa organizmdan chiqmay qolgan zaharlar yigila borib, o’z ishini qiladi. Zaharlar tananing turli qismlarida yig’ilib, asablarni ezadi, bu esa og’riq va azoblarga duchor qiladi. Bu signallar tabiiy, demak, siz notabiiy hayot kechirmoqdasiz va o’zingiz haqingizda qayrurishingiz zarur. Lekin siz o’z ahvolingizdan uyalasiz. Bu noto’g’ri! Aslida siz, avvalo, nima bo’layotganining asl sababini aniqlashingiz zarur.

Odam xastaligidan uyalishi kerak emas

“Yo’q, – deyishadi odamlar, – men shamolladim, men haddan tashqari ko’p ishladim va hokazo, men holsizlanganman, chunki qariyapman”. Bahona ketidan bahona topiladi, lekin haqiqiy sabab ularning o’zlarida. O’zingiz va faqat o’zingiz og’rig’u azoblaringiz uchun, muddatidan ancha oldin qartayishingiz uchun javobgarsiz! Noto’g’ri hayot tarzi hisobiga o’zingizni kuchsizlantirasiz. Hayot kuchingiz pasayib ketadi, zaharlar organizmdan chiqarilmaydi, ular sizni qiynay boshlaydi. Aslida esa azoblaringiz noto’g’ri turmush tarzidan kelib chiqmoqda. Boshqa joylardan sabab qidirmang, o’zingiz sababchisiz!

Demak, ochlik bilan hayot kuchingizni ko’tarsangiz, tabiiy hayot tarziga rioya qilsangiz, holsizlik yo’qoladi. Betartib hayot tarzi – insonni achinarli ahvolga soluvchi asosiy sabab.

Agar siz tabiiy hayot tarziga rioya qilsangiz, tabiatning o’zi sizga sog’liq hadya qiladi.

Mo’jiza o’z qo’lingizda

Tabiii ovqatlanish, ochlik bilan organizmni tozalash, jismoniy mashqlar – bularning hammasi sizga uzoq umr va sog’liq bag’ishlaydi.

Zararli odatlaringiz bormi

Ko’p tuz yoki tuzli ovqat iste’mol qilasizmi? Kofe ichasizmi? Tamaki yoki spirtli ichimliklar iste’mol qilasizmi? Tozalangan oq shakar yoki u qo’shilgan boshqa mahsulotlar yeysizmi? Qat’iyatli insonmisiz? Tanangizni kim boshqaradi – zararli odatlarmi? Esingizda bo’lsin, tana – aqlsiz!

Parhyez, ochlik – organizmdagi tabiiy omborni ochuvchi kalit.

Ochlik o’z ta’sirini organizmning har bir hujayrasiga, har bir ichki a’zoga, barcha hayotiy kuchga o’tkazadi. Hyech kim buni siz uchun qilmaydi, bu har birimizning shaxsiy burchimiz.

Men ishonaman, kasal odamlarning 99% i noto’g’ri, notabiiy ovqatlanishi hisobiga azob chekadi.

Har qanday mashinaning foydali koeffisiyenti u ishlab chiqarayotgan energiya sifati va soniga qarab belgilanadi. Xuddi shuni inson organizmi mashinasiga qiyoslash mumkin O’rta yoshdagi qomatdor odam muntazam ravishd to’yib ovqatlanishi natijasida, o’lik mahsulotlar iste’mol qilgani sababli, och yurish o’rniga turli taomlarni tiqishtirgani uchun organizmi, qanchalik ifloslanganini xayoliga ham keltirmaydi.

Ochlik – tabiiy institut

Kasallik – ichki a’zolaringiz zaharli moddalar, toksik chiqindilar bilan to’lgani haqida xabar berishning tabiiy usuli. Ochlik – inson duchor bo’lgan jismoniy azoblardan qutulish yo’lini o’rgatadigan yagona usul.

Kim ko’p yemasa, hyech qachon yalqov bo’lmaydi, oqilu donolik darvozasi doimo ochiq bo’ladi.

Dushman organizmingiz ichida

Sog’liq va uzoq umr ko’rish uchun kurashda eng yomon va eng ayovsiz dushman – astointoksikasiya deb hisoblayman.

Eng yomon tomoni shundaki, o’z-o’zini zaharlash yil sayin o’sib bormoqda. Uni yengishning yagona yo’li – ochlik, to’g’ri, tabiiy ovqatlanish va to’g’ri hayotiy odatlar.

Avval haftasiga 24-36 soatli, faqat distillangan suv ichib och yurishni odat qiling, taom yeydigan kuningizda faqat tabiiy ozuqa bilan ovqatlaning. Tanangizni aql boshqarsin, istak emas! Istak – aqlsiz!

Erta tongda turib, ko’p narsaga ulgurish mumkin. Shuning uchun erta turishni odat qiling. (Erta tongdagi ishga Yaratgan Parvardigor baraka beradi. Bu muqaddas kalomlarda aytib qo’yilgan.)

Shunda siz kunduzi biroz mizg’ib olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Qon ishqoriy reaksiyaga ega bo’lishi kerak. Ko’pchilik baxtsiz hodisalar kislota ko’payganidan sodir bo’ladi. Kislota ko’payishi esa o’z-o’zini zaharlashdan kelib chiqadi. Hayot oqimi, ya’ni qon shunchalik zaharlansa, ifloslansa, qanday qilib biz o’zimizni kasallik mikroblaridan himoya qila olamiz? Ma’lumki, mikroblar organizm kuchsizlanishini poylab turadi, kezi kelganda hujumga o’tadilar.

Endi siz mendan so’rang: “Kislotani normal holga keltirish uchun nimani taklif qilasiz?”

Birinchi galda tozalash uchun 3-4 kunlik faqat distillangan suv bilan ochlik, ochlikdan so’ng ishqor beruvchi parhyezga o’tiladi. Ishqor beruvchi mahsulotlarga nimalar kiradi? Xom sabzavot va mevalar, ko’kat barglari bilan bezatilgan sabzavotli salat. Ozuqangizning beshdan uch qismini sabzavot va mevalar tashkil qilsin. Sabzavot va mevalar xom yoki pishgan bo’lishy mumkin. Har doim sabzavot va mevalardan tayyorlangan salatni ovqatdan oldin iste’mol qiling. Ishqor beruvchi ozuqa organizm uchun muhim. Ba’zilar pishirilmagan sabzavotni iste’mol qila olmasligini bahona qiladi, lekin siz salatlarni iste’mol qilishni odatga aylantiring. Natijasi ko’p kuttirmaydi, qoningiz toksik moddalardan tozalanadi.

Ko’p ovqatlanib, organizmingizga zarar yetkazmang

Haddan tashqari ko’p ovqat yeyish sizni muddatdan oldin o’ldiradi. Sabzavot va mevalar tabiiy tozalovchi hisoblanadi. Boshlanishiga oz-oz  iste’mol qiling, toksik zaharlardan tozalanguningizga qadar haftasiga 24 soatli och yurish barcha iflosliklardan organizmni tozalaydi. Agar siz 3-7 kun och yurishga kuch topsangiz, organizmingiz to’la tozadanadi. Qanday mahsulotlar zararli kislotalar paydo qiladi? Bular shakar va shakarli mahsulotlar, kofe, tamaki, alkogol, go’sht, baliq, tuxum va tuz. Albatta, go’sht va baliqni taqiqlashga siz norozi bo’lasiz. Lekin siz yoshingiz yukini sezmasdan yurishni xohlasangiz, yana ko’p narsalardan voz kechishingizga to’g’ri keladi. Bu boshlanishiga juda qiyin ko’rinadi. Ammo siz qo’rqmasdan bunga kirishing, bu uncha qiyin emas, deb ipshi boshlang. Sabzavot, mevalar, salatlar, yonrokdar, biroz o’stirilgan donlardan iborat parhyez qilish uncha qiyyn emas, bularning barchasi tez me’daga tegishi hammaga ma’lum. Lekin sabzavotlar ko’p. Barcha yonroqlar, marizlar va urchitilgan donlar juda to’yimli, yeryong’oq biroz qovurilsa, bodom, pista, kungaboqar mag’izi, qovoq urug’i, qovun urug’i mag’izlari juda mazali va foydali. Agar siz go’sht iste’mol qilsangiz, haftasiga 2-3 martadan oshmasin. Agar biroz kislota ko’payganini sezsangiz, buni to’xtatib, yana sabzavot va meva parhyeziga o’tish kerak.

Ba’zan yengil bosh og’riri, bosh aylanishi, ko’z oldida mayda sharchalar paydo bo’lishi, og’iz bo’shlig’iga achchiq ta’m kelishi, jismoniy kuchsizlik, aqliy charchoq va hokazolar sizni bezovta qiladi. Bu boshlanuvchi belgilar keyinroq zo’rayishi mumkin. Siz bunga jigarim aybdor, deb ovqat rasionidan yog’lar, go’sht va go’shtli mahsulotlarni chiqarib tashlashingiz mumkin. Lekin bu yetarli emas. Siz rasiondan shakar va kraxmalni chiqarib tashlashingiz zarur. Aniqrori, ularni siz organizmingiz uchun tabiiy holda -sabzavot va mevalar orqali olishingiz kerak.

Siz oqsil moddalariga muhtojlik sezasiz, ularni yong’oq va mag’izlardan olishingiz mumkin. Agar siz quvvatingiz asta-sekin kamayayotganini sezib, uni normal darajaga ko’tara olmasangiz, qisqa ochlik seansini o’tkazing: 36 soatdan to 3-4 kungacha distillangan suvdan boshqa hyech narsa iste’mol qilmang. Sizda ovqatlanish ehtiyoji juda kuchayadi, lekin bu haqiqiy ochlik emas, balki organizmning ma’lum vaqtdan so’ng ozuqa qabul qilish odati. Bunga chidang! Yana qaytaraman: tana aqlsiz uning istaklari ko’p, ammo siz istaklarga yo’l bermay, tanani aql bilan boshqaring. Ochlik ulkan qat’iyatni talab qiladi. Bu – materiya ustidan ongning ralabasi!

Men o’zimning birinchi 4 kunlik och yurganimni yaxshi eslayman. Bu vaqtda men mashhur lozannalik (Shveysariya) doktor A.Rolliyer nazoratida davolanardim. Hayotimni sakdab qolish uchun qayta boshlangan sil kasalligi bilan kurashmoqda edim. O’sha vaqtlarda doktor meni ogoxlantirgandi: “Bu sen uchun o’ta muhim imtihon bo’ladi, leqin sen chidashing zarur!”

U menga har kuni siydigingni shisha idishga solib saqlaysan va uni tekshirib borasan, deb aytdi. Shisha idishlarni tomosha qilib, organizmdan qancha keraksiz zararli moddalar chiqib ketganiga guvoh bo’ldim.

Shifokor nazoratisiz och yurmang

Och yurish muddati tugaganidan keyin meni ishqorli parhyezga o’tkazishdi, bunda sabzavot va mevalar serob bo’lib, ularni pishirib ham, pishirmasdan ham ko’p iste’mol qildim, taxminan ikki haftalardan so’ng men o’zimni yaxshi his qila boshladiy.

Bu mening oxirgi ochligim emasdi. Keyinroq doktor meni haftasiga 24 soatlik ochlikka buyurdi va keyingi 9 oy davomida esa 7, 14, 21 kunlik ochlik seanslari o’tkazishimni tayinladi. Ochlik seanslari orasida esa men ishqorli parhyezga rioya qildim.

Ishqorli parhyez qiling

Oshqozonda kislota ko’paysa, bu zaharlovchi hisoblanadi va bundan xoli bo’lishga harakat qilish zarur. Ba’zan o’zingizga o’zingiz aytasiz: “Bugun biror sabab bo’lmasa ham, yuzimning rangi negadir xunukroq ko’rinmokda, bo’shashib ketmokdaman”.

Siz o’zingizni o’zingiz boshqaring va har doim bardam-baquvvat va xushchaqchaq holatda bo’lishga intiling.

Oshqozonda kislota ko’payganining birinchi belgilari – tilingiz kulrang tus oladi, tez jahlingiz chiqadi, yuzingizga qon yugurib qizaradi. Bu belgilarni arzimas deb o’ylamang. Bu – xavfning birinchi signali. Hozir u ko’p zarar yetkazmasa ham, qyeyinroq sizni qiynaydi. Kislota ko’payishi – ichki ochiq faktor, kun o’tishi bilan o’zingizni himoya qilish uchun imkoniyatingiz borgan sari kamayib boradi. Hayot – o’z-o’zini himoyalash degani.

Kislota ko’payishining oldini oling, agar bu surunkali xarakter olsa, qon bosimining doimiy yuqori bo’lishiga, oqibatda ateroskleroz kasalligiga olib keladi. Shunday qilib, yo’l berkiladi. Kislotani olib keladigan ovqat – o’z-o’zini zaharlash – yuqori qon bosimi – muddatidan oldin dunyodan ko’z yumish.

Zaharli kislota kristallari bo’rinlar harakatini yomonlashtiradi, sizni bukilmaydigan va harakatlana olmaydigan qiladi.

Kislota kristallariga qarshi ochlik bilan kurashing

Inson tanasining har bir harakatlanuvchi bo’rinlar suyaklari orasini tabiat maxsus suyuqlik bilan to’ldirgan (sinovalnaya jidkost’). Bu suyuqlik xuddi mashina qismlari orasini moylab turilgani kabi suyaklar orasini moylab turadi va bo’rinlar harakatini osonlashtiradi. 10 yoshli bolaga nazar tashlang, qanday yengillik bilan harakat qiladi. Nima uchun “U endi 10 yoshga kirdi, men esa 60 yoshdaman, menda bunday yengil harakat endi bo’lmaydi”, deysiz?! Yosh ulg’ayishi bo’rin suyaklari orasidagi suyuqlikka ta’sir qilmaydi. Harakatlaringiz og’irlashishiga asosiy sabab zaharli kislotalarning kristallari, ular bo’rinlaringiz harakatini chegaralaydi. Bu kitobni yozayotgan vaqtimda yoshim 85 ga to’ldi. Men boshimda turib yoglarning turli mashqlarini yengil bajara olaman. Yo’q, tabiat inson harakatlarini chegaralamaydi. Ijozat bersangiz, shuni aytamanki, men 10 yoshli bolakaydek xarakatlana olaman!

Zaharli kislota kristallari qanday hosil bo’ladi

Bizning organizmda asosan to’rtta chiqarish a’zolari bo’lib, ular har doim zaharlarni chiqarib turadi. Tabiatan biz ovqat iste’mol qilamiz, suyuqlik ichamiz, nafas olamiz. Ko’pchilik odamlar haddan ziyod ko’p ovqatlanadi, ochlikdan emas, odatiga binoan. Mening ko’p yillik terapevt sifatida tajribamga muvofiq bilamanki, bunday odamlar iste’mol qilgan ozuqani qayta ishlab, o’zlashtira olmaydilar. Bundaylar och yoki to’qligiga qaramasdan qorinlariga go’sht, tuxum, tort, shirin bulochkalar, pirojniylar, marmelad, qovurilgan kartoshka, vafli va hokazolarni tiqishtiradilar. Bunday katta hajmdagi ozuqani maydalash, hazm qilish, ortiqchasini chiqarib tashlashga organizmning hayotiy kuchi yetmaydi. Bunday vaziyatda har doim toksik, zaharli qoldiqlar qoladi, bu zaharli qoldikdar cho’kadi va bo’rinlar orasida kristallarga aylanadi. Bu ancha sekin jarayon bo’lib, ko’p yillar noto’g’ri ovqatlanish natijasida bo’rinlar orasida kristallar ko’plab yig’iladi, suyaklarni moylab turuvchi suyuqlik kalsiyli moddalarga to’yinadi va og’riqlar paydo bo’la boshlaydi. Avvalo, ular oyokda paydo bo’ladi. Oyoqlarda harakatlanuvchi suyaklar boshqa a’zolarga nisbatan ko’p. Har bir oyokda 26 ta harakatlanuvchi suyak mavjud. Shuning uchun zaharli kislota kristallari oyoqda yig’iladi.

Bel og’rig’i

Bel og’rig’idan faqat ba’zi birlargina qutulib qolishadi. O’rta yoshdagi odamlarning belini bukishlariga nazar soling, ular bellarini to’g’rilashlarida yuzlaridagi og’riq va azoblarga e’tibor bering, kundan-kun ular og’riqdan nolib, “Oh, mening belim!” deyishadi. Lekin toksik kislota kristallari belda to’xtamaydi, ular umurtqa pog’onasiga ko’tarilib, kuraklar, yelka va tirsak bo’rinlari, bo’yin, hatto panjalarni ishg’ol qiladi. Ba’zilar zaharli kristallar bilan shunchalik to’lib ketganki, hatto qo’l panjalarini mushtum qilib bukolmaydilar. Ularning hammasi buning sababi yosh ulg’ayishi, qarilik, koksalik, deb biladilar. Bunga ishonmang! Asosiy sabab o’sha zaharli kristallar! Bu og’riqlardan qutulish uchun amerikaliklar millionlab og’riq qoldiruvchi dori ichadilar. Minglab odamlar issiq vanna qabul etadilar.

Men o’zim bundan aziyat chekmayman va istamayman! Mening tavsiyalarimni bo’rin va suyak og’riqlarini himoya qiluvchi tavsiya deb qabul qilishingizni so’rayman. Shu bilan birga, ishonamanki, bu azoblarni yengillashtirish usullari mavjud.

Organizmni tozalash uchun ochlik

Agar siz 24 yoki 36 soatli yoxud 3 kundan 10 kungacha och yursangiz, sog’ligingizni tiklovchi kuchlar organizmingizda ishlay boshlaydi. Men yana va yana qaytarib aytaman, ochlik organizmni tozalaydi va yangilaydi. Agar siz to’la ochlikka o’tsangiz, faqat distillangan suv ichsangiz, sizning hayotiy kuchingiz ovqatni qayta ishlash, hazm qilish va ortiqchasini chiqarib tashlashga ketmay, organizmni tozalashga sarflanadi. Chuqur ichki tozalanish, kuch yig’ish uchun fiziologik dam olish – mana sizga ochlik oqibati!

Endi faraz qilaylik, siz 60 yoshdasiz. Kuniga 3 marta ovqatlanasiz, qorningiz ochmi-to’qmi, baribir, shu bilan zararli, zaharli moddalarning bo’rinlarga o’tishiga yo’l ochasiz. Bu holda ochlik sizning ichki kuchingizga zaharli, toksik moddalarni chiqarib tashlashda yordam beradi, yoshingiz ulug’ligini esdan chiqarasiz.

Hoziroq och yurishni boshlang. Boshlanishiga 24 soat och yuring. Shuning o’zida bo’rinlaringizga qanday ta’sir qilganini seza boshlaysiz. Boshingizni chapdan o’ngga bir necha bor qayirib ko’ring, shunda siz qandaydir ovoz eshitasiz. Bu ovoz umurtqa pog’onasida zaharli kristallar paydo bo’lganidan darak beradi. 24 soat yoki 7 kunlik ochlik birdaniga sizni zaharli qoldikdardan ozod qilmaydi. Lekin tozalanish boshlanadi. Xaftasiga bir kun och yuring, shuning o’zi yiliga 32 kunni tashkil qiladi. Bu vaqt ichida hayotiy kuch organizmda ko’payadi va zaharli kristallarni chiqarish uchun yetarli bo’ladi. Har bir ochlikdan so’ng siz o’zingizni erkinroq sezasiz. Yoshingiz ulug’ligi esingizdan chiqadi.

Muddatidan oldin qarish belgilari

Siz barcha ishni qiyinchilik bilan bajarasizmi? Yuzingizning avvalgi rangini yo’qotmayapsizmi? Xotarangiz yomonlashdimi? Ovozingiz yo’qolmoqdami? Qo’l va barmokdaringaz titraydimi? Zinadan ko’tarilayotganingizda nafasingiz siqadimi? Belingiz bukilishi qanday? Bo’rinlaringiz shiqirlaydimi?

Unday bo’lsa siz zudlik bilan nimadir qilishingiz zarur! Hoziroq, shu bugunoq!

