Pavianlar

Pavianlar (Papio) — martishkalar kenja oilasiga mansub tor burunli maymunlar urug’i. Tanasining uzunligi. 75— 80 sm, dumi 50—60 sm, og’irligi 25 kg dan ortiq. Juni uzun, ba’zan yol hosil qiladi. Quymich qadog’i katta, qizil. 4— 5 yoshda voyaga yetadi, bo’g’ozlik davri 170 kun, odatda, bitta bola tug’adi.

Картинки по запросу фото павиана

Картинки по запросу фото павиана

Afrika, Arabiston va Sulavesi orolida uchraydi. Qoyalarda poda bo’lib  yashaydi.  O’simliklarning  ildiz  mevalari,  piyozlari,  hasharotlar,  mayda  sudralib yuruvchilar va boshqalar bilan oziqlanadi. 5 turi (gamadril, babuin va boshqalar) bor. Yerda hayot kechiradi.

manbaa: O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Вам может понравиться

Добавить комментарий