Palex – nodir san’at asarlari vatani

Palex – Ivanovo viloyatidagi eng qadim qishloq hisoblanadi. Qadimdan ushbu qishloqda atrofga dong’i ketgan ikona musavvirlari yashaganlar. Ular poytaxtda qurilgan ehromlarni bezash ishlariga jalb qilinganlar va ular tomonidan yaratilgan ikonalar juda qadrlangan.
1917 yilgi inqilobdan so’ng din tazyiqqa uchraydi va ikona san’ati taqiqlab qo’yiladi. Asrlar davomida gurkirab yashnagan san’atning ushbu turi tarixdan mutloq yo’qolib ketish xavfida qolgan bir paytda palexlik rassomlar miniatyura san’ati yo’nalishiga asos soladilar.

Image result for фото Палех – Иваново
Oradan bir necha o’n yilliklar o’tib ushbu yo’nalishda yaratilgan shkatulka va turli xajmga ega yog’ochli o’yma miniatyura asarlari jahonga mashhur bo’ladi. Sovet davrida inqilob yoki mehnat qaharamonlariga bag’ishlangan yog’och o’yma asarlari yaratiladi.

Related image
Palex tasviriy san’ati asarlari o’zida nafaqat qadim an’analar, balki tarihiy voqyelikni ham aks etgan. Darhaqiqat, O’rta Osiyo halqlarining qadimiy miniatyura asarlariga qiziqqan inson albatta palexlik rassomlar yaratgan asarlardan ilhomlanishi aniq.

 

Вам может понравиться

Добавить комментарий