Ochlik – dunyo kabi qadimiy

Hayvonlar ko’p ovqat yeb qo’ysa yoki kasil bo’lsa, och yurish istagi paydo bo’ladi. Ular tuzalmagunicha yoki avvalgi yegan ovqatini hazm qilib bo’lmagunicha och yuradi. Tarixdan ma’lumki, diniy ulamolar va qadimgi olimlar ochlikdan davolovchi vosita sifatida keng foydalanganlar, Ular faqat kasal bo’lganlarida yoki organizmni yoshartirish, yangilash onidagina emas, balki ruhiy chiniqish uchun ham och yurishgan. Ulur faylasuf Pifagor o’z falsafasini o’rgatishdan oldin o’quvchilaridan 40 kun och yurishni talab qilgan. Uning fikricha, 40 kunlik ochlikdan so’ng o’quvchilar fikri aniqlashib, uning falsafiy qarashlarini oson o’zlashtirishlari mumkin ekan. Demak, ochlik avvallari ham, hozir ham faqatgina organizmni tozalabgina qolmasdan, insonning aqliy va ruhiy faolligini ham yaxshilaydi.

Ochlik aqlni peshlaydi

Mening hayotimda ham, minglab talabalarim shaxsiy hayotida ham doimiy ilmiy ochlik katta o’rin tutadi, bizlar uchun aql va ruh ulkan eshiklari hamisha ochiq. 1 yoki 3 kunlik ochlikdan so’ng siz uchun ham akd eshiklari ochilayotganini seza boshlaysiz. Siz mantiqan to’g’ri fikr yurita boshlaysiz, tezda muammolar yechimini topa olasiz. Avval sizga muammo bo’lgan narsalar endi oddiy va yengil ko’rinadi. Ochlikdan so’ng siz endi hyech narsadan cho’chimaysiz, avval sizni xavotirga solgan muammolar tezda yechimini topadi. Xotirangiz yaxshilanadi. Yangi informasiyani qabul qilish ham yaxshilanadi. Organizmingiz tozalangan sari o’zingizda yig’ilib borayotgan kuchni seza boshlaysiz. Bu o’sha kuch – ichki ishonch, u sizni doimo optimist bo’lishga undaydi. Xotirangiz o’tkirlashadi. Siz ko’p yillar avval ko’rgan va eshitganlaringizni, odamlarni, joylar, ayrim epizodlarni eslaysiz. O’z ustingizda ishlash imkoniyati paydo bo’ladi. Bilim – hayotda, tayyorgarlik emas. Bu hayotning o’zi. Akdiy va ruhiy o’sish insoniyatning yerdagi eng ulur maqsadlaridan hisoblanadi. Shunday qilib, ochlik bilan 3 ta narsaga erishiladi: tananing jismoniy jazolanishi, akd va ruhning tiniqlashishi, shuningdek, natijada ulkan sog’liqka erishib, hayotdan bahra olib yashaysiz. Eng qadrlisi – ichki xotirjamlik, ruhiy aniqlik. Bularning hammasi hayotingizni yanada jozibador qiladi. Hozirgi hayotda bu kam uchraydigan holat.

Dindor odamlar ochlikka rioya qilishgan

Ma’lumki, diniy odamlarning barchalari, shuningdek, Dovud, Muso, Iso payg’ambarlar hammasi 40 kunlik ochlikka rioya qilishgan. Islom dinida 30 kun ro’za tutish farz qilingan.

Avvallari bo’lganidek, hozir ham och yurishni rad qiluvchilar ko’p. Ba’zilar ochlikni ilmiy tasdiqlanmagan, degan fikrda. Bular eski, ya’ni ovqat yegan kishi kuchli va ovqat yemasdan och yurgani kasal bo’ladi, degan royani ilgari suradilar.

Ochlikda bir necha kun o’zingizni noxush sezishingiz mumkin, chunki biz yomon odatlar quliga aylanganmiz. Agar biz birinchi uch kunlik ochlikka chidasak, keyinroq biz undan huzurlanamiz. Siz ovqat to’g’risida o’ylamaysiz. Chunki sizda katta quvvat zahirasi mavjud. Albatta, agar siz zaharli qoldiqdarga to’yingan bo’lsangiz, ochlik bu toksinlarni chiqarish jarayonida o’zingizni biroz noxush sezishingiz tabiiy. Bu ochlik sizga yordam bermoqda degani. Mukofotiga tana tozaligiga erishasiz. Ko’zingiz nuri o’tkirlashadi. Ochlikdan so’ng ovqatingiz boshqacha ko’rinadi. Sabzavot va mevalar ajoyib ta’mli bo’ladi. Tanangiz charchoq nimaligini bilmaydi. Uyqungiz tiniqlashadi. Ochlik sizni shuncha ko’p yaxshiliklar bilan mukofotlaydi.

Oshqozon xizmatkoriga aylanmang

Ko’pchilik odamlar nafs quliga aylanganlar. Ular ma’lum vaqtlarda nonushta, tushlik va kechki ovqatlarini iste’mol qilishlari zarur. Ular ochmi yoki to’qmi, ko’p yeyish, ayniqsa, sifatsiz ovqatlanishdan aziyat chekishadi. Bunday holatda kasallikning ko’pligiga ajablanmasa ham bo’ladi. Inson pichoq va qoshiq yordamida o’ziga choh qaziydi, degan maqolning to’g’riligita iqror bo’lasan. Ko’plab insonlar oshqozonlariga dam berishmaydi. Bunday ovqat hazm qiluvchi a’zolarni shunchalik to’ldirishadiki, oxir-oqibat ular faoliyati ishdan chiqadi. Sog’likdan so’ng kam ovqat iste’mol qilayotganingizni sezasiz. Men o’zim jismonan juda harakatchanman. Kuniga ikki mahal ovqatlanaman, ovqatlanish orasida hyech narsa iste’mol qilmayman. Har haftada 24 soat och-yuraman, bundan tashqari yiliga 2-3 marta 7-10 kunlik ochlik e’lon qilaman.

Ochlikdan so’ng yuzingiz rangi tiniqlashganini, ko’zlaringiz charaqlayotganini, tana tozalanganidan yuragingiz yoqimli ashula xirgoyi qilayotganini sezasiz, chunki siz ichki a’zolar va qondan ulkan yukni olib tashladingiz! Bugunoq ochlikni rejalashtiring.

Ochlikni muvaffaqiyatli o’tkazmoqchi bo’lsangiz

Esingizda bo’lsin, men avval ham aytgan edim, yana aytaman, tana aqlsiz! Qachonki, siz ochlik e’lon qildingizmi, demak, aql tanadan ustun kelibdi. Aql istagi oshqozon istagi bilan mustahkamlanishi zarur. Shunday qilib, shartli refleks yordamida oshqozon nonushtani kutadi.

Mening uchun nonushta – butunlay kerak bo’lmagan ovqatlanish. Organizm kechasi bilan dam olgan, energiya to’plagan, to’la harakatsizlikdan so’ng ichini ovqatga to’ldirib olish nima uchun kerak? Bu nonushta odamning kechasi bilan yiqqan energiyasini yo’qotadi. Odamlar ko’p yillar davomida ertalab nonushta qilishni odat tusiga aylantirib ulgurishgan. Ularning fikricha, ertalabki nonushta muhim, u kun bo’yi ishlash uchun energiya beradi.

Lekin bu noto’g’ri fikr, chunki nonushtadan so’ng to ovqat hazm bo’lib, sizga biroz kuch bag’ishlagunicha bir necha soat o’tadi. Ovqat hazm qilish jarayoni organizmdagi eng murakkab jarayon hisoblanadi. Nonushtaning barcha qismlari hazm bo’lsa, organizm hujayralari undan oziqlanadi.

Nonushta o’rniga mashqlar

Men 50 yildan beri nonushta qilmayman. Men ertalab barvaqt turaman, mashqlar bilan shug’ullanaman. Soat 11 larda ozgina meva iste’mol qilaman. Soat 12 larga borib, birinchi marta ovqatlanaman.

Ovqatlanishni salatlardan boshlayman. Ularning asosini qirg’ichdan chiqarilgan sabzi va karam tashkil qiladi. Ulardan keyin esa pomidor, redisqa, selder, lavlagi ko’k bargi bilan va hokazolarni yeyman.

Organizm ichini toza tuting

Hayot kuchingiz kamayib, u organizmdan shlaklarni chiqarib tashlash uchun kamlik qilmoqda. Shu vaqtdan boshlab qarilik boshlanayotgani haqidagi xavotiringiz endi befoyda. Nima bo’lyapti o’zi?

Muddatidan oldin qarish – sir emas. Siz o’z yomon sifatlaringiz bilan o’zingizni jazoladingiz. Sog’liq va uzoq umr ko’rish siri qo’yidagi uch so’zda mujassamlashgan: “ichingiz tozaligini saqlang”. Bu so’zlarni ongingizga mustahkam muhrlab qo’ying. Bu so’zlarsi duo kabi qayta va qayta takrorlang. Ochlik – organizm ichini toza tutishning yagona yo’li. Ochlik hyech narsa talab qilmaydi. Faqatgina kuchli qat’iyat zarur, xolos. Esingizda bo’lsin, ram~russa -zaiflikda. Hayotda eng kuchlilar yengib chiqadi. Ochlik esa o’z-o’zini saklash dasturi hisoblanadi.

Siz ochlikka tayyormisiz

Ochlik sizga yordam berishiga ishongan bo’lsangiz, demak, ochlik o’tkazishga tayyorsiz. Eslab qoling, agar aqlingiz ochlikni boshlash kerak, degan bo’lsa, ishoning, yutuq siz tomonda. Siz organizmingiz har bir hujayrasiga aytishingiz zarur: “Men ishonaman, ochlik meni yaxshi holatga olib keladi”. Xujayralar ham bu so’zlarni o’ziga qabul qilgandan so’ng ochlik boshlanidagiz mumkin. 24 soatlik ochlik vaqtida distillangan suv iching, xolos. Suvdan boshqa narsani og’zingizga olmang. Agar siz meva yesangiz ham, bu ochlik emas, mevali parhyez hisoblanadi. Istardimki, siz buni tushunib yeting, ochlik deganida oshqozonga suvdan tashqari hyech narsa tushmasin. Sizda birinchi ochlik yengil o’tishi mumkin yoki qisqagina og’ir holat sodir bo’ladi. Biz nonushtadan nonushtagacha yoki tushlikdan tushlikkacha 24 soat och yurishimiz mumkin. Agar siz choy, kofe, pivo, alkogol ichimliklariga odatlangan bo’lsangiz, sizda biroz bosh og’rig’i paydo bo’ladi. Nima uchun? Chunki organizm hujayralari doimo ichib kelayotgan stimulyatorga to’yingan. Qachonki ochlik hujayralarni vayron qiluvchi stimulyatorlardan tozalay boshlasa, o’ziga xos reaksiya beradi, lekin siz buni esingizda tutishingiz zarur, bu ochlik natijasi, u sizning zararli odatlardan xalos bo’lishingizga yordamlashmokda. 24 soatlik ochlik vaqtida o’z ish faoliyatini to’xtatmasa ham bo’ladi – lekin oshqozonda biroz kuchanish seziladi. Agar siz aqlni tanaga rahbar qilib qo’ysangiz, hammasi silliq o’tadi. Akl oliy hujayralari tanaga buyruq berib turishi zarur.

Oshqozoningiz istaklariga ergashib ketmang.

Uchta zarur odat

Uchta odat borki, hayotning istalgan sharoitiga moslab siz xohlagan narsangizga yetishishingiz mumkin, bundan ortig’ini insoniyat hali o’ylab topmagan.

Bu odatlar quyidagilar:

– mehnat qilish odati;

– sog’lom bo’lish odati;

– ilm rlish odati.

Agar siz shunday odatlarga ega bo’lsangiz, shunday odatlar sohibasi bo’lgan hamda sizni, sevadigan ayolingiz bo’lsa, siz va ayolingiz hozir jannatda ekansiz.

 Ming yillarcha umr berilgandek beparvo bo’lmang.

Tirik ekansaz, yaxshilik qiling, bunga kuchingiz yetur.

Mark Avreliy

 Shukr qilish kambag’allikda ham baxt keltiradi,

Noshukrlik badavlatni ham kambag’al qilada.

Konfusiy

 Boshlashga shoshiling! O’ylangki, sizda har doim muvaffaqiyat sozonish uchun vaqt bor, muvaffaqiyatsizlik uchun emas. Arzimaydigan maqsad – jinoyat.

Louell

 O’tgan vaqt qaytmaydi. Oqilu donolar hoziroq yetarlicha ish qilib ulgurishadi.

F.Bekon

Faqatgina distillangan suv iste’mol qilaman

Ochlik haqida gapirganimda ko’p marta qaytaraman: hyech qanday ozuqa iste’mol qilmang, hatto sabzavot va meva sharbatlarini ham. Faqat diyetillangan suv iching. Distillangan suv – toza suv. Bu, demak, ikki qism vodorod va bir qism kislorod.- N2O.

Agar siz yomg’ir yoki qor suvini ichsangiz, bilingki, bu suyuqliklar tabiiy distillangan, bularda noorganik minerallar yo’q. Bulardan faqat 100% foyda olasiz. Sabzavot va meva sharbatlarini ichsangiz, distillangan suvdan tashqari, tabiiy shakar, organik minerallar, vitaminlar olasiz.

Siz ko’l, daryo suvi yo iliq suv ichsangiz, bilingki, suvdan tashqari noorganik minerallar ham qabul qilmoqdasiz. Bu suv qattiq suv hisoblanadi. Uning tarkibida noorganik minerallar ko’p.

Endi sizga ozuqa haqida qisqa dars beraman. Kimyoviy moddalarning ikki turi mavjud: noorganik va organik. Noorganik ximikatlar inert bo’ladi, organizm hujayralari ularni o’zlashtirmaydi. Tanamiz tirik ozuqalardan olinadigan 10 ta organik minerallardan iborat. Biz olma yoki boshqa meva yesak, bu tirik ozuqa. Ular uzilganidan so’ng ma’lum vaqt yashaydilar. Hayvonotlardan olinadigan ozuqalar ham tirik hisoblanadi: baliq, sut, pishloq. Organik moddalar bizga hayot bag’ishlaydi. Agar biz o’simligi yo’q orotg’ga tushib qolganimizda o’limga mahkum bo’lardik. Chunki oyoshmiz tagidagi yer 16 noorganik minerallardan iborat, tana ularni o’zlashtira olmaydi. Faqat o’simliklar yerdan noorganik moddalarni shimib olishi mumkin. Inson noorganik moddalardan ozuqa sug’urib chiqara olmaydi.

Daryo suvlari turli minerallarga boy. Ular qanday minerallar? Organik mineralmi yoki noorganik?

Ular hayotlarini inert minerallar bilan og’irlashtiradilar. Inert minerallar buyrak va o’t pufagida toshga, arteriyalarda zaharli kristallarga aylanadi.

Siz yana “Distillangan suv – o’lik suv, unda baliqlar ko’p yashay olmaydi”, degan gaplarni eshitasiz. Albatta, baliqlar distillangan suvda ko’p yashay olmaydi. Chunki ularning hayoti uchun suv o’simliklari zarur.

Endi shunday taxmin qilsak, siz paroxodda Yaponiyaga suzib ketayotgan edingiz, paroxod halokatga uchrab, qayiqda bir kun ochiq dengizda suzishga to’g’ri keldi. Siz faqat yomg’ir suvini ichishingiz kerak. Nahotki, siz yomg’ir suvini o’lik suv hisoblab, uni ichishdan voz kechasiz? Bu suvni siz, albatta, ichasiz, ba’zi insonlar faqat yomg’ir suvi ichib kun ko’rishadi.

Kipr orolidagi qudratli imperator Tiberiusning mashhur saroyida yomg’ir suvini yig’ish uchun ulkan rezervuar bo’lib, qurg’oqchilik yillarida undan foydalanishgan. Oradan 2000 yil o’tgan bo’lsa ham, Kipr aholisi ana shu rezervuardan foydalanadi. Men buni o’z ko’zim bilan ko’rganman. Agar bu orolga qachondir borib qolsangiz, siz ham uni ko’rishingiz mumkin.

Bir necha yil avval do’stim bilan Janubiy dengiz orollariga sayohat qildik. Bu orollarda yashovchi xalq – polineziyaliklarni ko’rdik. Ular sog’lom, chiroyli, bo’ydor odamlar ekan. Umrlarida disgallangan suvdan boshqa suv ichmaganlar, chunki bu orol Tinch okeani bilan o’ralgan. Dengiz suvi ichishga yaroqsizligi ma’lum, orollar g’ovak kristallardan iborat, shunga suv yer yuzida saqlanmaydi, tezda shimilib ketadi. Shuning uchun bu orollarda yashovchi insonlar yomg’ir suvidan tashqari kokos yong’og’i suvini ichishgan. Orolda yashovchi xalq orasidan eng keksalarini bizning yaxtadagi shifokorlar nazoratdan o’tkazishganda ular o’zlarini juda yaxshi saqlab qolg’anlari ma’lum bo’ldi. Orolda yashovchilarning erkaklari ham, ayollari ham namuna bo’lishlari mumqin. Ular faqat distillangan suv iste’mol qilib, uzoq, sog’lom umr kechiraveradilar.

Ochlik ilk seansida qancha vaqt och yurish mumkin

Birinchi marta ochlik seansi o’tkazayotgan kishi 10 kundan ortiq och yurmasligi kerak. Ochlik tajribasi bir necha yildan beri uzoq vaqt ochlik seanslarini o’tkazib yurgan. mutaxassis nazoratida o’tkazilgani maqsadga muvofiq.

Ochlik, avvalo, organizmni ilmiy tozalash usuli bo’lib, uni oldindan o’ylab o’tkazish zarur. Inson ilmiy tekshirilgan bo’lishi kerak. Mutaxassis ochlikni qachon to’xtatish kerakligini biladi, ochlik o’tkazayotgan odam buyraklari faoliyatini nazorat qilib turadi. Buyraklar toksik zaharlarni qondan chiqarmokda. Siydiklar kuniga bir necha marta tekshiriladi. Agar haddan tashqari ko’p mikdorda toksik zahar chiqsa, buyraklar zo’riqishining oldini olish maqsadida ochlikni to’xtatish mumkin.

Mutaxassislar birdaniga 30-40 kunlik ochlik o’tkazish kerak, deb aytishmaydi. Men ko’pincha odamlarda ochlik o’tkazishni 21 -25 kunga mo’ljallab boshlardim. Lekin 6 kundan so’ng organizmdan katta mikdorda toksik zaharlar chiqa boshlasa, sdbab ochlikni to’xtatishga majbur bo’laman. Och yuruvchi odam tabiiy ovqatlanishga o’tadi.

Tajribasiz mutaxassislardan qancha uzoq vaqt och yurilsa, ichki tozalanish shuncha kuchli bo’ladi, deb eshitganman. Bunga ishonmayman, chunki hozirgi zamon madaniylashgan inson -eng kuchsiz maxluq. Tangri yaratgan maxluqotlar orasida hyech biri inson kabi tabiat qonunlarini ko’p buzmaydi. Siz bilib oling, inson tabiat qonunlarini buzishga haqqi yo’q. Bu bilan u o’zini vayron qiladi. Inson sog’liq va uzoq umr ko’rish haqidagi maslahatlarga juda ishonuvchan.

Kasallik – shifokorlarga, operasiyalarga, dori-darmonlarga to’lanadigan tovon. Hammadan ko’p sanatoriy, klinikalar tuzaluvchilar uchun, uylarga kim egalik qiladi? Biz! Kimlar eng ko’p aspirin tabletkalari va boshqa og’riq qoldiruvchi dorilar qabul qiladi? Biz!

Menimcha, aspirin tozami yoki boshqa dorilar bilan aralashmi, inson organizmi uchun xatarli hisoblanadi, uni qabul qiluvchilar jiddiy xavfga duch kelishi mumkin. Shu sabablarga asoslanib, men uzoq vaqt ochlik o’tkazish samarasiga ishonmayman, agar u yaxshi mutaxassis nazoratida o’tkazilayotgan bo’lsa ham. Inson faqat noto’g’ri ovqatlayish zaharlaridangina emas, balki avvallari ko’plab qabul qilgan dorilar qoldig’i ta’siridan ham vafot etadi.

