Padana  tekisligi

Padana-Venesiya  tekisligi— Italiyaning  shimoliy  qismidagi tekislik. Alp va Apennin tog’lari bilan Adriatika dengizi oralig’ida. Padana  tekisligi usti qalin dengiz va daryo jinslari bilan to’lgan tektonik bukilma. Uzunligi. 500 km chamasida, eni 200 km gacha. Yer yuzasi, asosan, tekis, balandligi g’arbida300—400 metr. Tekislikning markaziy qismidan Po daryosi va uning irmoqlari oqib o’tadi. Iqlimi subtropik, ayrim_joylarida mo’tadil iqlim.

Картинки по запросу падана Италия

Yanvarning o’rtacha temperaturasi 0—4°, iyulniki 22—24°. Yillik yog’in600—1000 mm. Toshqinlar bo’lib turadi. O’rmonlar qirqilib o’rni ekinzorga aylantirilgan. Padana  tekisligi — Italiyaning asosiy sanoat va qishloq xo`jaligi rayoni. Bug’doy, makkajo’xori, sholi ekiladi. Tokzorlar va mevali bog’lar bor. Padana  tekisligida Milan, Turin, Venesiya, Bolonya shahalari joylashgan.

Картинки по запросу падана Италия

Вам может понравиться

Добавить комментарий