O’zga sayyoraliklar kemasida yashashni istaysizmi?

Yangi Zelandiyada noma’lum uchar jismlar ko’rinishidagi ajabtovur uy sotuvga qo’yildi. Guardian​ nashri xabar berishicha, ilmiy-fantastika va noan’anaviy me’morchilik namunasi ishqibozlari dengiz bo’yida joylashgan g’aroyib uychaga ega bo’lishlari mumkin.

1968 yilda fin me’mori Matti Suuronen tomonidan noan’anaviy dizayndagi «kelajak uylari» qurilgan. Bunday noodatiy uylar soni yuztadan oshmaydi. Ularni odatda ilmiy-fantastika ixlosmandlari va nooan’anaviy arxitekturaga qiziquvchilar sotib oladi. Matti Suuronen bu uylarni o’z tasavvuridagi havo kemalari ko’rinishida ishlagan bo’lib, o’zga sayyoraliklar kemasi shakli shunday ko’rinishda bo’lishi haqida ayni tasavvurlar g’arbda mashhur edi.

O’zga sayyoraliklar havo kemasi ko’rinishadagi tuxumsimon uy 4 yil oldin arixtektor Xuanita Klearvoter tomonidan sotib olingan. Uyning deraza-eshiklaridan tortib, jihozlarigacha fazoviy kemani eslatadi. Uyning egasi undan ta’til kunlarida qishloqda dam olish uchun kelganda foydalanadi.

“Fazoviy kema” 1975 yilda dengiz sohilidagi Uorrington qishlog’iga ko’chirib keltirilgan va shundan beri bir joyda turibdi. Uy egasi uni 289 ming dollarga pullashni mo’ljallamoqda. Sotuvga qo’yilgandan keyin uch kun ichida uyga 40 kishi xaridor bo’lgan.

manbaa: www.sof.uz

Вам может понравиться

Добавить комментарий