Men kam muddatli ochlik seansi o’tkazib, yaxshi natijaga erishganman, uzoq muddatli ochlik seanslarini kuzatgan bo’lsam ham.

Haftasiga 24-36 soat ochlik seansi o’tkazib, och yuruvchilar haqiqatan ichki tozalanishga erishishadi. Hyech qanday nonushta kerak emas, faqat meva iste’mol qilish lozim.

Inson sog’lom bo’lib, uzoq umr ko’rishni istasa, o’zini ochlikka tayyorlaydi. Oyiga 3-4 kun tabiiy ozuqa iste’mol qilib, buni bir necha oy davom ettirish mumkin.

Haftasiga bir kun ochlikdan so’ng yana oyiga 3-4 kun ochlik seansi o’tkazib, bu 4 oy davomida qaytarib borilsa, inson endi 8 kunlik ochlik seansi o’tkazishga tayyor bo’ladi. Bu vaqtga kelib, haftasiga 3-4 kunlik ochlik seansi va keyingi natural ozuqa iste’mol qilish hisobiga organizm ancha tozalangan bo’ladi. Endi 6 oydan so’ng 8 kunlik ochlik seansi o’tkazish oson kechadi. Birinchi 8 kunlik ochlik seansi ajoyib natija beradi, yaxshi ichki tozalanishga erishiladi.

6-8 oy o’tkazib, 10 kunlik ochlik seansiga tayyorlansa bo’ladi. Bu bilan inson o’z organizmi har bir hujayralarini tozalashga erishadi.

Qancha vaqt och yurish mumkin

Odamlar o’z qisqa hayotlarining ko’p vaqtini o’z-o’zlarini vayron qilishga sarflaydilar. Men hayotda nimani istashimni bilaman. Bilamanki, sog’liq va uzoq umr pulga sotib olinmaydi. sog’liq va uzoq umrga teng keladigan boylik bo’lmaydi. Men yiliga – 365 kun o’zimni juda sog’lom his qilaman. Menda hyech qanday og’riq yoki tana charchog’i sezilmaydi. Buni menga hyech kim sovra qilmadi. sog’lom hayot tarzi hisobiga bunga men o’zim erishdim.

   Tez-tez ochlik seansi o’tkazsangiz, shunchalik ko’p ochlik seansi o’tkaza olasiz

Men sizning ochlik seansingizni 10 kun bilan chegaralab qo’ymoqchi emasman, lekin 10 kunlik ochlik seansini 4 oylik interval bilan olti marta o’tkazmaguningizgacha ochlik seansini 10 kundan oshirish maslahatini bermayman. Yaxshigina tajribaga ega bo’lganingizdan so’ng 15 kunlik ochlik yeyeansiga o’shshingiz mumkin. Bu bilan siz ulkan tozalanishga erishasiz. Siz endi bunday ochlik seansidan nima kutishni bilasiz. Shaxsan haftasiga 24-36 soatlik va yiliga 4 marta 7-10 kunlik ochlik seanslari men uchun yetarli deb hisoblayman.

Men haftasiga 12 marta ovqatlanaman, goho undan ham kam, chunki ochligimni sezmagunimcha ovqatlanmayman.

Yana qaytarib aytaman, ochlik seansi davomida uzoq vaqt och yurishda mutaxassis ko’rsatmalarqdan chetga chiqish yaramaydi. Men uzoq muddat ochlik seansi foyda berishyga uncha ishonmayman. Shuning uchun zarurat bo’lmasa, mutaxassis nazoratissz uzoq muddatli ochlik seansi o’tkazmasligingiz maqsadga muvofiq.

Eng yaxshi natijaga erishish uchun

Angliyada 30 kunlik ochlik seansini samarali deb hisoblashadi. Bunday ochlik seansini ingliz shifokorlari nazoratida ko’p vaqtini o’rin-ko’rpa qilib o’tkazishadi. Ularga vaqti-vaqti bilan bir necha daqiqadan turib yurishga ruxsat beriladi. Germaniyada 21 kun, Fransiyada 14 kundan ko’p emas. Amerikada esa 30 kun eng yaxshi muddat hisoblanadi.

Yana bir marta qaytaraman, agar siz 10 kundan ortiq ochlik seansini o’tkazmoqchi bo’lsangiz, siz, albatta, shifokor-mutaxassis nazoratida bo’lishingiz kerak. Agar organizmdan zaharli moddalar chiqishi og’ir kechsa, ochlikni qachon to’xtatish kerakligini bilmaysiz, mutaxassis ochlikni qachon to’xtatish zarurligini aytadi.

To’g’ri ovqatlanish bilan qisqa ochlik seanslariga hamda ular orasida to’g’ri turmush tarziga ishonaman

Mana, mening ochlik qoidam! Avvalom bor, biz tabiat bilan borliqmiz, har birimizda qo’rquv alomatlari ko’p. Agar siz avval ochlik seansi o’tkazmagan bo’lsangiz, haftasiga bir kunlik -24-36 soatlik ochlikdan boshlang. Keyin siz 3-4 kunlik, keyin 7-10 kunlik ochlik seanslari o’tkazing, shunda siz irodangizdan faxrlanasiz. Siz to’la ichki tozalanishga qisqa ochlik seansi bilan erishasiz. Esda tuting, buni davomli bajarish lozim, ya’ni qancha ko’p och yursangiz, tanangiz shunchalik ko’p tozalanadi, shu bilan birga, ochlik seanslari orasida to’g’ri turmush tarziga rioya qilish talab etiladi.

Bu kitobda sizga beradigan eng yaxshi narsa – to’g’ri ma’lumot. Bunga ishonish esa o’zingizga bog’liq.

 24 soatlik ochlikni to’xtatish

24 soatlik ochlik seansingizni nonushtadan nonushtagacha yoki tushlikdan tushlikkacha faqat distillangan suv bilan o’tkazishingiz mumkin. Agar istasangiz, bir stakan distillangan suvga choy qoshiqning uchdan biriga teng toza asal hamda bir choy qoshiq limon sharbati qo’shishingiz mumkin. Bu organizmdagi zaharli moddalarni eritishga yordam berib, kuchingizni saqlaydi. Bundan tashqari, suv ta’mini yoqimli qiladi. Yuqorida aytilganidek, zaharli moddalarni eritadi, buyrak orqali tozalanishga erishiladi. Buyraklar ochlik seansida muhim, rol o’ynaydi. Shuning uchun bu vaqtda ko’proq distillangan suv ichish zarur. Siz buyraklar yordamida chiqarib tashlangan zaharlar va kristallarni o’z ko’zingiz bilan ko’rayeiz. Barcha hayot kuchingiz va asab energiyangiz endi eng yuqori rejimda ishlay boshlaydi. Chunki endi chaynash, maydalash, ishlash, o’zlashtirish va chiqarib tashlashga juda kam energiya sarflanadi. Tez-tez och yurish hisobiga organizmdan avval qabul qilgan turli dori qoldiqlarini ham chiqarib tashlaysiz.

Bolaligimda men turli kasalliklar bilan orriganman, tomoq bezlari yalliglanishi, ko’kyo’tal, qizilcha va boshqalar. Menda har xil dorilar qabul qilganman, ayniqsa, “kalomel” nomli dori simob asosida tayyorlangan edi. Shveysariyadagi sanatoriyda davolanib, sog’ligim tiklangandan so’ng men ochlik bo’yicha doimiy dastur asosida ish olib bordim, u hozirgacha davom etmoqdaman. Men haftasiga 24 soat, yiliga 4 marta 7-10 kundan och yurardim, har o’n kunlik ochlikdan so’ng bir oy organizmga dam berardim, ochlik davrida faqat distillangan suv ichardim. Bu rejimda 5 yil bo’lganimdan so’ng 20 kunlik ochlikka o’tdim. Shunda menda mo’jiza ro’y berdi. Bu 10 kunlik ochlikning yettinchi kuni edi. Men toza havo va oftob nurlaridan maza qilib, daryo bo’yida ketayotgan edim. Birdaniga oshqozonimda qattiq og’riq sezdim, arang manzilimga yetib borganimda to’g’ri ichakda og’ir va sovuq narsa sezdim. Bu o’sha yoshligimda ichgan “kalomel” dorisidan qolgan simob edi, tushgan simob miqdori kichik choy stakanining uchdan bir qismicha edi. Shu kundan boshlab, “sog’liq” so’zining eng oliy ma’nosini tushunib yetdim.

Ruhiy-axloqiy holatingizni yuqori darajada saqlang

Siz sog’lom, tetik, yosh tanani vujudga keltirayotganingiz haqidagi fikr sizning ruhiy-axloqiy holatingizni yuqori darajada saqlab turishga undaydi. O’zingizga nisbatan achinish hissiyotiga berilmang. Salbiy fykrlarni o’zingizdan haydang. Ochlik davrida quyidagi fikrlarni ishonch bilan qaytaring:

  1. Men eng katta kuch – ichki tozalanish va yangilanish kuchiga murojaat q
  2. Ochlik davrining   har   daqiqasida organizmdan zaharli moddalar chiqib ketmoq
  3. Soat sayin organizm o’z-o’zini tozalamokda.

Esingizda tuting, bu fikrlarni organizmning har bir hujayrasiga yetkazib, singdirishingiz zarur. Har qanday fikr hujayralar orqali ro’yobga chiqadi.

Siz ochlik seansi o’tkazmoqchi bo’lganingiz haqida yaqinlaringiz, qarindoshlaringiz bilan maslahatlashmang, siz salbiy reaksiyaga duch kelishingiz mumkin.

Organizmdan toksin va zaharli moddalar chiqayotganda, qon tozalanayotgan vaqtda siz o’zingizni a’lo darajada sezmaysiz, albatta, hammasi o’tib ketadi, deb o’zingizga qayta-qayta tasalli bering. Maqsadingaz yo’lida qatgiq turing, ajoyib natijalarga erishasiz. 24 soatlik ochlik oxirida birinchi iste’mol qiladigan ozuqa – yangi uzilgan sabzavotdan salat, qirg’ichdan o’tkazilgan sabzi va karam, unga apelsin yoki limon sharbati biroz qo’shilsa, ta’mi yoqimli bo’ladi.

So’ngra pishirilgan sabzavot iste’mol qiling, masalan, dimlangan pomidor. Ular kislota paydo qilmaydi, agar siz shakar va oq non qo’shmasangiz, albatta. Siz turli ko’katlar iste’mol qilishingiz mumkin. Shpinat, karam, qovoq, sedder, loviya, fasol va hokazo.

Esingizda bo’lsin, ochlikdan so’ng hyech qachon go’sht, baliq, pishloq, sariq moy, yong’oqlar va shunga o’xshash ozuqa iste’mol qilmang. Sizning birinchi ovqatingiz salat va unga nisbatan 5% pishirilgan sabzavot bo’lishi kerak.

24 soatlik ochlikdan so’ng ikki kun o’tgunicha og’ir hazm bo’ladigan taom iste’mol qilmang.

3, 7, 10 kunlik ochlik seanslari

3 kunlik ochlik seansini yaxshi sharoitda o’tkazishingiz kerak. Zaharlar organizmdan chiqayotganida dam oling. Siz bu vaqtda kitob, gazeta, jurnal o’qimang. Radio eshitmang, televizor ko’rmang, sheriklaringiz bilan birga vaqt o’tkazmang. Krovatda yoting, ayniqsa, biroz betoblik sezsangiz. Bu betoblik davri zaharlar qancha tez chiqsa, shuncha tez o’tib ketadi. Esingizga solaman, ochlik seansi uzoqroq davom etsa, buni atrofdagilardan sir tutishni unutmang chunki ularning salbiy ta’siry sizga ham yomon ta’sir o’tkazishi mumkin. Uyingiz tinch bo’lsa, biror joyga ketishingizning hojati yo’q. Lekin dala hovliga o’xshash tinch, toza havoli va hyech kim yo’q joyda ochlik seansini o’tkazsangiz, eng yaxshi natijaga erishasiz.

3 kundan 10 kungacha yoki undan ko’p vaqt ochlik seansi o’tkazayotgan bo’lsangiz, o’zingizni operasiya stolida ko’ring. Krovatda dam olish muhim, chunki sizning hayot kuchingiz bu vaqtda toksin va zaharlarni chiqarishga, organizmni tozalashga sarflanadi. Agar biroz aylanib kelishni istasangiz, bunga kuchingiz yetsagina, chiqing. Uzoq vaqt quyosh nurida toblanmang. U sizning asab tizimingizga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Agar uxlay olsangiz, qancha ko’p uxlasangiz, shuncha yaxshi. Agar uxlay olmasangiz, hyech narsa to’g’risida o’ylamasdan yoting. Miyangizga dam bering, keraksiz fikrlardan xoli qiling.

Ochlik vaqtida ichaklar faoliyati

3-10 kunlik ochlik vaqtida ichaklar faoliyati pasayishi ko’pchilikni xavotirga soladi. Bundan xavotir olmang. Ichaklar faoliyati ochlikni tugatganingiz zahoti o’rniga tushadi. Men ichni yumshatuvchi vositalarga, ochlik davrida klizma foydasiga ishonmayman. Menimcha, bu tabiiy bo’lmagan vosita. Ichaklar sanitar va antiseptik mexanizmiga ega, ichakdagi qoldiqlar ochlik davrida chiqarib tashlanadi. Ochlik tutaganidan keyin ichaklar ravonroq ishlay boshlaydi. Siz sabzavotlar va 5% giia pishirilgan yeabzavot iste’mol qilishingiz zarur. Organizmning oqsilga bo’lgan ehtiyoji yonroq, pista va sabzavotlar hisobita to’ldiriladi. Agar siz tozalanmagan, tuyilgan undan tayyorlangan non iste’mol qilmoqchi bo’lsangiz, uni qizargunicha sishiring, so’ngra sovuting. Nonni yaxshilab qotiring, toki chshendagi kraxmal shakarga aylansin, non bo’lakchalarini shunday qotiringki, ular qo’lingizda upadek maydalansin.

Ochlikdan so’ng siz undirilgan bug’doy donini iste’mol qilishingiz mumkin, bu juda foydali. Mana shu ozuqa organizmni keraklicha namlovchi va moylovchi hisoblanadi.

 Yaxshi sog’liq tomon yetaklovchi yo’l

Ta’kidlaganimdek, ochlik dasturim haftasiga 24-36 soatdan yiliga 4 marta, yil boshida men 7-10 kunliq ochlik seansini qachon o’tkazishimni belgilab olaman. Demak, ochlikka tayyorlanish yanvar oyining birinchi yarmidanoq boshlanadi, Keyingisi erta bahorga-to’g’ri keladi. Bahorda har doim 10 kunlik ochlik seansini o’tkazaman, chunki bu vaqtda uzoq qish faslidan so’ng organizmni tozalash zarurati tug’iladi. Men yozgi ochlik davrida odamlar bilan to’lib-toshgan, nafas olish qiyin bo’lgan xonalarda ma’ruza qilaman. Afsuski, hamma insoilar ham ochiq, toza havoni yoqtiravermaydilar.

Tangri o’zi yaratgan maxluqlariga

Suv, havo va nur berdi.

Imson esa o’zini-o’zi nafas oshb

Bo’lmaydigan xonaga qamab,

Birodarlari nima uchum o’layotgasita ajablanadi.

Ochlik inson organizmida tabiiy termostat barpo qiladi

Kuzatishimcha, ochlik organizmni shunday tozalaydiki, tana a’zolari ishini shunday tartibga soladiki, organizmning termostatik holati ham yaxshilanadi. Ochlik va to’g’ri tashkil qilingan hayot tarzi natijasida mening organizmim doimo issiq-sovuqlikning har qanday o’zgarishlarini qiynalmasdan o’tkaza oladi. Yozda men 7 kunlik ochlik seansini iyul yoki avguyet oyining ikkinchi yarmida o’tkazaman. Bu ochlik men uchun eng osoni, chunkn bu davrda yangi sabzavot va mevalar serob bo’ladi.

Kuzda esa men ochlikni 7-10 kungacha yotkazib, oktyabr oyining oxiri va noyabr boshlarida o’tkazaman. Shunday qilib, men yiliga 75 kungacha och yuraman.

Men jigar, o’t pufagi va boshqa gormon ishlab chiqaruvchi a’zolar – barchasiga fiziologik dam bermoqdaman. O’t pufagining fiziologik dam olishi unga insulinni ko’proq ishlab chiqarishiga yordam beradi. Oshqozon ham ovqat hazm qiladigan suyuqlikni ko’plab ishlab chiqaradi, orzingiz qurimaydi, shirin ta’m paydo bo’ladi, nafas olishingiz yaxshilanadi.

Tabiat organizmni va nafas| olishni tozalab, turli hidlardan xoli qiladi.

7 kunlik ochlikni to’xtatish

Siz 7 kunlik ochlik seansi o’tkazganingizda oshqozon va ichaklaringiz ancha qisqaradi. Ochlikni to’xtatganingizda quyidagilarga rioya qilishingiz kerak:

– ochlikning yettinchi kuni soat 5 larda 4-5 ta pomidorni tozalang, bo’laklarga bo’ling, qaynoq suvga solib qo’ying. Keyin ular sovuganida istaganingizcha iste’mol qiling;

– ertasiga ertalab soat 8 larda qirrichdan o’tkazilgan karamdan salat tayyorlang. Unga yarimta apelsin sharbati qo’shing. Salatdan so’ng dimlangan ko’kat va pomidor iste’mol qilasiz. Idishga ko’kat va biroz suv quyib, olovga qo’yasiz, qaynashga yaqin olovdan olib, sovutasiz, suvini to’kib tashlaysiz. Bu ko’kat bilan ikki bo’lak bug’doy noni iste’mol qilishingiz mumkin. Bu sizning ertalabki birinchi ovqatingizga bo’ladi. Kun davomida istalgancha distillangan suv ichishingiz mumkin. Tushlikka qirg’ichdan o’tkazilgan sabzi, maydalangan selder va karamdan salat tayyorlab, apelsin sharbati qo’shasiz. Keyin ikki xil sabzavot, masalan, shpinat, bargli karam yoki pishirilgan selder va qovoq iste’mol qilasiz. Bu ozuqalar hyech qanday go’sht bilan aralashtirilmaydi.

To’qqizinchi kuni ertalab mevalarning xohlagan turi bilan nonushta qilishiigiz mumkin. Ikki oshqoshiqda undirilgan burdoy donlarini bir oshqoshiq asal bilan aralashtirib, biroz shirin ta’m bilan iste’mol qilasiz. Kunduzi qirrichdan o’tkazilgan sabzi, karam va selderdan tasyorlangan salat, yana bitta pishirilgan sabzavot iste’mol qilasiz. Tushlikka petrushka, pomidor va ikkita dimlangan sabzavotdan salat tayyorlab, iste’mol qilasiz. 10-kundan boshlab siz kitobda keltirilgan menyudan foydalanishingiz mumkin.

10 kunlik ochlikni to’xtatish

7 kunlik va 10 kunlik ochlikni to’xtatishda biroz farq bor. Ochlikning 10-kuni soat 5 larda dimlangan pomidor iste’mol qiling. Keyin 7 kunlik ochlik rejimiga rioya qilasiz. Ko’nglingiz boshqa ovqatlarni tusasa ham, nafsingizni tiying. Esingizda bo’lsin, siz 7-10 kun ovqat iste’mol qilmadingiz. Ishtahangiz biroz kamaygan, ovqatlanish maqsadingiz tezda energiya yig’ish emas. Organizmdan toksinlarni chiqarishdan tanani energiyaga boyitishga o’tish uchun biroz vaqt kerak bo’ladi.

Ichaklar faoliyatidan xavotir olmang

Ochlik seansidan so’ng avvalgiday ovqatlana boshlashingiz uchun bir yoki ikki kun o’tishi mumkin, siz ichaklaringiz faoliyatidan xavotirlanmang. Alloh ichaklarni toksinlarga qarshi kurashuvchi qilib yaratgan, bu tizim tabiatan bexato ishlaydi.

