Pifey va Ultima Tule

Greklar qadimdan dengizlarda kezganlar.  Kashfiyotlarning ko’p qismini ular 0‘rtaYer  dengizida ochganlar.

Yevropaning g’arbiy qirg’oqlarini  ham aynan ular birinchi bo’lib suzib o’tganlar.

Miloddan  avvalgi  I  ming  yillikning  o’rtalaridayoq  greklar  nafaqat Egey va Adriatika,  lonika, Tirren,  Liguriy va  boshqa O’rtaYer dengiziga taalluqli  dengizlarni  yaxshi  bilishardi,  balki  ular  Qora  dengizga ham  chiqishga  ulgurishgan  edi.  Ular Qrimda  (Xersones va  Pantikapey), Azov dengizining shimoliy qirg’oqlarida (Tanais) va boshqa koloniyalarga asos solishgan.

Image result for шимол егдуси

Qutb yog’dusi. U haqda birinchi bo’lib Pifey yozib qoldirgan edi

Tarixdagi  eng  hayratlanarli  sayohatlardan  biri  Massaliyalik  (Marsel) grek Pifeyning Miloddan avvalgi 350-320-yillarda shimol tomonga qarab kemadagi sirli safaridir.  Bu sayohatchi va geograf «Okeanlar  haqida» va «Yer ta’rifi» traktatlarini yaratgan.  Ular bizgacha yetib kelmagan  bo’lsada,  biroq  boshqa  olimlar tomonidan  bayon  etilgan holda bizga ma’lum.

Pifey yaxshigina  astronom  ham  bo’lgan,  osmon jismlarini  yaxshi bilishi unga turgan joyini aniqlashiga yordam bergan. Shimoliy Yevropa  qirg’oqlari bo’ylab uzoq vaqt suzib yurgan vaqtida u shimoliy suv ko’tarilishini  kuzatgan va  keyinchalik uni  o’z asarlarida ta’riflab  bergan.  Bretani qirg’oqlarini tadqiq etib bo’lgan Pifey La-Manshni kesib o’tib,  Kornuolla qirg’oqlariga yetib kelgan.  Bu yerda qalay qazib chiqaruvchi  konchilar bilan do’stlashgan.  Pifey bu yerdagi  mahalliy tub aholining urf-odatlarini o’rgangan, shu sababli u birinchi etnograf-lardan hisoblanadi.

Antiк  olimlar (masalan,  Strabon)  Pifeyning  yozganlariga shubha  bilan  qarashgan;  ular  Pifeyning  qutb  kuni (qutb doirasi sirtidagi kengliklarda yilning quyosh botmaydigan  qismi),  qutb  yog’dusi  va  mangu muzliklar haqidagi hikoyalariga ishonishmagan.

Keyin u Britaniya atrofini aylanib suzib o’tgan va uni uchburchak orol sifatida ta’riflagan.  Pifey Britaniyadan shimolda sirli Tule oroli joylashgan  deb  hikoya  qilgan.  Bu  orolning joylashgan  o’mi  haqidagi  bahslar ko’p  asrlar  davom  etdi,  uning  nomi  adabiyot  olamiga  dunyoning  eng chekka nuqtasi sifatida kirdi, shundan  buyon Ultima Tule so’zi «dunyoning  narigi  chekkasi»  ma’nosini anglatadi.  Biroq  Pifey tomonidan ta’rif berilgan orolning o’zi topilmadi.

Image result

Kornuolla qirg’oqlari.  Miloddan avvalgi V asrda bu yerdan Pifey suzib o’tgan

Вам может понравиться

Добавить комментарий