Organizmdan chiqarib tashlash ideal dasturi

Hayotiy tajribamdan kelib chiqib, qo’yidagi qoidalarga rioya qilaman: uyqudan turganimdan so’ng ichaklarim tezda harakatga tushadi. Buni tanamga bir necha aylanma harakat berish bilan boshlasam, ichaklarim to’la tozalanadi. Men nonushta qilmayman. Uyqudan turib, bir lecha soat o’tganidan so’ng mevalardan biroz iste’mol qilaman, bir bo’lak banan, ananas yoki apelsin, yangi ko’kat yo qaynatib pishirilgan kartoshka, qora olxo’ri iste’mol qilish mumkin.

Bir soat o’tib, nonushta qilaman, nonushtaga yangi uzilgan sabzavotlag’dan salat, ya’ni qirshchdan o’tkazilgan sabzi-karam va selderdan tayyorlangan salat yeyman. Men o’zimga qoida qilib olganman, yilning istalgan vaqtida birinchi bo’dib salat iste’mol qilaman.

Ba’zilar kunini suyuq ovqat iste’molidan boshlaydi, suyuq ovqatni esa non bilan iste’mol qiladi yoki buterbod yeydi. Bu noto’g’ri. Pishirilmagan ozuqa, ya’ni salat ovqat hazm qilish so’laklarini ishlab chiqaradi, chunki u tabiiy stimulyatorlarga boy.

Men ishonaman, agar ovqatlanishni salatlardan boshlasangiz, tanangiz yangilanayotganini tezda sezasyz. Ma’lumki, pishirilmagan ozuqa tirik ozuqa bo’lib, tabiiy, quyosh nurlari bilan turli biostimulyatorlarni o’ziga singdirgan. Men, albatta, 100% pishirilmagan ozuqa iste’mol qilishni targibot qilmoqchi emasman. Chunki hozirgi zamon odami 5-6 ming yil oldin yashagan o’z ajdodlari kaby yashay olmaydi. Shuning uchun, fikrimcha, eng yaxshi parhyez bu 3/5 qism (menyuning beshdan uch qismi) meva va sabzavotlar, 1/5 qism oqsil moddalar. Oqsil moddalar go’sht, baliq, tuxum, tabiiy pishloq yoki yong’oq, pista, qovoq urug’i, pivo achitqisi yoki undirilgan donlarda ko’p bo’lgani uchun ular iste’mol qilinadi.

Parhyezning qolgan beshdan bir qismi uch xil ozuqadan iborat:

Birinchi uchdan bir qismi – tabiiy kraxmal donlardan tayyorlangan non va ovqatlar, guruch, chechevisa, fasol.

Ikkinchi uchdan bir qismi – tabiiy shakar. Ularni quritilgan mevalar, masalan, xurmo, mayiz, turshak, bargak, quritilgan tut, anjir, asal, klyon daraxti sharbatidan olish mumkin.

Uchinchi uchdan bir qismi – tozalanmagan yog’lar: kungaboqar yog’i, soya, yong’oq, bodom yog’lari.

Tabiiy boyitilgan ozuqa bo’lgani sababli ular oz-ozdan iste’mol qilinadi.

Go’sht va vegetarianlik

Mana 50 yildan oshdiki, men tabiiy ozuqalanish tarafdori bo’lsam ham, hali-hanuz go’sht iste’mol qilish yoki vegetarianlikka rioya qilish kerakligi haqidagi tortishuvlar tugamaydi.

Har kim ilmiy dalillar keltirib, fikrlarini ma’qullamoqchi bo’ladilar.

Ko’p yillar davomida och yurish dasturiga rioya qilishim natijasida parhyezim asosi sabzavot va mevalardan iborat bo’lgani uchun go’sht va baliqqa uncha ehtiyoj sezmayman. Organizmim nima, qachon va qancha iste’mol qilishini o’zi aytadi. Shunday vaqtlar ham bo’ladiki, organizm go’sht yoki baliq mahsulotlari istab qoladi. Shunda men biroz go’sht yoki baliq iste’mol qilaman.

 Me’yorida ovqatlanish organizmni turli ko’ngilsizliklardan saqlaydi, issiqqa, sovuqqa va har xil kuchlanishlar, zo’riqishlarga chidamli qiladi.

B.Franklin

 Parhyezingizdan olib tashlaydigan ozuqalar

– tozalangan shakar va tarkibida shakar bo’lgan mahsulotlar: jem, jele, marmelad, muzqaymoq, keks, pirojniy, saqichlar, shirin,ichimliklar, piroglar, konservalangan mevalar;

– ketchup (tomat sousi);

– xantal, rassolniklar;

– tuzli mahsulotlar: tuzli kartoshka, qotirilgan tuzli non, tuzli pechenye, tuzlj yonroq yoki mag’iz;

– oqartirilgan guruch, perlovka;

– yog’li mahsulotlar;

– qovurylgan kartoshka, jo’xori;

– kofe, kofeli ichimliklar, choy, spirtli ichimliklar;

– tamaki;

– yangi so’yilgan cho’chqa go’shti va undan tayyorlangan mahsulotlar;

– dudlangan baliq, go’sht;

– go’shtli gazaklar, yog’li sosiskalar, yog’li go’shtlar;

– uzoq muddat saqlash uchun ximikatlar bilan dorilangan quritilgan mevalar;

– konservalangan sho’rvalar;

– oq undan tayyorlangan mahsulotlar: qatlama, vafli, kroket, makaron, pirojniy, tortlar;

– eskirgan sabzavot va ulardan tayyorlangan salatlar, qovurilgan kartoshka;

– turli dorilardan o’zingizni ehtiyot qiling, aspirin, sun’iy sut, uyqu tabletkalari, tinchlantiruvchi vositalarni ichmang. O’zingizcha dori ichsangiz, yomon oqibatlarga olib kelishi yumkin.

Ochlik vaqtida klizma yordam beringaga ishonmayman

Klizmadan zarurat tug’ilgandagina, ya’ni ichaklar faoliyati umuman to’xtasa, ichaklarni zudlik bilan tozalash zarur bo’lgan vaqtda foydalaniladi.

Klizma yordami bemorga xuddi hassa yordamiga o’xshaydi.

Tabiiyki, ichni bo’shashtiruvchi dorilar bilan klizma solishtirilganda klizma doridan yaxshi, lekin uning ham o’ziga yarasha kamchiliklari bor. Agar undan tez-tez foydalansangiz, ichingizdan kerakli moddalarni qo’shib chiqarib yuboradi. Tabiat bo’shliqni, yoqtirmaydi, -demak, o’rniga infeksiya kirishi mumkin.

Ochlik seansi vaqtida barcha a’zolar dam olish holatida bo’ladi, demak, bu vaqtda xalaqit bermasligingiz kerak. Ochlik vaqtida vaqti-vaqti bilan ichaklar ishlab qolishi mumkin, lekin ichaklar faoliyati sezilmasa, siz zaharlandingiz degani emas. Ovqat iste’mol qila boshlaganingizdan, ayniqsa, tabiiy ozuqadan keyin oldingidan yaxshi va muntazam ishlaydi.

Tilingiz hyech qachon aldamaydi

Tilingiz mo’jizaviy ko’zgu hisoblanadi. Tilingiz tanada, organizm har bir hujayralarida qancha toksin moddalar yig’ilganini ko’rsatadi. Til faqat oshqozon ko’zgusigina emas, balki ichki chegaralovchi tizim, desak ham bo’ladi. Organizmda otzdan boshdanib, chiqarib tashlovchi teshik – anusgacha bo’lgan tizim bor, u 30 fut uzunlikka ega bo’lgan kanalga o’xshaydi. Bu kanal bo’ylab barcha qabul qilingan ozuqa harakatlanadi. Tabiiyki, har xil ozuqa turlicha hazm bo’ladi, butun kanal bo’ylab o’tish vaqti ham turlicha.

Madaniylashgan parhyez katta hajmga ega, qayta ishlashga ko’p suyuqlik va yorlash kerak bo’ladi, chunki ozuqa kanaddan tez o’tishi zarur. Ko’pchilik og’ir, tozalangan, kislotalarga boy ozuqa iste’mol qiladi. Men ishonamanki, kasalliklarning umumiy bitta omili bor, bu – ich qotishi, ichning ravon yurmasligi. Ich yurmasligi har xil bo’lishi mumkin,, lekin mantiqan olganda, qabul qilingan va chiqarib tashlantan mikdor teng bo’lmasa, ich yurmayapti, degani. Ich yurmasligi juda ko’p kasalliklar boshlanishi belgisidir.

Odam bir kunda kamida 6 marta ovqatlanadi. Hozir oddiy inson kuniga bir marta bo’shansa, u ichining yurishini normal hisoblaydi. Kuniga kamida 6 marta ovqat qabul qilib, bir martagina bo’shanish kam hisoblanadi. Inson organizmi uzoq vaqt zo’riqib bo’lsa ham, ishlab keladi. Ko’p ovqat iste’mol qilib, kuniga bir marta yoki undan ham kam hojatga boradigan odamlarga ich normal yurmayotganini isbotlash qiyin. Lekin bitta xatosiz belgi borki, bu -nosog’lom til. Tilga qarab odam organizmi kerakmas chiqindilarga to’lib ketganini bilib olish qiyin emas. Bir necha kun ochlik o’tkazsangiz, tilingiz oq rang, yopishqoq massa bilan qoplanadi, undan badbo’y hid keladi. Bu oq massani sidirib olib, tekshirtirish mumkin. Tilingizni sun’iy ravishda tozalasangiz bo’ladi, lekin bir necha soatdan so’ng tilingiz yana eski holiga keladi. Oshqozon, ichaklar va organizm boshqa a’zolari qanchalik ko’p zahar va kerakmas chiqindilar bilan to’lganini ko’rsatadigan yaqqol belgi til hisoblanadi. Fikrimcha, inson organizmidagi ko’pgina kasalliklar sababi ich qotib, yurishmasligidir. Bu qon kasalligimi, hujayralarmi yoki nafas olish tizimimi, farqi yo’q.

Til – umumiylashtiruvchi a’zo, organizm har bir qismining sog’lom yoki nosog’lomligini ko’rsatuvchi ko’zgu. Ochlik dasturiga va tabiiy ozuqalanishga qanchalik rioya qilsangiz, tilingiz shunchalik toza bo’ladi. Bu o’ziga xos signal bo’lib, siz sog’lom hayot yo’li, kasalliksiz, azoblarsiz, doimiy yasharish yo’liga, qariliksiz, charchoqsiz hayot yo’liga chiqib olganingiz haqidagi signal.

Inson qarigani uchun o’lmaydi. Inson faqat qarigani, keksaygani natijasida kelib chiqadigan maxsus kasallik yo’q. Ko’pgina kasalliklar – organizmning toksik zaharlardan tozalanishga bo’lgan harakati.

Organizmni tozalang va tabiiy ozuqa iste’mol qiling. Tilingaz va siydshshi nazorat qilib boring.

Kelajak shifokori o’z bemoriga

dori yozib bermaydi, lekin uning

parhyeziga qiziqadi, chunki iste’mol

qilayotgan ozuqa – barcha kasalliklar sababidir.

Ovqatlanish uchun yashamang,

Yashash uchun ovqatlaning!

Ozuqa! Ozuqa! Ozuqa! U insonga eng buyuk rohat bag’ishlaydi yoki eng buyuk azobga duchor qilady. Inson organizmi keragidan ko’p ozuqa qabul qilishga ko’p vaqt chidashi mumkin, lekin shunday kun keladiki, chiqaruvchi a’zolar bunday zo’riqishga dosh berolmaydi, ana shunda muammolar boshlanadi.

Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari – davr muammosi

Insonlar boshidan kechirayotgan kasalliklar orasida ich qotishi birinchi o’rinda turadi. Tonnalab tabletkalar, poroshoklar, suyuq dorilar inson organizmini chiqindilardan tozalashga sarflanadi.. Ich kelishining to’xtashi – o’ziga xos signal. Agar ich qotishi ichki chiqindilar to’lib ketgani sababli yuzaga kelgan bo’lsa, buni o’zingiz tekshirishingiz oson: kundalik iste’mol qiladigan ovqatingizni tayyorlab, uni kostryulkaga solib, biroz suv quying, taxminan Zb-37°S haroratda saqlang, 8 soatdan so’ng nima bo’lganini ko’ring. Birinchi bo’lib dimoshngizga yomon hid uriladi. Achinqira boshlagani ko’zga tashlanadi. Keyin ovqat achiydi, gazlar hosil qiladi, agar gaz yuqoriga ko’tarilsa, diafragmani ko’taradi, bu yurak faoliyatiga yomon ta’sir .o’tkazadi, agar gaz kurak mushaklarini siqsa, kurak atrofida kuchli og’riq paydo bo’ladi. Ovqat massasining achib qaynashi doimo organizmda sodir bo’lib tursa, doimiy bosh og’riri yoki tushunib bo’lmaydigan kasallik va butun tanada og’riqlar paydo bo’lishi mumkin. Elementar bakteriologiya bizga shuni aytmoqdaki, oshqozonda achib, qaynagan ovqat bakteriyalarning keskin ko’payishi va ular faoliyati natijasida kelib chiqadigan moddalar oshishiga olib keladi. Shunday qilib, biz o’z organizmimizda turli mikroblarni xohlagancha ko’paytiramiz. Bu esa fojiaga olib keladi. Agar sizda tez-tez shamollash, surunkali sinusit va boshqa kasalliklarga moyillik bo’lsa, ich qotishi bunday kasalliklarning rivojlanishiga eng yaxshi turtki bo’ladi.

Haddan tashqari yog’li ozuqa eng muhi.m a’zolardan biri bo’lgan jigar uchun juda xavfli. Jigar – eng ulkan kimyoviy laboratoriya bo’lib, xizmat doirasi juda keng. Jigar faqat o’t ishlab chiqaribgina qolmay, uni tozalaydi ham. Jigar ichaklar bilan tozalash jarayonida hamkorlik qiladi. Agar biri betob bo’lsa, ikkinchisi uning vazifasini bajarishga harakat qiladi, lekyn bu jarayon uzoq davom etsa, organizm ishdan chiqadi. Jigar va ovqat hazm qilish tizimi ishdan chiqsa, siz jiddiy kasallanasiz, shuning uchun ich qotishi, jigar xastaligi va umumiy holsizlanish birgalikda kuzatiladi. O’z-o’zidan aniqki, ichingizni zaharlardan tozalash uchun ovqatlanmay qo’yganingizda o’zingizni bir necha kun yomon sezasiz.

Siz och yurgan vaqtingizda hayot kuchi keraksiz chiqindilarni yig’ib, ularni organizmdan chiqarib tashlash bilan band bo’ladi, qancha ko’p och bo’lsangiz, noxush holatingiz ham shuncha ko’p bo’ladi. Lekin buyraklar yordamida chiqindilardan tozalangan zahoti siz o’zingizni yaxshi his qila boshlaysiz, kundan-kunga ahvolintiz yaxshilanib boradi. Buyraklar va boshqa a’zolar orqali ko’plab chiqindilardan fog’ir bo’lish vaqtida ahvolingiz yaxshi bo’lmaydi. 10 kunlik ochlik vaqtida ahvolingiz yaxshilanishi 3-kundan keyin emas, 7-kundan boshlanishi endi sizga ayon bo’lsa kerak.

Mening nazoratimda ochlik seanslarini o’tkazuvchilarning ko’pchiligi ochlikning 10-kuniga kelib, o’zlarini yaxshi his qila boshlaganlar.

Ochlik davridagi qanday noxushlik sezmang,g. unga e’tibor bermaslikka harakat qiling. Yana va yana qaytaraman: chidamli och yuruvchilardan bo’ling, tabassum qiling va sabrli bo’ling. Tabiatni ayblamang, u iloji borini qilmoqda, aybni o’zingizdan qidiring.

Ochlik yordamida balg’amdan forig’ bo’lish

Mening nazarimda, insonlar muammolari organizm ichki tozalash tizimi zaharli chiqindilar bilan to’lib-toshishidan kelib chiqadi. Bu chiqindilar organizmda, asosan, balg’am ko’rinishida yig’iladi. O’zingizni balg’amdan forig’man, deb o’ylab ko’rganmisiz? Dastro’molchangizdan kuniga necha marta foydalanasiz, sinusal chuqurchalarda qancha balg’am bor, ular burun va tomoq orqali qancha chiqariladi? tomog’ingizni kuniga necha marta chayasiz? Hozirgi zamon madaniylashgan ozuqa bilan kun ko’rayotgan har bir odamning tozalovchi tizimi muayyan darajada balg’am bilan to’la. Balg’am yig’ilishi inson turilishidan boshlanadi. Balg’am faqatgina burun bo’shlig’i, tomoq, o’pkada paydo bo’ladi, deb o’ylasak, xato bo’ladi, uni ovqat hazm qilish yo’lida ham uchratish mumkin. Juda ko’p balg’am o’pkada yig’iladi. Pnevmaniya – o’lim bilan tugaydigan og’ir kasallik. Bu kasallik o’pka balg’am bilan to’lib, qonni kislorod bilan ta’minlay olmaganidan keyin boshlanadi. Hozirgi zamon madaniylashgan ozuqa hyech qachon to’la tozalanishga olib Kelmaydi, organizmda chiqindilar yig’ilishini keltirib chiqaradi. Ko’p mikdorda yig’ilgan balg’am zich massa hosil qiladi.

Yashash uchun ovqatlaning, ovqatlanish uchun yashamang,

Ko’p ovqatlanish ko’p kasallanish demakdir.

Hozirgi zamon parhyezi balg’am barpo qiladi

Zamonaviy odam parhyezi – balg’am barpo qiluvchi parhyez. yog’li ovqat – zamonaviy odamning eng ko’p iste’mol qiladigan ovqati, har qanday yog’li ovqat balg’am hosil qiladi. Sutli mahsulotlardan ham ko’p balg’am paydo bo’ladi. Dunyoda odamdan tashqari hyech bir hayvon yosh bolalik davri o’tgandan so’ng sut ichmaydi. 30% ga yaqin ishlab chiqariladigan mahsulotlar og’ir moylardan foydalangan holda tayyorlanadi. Ma’lumki, odam tana harorati 36,7°S. Lekin og’ir yog’larni hazm qilish uchun esa odam tanasi bundan uch barobardan yuqori haroratga ega bo’lishi kerak. Bu 101-102°S ga to’g’ri keladi. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, biz bu og’ir yog’larni o’zlashtira olmaymiz.

Bundan tashqari, hozirgi parhyezlar katta miqdordagi qayta ishlangan sintetik yog’larni o’z ichiga oladi. Ustiga-ustak, ular tuzga boyitilgan. Biz ko’plab tuxum ishlatamiz. Ularda katta miqdorda to’yingan yog’ mavjud, bu -xolesterin. Parhyezimizda go’sht va go’shtli mahsulotlar alohida o’rin tutadi, ular og’ir yog’da qovuriladi. Bularning hammasi hozirgi zamon parhyezi balg’am hosil qiluvchiligini ko’rsatadi.

Ochlik vaqtida siydikda balg’am bo’lishi

3 kunlik ochlik seansi vaqtida ko’proq suv iching, ertalabki siydik namunasini bir necha shisha idishga solib, salqin joyga qo’ying. Bir necha kundan so’ng shisha tagida balg’am cho’kkanini ko’rasiz, siydikni qancha ko’p sakdasangiz, shisha tagiga balg’am shuncha ko’p cho’kadi.

Haftasiga 24 soatlik ochlik organizmni ko’p balg’amdan tozalashga yordam beradi. Qishki faslda odamlar og’ir, to’yimli ozuqa iste’mol qiladilar, natijada organizm balg’amga to’lib-toshadi. Demak, hayot kuchi organizmni tozalashga kirishadi, bemorlik boshlanadi.

Burun va tomokda juda ko’p balg’am yig’iladi. Ba’zi odamlarda balg’amdan tozalanishda uning tana harorati ko’tariladi.

Odamlar bunday holatni nima deb o’ylaydilar? Ular lixoradka kasaliga duchor bo’ldim, deb o’ylashadi. Lixoradka – tabiatning tabiiy ko’rinishi. O’liklarda lixoradka yo’q, bu tirik odamlar imtiyozi, unda tabiat tuhfa qilgan hayotiy kuch mavjudki, u bilan organizmni tozalashga qodir bo’ladi. Baxtsiz va omi inson vaqtida issiq kiyim kiymadim, shuning uchun shamolladim, deb ishontirishga harakat qiladi. Bu butunlay noto’g’ri frshr. Qishki kasalliklarning barchasi – organizmda yig’ilgan ko’plab balg’amdan tozalanishga bo’lgan tabiatning urinishi. Men sizga qat’iyan aytamanki, siz shamollash kasalliklari bilan umuman orrimasliginshz mumkin.

Men “morjlar” deb ataluvchi odamlar safiga kiraman, shanba, yakshanba, bayram kunlari biz qorda jismoniy mashqlar bajaramiz. Ko’pgina tanishlarim menga o’xshab qishda suvda cho’milmokda.

Tabiiyki, men balg’am hosil qilmaydigan parhyezdan foydalanaman, haftasiga 24 soat och yurishim yig’ilib qolgan balg’amdan fog’ir bo’lishimda yordam beradi.

Ochlikdan so’ng parhyezingaz yarmisi kraxmalsiz, suvda pishirilgan, yangi uzilgan sabzavot va mevalardan iborat bo’lsin. Bu parhyez, yonroq va pistalar bilan balg’am hosil qilmaydi. Agar siz go’sht, tuxum, baliq iste’mol qilsangiz, haftasiga, uch kundan ko’p yemang. Donli sho’rvalar va nondan o’zingizni tiying.

Ochlik yordamida choy, kofe, tamaki iste’mol qilishni to’xtating

Tamaki chekish, choy, kofe, alkogol ichish -bular hammasi yomon odat. Bularning har biri xavfli toksik zahar. Bir vaqtlar ilmiy jamoaning diqqati tamaki xusuyeiyatlarini chuqurroq o’rganishga jalb qilingan edi. Olimlar barchasi bir fikrga kelib, har bir sigareta pachkasiga “Chekish sizni o’ldiradi!” deb yozish kerakligini uqtirishdi. Dunyoning eng buyuk olimlari tamakining odam organizmiga ta’sirini o’rgandilar. Yana qaytarib aytamanki, tana – aqlsiz! U o’zicha hamma narsani qabul qilishi mumkin. Inson organizmi zaharlarni qabul qilmaydigan mexanizmga ega emas. Lekik insonga aql berilgan, akdni ishlatib shunday yashash kerakki, u o’z-o’zini halok qilmasin. Shunday qilib, inson o’zini turli stimulyatorlardan himoya qilishi shart. Bu moddalar avval biroz tetiklashtiradi, so’ngra markaziy asab tizimini toliqtiradi. Bu yomon odatlardan qutulishning yo’li – ochlik seanslarini o’tkazish.

Bir necha yil avval menga bir ayol murojaat qildi, u juda ko’p chekardi, kuniga 4 pachka sigaret yetmasdi. Buning ustiga 4 ta viski ichardi. Kofe va choy ichishni ham kanda qilmasdi.

Uning markaziy asab tizimi ishdan chiqqan edi. Qo’liga qalam olib yoza olmasdi, chunki qo’llari qattiq qaltirardi. U uyqusizlikka uchragan, ishtahasi bo’rilgan edi. Ko’zlari nursiz, o’zy shunchalik kasal ediki, hatto tuzalishni xayoliga ham keltirmasdi.

Mening birinchi qilgan ishim – undan ochlik yordamida uni zaharlayotgan stimulyatorni kamaytirdim. U och yurgan vaqtida ham biroz alkogol, kofe ichib yurdi. Lekin ochlikning 3 kuni organizm qarshilik ko’rsatib, oldin qabul qiladigan alkogol endi-unga yombi ta’sir qilib, ko’ngli ozadigan, qusadigan bo’lib qoldi, men uni ochlikda 10 kun ushlab turdim. O’ninchi kuni olingan siydik namunasi quyqali qoldiqqa juda boy edi. Men uni balg’am hosil qilmaydigan parhyezga 10 kunga o’tkazdim. Keyin yana 10 kun och yurgizdim. U 10 oy davomida mening nazoratimda bo’ldi. Men uni o’n oy boshi va oxirida rasmga oldim, birinchi rasmga olingan ayol o’n oy keyingisiga sira o’xshamasdi. Kasal, ezilgan ayol endi baxtli, sog’lom ayolga aylangan edi. Endi uning alkogol, tamaki, kofe kabi stimulyatorlarni ko’rgani ko’zi yo’q. Hozir u jozibali, turmushga chiqqan, baxtli ayolga aylangan.

Ochlik ortiqcha semizlikdan asraydi

Ma’lumki, amerikaliklarnint 65-70% i ortiqcha semizlikdan aziyat chekadi. Ko’pincha semiz odamlar jiddiy kasal bo’lishadi, ular surunkali kasalliklarga moyildirlar. To’la odam o’zini yaxshi his qilmaydi, chunki har doim og’ir yuk ko’tarib yuradi, ular jismoniy harakat qilishni yoqtirmaydilar, ortiqcha yuklari bo’lgani uchun nafas olish a’zolari qiynaladi, yurak zo’riqadi. Biz mashinalar asrida yashamoqdamiz. O’zimizni haddan ortiqcha ko’p ovqat bilan to’ydiramiz, lekin iste’mol qiljngan ovqatga yarasha mashkdar, jismoniy harakat yoki mehnat qilmaymiz, piyoda yurmaymiz. Chunki avtoulov piyodani ko’chadan siqib chiqardi. Semiz odamlar doimo turli parhyezda bo’ladilar. Ko’pincha oqsil bilan to’yingan parhyez, ya’ni tuxum va tomatdan iborat parhyez tutadilar. OAVda kundan-kunga.yangi parhyezlar e’lon qilinmoqda, lekin hammasi asosan organizmni buzadi.

Menimcha, faqat ochlik ilmiy asoslangan, tabiiy usul bo’lib, kishi organizmini normal holatda ushlab turishga yordam beradi. Ijozat bersangiz, men tushuntirib o’tmoqchiman, nima uchun ochlik semizlikdan xoli qiladi? 1, 2, 3 kunlik ochlikdan so’ng ovqat iste’mol qilish xohishi kuchayadi. Uch kundan keyin esa sizni ovqat uncha tortmaydi. Agar odamlar maxsus parhyez qilayotgan bo’lsalar, o’lar qiynaladilar va ochlik hissiyoti uzoqqa cho’ziladi.

Ochlik tuganmas energiya bag’ishlaydi

Men ochlik seanslari o’tkazib, o’z og’irligini normallashtirgan semiz odamlarning ko’pini ko’rganman. Ular 7-10 kunlik ochlik bilan o’z og’irligining 7-10 fo’ntini yo’qota olganlar. Ortiqcha og’irlikdan xoli bo’lganidan so’ng o’larning kayfiyati yaxshilanib, harakatchanligi oshgan. Ular energiyasi behisob ko’paygan. Sevinch va ortib borayotgan qo’vvat ular tanasini yayratadi. Ochlik davrida ozish tananing qaysi joyiga yog’ yig’ilganiga bog’liq. Agar u qorin va belda yig’ilgan bo’lsa, oson yo’qoladi.

Past kaloriyali parhyez qiladigan, o’zini juda noxush sezadigan, tez charchaydigan, tashqi ko’rinishi yomon bo’lgan, ko’zlari nurini yo’qotgan semiz odamlarni ko’p uchratganman. Lekin ular ochlik seaislarini belgilaganlarida tezda ijobiy tomonga o’zgarar edi. Tanadagi yog’ eriy boshlashi bilan ular ortiqcha og’irlikdan qutulib, yurak urishi yaxshilanadi. Puls va qon bosimi normaga keladi.

Sizni ortiqcha semizlik qiynayotgan bo’lsa, kitobda berilgan ochlik dasturiga rioya qiling. Siz haftasiga 24 soatli ochlikdan boshlashingiz mumkin. Boshqacha aytganda, bir kunda bir marta ovdatlanasiz. Ertasiga och yurasiz. Agar odam har ovqatlanganida o’z vaznini og’irlashtirib borgan bo’lsa, haftasiga 36 soatdan bir necha bor ochlik o’tkazsa, avval yig’ilgan ortiqcha yuk tezda yo’qoladi.

Tanadagi ortiqcha yukni yo’qotish uchun o’tkazilgan ochlik seansi ajoyib natijalar beradi, sizning organizmingiz tezda o’zining avvalgi yoshligi va chiroyiga qaytadi.

Ochlik bu – chaqiriq

Bizning odatimiz shunga olib kelganki, har qanday ochlikka ozuqaga bo’lgan ochiqishga qaraganday qaraymiz. Lekin bo’ ochiqish emas. Ochlik seansi – insoniyatning eng eski davolanish uso’llaridan biri. Siz qachon ovqatlanishga qaytish kerakligini o’tkazib yubormasligingiz uchun aql va mantiq bilan ish tutishingiz zarur. Agar siz qat’iyatli inson bo’lib, har bir narsaning o’rniga qaytish qono’niga ishonsangiz, ochlikni hayotingizning muhim qismi qilib olayeiz.

Ortiqcha semiz bo’lib, o’zingizni kasal va kuchsiz inson qilib qo’ymang. Semizlikka qarshi kurashing, o’z tanangiz xo’jayini bo’ling. O’zingiz uchun dastur ishlab chiqing. Lekin bir hafta ichida semizlikdan qutulishga intilmang. Bu sizdan ko’pgana vaqt talab qiladi, eski, normal holingizga qaytish oyeon kechmaydi. Bunga erishganingizdan keyin esa o’zingizdan faxrlansangiz arziydi. Ochlik seansi muddati turli insonlar uchun har xil bo’lgani sababli shifokor bilan maslahatlashing, ochlik seansi muddatini o’zingiz uchun aniqlab oling, keyingina davolanishni boshlang. Ochlik seansini o’tkazish vaqtida muvaffaqiyat qozonishingizga to’la ishoning, natija uzoq kuttirib qo’ymaydi. Sizni davolovchi shifokor ham siz erishgan muvaffaqiyatni ko’rib quvonadi. Ortiqcha yukdan qutulish oson emas, men sizga bu oson ish, deb aytmaganman. Faqat bunga ijobiy yondashib, to’g’ri ish tutsangiz, kerakli natijaga erishishingiz mumkin.

Bu xavfli ortiqcha yuklardan qutulishni istasangiz, bugunoq boshlang!

Ochlik yordamida vaznni oshirish

Ko’pchilik ozg’in odamlar menga murojaat qilib, vaznni oshiradigan maxsus parhyez tuzib berishimni iltimos qilishadi. Ularning ko’plari har doim shamollab yuradi, hatto issiq kunlarda ham qishki kiyim kiyishadi.

Ular biroz semirtiradigan parhyez so’rashadi, chunki skeletga o’xshagan tanalaridan uyalishadi. Men ularga vaznii tez oshiruvchi maxsus parhyez yo’q, desam, ular hayron bo’lishadi. Men ularga: “Biroz semirish va vaznni og’irlashtirish mumkin, faqat bu dastur ochlik seansi o’tkazishni talab qiladi”, deb aytaman.

Ular dasturni ma’qullaydilar. Faqat ochlik seansi o’tkazishni istamaydilar. Shunda men ularga tushuntiraman: “Siz shuning uchun ozrinsizki, iste’mol qilayotgan ozuqangiz balansga keltirilmagan”. Men yog’larga, qandga boy parhyez tuzib beraman. Unga sut qo’shaman, daymoq va boshqa yogli mahsulot ham. Lekin bular sizga semirishda yordam bermaydi, vazningiz oshmaydi.

Bunday ozuqaga qaramasdan organizm yanada ozishi mumkin.

Inson vazni qancha ovqat yeganidan emas, balki ozuqani organizm qanday o’zlashtirishi va kerakmasini qanday chiqarib tashlashiga qarab o’zgarishi mumkin.

Agar hazm qiluvchi va chiqaruvchi a’zolar yomon ishlasa, qancha yokli ozuqa iste’mol qilmang, vazn o’zgarmaydi.

Vaznning yengillashishi umumiy sog’likning zaiflashganidan kelib chiqadi. Shuning uchun organizmga ko’p miqdorda ozuqa kiritish befoyda. Vaznni oshrlashtirish siri shundaki, siz deteskopik tizimining ishchanligini ochlik yordamida oshirishingiz zarur.

Shunday usul bilan ozg’in inson ozuqani o’zlashtirishi va kerakmasini chiqarib tashlovchi tizim ishini tiklaydi.

Vazni yengil odam xuddi vazni og’ir odam kabi ochlik seansini o’tkazishga muhtoj, bu ular organizmiga fiziologik dam beradi. Vazn yengilligida ham, vazn og’irligida ham organizmning hazm qilish va chiqarib tashlash tizimi haddan tashqari zo’riqib ishlaydi.

Vazn og’irligida ham, vazn yengilligida ham ochlik ajoyib natija beradi. Ikkala vazn sohiblari tabiiy hayot tarzi va ochlik seanslariga muhtojlar. Agar siz bunga rioya qilsangiz, tabiat hyech qachon sizni halokatga uchratmaydi.

Ochlik yordamida kasalliklarga qarshi kurash

Tumov bo’lganimizda hayot qanchalik yoqimsiz bo’ladi. Agar siz tumov bo’lsangiz, boshingiz yorilgudek og’riydi. Butun tanangizda og’riq avjiga chiqsa, tabiatni ayblamang va bu oyog’im zaxda qolgani uchun, deb o’ylamang. Bularning asosiy sababi – o’tkir tuzatuvchi krizis! Siz o’tkir tuzatuvchi krizis nimaligini bilganingizdan keyin bu tozalovchi jarayonga qarshilik ko’rsatmasdan to’g’ridan-to’g’ri ochlik seansini boshlashingiz kerak.

Tezgina o’rin-ko’rpa qilib yoting. Hayotda sog’ligingazdan muhim hyech narsa yo’q, barchasini tashlang va yoting. Iloji bo’lsa, iliq o’rin-ko’rpa bo’lsin. Har qanday ovqatlanishni to’xtating, hatgo meva va sharbatlar ham iste’mol qilmang, ma’lum intervallardan so’ng issiq distallangan suvdan ko’p-ko’p iching, unga biroz asal va limon sharbati qo’shishingaz mumkin. Xonani yelpilab shamollatib turing. Yotog’ingizga doimo kislorod kirib tursin, kitob o’qimang, radio eshitmang, televizor ko’rmang, faqat dam olib uxlang. Yaqinlaringiz bilan gaplashishga energiyangazni sarflamang. O’zingizni yolg’iz qoldiring. Qishki yoki yozga tozalovchi krizis davrida necha kun och yurishingaz mumkin? Bu krizis yilning xoxdagan vaqtida sodir bo’lishi mumkin, ko’pincha yilning sovuq vaqtlarida “bezovta qiladi”. ” Ko’p hollarda 3 kunlik ochlik sizni oyoqqa turg’azish uchun yetarli, lekin ba’zan bir hafta yoki 10 kunga cho’zilishi mumkin. Bundan xavotirlanmang. Bu tozalovchi krizisdan so’ng sog’ligingiz yaxshilanganini sezasiz. Vahimaga tushmang.

Men 5 ta bolani katta qiddim, ular tumov bo’lganida o’rin-ko’rpa qilib yotqizaman. Ular dam olishadi va ochlik seansi o’tkazishadi. Bir necha kundan so’ng oyoqqa turib, sog’lom bo’lib ketishadi. Har bir inson o’z xarakterining quruvchisi, shu bilan birga, o’z sog’ligi va yaxshi kayfiyatining asrovchisi hamdir.

Ochlik insonning muddatidan oldin qarishiga yo’l qo’ymaydi. Bu tabiat mo’jizasi erta qarishning oldini oladi.

Ochlik – doimiy yoshlik eshigini ochuvchi sehrli kalit ekanini dunyoning buyuk olimlari allaqachon e’tirof etishgan.

Inson ishonadiki, u 70 yoshga to’lsa, yarim o’lik, to’la vayrona bo’lgan qari odamga aylanadi. Yerda yashagan yillar soni muhim emas, qanday |Yashaganingiz muhim. 24 soatlik ochlikni boshlang,

Yana bir noxush ma’lumotni esingizga solishga ijozat bergaysiz. Men sizga aytsam, inson vaqt o’tgani uchun o’lmaydi, balki notabiiy hayot kechirgani uchun o’ladi.

Hayotda bir marta bo’ladigan imkoniyat

To’xtang! Siz yashab o’tgan yillaringizni bilishingiz zarur emas, hayotingizning eng yaxshi yillarini yo’qotishingiz shartmas. Hayotni chigallashtirmang. Hayot – kuniga yangi dars taqdim etuvchi doimiy maktab, masala shundaki, nimadan boshlashni bilib olish zarur. Sog’lom dastur va ochlikdan boshlang, ertaga qo’ymasdan bugunoq boshlang!

Ochlik arteriyalaringizni navqiron qiladi

Yurak kasalliklari g’arb sivilizasiyasining qonuniy xastaliklaridan hisoblanadi. Bu insoniyat dushmani faqat keksa odamlarnigina emas, hatto yoshlarni ham xasta qiladi.

Yurak xastaligi tez rivojlanmaydi. Arteriyalarni eskirgan holga keltirish uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Bunga olib keluvchi tamaki, alkogol, kofe, tuxum, sutli mahsulotlar, go’pgg, turli yog’lar kabi faktorlarni esdan chiqarmaslik kerak. Yana bir faktor – jismoniy mashkdar qilmaslik. Arteriyalarni to’ldirib, qon o’tkazmay qo’yadigan moddalar – xolesterin, yog’lar, firopd to’qimalar.

Arteriyalar to’lishi drimiy davom etgani uchun uning teshigi kichiklashadi, yurak mushaklarini yetarlicha ozuqa bilan ta’minlash uchun qon yurmaydi. Arteriya teshikchalari kichiklashib ketganida koronar holatlar yuz berishi mumkin. Yurak xuruji sodir bo’lmasligi uchun arteriyalarni turli moddalardan toza saqlash maqsadida doimo hushyor bo’lishingiz zarur. Yurak xurujlari hali hammasi emas, eng xavflisi -ingichka ohaksimon tromblar.

Hozirgi zamon ozuqalari bilan ovqatlanadigan odamlarda tomirning qon o’tkazmay, berkilib qolishi asta-sekin rivojlanadi. Qon katta arteriyalardan butunlay o’tmay qolganida fojia yuz beradi.

Yoshingiz arteriyalaringiz holati bilan belgalanadi

Yana va yana avval aytgan fikrimni takrorlashga ijozat bergaysiz: sizning yoshingiz -arteriyalaringiz holati. Esingizda tuting, arteriyalarda qon harakati to’xtab qolishi, ya’ni qon tiqilishi yoshlik chog’danoq boshlanib, sekin-asta 50-55 yoshgacha davom etadi. Bu yoshga kelib esa, ko’pchilikda yurak xastaliklari yuzaga chiqadi. Istardimki, siz tushuning, ochlik – yurak xastaligini davolash emas. Ochlik – ichki tozalanish, ya’ni kasallikning oldini olish chorasi. Qon tomirlari shunday tizimki, u qonni butun organizmga tarqatadi. Organizmingizda qon aylanishi bir xil ritmda, hyech qanday to’siqsiz bajarilishi qyerak. Masalan, organizmning qaysidir qismida qon aylanishi yarim daqiqa to’xtasa, organizm og’ir musht yegandek bo’ladi. Agar bu ko’zda sodir bo’lsa, ko’zga qon quyilib, ko’r bo’lib qolishiga olib kelishi mumkin. K,on oqimi uchun arteriyalar har doim toza bo’lishi kerak.

Hozirgi vaqtda 70-80, hatto 90 yoshli erkak va ayollarni ko’rish mumkinki, ularning arteriyalari toza, elastik va harakatchan. Ular yoshlarining ulurligiga qaramasdan hali yoshlardek tetik, chunki arteriyalari toza, demak, qon aylanishi yaxshi.

Tarixiy va muqaddas manbalardan ma’lumki, dunyoni suv olishidan oddin odamlar 800-900 yil yashaganlar. Biz hozir bunga ko’pda ishonmaymiz, aniqki, o’sha davr odamlari arteriyalarni toza tutish va bunday uzoq umr ko’rish usullarini yaxshi bilishgan.

Sog’lik – organizm barcha a’zolarining bir-biriga mutanosib va to’g’ri ishlashi. Bu mutanosiblik esa arteriyalar o’z vazifalarini to’g’ri va samarali bajarishiga borliq. Biz 24-36 soat yoki 3-10 kun ochlik seansi o’tkazsak, barcha hayotiy kuchimiz ichki tozalanishga sarflanadi, demak, arteriyalarimiz ham tozalanadi. Mana shupipg uchui 10 kunlik ochlikdan so’ng butun tana o’zini erkin sezadi, aql tiniqlashib, zehn kuchayadi, jismoniy mehnatga, harakat qilishga ehtiyoj paydo bo’ladi, bularning hammasiga sabab tanadagi yengillik. Men yana qaytarmanki, siydik holatidan har doim xabardor bo’lish zarur.

Ochlik dasturi va tabiiy ovqatlanish dasturiga rioya qilib, organizmni barcha zaharli chiqindilardan tozalab, arteriyalarni toza saqlab, yurak faoliyatini uzoq muddatga cho’zishimiz mumkin. .Biz yogli go’sht iste’mol qilsak, organizmda zahar yira boshlaymiz.

Aslida organizmga kuniga juda oz yor kerak bo’ladi. Shuning uchun men nonushta zarurligiga ishonmayman. Tashqi ko’rinishi sog’lom, baquvvat, yosh yigitlarning ko’pini bilaman, ular ertalabki nonushtani to’yimli ozuqalar bilan boyitishadi, muntazam nonushta qilishadi. Yana shuni bilamanki, tashqi ko’rinishi sog’lom ko’ringan bu yigitlar yurak xastaligiga duchor bo’lishgan.

Siz bunday ozuqani uzoq vaqt iste’mol qilishingiz mumkin. Chunki siz organizm fiziologiyasi va ovqatlanish qoidalarini bilmaysiz. Ozuqa qabul qilish – ilm, bekorchilikda ko’ngilxushlik qilish emas. Ozuqalanish masalasi – juda muhim masala. Arteriyalaringiz toza va elastik holda bo’lishini xoxdasangiz, bunga jiddiy qarash zarur. Bu kitob dasturiga rioya qilishdan oldin yurak kasalliklari bo’yicha yaxshi mutaxassis bilan maslahatlashib oling. U sizga qon tomirlaringiz, yuragingiz ahvoli haqida ma’lumot bersin. Qon bosimi, yurak urishi pulsini anikdab oling, yil davomida bu tizimga rioya qiling.

Keyin yana o’sha mutaxassisga uchrang, u sizni tekshirib, o’z xulosasini aytsin. Ishonamanki, shifokoringiz organizmingiz ahvolidan mamnun bo’lib, qisqa bir yil ichida jiddiy yutuqqa erishganingizni qayd qiladi. Sizning ahvolingiz – arteriyalaringiz ahvolining ko’rsatkichi. Turilgan kunlarintiz emas, arteriyalaringiz yoshingiz haqida so’zlab beradi.

Sizning xizmatingizda 9 ta shifokor

Tabiatdan bizga in’om etilgan to’qqizta shifokor a’lo darajadagi sog’liqni saqlashda xizmatimizga doimo tayyor. Ularning barchasi o’z sohalarining usta mutaxassislari. Ularning natijalari 100% yutuq. Ular operasiya qilmaydilar, dori yozib bermaydilar. Bu shifokorlar insonga hyech qachon ziyon keltirmaydilar. Shunday qilib, men har b.ir shifokorni shaxsan tanishtiraman. Avvalo ularning otasini tanitay, u dunyoda tengi yo’q, eng kuchlya va ulkan shifokor, yerdagi barcha narsaga hayot barishlovchidir.

 1-shifokor – quyosh nuri

Shifokor-quyosh nuri mutaxassisligi -gelisterasiya, uning resepti – quyosh energiyasi. Har bir o’t bargi, daraxt, gul, mevalar, sabzavotlar, yer yuzida yashovchi barcha jonzot quyosh nuridan bahra olib yashaydi. Bizning yer quyosh nurlari kuchini sezmasa, hayot zimiston qorong’u bo’lardi. Quyosh bizga nur beradi, bu nursiz yer cheksiz qoronrulikka rarq bo’lardi. Odamlar nursiz, o’lik raig bo’lmasligi kerak, hatto shimol aholisi ham. Insonlar badani yengil qoraygan, ya’ni o’zining tabiiy rangi quyosh nuri ta’sirida pishib, biroz qoraygan bo’lishi kerak. Inson quyosh nuri ta’sirida hayotiy quvvatini oshirib, sog’ligini yaxshilashi kerak. Menimcha, odamlar quyosh nurida toblanmaganlari uchun kasallikka chalinadilar.

Quyosh nuri kuchli bakteriya xususiyatiga ega. Quyoshda qancha toblansangiz, tana terisi quyosh nurini yutib, shuncha ko’p energiya zahirasini tashkil qiladi. Quyosh – asabi tarang odamlar uchun eng yaxshi tinchlantiruvchi vosita.

Siz tanangizda quyosh nuri ta’sirini bevosita sezib turishingaz zarur. Bundan tashqari, iste’mol qilayotgan ovqatimizning 50% i quyosh nurida pishib yetilgan mevalardan iborat bo’lishi kerak.

Yangi uzilgan meva va sabzavot iste’mol qilganimizda biz o’simliklar qoni – ya’ni, to’yimly xlorofillni o’zlashtiramiz.

Xlorofill – quyosh energiyasining bir qismi, eng boy va to’yimli ozuqa. Bu organizm qabul qila oladigan va to’la o’zlashtira oladigan eng foydali ozuqa.

Bu tabiiy dorilar quyosh nuri va parhyezimyzning 50% i meva va sabzavbtdan tashkil topishi zarur. Quyosh nur to’g’ri organizmga oz-ozdan tushishi zarur. Birinchi marta quyosh vannalarini qabul qilishda avval qisqa vaqtdan boshlab, asta-sekin ko’paytirib borasiz. Quyosh vannalari qabul qilish uchun eng yaxshi vaqt ertalab, 5-10 daqiqa davomida qabul qilinadi. Syz tushdan keyin ham quyosh vannasini Qabul qshshshingiz mumkin, lekin eng foydalisi faqat ertalabkisi, soat 11 dan 15 gacha quyosh nuri eng qizdirib, kuydiradigan vaqtdir.

Xom ozuqaga o’tishda ham biz asta-sekinlik bilan boshlashimiz zarur. Oddiy parhyezga asta-sekinlik bilan quyosh nurlari yordamida yetishtirilgan ozuqa qo’shib boriladi.

Organizmga keragidan ko’p quyosh nuri tushishi – xohlang, tashqaridan, xoxdang, ichkaridan – yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun oz-ozdan boshlab, asta-sekin ko’paytirib borish ma’qul.

2-shifokor – toza havo

Shifokor — toza havo ham mutaxassis. Uning resepti – toza havodan to’yib nafas olish. Dunyoga kelishimiz bilan birinchi qiladigan. ishimiz -chuqur nafas olish va oxiri dunyodan vidolasha turib biz nafas olishni to’xtatamiz. Tushlish va o’lim orasida hayot yotadi. Hayot nafas olish demakdir. Tez-tez ochiq havoga chiqib turishni tavsiya qilgan shifokor maslahatini inobatga olmagan odamlar o’zlariga ko’plab muammo or.tiradilar. Nafas olish funksiyayeini tushuntirib berishga ruxsat berasiz. Birinchidan, nafas olish – eng kerakli ozuqa, bu shunday ozuqaki, usiz biz hatto 5-7 daqiqa ham hayot kechira olmaymiz. Nafas olganimizda havodan kislorod ajratib olib, uni qon yordamida butun organizmga yetkazib beramiz, nafas chiqarishda organizmdagi toksik zaharlarni karbonat angidrid gazi bilan birga chiqarib tashlaymiz. Agar odam nafas olishda kam toza havo yutsa, u yuzaki nafas olsa, kirib kelayotgan kislorod organizmdan chiqarilayotgan karbonat angidrid gaziga teng bo’lmasa, bunda organizm karbonat angidrid zahari bilan zaharlana boshlaydi.

Ko’rinib turibdiki, toza havodan nafas olish bilan birga chuqur nafas olish ham juda muhim ekan. Men bilaman, kislorod faqat organizmni tozalabgina qolmay, unga eng ko’p energiya takdim qiladi. Biz havo bosimi ta’sirida ishlaydigan mashinamiz. Nafas olish va chiqarish orasida vakuum hosil bo’ladi, dinamik nafas olish va chiqarishga qodir ekanmiz, demak, biz – hayotmiz. Qanchalik chuqur nafas olsak,uzoq yashash imkoniyatimiz shunchalik ko’p bo’ladi, Uzoq yashovchilar chuqur nafas oluvchilardir. Kuzatishimcha, inson qanchalik chuqur nafas olsa, daqiqasiga u shuncha kam nafas oladi, uning umri uzoqroq bo’ladi. Tez-tez nafas oluvchilar uzoq yashamaydi. Bu hayvonot dunyosida ham o’z tasdinnni topgan. Quyon va boshqa kemiruvchilar daqiqasiga eng ko’p nafas oluvchilar qatoriga kiradi, shunga yarasha ular eng kam hayot kechiruvchilar. Ko’p yildirki, men hayotimga shunday odat kirshtanman, ertalab uyqudan turgan zahoti chuqur, sekin nafas olish mashkdarini bajaraman. Kun davomida ham bu mashqlarni qayta-qayta bajarib turaman.

Chuqur nafas olish – chidamlilik va hayotiy kuchga ega bo’lish siri

Shaxsan men chuqur nafas olish odatini kanda qilmayman, ishonamanki, odamlar tanalarini erkin harakatlanayotgan havo ta’siriga tutib turishlari zarur. Havo vannasi yaxshi, sog’lom bo’lishga juda kerak. Siz uy oynalarni to’la ochib uxlashingiz zarur. Men kechasiga o’ranmasdan yotsam, yaxshi uxlab, yaxshi dam olaman. Siz 2 mil yayov sayr qilish odatiga o’rganing. Biz ko’p o’tirish va yotishni xush ko’ramiz, natijada bizda havo va kislorodga ochiqish sezamiz. Bu hammasi bizning dangasaligimiz natijasi.

Shuning uchun ham ochlik muhim, chunki och yurgan vaqtingizda yigilib qolgan karbonat angidrid gazidan qutulasiz, u sizga chuqur nafas oli.shingizga xalaqit bermoqda edi. Shunday qilib, ochlik dasturiga rioya qilgan holda har kuni 2 mil piyoda sayr qilishga odatlanasiz, sayr vaqtida sekin va to’yib, chuqur nafas olish esingizda bo’lsin.

Qanchalik sekin va to’yib, chuqur nafas olsangiz, hayotingiz shunchalik uzoq bo’ladi, agar chuqur nafas olib, ochlik seanslari o’tkazsangiz, hayotingizga yana ko’p yillar qo’shgan bo’lasiz.

3-shifokor – toza suv

Shifokor-toza suv – yaxshi shifokor va eng yaxshi do’st. Men distillangan suv iste’mol qilish muhimligi haqida gapirib o’tgan edim. Tanangizning 70% ini suv tashkil qilgani uchun, organizmda suv mikdorini normal ushlab turish uchun uni muntazam iste’mol qilishga majbursiz. Iliq vanna asablarni bo’shashtiruvchi, tinchlantiruvchi va xush kayfiyat bashshlovchi vosita. Suvda suzish eng yaxshi mashqlardan biri. Juda qadim zamonlardan suvning shifo beruvchi xususiyatlaridan foydalaniladi.

Ma’lumki, qadimgi misrliklar, yahudiylar, yunonlar va boshqa xalkdar turli kasalliklarni suv yordamida davolashgan. Gippokrat Iso paygambar tug’ilishidan 400 yil oldin suv yordamida davolanishning barcha usullaridan foydalangan. Uning usuli issiq va sovuq suvni almashtirib tanaga quyish, keyin tanani yaxshilab ishqashga asoslangan bo’lib, bu tanada qonning tez aylanishiga olib kelardi. Tanaga issiq suv quyib, ketidan sovuq suv quyish va oxiri tanani yaxshilab ishqash insoniyatga azal-azaldan ma’lum bo’lib, tanada qon sirkulyasiyasini yaxshilaydigan eng ma’qul usul. Issiq suv kasaltshkni davrlaydi, demoqchi emasman, lekin 40-45°S issiq suv tanani har tomonlama tozalaydi va qon sirkulyasiyasini tezlashtiradi. Shuning uchun men bir necha hafta davomida ensom tuzi solingan issiq suvli vanna qabul qilshpni tavsiya qilaman. Suv harorati 40-45°S dan oshmasin. Vannada 3 daqiqadan 10 daqiqagacha o’tirishingaz mumkin. Ochlik dasturi, ensom tuzi solingan issiq vanna qabul qilish tabiiy hayot kechirish tarzining bir qismiga aylansin. Yana shuni bshshngki, juda issiq suvda 10 daqiqadan uzoq vaqt bo’lish siz’ uchun zararli bo’lishi mumkin.

Suv ozuqadan ham foydali

Odam tanasining yarmidan ko’prori suvdan iborat, shuning uchun 10 dan 1 qism suvning yo’qotshshshi organizm uchun xatarli hisoblanadi. 5 dan 1 qismining yo’qotilishi esa fojiali tugashi mumkin. Demak, organizmdagi suv mikdorini doimo bir xil darajada ushlab turish juda muhim.

Suv va ozuqa hazm qilish

Ozuqa suvsiz hazm bo’lmaydi. Organizmda “gidroliz” nomli kimyoviy jarayon sodir bo’ladi.

U oqsil, kraxmal va yog’larni o’zlashtirib, hayot quvvatiga aylantirib beradi.

Oshqozon sekresiyasi ishini boshlashi uchun ham suv zarur. Ichak tizimi harakatini yaxshilab, ortiqcha chiqindilarni tashqariga chiqarib tashlashda yordam beradi. Havo haroratiga qarab organizm normal faoliyati uchun kuniga 2-2,2 litr suv iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Suv va chiqindilar

Buyraklar, qovuq, tana terisi, o’pka -bularning barchasi zaharlardan tozalanishda suvga borliq. Buyrakdan o’tgan ma’lum miqdordagi suv o’ziga yarasha chiqindini olib tushadi. Masalan, buyrakdan 1 kvarta suv o’tsa, 1,5 unsiya chiqindini olib tushadi. Bu normal hisoblanadi.

Suv va qon

Ma’lumki, qon suvdan quyuq, faqat 10% gina. Qon plazmasi 90% suvdan ibarat bo’lgani uchun butun organizm bo’yicha harakat qilishiga hyech narsa to’sqinlik qila olmaydi. U turli ovqat, gaz, noorganik tuzlar, ozuqa va chiqindilarni, ya’ni organizm nimaga muhtoj bo’lsa, o’shani barcha a’zolarga yetkazadi. Organizm normal ishlashi, harakat qilishi va o’sishi uchun zarur moddalar plazma yordamida yetkaziladi. Plazma organizmning har yerida va har vaqt o’z tuzilishi bo’yicha bir xil qoladi.

Suv sizni salqin saqlaydi

Avtomobil dvigateli haroratini bir me’yorda ushlash uchun radiatorga ma’lum mikdorda suv quyiladi. Bu odam organizmiga ham taalluqli, desak bo’ladi. Sababi shuki, suv issiqlikni tez yutadi. Tirik organizmda harorat bir me’yorda ushlab turiladi, shuning uchun suv o’ta samarali sovutgich rolini o’ynaydi. Ichki harorat epidermis tomonidan nazorat qilib boriladi, parlanish hisobiga harorat bir xil saqlanadi. Bundan tashqari, organizmda ozuqa va kislorod yonishi natijasida hosil bo’lgan issiqlikning 4 dan 1 qismi nafas olish hisobiga tashqariga chiqib ketadi. O’rtacha odam ustida o’tkazilgan tajriba shuni ko’rsatadiki, harakatsiz odam namligi normal bo’lgan kunda o’pkasi va terisi orqali 28 unsiyaga yaqin suyuqlikni yo’qotadi. Charchash alomati – suv yetishmasligi natijasi. Bunga e’tibor bering va keraq vaqtida ko’proq suv iching.

Suv – yog’lovchi modda

Organizm o’ziga yarasha yoglanib turadi. yor asoyeini suv tashkil qiladi. Yoglanish natijasida organizm qismlari bir-biriga nisbatan ishqalanmaydi, suyaklar bo’rinlarda erkin harakat qiladi. Shu bilan birga, suv zarbani yumshatuvchi sifatida xizmat qiladi. Organizmning gidravlik tizimiga taalluqli bo’lgan suv turli, a’zolarda kerakli bosim hosil qiladi va uni ushlab turadi. Ko’z chuqurchasi bunga yaxshi misol “bo’la oladi. Mushaklar tonusi suvsiz ushlab turiladi, chunki mushaklar 4 dan 1 qismi suvdan iborat. Bu – organizmda suv yetishmaganida charchoq sezilishini ko’rsatadigan sabablardan biri.

Uch xil suv manbai

Biz suv ichamiz yoki suvli mahsulotlar iste’mol qilamiz. Muntazam ovqatlanib turish ham suv qabul qilish manbai. Tuxumning 3 dan 2 qismi suv, shaftolining 90% i suv, bizga ma’lum hamma quruq va qattiq narsalarning 4 dan 1 qismi suv. Uchinchi suv manbai – metabolizm. Organizmga kirgan xom materiallardan organizm ishlab chiqargan suv metabolik suv deb ataladi. Boshqacha aytganda, kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo’ladigan suv. Hujayra fabrikasida ishlab chiqarilgan bunday suvga tuyaning suv ishlab chiqarishi eng yaxshi misol bo’la oladi. Tuya suv zahirasi o’rniga, o’rkachiga yor yirib, karbogidratlar qabul qiladi. Tuya shunday ozuqa bilan ovqatlanib, biooziq sifatida ko’plab, suv ishlab chiqaradi va undan xuddi suv ichganday foydalanadi.

Organizmda suv yetishmovchiligi

Organizmda suv yetishmasa, u qo’zgolon ko’taradi. Birinchidan, bezlar sekresiyasi va so’laklar miqdori kamayadi, oriz bo’shligi quriydi, chanqaymiz. Yana boshqa belgilar yuzaga chiqishi mumkin: bosh orrish, asab buzilishi, ovqat hazm qilish tizimi ishdan chiqishi, ochlik va hokazo. Suv bularning barchasini bartaraf qiladi.

Sirka (uksus) siydik reaksiyasini aniqlaydi

Sirkaning suv bilan aralashmasi ertalabki siydik reaksiyasini aniqlashda yordam beradi. Siydikning normal reaksiyasi – kislotali. Bu reaksiya buyraklar faoliyati normal ekanidan dalolat beradi. Bu aralashma 6 unsiya distillangai suv va 2 choyqoshiq tabiiy, distillanmagan, filtrlanmagan uksus aralashtirib tayyorlanadi. Uksus – daraxt uksusi. Lakmus Qorozining bir bo’lagini siydikka tiqib ko’ring, agar u sariq tus olsa, siydik normal ekan. Olma, greyfrut, klyukva, zemlyanka, olcha, malina siydikdagi kislotani normal ushlab turishga yordam beradi.

4-shifokor – yaxshi tabiiy ozuqa

Sizning tanangiz butun olamda eng mukammal qilib yaratilgan. Agar siz uni yoqilri, toza havo, quyosh vannalari bilan ta’minlab, turli mashqlar bilan chiniqtirib, ochlik bilan ichki a’zolarni tozalab tursangiz, tanangiz xizmatlarini a’lo darajada bajaradi. Tana hujayralari har daqiqa yangilanib turadi. Biologik tomondan hujayra yosh chegarasini bilmaydi. Haqiqatan ham instini qarib-chirishga olib keladigan biologik sababning o’zi yo’q. Organizmga o’lim nimalishni bilmaydigan hayot urug’i berkitilgan. Inson o’lmaydi, u o’zining hayotda orttirgan notabiiy, yomon odatlari yordamida o’zini-o’zi asta-sekin qatl qiladi. Odamlar turli mineral va vitaminlar yetishmasligidan azoblanadilar. Kuzatishlar shuni ko’rsatmoqdaki, minglab odamlar ko’p ovqat iste’mol qilishdan turli kasalliklarga yo’liqadilar. Bugun sizning qandayligingiz – nima iste’mol qilganingiz natijasi. Siz o’zingiz iste’mol qilgan ozuqalar yirindisidan iboratsiz,

Sizning organizmingiz tabiiy ozuqaga muhtoj. Hujayralar, teri, hatto soch hujayralari doimo tabiiy ozuqani istaydi. Noto’g’ri ovqatlanish tashqi ko’rinishni yomonlashtiradi. Inson ichak tizimida erkin bo’lmagan silliq mushaklar ko’p bo’lib, ular harakati yordamida oshqozon va ichaklar qisqaradi. Ular to’lqinsimon harakat qilib, ozuqa va chiqindilarni yo’g’on ichak tomon haydaydi. Barcha silliq mushaklar tirik hujayralardan iborat bo’lib, yaxshi ozuqa talab qiladi. Arteriya, vena va kapillyar qon tomirlari tizimi ham inert emas. Qon tomirlari ichki devorlari hayotiy hujayralarni o’z ichiga olgan. Ular ham yaxshi ozuqalanishi kerak. Sirkulyasiya tizimi markazi – yurak, u juda harakatchan, uning uchun ozuqalanish juda muhim. . Maxsus a’zolar borki, ular o’zlari uchun maxsus ozuqa talab qiladi: bular gormonlar -ichki sekresiya bezlari gormoni, pituirin, adrenolin, jinsiy aloqa bezlari gormoni, insulin, oshqozon osti bezlari mahsuloti va hokazo. Qo’shimcha qilib aytish mumkinki, bu hujayralar xom mahsulotga muhtoj bo’ladi. Bundan kuchli gormon ishlab chiqaradi. Shunday gormonlardan biri kimyoviy element – yod. Yodi kam ozuqa iste’mol qilinsa, qalqonsimon bezlar o’z faoliyatini to’g’ri bajara olmaydi. Agar inson yodga boy ozuqa iste’mol qilsa, kattalashgan qalqonsimon bez kerakli o’lchamgacha kichrayadi.

Ozuqaning miyaga ta’siri

Ozuqa ham miyaga ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli fikrlaringiz qanday ozuqa iste’mol qilayotganingizga bogliq.

O’tqir, serqirra aqlga ega bo’lish uchun qonni eng yaxpsh holatda ushlab turish zarur. Buning uchun esa shunday parhyez kerakki, miyaning har bir hujayrasiga tabiiy ozuqa yetib borsin.

Buni esa ochlik seanslari yordamida, qonni toksik zaharlardan tozalagan holda bajarish mumkin.

Qadimiy yunon faylasuflari Suqrot, Platon o’z shog’irdlari parhyeziga katta ahamiyat berishgan. Ular ozuqaning aqlga ta’sirini yaxshi bilishgani uchun uni falsafiy qarashlarining asosi qilib olishgan.

O’sha davrlar falsafasi hali ham o’z ahamiyatini yo’qotmagani ular qarashining barhayotligidan darak beradi. Iflos tanda iflos fikrlar va teskarisi, sog’lom tana toza fikrlar hadya qiladi. Toza fikrlar mas’uliyati to’g’ri, tabiiy ovqatlanish madaniyati asosida yotadi. Sog’lom ovqatlanish dasturi asosida yashash hyech qachon kech emas.

Qisqa ikki oy ichida siz sog’lom, yangi, hayron qoldiradigan tana yarata olasiz.

Buning uchun ochlik yordamida organizmdan zaharli chiqindilarni chiqarib, tabiiy ozuqalanish yordamida o’lgan hujayralarni yangi, yosh hujayralarga almashtirish zarur. Oyokdaringazni tabiat ko’zlagan maqsaddd ishlating. Ularga erkin bo’lshp imkoniyatini bering, chori kelganida, oyoqyalang yurishni odat qiling.

5-shifokor – ochlik

Ochlik – eng qadimgi terapiya usullaridan biri. usul barcha vaziyatlar uchun mos. Ochlik kasallikni davolash usuli emas. Ochlik maqsadi – organizmning o’z-o’zini sog’lomlash, o’z-o’zini qayta qurishi. Yangilash – ichki biologik jarayon, ochlik organizmga fiziologik dam beradi, sog’lomlashish jarayoniga o’zini 100% safarbar qila oladi.

Ochlikdan so’ng qon aylanishi yaxshilanadi, hayot kuchi ko’payadi, ovqat yaxshi hazm bo’ladi, chidamlilik va kuch ortadi. Ochlikdan so’ng aql kuchi shunchalik o’sadiki, u tana ustidan nazoratni o’z qo’liga to’la oladi. Ochlik – ichki ruhiy tozalanish tomon olib boruvchi eng qisqa yo’l.

6-shifokor – jismoniy mashqlar

Shifokor-jismoniy mashqlar bizga qarab xitob qiladi: harakatsizlik – sizning zang bosishingiz,   zanglanish   esa   o’z-o’zidan yemirilishdir. Boshqacha aytganda, harakat – hayot, harakatsizlik – o’lim. Agar biz mushaklarimizni ishlatmasak, ularni yo’qotamiz. Kundalik jismoniy   harakat   qon   aylanishini tezlashtiradi. Lekin dangasalarda qon erkin aylanmaydi, natijada ular mushaklari bo’sh, kuchsiz bo’ladi. Muntazam jismoniy tarbiya qon bosimini normallashtiradi, yurak urushini bir me’yorga olib keladi.

Yayov yurish hayot uchun zarur

Men har qanday mashqni qadrlayman, ammo hyech qanday mubolarasiz yayov sayr qilish har qanday mashqlarning eng yaxshisi, deb o’ylayman. Yayov yurish organizmga yengillik va harakatchanlik beradi. Hyech qanday mashqlar bilan biz yayov yurgandek mushaklar mutanosibligi va qon aylanishining me’yoriy bo’lishiga erisha olmaymiz. Yayov yurish barcha mashqlar qiroli hisoblanadi. Yayov yurishingiz siz uchun hyech qachon og’ir   bo’lmasligi kerak. Qadamingizni harbiylardek zarb bilan urmang, eng yaxshisi, barcha a’zolarinshzni erkin tutib, erkin yuring. Albatta, o’zingizni nazorat qilasiz. Boshingizni yuqori ko’tarib, ko’krak qafasini to’g’rilab, egilmasdan tabiiy qadam tashlasangiz, jismoniy dam olasiz, yayov sayr qilishni yil davomida, qanday ob-havo bo’lishidan qat’i nazar, har kuni kanda qilmang. Kuraklar, bel, ko’krak qafasi, qorin mushaklarini rivojlantiring, Shunda siz o’pka, yurak, jigar, oshqozon va boshqa a’zolarning yaxshi ishlashiga imkoniyat yaratgan bo’lasiz.

Ochlik davrida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish

Bu savolga faqat ochlik seansi o’tkazayotgan kishining o’zi javob bera oladi. Agar siz ochlik seansi o’tkazayotganingizda jismoniy mashqlar bajarish istagi bo’lmasa, yaxshisi jismoniy faoliyat yuritmang. Ochlik sizga jismoniy dam beradi. Agar siz jismoniy harakatga ehtiyoj sezmasangiz, dam olganingiz ma’qul. Ochlik seanslari orasida kundalik dasturingizga binoan yayov sayr qilish zarur. Bu sizning odatingizga aylanishi kerak. Ochlik davrida serharakat mashqlarni biroz yengilroqlariga almashtirishingiz mumkin. Boshqacha aytganda, bunday vv.qtda ehtiyotlik bilan ish tutish zarur. Odamlar jismoniy mashkdar bajarmasa, ularning tizzalari, oyoq bo’rinlari biroz shishadi, chunki qon aylanishi kam bo’lgani uchun u yerdagi .liqindilar tozalanmay qoladi. Odam jismonan baquvvatmi yoki yo’qmi, bundan qat’i nazar, jismoniy mashqlar eng yaxshi odatga aylanishi zarur.

7-shifokor – dam olish

Sog’ligingizni tiklashga xizmat qiladigan yana bir shifokor – dam olish. Ba’zilar stol atrofida bokaldan konyak simirib o’tirishni dam olyapman, deb tasavvur qiladi. Shaxsan men uchun dam – aqlim va ruhim tinchlikda, omonlikda, bezovta bo’lmasdan xotirjam bo’lishida. Dam – bir oyoqni ikkinchi oyoq ustiga qo’yib, yastanib o’tirish emas, chunki bu o’tirishda arteriyalarga katta kuchlanish berib, asab quvvatini sarflaysiz. Demak, bunday o’tirsangiz, yuragingizni katta ish bilan band qilgan bo’lasiz. O’tirganingizda hyech qachon bir oyoqni ikkinchisi ustiga qo’yib o’tirmang, oyoqlaringiz polda tursin.

Dam – butun organizmda qon aylanishi to’la va erkin bo’lishiga erishish. Agar siz qulay va foydali dam olishni istasangiz, kiyimlarni yechib tashlang. Ko’pincha odamlar men dam olishim kerak, deydi. Lekin o’tirganlari zahoti panjalari bilan stolni chala boshlaydilar yoki boshqacha harakatlar qilishadi. Dam olish madaniyati hindu yoglari ma’lum maqsadga erishishda aql-idroklarini boshqarganlari kabi boshqarilishi kerak.

Dam olishning bir turi – kiyimlarni yechib tashlab, to’g’ri krovatda yotish. Bunday vaqtda miyani barcha muammolardan ozod qilib, o’zingizni qiynovchi fikrlardan uzoqlashing. Dam olishning boshqa turi – qisqa uyqu, mushaklarni to’la bo’shashtirgan holda hyech narsa to’g’risida o’ylamaslikka harakat qiling.

Men uchun eng yaxshi dam – kechki uyqu. Yaxshigina jismoniy va akdiy mehnat hisobiga dam olishga erishish kerak. Ko’pgina.odamlar uyqusizlik dardiga mubtalo bo’lib, kechasi bilan u yon boshdan-bu yon boshga ardarilib chiqadilar yoki ko’plab uxlatadigan dori ichadilar, evaziga sun’iy uyquga erishadilar. Dorilar yordamida to’la dam olishga erishib bo’lmaydi. Kuzatuvlarim natijasi shuki, ochlik seanslari vaqtida odamlar turli dorilar qabul qilishdan o’zlarini to’xtatib, chuqur uyquga ketadilar va to’la dam oladilar.

Hayot bu – quvonch

Bugungi kunga kelib, biz 15 milliondan ortiq surunkali alkogol ichadiganlar va millionlab turli xil doriga o’rganganlar ro’yxatga olinganini bilamiz. Hayot – o’zini tirik va quvonchli sezish ekailigini unutib qo’ymadikmikan? Bizning jamiyatda tinch hayot hammaga ham nasib etavermaydigan baxt hisoblanadi. Hozirgi davrda hayot shoshish va yana shoshishdan iborat. Nimaga shoshamiz? Qayoqqa?

Kasalxonagami yoki mozorgami?

Organizmni bo’shashtyrish, dam oldirish va uxlash qobiliyatiga ega bo’lish uchun kuningizni shunday rejalashtiringki, unda o’yin-kulgu, jismoniy mashqlar va kechki uyquga vaqt qolsin.

Siz o’z tanangizni tabiiy ozuqa, distillangan suv, yetarli miqdorda toza havo va quyosh nuri bilan siylab turing. Agar shaharda yashasangiz, shahardan chetda, dala hovlilarga chiqib dam olishni odat qiling. Toza havo, quyosh nuri va suv sizga hamroh bo’lsin. Dam olayotganingizda, energiya yig’ayotganingizda tabiat sizning sherigingiz bo’lishiga erishing.

Relaksasiya – kriminal emas

Biz dam olish deganida o’qish, suhbatlashib o’tirish, musiqa eshitish, televizor ko’rish kabi holatlarni tushunamiz. Albatta, biz harakat qilishimiz, turli sport mashrulotlari bilan shurullanishimiz kerak, shu bilan birga, biz o’z tanamizga haddan tashqari ko’p ish yuqlab qo’ymoqdamiz. O’tirib yoki yotib dam olish yo barcha tashvishlarni chetga surib, oddiy dam olish, hyech narsa qilmasdan o’tirishdan uyalmang. Bunday holatlar organizmni bo’shashtirib, yaxshi uxlash uchun zarur.

Deraza oynasini qoronrulashtiring, televizorni o’chirib, krovatga chalqancha yotib, qo’lingazni yoningizga qo’ying, qo’l tanaga tegmasin. Shu holda hyech narsa haqida o’ylamasdan dam oling. Oyoqlaringizni cho’zib, bir-biridan biroz uzoqroq joylashtiring, boshingizni kichik yostiqchaga qo’ying, ko’zingiz ochiq bo’lsin. Ko’zingizni yuqori-pastga, chap va o’ngga harakatlantiring. Bunday dam olingandan so’ng ko’zlar o’z-o’zidan yumiladi. Uxlay olmasangiz, kitob yoki jurnal o’qib ko’ring, u ham yordam bermasa, demak, ko’z mushaklari zo’riqqan.

Dam olishingizni buzmang. Dam olayotganingizda ikkinchi darajali masalalarga e’tibor bermay, mushaklaringizni to’la bo’shashtiring. Bo’lar-bo’lmasga dam olishni buzmang. Mushaklaringizni tinch qo’ying, taranglashtirmang. Taranglashgan mushaklar biroz noqulaylik sezadi, bunday mushaklar bo’shashishi uchun taxminan 15-20 daqiqa kerak.

Noto’g’ri tushuncha

Relaksasiya tajribalarini boshlayotganlar chalqancha yotib uxlay olmasliklari haqida gapiradilar. Miyangizga bu fikr qancha chuqur joylashganligiga borliq. Ishonamanki, agar inson kuniga 15 daqiqa o’zini bo’sh qo’yishga, ya’ni relaksasiyaga vaqt ajratsa, u, albatta, o’z niyatiga yetadi.

Uyqusizlikni 10 kun yoki ikki hafta davomida tanani bo’sh qo’yish yo’li bilan davolash mumkin, keyin esa shirin, yoqimli uyqu sizga har kecha orom bag’ishlaydi. Tiniqib dam olgan xolda uyg’onasiz, Sizning ochlik dasturingiz to’da dam olish, tanani bo’shashtirish va shirin uyquga ketishnj o’rgatadi.

Dushanbadanoq quvonchli kunlar sari

Shunday kunlar bo’ladiki, siz o’zingizni juda noxush sezasiz. Uyqudan charchab turasiz, ko’rinishingiz yomon, barcha narsa jahlingizni chiqaradi. Kecha oson ko’ringan narsa bugun yechib bo’lmaydigan muammo bo’lib ko’rinadi. Nima bo’ldi o’zi ?

Biz bunday kunlar bo’lib turishiga ko’nikishimiz zarur, bu xuddi yomrir yorishi kabi tabiiy, agar bunday kunlar bo’lmasa, baxtli kunlarimiz qadriga yetmagan bo’lardik. O’zingizni yaxshi kayfiyatda ushlashning ko’pgina yo’llari bor: to’g’ri ovqatlanish, dam olish, turli mashqlar, uyqu, ochlik, fikr va tuygular ustidan nazorat va yana muhim bir iarsa – chiroyli, jozibali qaddi-qomat. Agar siziiig orgainzmingiz tabiiy ozuqalansa, siz tanangiz haqida qayg’ursangiz, chiroyli qaddi-qomat muammo emas.

 Kuchli va sog’lom bo’lish uchun…

O’tirganingizda e’tibor bering, umurtqa poronalari bukilmasdan to’g’ri tursin, qorin bo’shlig’i osilib qolmasin, yelkalaringiz osilib qolmasdan orqaroq tuting, boshingizni yuqori ko’taring, egilmang, qo’llaringizni tizzangizga qo’ying.

Yurganingizda shunday qadam tashlangki, qadamingiz ko’krak o’rta chiziri bo’yicha yo’naltirilgan bo’lsin, qadamni to’g’ri, shoshmasdan, vazminlik bilan, prujina kabi bosing.

O’tirganingizda bir oyoqni ikkinchisi ustiga hyech qachon qo’ymang, chunki tizza tagida eng katta arteriya bo’lib, qonni oyoqning barcha qismiga uzatib beradi. Oyoqning biri ustiga ikkinchisini qo’ysantiz, qon aylanishi buziladi. Yurak xastaliklari bo’yicha taniqli shifokordak, so’rashibdi: “Yurak xastaligi ko’pincha odamlar qanday holda bo’lganlarida xuruj qiladi?”

Shifokor shunday javob bergan: “Ular oyoqlarining biri ustiga ikkinchisini qo’yib, tinchgina o’tirganlarida”.

Bunday o’tirishni odat qilganlar tizzalari va boshqa bo’ninlarida tuzlar ko’proq yig’iladi. Eng oddiy, shu bilan birga organizmga eng ko’p foyda keltiradigan odatlar – to’g’ri turish, to’g’ri o’tirish va to’g’ri yurish. Bu sizdan ko’p energiya sarflashni talab qilmaydi.

Biz yomon odatlarymizdan jazolanamiz, yaxshi odatlarimizdan mukofotlanamiz.

 8-shifokor – inson miyasi

Insonda birlamchi – ruh. Uning o’zligi, shaxsiyati har birimizni boshqa qaytarilmaydigan, bir-birimizga o’xshamaydigan qiladi. Aql – ikkilamchi. Ruh aql orqali o’z ifodasini topadi.

Tana – uchlamchi, insonning jismoniy qismi, u orqali aql. o’z ifodasini topadi. Tana – bizni o’rab turgan tashqi muhit bilan borlanish vositasi. Tana o’zi bir butun bo’lsa ham, ko’plab a’zolardan iborat. Agar shu a’zolardan biri orrisd, u bilan birga butun tana azob chekadi. Yaxlit bo’linmaydigan tanaga son-sanoqsiz vazifalar yuklatilgan, zero, u mukammal qilib yaratilgan.

Ochlik ilmida biz butun inson bilan, ya’ni ruhi, akdi va tanasi bilan muomalada bo’lamiz.

Sog’liq haqida fikrlar

Tana – aqlsiz. Siz faqat ijobiy fikr yuritishingiz zarur. Sizning aqlingiz tanani temirdek mustahkam iroda bilan boshqarishi kerak. Aql tana ustidan doimo hukmron bo’lishi shart.

Kasallik, og’riq va jismoniyy azoblar – sizning qandayligingizni namoyon qiluvchi ko’rsatkichlar. Tabiat tomonidan sizga in’om etilgan imkoniyatdan, tanani aql bilan boshqarish imkoniyatidan foydalanmay, siz jinoyat qilyapsiz. Butamaki, alkogol, narkotik mollalar, choy, kofe va boshqa zararli ichimliklar iste’mol qiluvchilarga tegishli.

Bular iste’mol qilinganda tana zaharlanadi, aql emas. Buyerda aql tananing quliga aylangan. Tana noto’g’ri falsafasi bilan aqlni boshqarmokda: “Yegin, ichgin, xursandchilik qil, ertaga nima bo’lishi haqida o’ylama!” Bu noto’g’ri falsafa, siz ertaga o’lmaysiz, 5-10 yil, boring, 20 yildan so’ng qarib-chirigan, kuchsiz, bemor qariyaga aylanasiz, endi kun va tun siz uchun azobu uqubatda o’tadi.

Sog’lom tanda – sog’lom aql

Ijobiy fikrlash kuchiga ishoning, salbiy fikrlar aqlingizni egallab qo’yishiga yo’l qo’ymang. Agar siz shu zaylda yashasangiz, miyangizni eng kuchli bunyodkor fikrlar o’choriga aylantirasiz. Akdingiz kuchi shuncha ko’pki, agar qandaydir kuchsiz, qo’rquvga tushgan tanish yoki qarindoshingiz: “Ochlik o’limga olib keladi”, desa, shu zahotiyoq bu fikrny aqlingizdan chiqarib tashlang, suvdan o’rdak qanday qutilsa, siz ham yomon fikrdan shunday qutuling.

Har bir ochlik seansi bilan siz akdingizni o’tkirlashtirib borasiz, qo’rquv va xavotirlikdan qutulasiz. Tabiat bilan muvozanatda bo’ling, shunda ruhingiz, aqlingiz va tanangiz o’zaro mutanosiblikka erishadi.

Inson hayotidagi eng katta fojia – emosional depressiya, aqlni ishlatmaslik, kaltafahmlik, shijoat yo’qolishi, loqaydlik. Bularning boshlanishida noto’g’ri ovqatlanish odati yotadi.

Odamlar o’lmaydi, ular o’zlarini o’zlari o’ldiradilar

 9-shifokor – mukammal soyalikka erishishda ovqatlanish ilmi

 Odamlar orasida kuchni saqlash uchun ovqatlanish kerak, degan fikr ildiz otib, miyalariga joylashib olgan. Bu fikr shunchalik miyaga o’rnashganki, u. ovqatlanishi ‘kerakligiga ishonadi, hatto uch mahal.

Yaxshi ishtahali odamni sog’lom inson sifatida ko’rishga o’rganib ketganmiz, uning ovqatlanishini ragbatlantirib ham qo’yamiz.

Men ovqatga bo’lgan qarashimni ovqatlanishga bo’lgan odatdan yuqog’iroq qo’yaman. Tana oshqozonga tushadigan barcha narsa bilan ozuqalanishi mumkin. Ozuqa hayotimizda muhim rol o’ynaydi, chunki ozuqadan organizm kuchli va kasallikdan xoli bo’lgan hujayralarni barpo qiladi. Shuning uchun shunday ovqatlanaylikki, bu ozuqadan organizm yuqorida qayd qilingan kuchli kasalliklardan xoli bo’lgan hujayralarni barpo qilsin.

Ma’lumki, tropiklarda istiqomat qilgan birinchi odamlar go’sht iste’mol qilmaydigan vegetarianlar bo’lishgan. U davrlarda inson dala va o’rmonlarda yashab, tabiiy, sog’lom ozuqa iste’mol qilganlar. Bugun esa inson madaniylashgan dunyoda yashamokda. Biz ko’p qavatli imoratlarda yashaymiz. Iflos havodan nafas olamiz, kimyoviy qayta ishlangan suv ichamiz. Jismoniy mashqlarni esimizdan chiqarib yubordik.

Zamonaviy odamning o’rtacha umri 89 yoshg tabiiy ozuqalangan inson umri 300 yil.

 Sog’liqni saqlash uchun ishqorli parhyez qiling

 Bu gapni siz ozuqalanish dasturi sifatida qabul qilishingizni istardim. Bu dastur jirildonni qaynatmaydi, ya’ni oshqozondagi kislotani normal ushlaydi. Shuning uchun sabzavot va mevalarga faqat himoyalovchi ozuqa sifatidagina emas, vitamin va minerallarga boy, organizmga ishqoriy reaksiya beruvchi, oshqozondagi kislota me’yorini kamaytiruvchi ozuqa sifatida qarashimiz zarur.

Ozuqalanish masalasini tadqiqot qilayotgan odamlar turli-tuman parhyezlar taklif qilinayotganligadan dovdirab qolmoqdalar. Biri yuqori oqsilli parhyez, ikkinchisi vegetarianlik, kam shakarli, sutli, o’simlikli parhyezlarni tavsiya qilishmoqda. Bilamanki, absolyut parhyezga rioya qilib bo’lmaydi. Hozirgi vaqtda biz taxminan 200 dan ortiq ozuqa turlarini tanlash imkoniyatiga egamiz. Ochlik vaqtida biz organizmni tozalaymiz. Toza bo’lgan organizm kerakli ozuqani tanlab oladi.

Eski maqol bor: “Inson 40 yoshiga borib, o’ziga o’zi shifokor bo’ladi yoki tentak”.

Men ta’kidlaymanki, agar inson 30 yoshga borib, o’ziga foydali parhyezni topmagan bo’lsa, kelajakda u turli dardlarga chalinishi muqarrar.

Men sizni ozuqa iste’mol qiluvchi, vegetarianlikka, sutli, o’simlikli yoki aralash parhyezga rioya qiling, deb majburlamayman. Qachonki siz ochlik seansi o’tkazib, tanangizni tozalab olsangiz, sizning ichki ovozingiz, instiNktingiz nima iste’mol qilishingizni aytib turadi. Yuqori rafinasiya qilingan ozuqali parhyezdan birdaniga 50-60% sabzavot va mevadan iborat tabiiy parhyezga o’tishingizga men ishonmayman. Tabiat keskin o’zgarishlarni yoqtirmaydi. Buni siz asta-sekin, ma’lum vaqt ichida, ochlik yordamida tozalanib, keyin amalga oshirishingiz mumkin. Sizning parhyezingiz doimiy bo’lsin.

Agar siz go’sht iste’mol qilsangiz, men haftasiga ikki martadan ko’p yeyishingizni tavsiya qilmasdim, tuxumni 4 martadan oshirmang. Agar siz sut ichsangiz, men sut va sutli mahsulotlarni parhyezingizdan asta-sekin chiqarib tashlashni maslahat berardim.

 Tabiiy parhyezga intiling

 To’g’ri ozuqalanish dasturini tuzish xuddi narvondan ko’tarilishga o’xshaydi. Birinchi ziia – vitaminsiz, “o’lik” ozuqadan voz kechish, masalan, kofe, choy, alkogol, tamaki, turli ichimliklar. O’z-o’zidan uy hayvonlaridan olinadigan ozuqalardan ham voz kechasiz, ya’ni tuxum, sut va sutli mahsulotlar. Asta-sekin o’z parhyezingizga sabzavot va mevalarni qo’shib borasiz, toki ular taomnomangizning 50-60% ini tashkil qilsin.

Haftasiga bir kundan 4 oy davomida ochlik seansidan keyin yana ozuqangiz 40% ini sabzavot va mevalarga almashtirasiz.

Inson parhyezi to’g’ri bo’lishi uchun 40 komponentdan iborat ozuqa turlari mavjud. Men sizga hurmat bilan kundalik parhyezingizga kiritishingiz mumkin bo’lgan ozuqa turlarini sanab o’taman. Kun davomida bir, ikki, uch marta ovqatlanishingiz mumkin. Mening nonushtam yangi uzilgan mevalar. Meva nomini aytmadim, o’zingazga havola, men buni hyech kimga majburlamayman.

 Mevalar – eng sog’lom ozuqa

 Men ro’yxatimni yangi mevalardan boshlayman, chunki mevalarni inson uchun eng yaxshi ozuqa deb bilaman.

Yangi va quritilgan mevalar boshqa ozuqalarga desert sifatida yoki o’zlari alohida ozuqa sifatida shlatilishi mumkin: olma, o’rik ‘(quritishda oltingugurt ishlatilmagan bo’lsin), banan, olcha, gilos, klyukva, greyfrut, uzum, limon, mango, shaftoli, apelsin, malina, smorodina, qulupnay, qovun, tarvuz, tut (oq va qizili).

 Sabzavotlar – tozalovchi va himoyalovchi

 Bu ro’yxatdan siz sog’lom ozuqa sifatida salat tayyorlash uchun sabzavotlar tanlab olishingiz mumkin. Kunning eng katta ovqati uchun siz bitta ko’k va bitta sariq sabzavot yoki xohdagan ikki xil sabzavot tanlaysiz, uni suvda pishirasiz: bryussel karami, sparja, lavlagi, sariq fasol, fasolning undirilgani, karam, sabzi, gulkaram, selderey, piyoz, makkajo’xori, bodring, bakdajon, sarimsoq, ko’k no’xat, pasterzak, kartoshka, ko’k garmdori, rediska, shpinat, qovoq, pomidor, kabachki, undirilgan bug’doy.

Yong’oq va pistalar oqsilga boy bo’ladi. Ovqatingizga yana ro’yxatdan ikki xil sabzavot qo’shsangiz bo’ladi. Agar go’sht iste’mol qilsangiz, uni haftasiga 2-3 martadan ko’p iste’mol qilmang.

Qolgan kunlari go’sht o’rniga yong’oq va pista iste’mol qiling yoki bodom, Braziliya yong’ori, kashtan yonrog’i, yeryong’oq, grek yong’oridan yeyishingiz mumkin.

Mazkur yog’larda tuz yo’q, ozuqa tayyorlashda ishlatish mumkin: makkajo’xori yog’i, yeryong’oq yog’i, soya yog’i, pista yog’i, grek yong’ori yog’i. Tabiiy shirinliklar kuchli ozuqa bo’lgani uchun undan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur: toza xom shakar, sariq shakar, xurmo shakari, asal, klyon siropi.

Yirik, tozalangan tabiiy donlarni ovqatga haftasiga 3 martadan ko’p ishlatmaslik kerak, agar ochiq havoda og’ir jismoniy mehnat qilsangiz, albatta: arpa, xiraroq guruch, grechixa, yirik maydalangan un, butun bug’doy, proso, roj, kanop urug’i…

 Go’sht iste’moli qilish

 Yog’li har qanday go’shtdan tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qilmang, ayniqsa, qovurg’a atrofi, til, toza yog’, o’rdak, ularda ko’p miqdorda yog’ va xolesterin mavjud. Konservalangan mol go’shti, kolbasa, sosiska, sardelka, tuzlangan go’shtlar iste’mol qilmang.

Yog’siz go’shtni ishlatish mumkin, uni ham ma’lum me’yorda.

 Baliqlar

 Sho’r baliq, quritilgan baliq, umuman, tuzlangan baliqlar iste’mol qilmang.

 Non

 Mening fikrimcha, nonning har qanday turini iste’mol qilish mumkin. Bir kunda ikki bo’lak non yetarli, 100% rjanoy non, 100% burdoy non.

 Go’sht iste’moli bo’yicha tavsiyalar

 70 xildan ko’p go’sht turlari mavjud. Mutaxassislarning ko’pchiligi go’shtni birinchi raqamli ozuqa deb bilishadi.

Oqsildan tashqari, go’shtda ko’p miqdorda xolesterin bor, demak, xolesterin inson arteriyalariga tushib, uning teshikchalarini kichraytirishi yoki butunlay yopib qo’yishi mumkin. Quyida xolesterin miqdori ro’yxati berilgan:

miya – 2000 mg,

mol jigari – 600 mg,

buzoqcha jigari – 300 mg,

mol go’shti – 110 mg,

indeyka – 80 mg,

o’rdak – 760 mg,

buyrak – 40 mg,

buzoq go’shti – 80 mg,

jo’ja-60 mg.

Semirishni xohlamagan odam yog’li go’sht iste’mol qilmasligi kerak, har qanday go’shtda ham yog’ bo’ladi.

Uy parrandasidan eng yaxshisi jo’ja go’shti bo’libg’undan keyin indeykadir. O’rdak va roz go’shti yogli, xolesterini ko’p bo’ladi.

 Ichimliklar

 Ovqat bilan bir vaqtda suyuqlik (choy, sharbat) ichish to’g’risida munozara, tortishuvlar davom etmokda. Shaxsan mening fikrim – iste’mol qilinayotgan ovqatni suv bilan aralashtirish kerak emas, ovqat orasida ichishni tavsiya qilmayman. Men meva sharbatlari, distillangan suv, turli shifobaxsh o’tlar qaynatmasini ichaman.

 Taomnoma tuzish uchun maslahatlar

 Har bir odam o’z dunyoqarashiga ega, zero, muayyan taomnomani qat’iy tavsiya qilish qiyin.

Shaxsan men nonushta qilmayman. Kunning yarmiga yetmasdan yetti xil meva va qaynatib pishirilgan sabzavotlardan iborat ovqat iste’mol qilaman. Mevalardan o’rik, qora olxo’ri, pechda pishirilgan olma yeyman,

Lenchga sabzavotli salat va qaynatilgan sabzavotli ovqat yeyman. Bularga biroz pista qo’shaman. Kartoshka va pechda pishirilgan. sabzi iste’mol qilaman. Ularga yonroq yosh qo’shaman. Bunday parhyez uzoq davom etishi zarur.

 Taomnoma namunalari

 Kuniga uch mahal ovqatlanadigan odamlar uchun men qo’yidagi taomnomani taklif qilaman:

  1. Nonushta – yangi uzilgan mevadan tayyorlangan ovqat; yirik yanchilgan undan (bug’doy yormasidan) tayyorlangan nonga biroz asal surtilgani; kofe o’rnini bosuvchi ichimlik yoki shifobaxsh o’tli choy.

Lench – pishirilmagan sabzavotdan salat; go’shtli, baliqli, parrandali ovqat, qaynatilag’an yoki pechda pishirilgan yo pechda qizartirilgan, lekin hyech qachon qovurilgan bo’lmasin; 1-2 ta qaynatilgan sabzavot; kofe o’rnini bosuvchi ichimlik yoki shifobaxsh o’tli choy.

Tushlik – yangi uzilgan mevalardan salat; go’sht, baliq yoki parrandali birorta ovqat; ikkita chqaynatilgan sabzavot; desertga yangi uzilgan meva; kofe o’rnini bosuvchi ichimlik.

  1. Nonushta – yangi uzilgan yoki qaynatilgan meva; suvda qaynatib pishirilgan bitta tuxum, lekin qovurilmagan; ikki bo’lak qotirilgan non; kofe o’rnini bosuvchi ichimlik.

Lench – sabzavotli salat; so’tasi bilan pishirilgan makkajo’xrri; pechda pishirilgan kartoshka; pechda pishirilgan olma; kofe o’rnini bosuvchi ichimlik.

Tushlik – sabzavot yoki meva; mevali salat; go’sht, baliq, parranda go’shtidan ovqat; suvga bo’ktirib qo’yylgan baqlajon; suvda pishyrilgan pomidor; desertga yangi uz.ilgan meva; kofe o’rnini bosuvchi ichimlik.

 Quyidagi mahsulotlardan uzoq yuring

1-Rafinasiya qilingan shakar, u organizmga hyech narsa bermaydi. Ko’p iste’mol qilish tish kasalliklarini keltirib chiqaradi, tabiiy ozuqaga nisbatan ishtahani yo’qotadi. O’rniga asal yeng.

  1. Oqkamroq iste’mol qiling, unda butdoydagi foydali elementlar yo’q.
  2. Non, konditer mahsulotlari, muzqaymoq, pishloq, go’shtli gazaklar yemang, ularga kimyoviy qo’shimchalar qo’shiladi.

4.Bo’yini o’stiradigan, vaznini oshiradigan gormon-stimulyatorlar bilan bokdlgan hayvon va parranda go’shti iste’mol qilmang.

  1. Suv yordamida qayta ishlangan yor va ishlov berilgan sut, qayta ishlangan pishloq, eritilgan pishloq va shokoladni iste’mol qilmaslikni maslahat beraman.

 To’g’ri ovqatlanish orqali sog’liq sari

 1.Yangi uzilgan mevalar, sabzavotlar, yontokdar, pistalar kabi tabiiy ozuqalar menyuda ko’proq bo’lsin.

2.Oqsil:

  1. a) go’sht, uni kamroq qaynating, ko’p qaynasa, oqsil tez buziladi;
  2. b) sutli mahsulotlar, tuxum, qayta ishlanmagan pishloq, qaynatilmagan sut;
  3. v) loviya, mosh, no’xat, soya va boshqalar;
  4. g) yongoq, pista, urug’
  5. Sabzavotni kam suv bilan, past haroratda, olovga kam qo’yib pishiring.

4.Turli donlarni undirilgan hodda iste’mol qiling. Chunki undirilgan donda oqsil moddasi ko’p bo’ladi. Unda V vitamini, Ye vitamini kompleksi, minerallar bor.

5.Ovqatga o’simlik yori ishlating.

 O’nta qoida

 – Sen o’z tanangni eng ulur hayot ko’rinishi sifatida qadrla!

– Sen notabiiy, mast qiluvchi, kuchaytiruvchi ichimliklar, alkogol, kofe, kakao, choydan voz kechasan!

-Sen tanangni faqat tabiiy va qayta ishlangan tirik ozuqa bilan ozuqalantirasan!

-Sen o’z sog’ligingga yetarlicha sabr va ko’p kuch sarflab, salomat yurishga harakat qilasan!

-Sen o’z tanangda mehnat va dam olish muvozanatini tiklaysan!

-Sen hujayralaring, tering, qoningni tozalaysan, uni toza havo, oftob nurlari bilan to’yintirasan!

-Sen fikrlaring, so’zlaring, tuygularingni pok saqlaysan!

– Sen tabiat qonunlari haqidagi bilimingni doimo oshirib borasan, buni hayot mazmuniga aylantirasan va o’z mehnatingdan quvonasan!

-Sen mukammallikka erishib, o’zingni yuqori qo’yasan!•

-Sog’liq – tutilgan zahoting senga berilgan huquqing, huquqingdan to’g’ri foydalan!

 Siz qanday odamsiz?

 Dunyoda ikki. xil odamlar uchraydi. Siz qaysi biriga taalluqlisiz ? Haqiqiy odam o’zi uchun o’zi o’ylaydi. Haqiqiy bo’lmagan odam esa uning uchun boshqalar o’ylashiga ijozat beradi.

O’z hayotingiz bilan yashash uchun sizdan misli ko’rilmagan qahramonlik kerak bo’ladi. Ochlik seanslari, sog’lom turmush dasturini o’tkazish sizdan nosog’lom, zaharlangan dunyoda o’zini saqlab qolishi uchun qahramonlik talab qiladi.

Irodasiz, achinarli ahvoldagi inson darajasiga tushib qolishingizga yo’l qo’ymang. Bu tabiiy jon saqlab qolish yo’li. Har doim baquvvat va bardam bo’ling, tetiklikni yo’qotmang va ko’p yashang.

 Fikr yuritish uchun ozuqa

 – Eng katta gunoh – qo’rquv.

– Eng yaxshi kun – bugungi kun.

– Eng yaxshi shahar – siz yashayotgan shahar.

– Eng yaxshi ish – siz sevgan ish.

– Eng yaxshi dam – mehnat.

– Eng katta to’siq – ikkilanish, ilmsizlik.

– Eng katta xato – ishonchsizlikka berilish.

– Eng katta zaiflik – ko’rolmastshk.   I

– Eng katta tinchlik buzuvchi – ko’p gapiruvchi, vaysaqi odam.

– Eng bo’lmarur xarakter belgisi – yolron faxrlanish, yo’q narsaga rururlanish.

– Eng xavfli odam – yelronchi odam.

– Eng katta boylik – sog’liq.

– Eng katta baxt – sening olishing yoki berishing mumkin bo’lgan sevgi.

– Eng katta do’st – yaxshi kitob.

– Sening dushmanlaring: hasad, qizranchiqlik, kuchsiz tomoningni namoyish qilish, o’z-o’zingga achinish.

– Hayotingdagi eng katta voqyea – jismoniy va ruhiy rejalarning o’sishi.

– Eng yomon odat – maqtanchokdik, manmanlik, o’zgalarni mensimaslik.

– Eng nafrat qo’zrotuvchi – ustingizdan hukmron bo’lish.

-Eng ulur nazorat – bir nima deyishdan oldin o’zidan so’rash: “To’g’ri   gapiryapmanmi?”, “Haqiqatmi bu?”, “Bu zarurmi?”

 Xulosa

 Bu kitobda aytilgan barcha ma’lumotlar ilmiy dalillar bilan asoslangan. Kitob muallifi mana 50 yiddirki, tabiiy hayot tarzini o’z tajribasida muvaffaqiyatli kelayotgan bo’lsa ham, boshqalarga-da ko’p foyda keltirishiga ivdona ham, o’zini muhofaza qilish uchun shuni aytmoqchiki, bir odamga to’g’ri kelgan narsa ikkinchi odamga to’g’ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun bu kitobdagi ma’lumotlar barchaga barobar to’g’ri keladi, degan fikr kelib chiqmasin.

Kitobda davolash vositalari emas, davolanishga ta’sir ko’rsatuvchi ozuqa va parhyezlar yoritilgan.

Siz kitobda yoritilgan mavzular, fikrlarga qo’shilishingiz yoki rad etishi mumkin. Kitobdagi ma’lumotlar muallifning ko’p yillik olib borgan tajribalari va kuzatishlari asosida yozilgan, bu bilan hisoblashmasdan ilojingiz yo’q.

 O’z boringiz haqida qayg’uring, unda zararli, behuda o’tlar o’sishiga yo’l qo’ymang, uni quyosh nurlariga to’ldiring.

Вам может понравиться

Добавить комментарий